Home / Jamiyat / Prostata bezi – shamollashi, davolash

Prostata bezi – shamollashi, davolash

Surunkali prostatit-erkaklar orasida eng ko’p uchraydigan kasallik hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra kasallik 25 eshdan keyin erkaklarning 25-80% da uchraydi, oxirgi vak’tlarda kasallik o’sishi kuzatilmokda. Prostatitning asosiy sabablari bo’lib-palapartish jinsiy haet kechirish, kam harakat turmush tarzi, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlarini iste’mol k’ilish, dori vositalarini tekshiruvsiz va tavsiyasiz iste’mol k’ilish hisoblanadi. Odatda surunkali prostatit sekinlik bilan klinik belgilarsiz rivojlanadi, prostata bezi sekretining va kichik chanok’ doirasida k’on aylanishining dimlanishi asosida yallig’lanish jareni yuzaga keladi.

c9371592c5fcd740793b60ab1487acb7Avval prostata bezining k’on tomirlari kengayadi, keyinchalik chandik’li-sklerotik o’zgarishlar yuzaga keladi, buning natijasida peshob ajralishi buziladi, jinsiy k’obiliyat pasayadi, charchok’lik, asabiylashish kuzatiladi. Tasniflanishga ko’ra prostatit infeksion (yuk’umli) va noinfeksion (yuk’umli bo’lmagan, prostata bezini ozik’lantiruvchi k’on tomirlarini dimlanishi natijasida yuzaga keladi) turlariga bo’linadi. Infeksion prostatit vak’tida prostata beziga mikroblar, viruslar, bakteriyalar, zamburug’lar tushadi. Noinfeksion prostatit infeksiya k’o’zg’atuvchilarisiz yuzaga keladi. Bu kasallikni boshlanishiga prostata bezida k’on dimlanishi, kam harakat turmush tarzi, sovuk’ k’otish sabab bo’ladi.
Prostatit kasalligi yuzaga kelishiga sabab bo’luvchi faktorlarga kiradi:

  • Prostata bezining anatomik tuzilishning o’ziga xosligi
  • Gormonlar almashinuvining buzilishi
  • Esh bilan bog’lik o’zgarishlar
  • Siydik yo’llari yallig’lanish kasalliklari
  • Buyrak va siydik k’opining yallig’lanish kasalliklari (uretrit va bk)
  • Palapartish jinsiy haet tarzi
  • Butun tananing sovk’otishi
  • Ich k’otish
  • Siydik yo’llarida peshobni yig’ilib turishi
  • Kam harakat turmush tarzi
  • O’tirib ishlash haet tarzi (haydovchilarda), k’uesh nurlari ostida uzok’ vak’t k’olish, tanani isib ketishi
  • Surunkali bel-dumg’aza radikuliti
  • Immun tizimini susayishi
    Yukorida keltirilgan faktorlarning har k’anday kombinasiyasi prostata bezining yallig’lanishiga olib kelishi mumkin.
    Prostatitni davolash uchun antibakterial terapiya, prostata bezini massaj k’ilish, fizioterapiya, immun tizimini mustahkamlash va haet tarzini o’zgartirish kerak. Fak’at bu muolajalarni birgalikda k’o’llanilganidagina kutilgan natijaga erishish mumkin.

Bemorlar uchun kerakli ESLATMA!:

  • Prostatitni keltirib chik’aruvchi sabablar turlicha bo’lib, yagona sababni k’idirish va uni davolash uchun k’aratilgan davo muolajalari kutilgan natijaga olib kelmaydi. Prostatitni klinik belgilari sezilarli bo’lmasligi mumkin, agar sizda chanok’ oralig’ida og’rik’ kuzatilsa, peshob k’ilish vak’tida ek’imsiz sezgilar bo’lsa, siydik yo’lidan ajralishlar kelsa, albatta urolog bilan maslahatlashing.
  • Prostatit tashhisi kompleks tarzda k’o’yiladi, chunki kasallik turini, kechish bosk’ichini, asoratlarini va davolash usulini belgilovchi boshk’a faktorlarni e’tiborga olish kerak. Prostatit klinikasi turli bemorlarda turlicha bo’lishi mumkin. Shuning uchun to’g’ri tashhisni fak’at spesialist-shifokor kuya oladi.
  • Kasallik kechishi o’ziga xos bo’lganligi uchun davolash muolajalari ham o’ziga xos bo’ladi. Prostatitni klinik kechishi bir xil emas, ba’zida kasallik k’o’zg’aladi, ba’zida asoratlar yuzaga keladi, ba’zida yashirin kechishi mumkin. Shu sababdan doimiy shifor kuzatuvi kerak bo’ladi.
  • Prostatitni davolash uchun antibiotikni to’g’ri tanlash kerak, uning dozasi va davolash sxemasini har bir bemor uchun individual holda tanlanadi va bu urogenital mikroflorani anik’lagandan keyin amalga oshiriladi.
  • Infeksiyadan k’utilish bilangina prostatitni davolab bo’lmaydi. Prostata bezida k’on dimlanishini ham to’g’rilash kerak.
  • Prostata bezining patologik o’zgarishlari o’ziga xos va turlicha bo’lganligi uchun ham uni davolovchi universal dori vositasi yo’k’. Shifokor sizga turli dori vositalarini va har xil davo muolajalarini tavsiya k’ilishi mumkin.
  • Davolash natijasida uzok’ vak’tli remissiyaga (surunkali kasallikni bosilishi) erishilgan tak’dirda ham, profilaktik tarzda shifokor ko’rigidan o’tib turing, chunki kasallik k’o’zgaganda buni siz sezmasligingiz mumkin.
  • Bir necha shifokorlar maslahatini bir vak’tda bajarish to’g’ri degan bemorlar yanglishadilar, chunki to’g’ri maslahatlar ham ba’zida bir-biriga zid bo’lishi mumkin. Shuning uchun kasallikni bir shifokor maslahati asosida davolang.
  • Jinsiy haet tarzingizni normallashtiring.
  • Davolanish davomida spirtli ichimliklarni iste’mol k’ilmang. Spirtli ichimliklar prostatitning provokatori hisoblanadi.
  • Tananing sovk’otishi k’iska vak’t davomida bo’lsa ham, kasallikni avjga chik’ishiga olib keladi.
  • Jismoniy mehnat va sport (suzish va velosportdan tashk’ari) prostatitni davolashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
  • Achchik ozik’-ovk’at va taomlar (sarimsok’, piez, murch, garmdori, dudlangan taomlar) prostatitni avjga chik’ishiga (k’o’zg’alishiga) olib keladi. Uksus, limon, karam, tuzlangan bodring, pomidor bundan istisno.
  • Surunkali ich k’otish prosatata bezining k’on aylanishini buzadi, prostatit kechishiga va davosiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
  • O’z vak’tida anik’langan residiv (kasallik k’aytalanishi) engil davolanadi, shifokoringiz tavsiyasiga remissiya vak’tida ham rioya k’iling.
  • Prostata bezini massaj k’ilish prostatitni davolashda o’ziga xos va kerakli muolaja bo’lib hisoblanadi.
  • Hammaga ma’lumki davo hamma vak’t ham kasallikdan to’lik’ k’utilishga olib kelmaydi, lekin bemorning umumiy ahvoli yaxshilanadi va asoratlar xavfi kamayadi.
  • Hatto uzok’ vak’tgacha tuzalmagan surunkali prostatit normal oilaviy haet kechirishga to’sk’inlik k’ila olmaydi. Keng tark’algan aforizm «prostata-erkaklarning ikkinchi yuragi» ob’ektiv k’aralsa noto’g’ridir. Erkaklarda aellardagidek yurak fak’at bitta bo’ladi.

K’anday kasallik bo’lishidan k’at’iy nazar to’g’ri olib borilgan sog’lom turmush tarzi va odamning o’ziga bo’lgan ishonchi va optimizm ruhi kasallikdan tez va samarali k’utilish garovidir.
Salomat bo’ling!

Haqqimizda uzbekiston

Яна маълумот

1-Mustaqilik

Mustaqillik kuni Muborak! – tabriglari, sherlar, rasmlar, ashula

Mustaqillik tabrigi (tabriklari) Aziz hamvatan! Muhtaram do’stlar! Sizni khalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – …

100200300