Home / Madaniyat / Alisher Navoiy gazallari

Alisher Navoiy gazallari

Kecha kelgumdur debon, ul sarvu gulru kelmadi.
Kuzlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqtimu, chektim yulida intizor,
Keldi jon ogzimgayu, ul shukhi badkhu kelmadi

Ul parivash hajridinkim yigladim devonavor.
Kimsa bormukim, oni kurganda kulgu kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yuqsa kim quydi qadam
Yulgakim, avval qadam mashuqi utru kelmadi.

Ey Navoiy boda birla khurram et kunglung uyin
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qaygu kelmadi.

Alisher

QARO KUZUM

Qaro kuzum, kelu mardumlug emdi fan qilgil,
Kuzum qarosida mardum kibi vatan qilgil.

Yuzung guliga kungul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholiga jon gulshanin chaman qilgil.

Takovaringga bagir qonidin hino bogla,
Itingga gamzada jon rishtasin rasan qilgil.

Firoq togida topilsa tufrogim, ey charkh,
Khamir etib yana ul togda kuhkan qilgil.

Yuzung visoliga etsun desang kungullarni,
Sochingni boshdin-ayog chin ila shikan qilgil.

Khazon sipohiga, ey bogbon, emas mone
Bu bog tomida gar ignadin tikan qilgil.

Yuzida terni kurub ulsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilgil.

Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshoglig uqin shami anjuman qilgil.

ORAZIN YOPQACh KUZIMDIN.

Orazin yopqach kuzumdin sochilur har lahza yosh,
Uylakim paydo bulur yulduz, nihon bulgach quyosh.

Qut bir bodomu erim gushan mehrob edi,
Gorati din etti nogah bir baloliq kuzu qosh.

Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhnung bot-bot dami andogki aylar mehr fosh.

Busae qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
Desam ogzi ichra aytur lal ham bor nav tosh.

Novaking kunglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini kunglum bila jonim talosh.

Umri jovid istasang fard ulki, buston Khizridur,
Sarvkim dab ayladi ozodaliq birla maosh.

Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir quygusidir barcha bosh.

UN SAKKIZ YOSh HAYRATLARI

Un sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim un sakkiz yoshindadur.

Desa bulgaykim, yana ham un sakkiz yil husni bor,
Un sakkiz yoshina muncha fitnakim boshinadur.

Un sakkiz yil dema, yuz sakson yil ulsa, uldurur,
Husn shohi, ul balolarkim, kuzu qoshinadur.

Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki, bor,
Barchasi ezid taolo suni naqqoshinadur.

Tan anga siymu ichina tosh muzmar kunglidin,
Aqlga yuz hayrat, ul oyning ichu toshinadur.

May ketur, ey mugki, yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul ajablarkim, bu eski dayr khuffoshindadur.

To Navoiy tukti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.

MUBTALO BULDIM SANGA

Kurgali husnungni zoru mubtalo buldum sanga,
Ne balolig kun edikim, oshno buldum sanga.

Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin kungul,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo buldum sanga.

Men qachon dedim: «Vafo qilgil manga» zulm aylading,
Sen qachon deding: «Fido bulgil manga» buldim sanga.

Qay pari paykarga dersen telba buldung bu sifat,
Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, buldum sanga.

Ey kungul, tarki nasihat aylading ovora bul,
Yuz balo etmaski, men ham bir balo buldum sanga.

Jomi Jam birla Khizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado buldum sanga.

Gussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo buldum sanga.

LABLARINGKIM HAYF ERUR…

Lablaringkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila,
Sindirur yuz qand bozorini shakkar khand ila.

Toki hayronmen senga nomus ila itmish kungul,
Telba yangligkim, qochar el gofil ulgach band ila.

Odam ul soatki jannat ichra avlodin kurar,
Ne quvongay dam-badam sen nozanin farzand ila.

Quy nasihat, zohido, utlug damimdin vahm qil,
Telba it imkoni yuqturkim, sogalgay pand ila.

Hojatingni elga arz etmakka hojat bulmasun,
Khush chiqishsang lahzani bu zori hojatmand ila.

Lablaring hajrinda yur parkandkim bulmish kungul,
Lal erur mahlul qon urniga har parkand ila.

Chun Navoiy kungli sindi, emdi lutfing ne asig?
Kim ushatsa shishani bitmas yana payvand ila.

OShIQ ULDUM

Oshiq uldum, bilmadim yor uzgalarga yor emish,
Olloh-olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish.

Qaddiga el mayli bulgondin kungul ozurdadur,
Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.

Elga novak urdi, men uldim erur bu turfakim,
Jonim etgan resh el bagriga kirgan khor emish.

Rishtakim, muhlik yaram ogziga tiktim angladim,
Kim kafan jinsi qirogidin suvurgan tor emish.

Kuyi devoridin ogriq tanga tushgan soyadek,
Sel gamidin emdi soya urniga dildor emish.

Jonga takhvif ayladim tigi halokidin aning,
Bilmadim bu ishdin ul ulguncha minnatdor emish.

Ey Navoiy, khublarni kurma osonlig bilan,
Kim biravkim soldi kuz, uzmak kungul dushvor emish.

ISTADIM

Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim,
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.

Kimga kim jonim fido aylab sogindim dam-badam,
Ermas erdi yorliqda chun vafodor istadim.

Bilmadim olam elida yuqturur mutlaq vafo,
Vahki, umri ulcha yuqtur soginib yor istadim.

Ulki, topilmas bashar jinsida vah gaflat kurung,
Kim pari khaylida men devonai zor istadim.

Sirri ishqimni kungul kuz birla fosh etmak ne tong,
Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim.

Shaykh birla khonaqahdin chun yorugluq topmadim,
Dayr piri khizmatiga kuyi khammor istadim.

Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu gussadin,
Uzni bekaslik balosiga giriftor istadim.

MENI MEN ISTAGAN KIShI…

Meni men istagan uz suhbatiga arjumand etmas,

Meni istar kishining suhbatin kunglum pisand etmas.

Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,

Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.

Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimga,

Ayon ul zahr chashm aylab nihon, bu nushkhand etmas.

Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin,

Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas.

Kerak uz chobuki majnunvashi qotil shiorimkim,

Buzug kunglumdin uzga erga javloni samand etmas.

Kungul uz charkh zolidin, firibin emakim, okhir

Ajal sarrishtasidin uzga buynungga kamand etmas.

Ul oy utlug yuzin ochsa, Navoiy tegmasun deb kuz,

Muhabbat tukhmidin uzga ul ut uzra sipand etmas.

JONGA ChUN DERMEN

Jonga chun dermen: «Ne erdi ulmakim kayfiyati?»

Derki: «Bois buldi jism ichra marazning shiddati».

Jismdin sursamki: «Bu zafingga ne erdi sabab?»

Der: «Anga buldi sabab utluq bagirning hirqati».

Chun bagirdin surdum, aytur: «Andin ut tushti manga

Kim, kungulga shula soldi ishq barqi ofati».

Kungluma qilsam gazab, ayturki: «Kuzdindur gunah,

Kurmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati».

Kuzga chun dermenki: «Ey, tardomani yuzi qaro,

Sendin ulmish telba kunglumning baloyu vahshati».

Yiglab aytur kuzki: «Yuq erdi manga ham ikhtiyor

Ki, kurundi nogahon ul shukhi mahvash talati».

Ey Navoiy, barcha uz uzrin dedi, ulguncha kuy

Kim, sanga ishq uti-uq ermish azalning qismati.

KhILATIN TO AYLAMISh…

Khilatin to aylamish jonon qizil, sorig, yashil,

Shulayi ohim chiqar har yon qizil, sorig, yashil.

Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin

Kim, esar ul dasht aro har yon qizil, sorig, yashil.

Shishadek kunglumdadur gulzori husnung yodidin,

Tobdonning aksidek alvon qizil, sorig, yashil.

Orazu kholing bila khatting khayolidin erur

Kuzlarimning ollida davron qizil, sorig, yashil.

Lalgun may tutqil oltun jom birla sabzada

Kim, bulardin yakhshi yuq imkon qizil, sorig, yashil.

Faqr aro berangliq dushvor erur behad, valek

Khirqada tikmak erur oson qizil, sorig, yashil.

Ey Navoiy, oltinu shingarfu zangor istama,

Buldi naming rangidin devon qizil, sorig, yashil.

ISTANGIZ

Istaganlar, bizni sahroi baloda istangiz,

Vodiyi hijron ila dashti fanoda istangiz.

Vomiqu, Farhodu Majnundeklar ul vodiy aro

Bulsalar paydo, meni ham ul aroda istangiz.

Yuz alarning ishqicha dardu, balou gussaga

Tolib el boshiga kelgan mojaroda istangiz.

Eyki, istarsiz savodul vajh fiddorayidin,

Bokhabar bulmoq meni yuzi qaroda istangiz.

Kunglim ul zulf ichradur, zinhor ishqim sharhini

Istamang men telbada, ul mubtaloda istangiz.

Nuqta yangligkim, vafo uzra qilur kotib raqam,

Ishq utining dogini ahli vafoda istangiz.

Ogzi shavqidin Navoiy itti, oni istar el,

YO adam dashtida, yo mulki fanoda istangiz.

KELGAY

Ne kun ulgayki, nigorim kelgay,

Bogi umrumda bahorim kelgay.

Umr bogida bahor uldurkim,

Sarvqad lolauzorim kelgay.

Il gado joniga ut tushkaykim,

Olgali shami mazorim kelgay.

Kuyida itti kungul, vah, qachon ul

Masti devonashiorim kelgay.

Qani maykim, chu ichib mast ulsam,

Kukka tuz boqqali orim kelgay.

Ey Navoiy, tilamon huru pari,

Shoyad ul bazmda yorim kelgay.

RUBOIYLAR

KUZ BIRLA QOShING YaKhShI

Kuz birla qoshing yakhshi, qaboging yakhshi,

Yuz birla suzing yakhshi, dudoging yakhshi.

Eng birla menging yakhshi, saqoqing yakhshi,

Bir-bir ne deyin boshtin-ayoging yakhshi.

GAR OShIQ ESANG

Gar oshiq esang mehru vafo qilma havas,

Dard istayu dafiga davo qilma havas.

Hijronu visol mutlaqo qilma havas,

Dildoringdan gayri rizo qilma havas.

ZOHID SENGA…

Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,

Jannat — sanga bulsun, manga — maykhona kerak.

Maykhona aro soqiyu paymona kerak,

Paymona necha bulsa tula, yona kerak.

UMRI AZIZ

Jondin seni kup sevarmen, ey umri aziz,

Sondin seni kup sevarmen, ey umri aziz.

Har neniki sevmak ondin ortuq bulmas,

Ondin seni kup sevarmen, ey umri aziz.

KhUShLUQ

Kim kurdi ekin jahonda oyo khushluq,

To bir kishi aylagay tamanno khushluq.

Yuz yilda agar bir ulsa paydo khushluq,

Omodadur yonida yuz nokhushluq.

JONIMDAGI «JIM»

Jonimdagi “jim” ikki dolingga fido,

Andin sung “alif” toza niholingga fido,

Nuni dogi anbarin hilolingga fido,

Qolgon iki nuqta ikki kholingga fido.

UPAY

Dedim: Zaqaning tutub saqogingni upay,

Kuz-qoshingga surtubon qabogingni upay,

Guldek yuzing islabon dudogingni upay,

Yuq, yuq, yuq, agar desang, ayogingni upay.

TUYuQLAR

YO LABMUDUR

YO rab, ul shahdu shakar yo labdurur,

YO magar shahdu shakar yo labdurur.

Jonima payvasta novak otqali,

Gamza uqin qoshiga yolabdurur.

BORMOGIN

Necha dedim ul sanamga: Bormogin!

Qilmadi ul tark okhir bormogin;

Munchakim khudroyliq kurguzdi ul,

Aql hayrat qildi tishlab barmogin.

OLMANGIZ

Pardani rukhsorasidan olmangiz,

Hohaq ulturdi meni shul olmangiz;

Gar anoristonga sunsa ilgini,

Aytur: — Ul tursun, amonat, olmangiz!

YOQILUR

Lalidin jonimga utlar yoqilur,

Qoshi qaddimni jafodin yo qilur;

Men vafosi, vadasidin shodmen,

Ul vafo, bilmanki, qilmas, yo qilur.

OLMANI OTTI NIGORIM

Olmani otti nigorim, «ol», — dedi

«Olma birla bu kungilni ol», — dedi

Sursam ersa olamsini rangini

«Olma rangin ne surursan, ol», — dedi

FARHOD VA KhISRAV AYTIShUVI

Dedi: qaydinsen ey majnuni gumrah?

Dedi: majnun vatandin qayda ogah.

Dedi: nedur senga olamda pesha?

Dedi: ishq ichra majnunliq hamisha.

Dedi: bu ishdan ulmas kasb ruzi,

Dedi: kasb ulsa basdur ish suzi.

Dedikim: ishq utidin de fasona!

Dedi: kuymay kishi topmas nishona.

Dedikim: kuymakingni ayla malum!

Dedi: andin erur joh ahli mahrum!

Dedi: qay chogdin uldung ishq aro mast?

Dedi: ruh ermas erdi tanga payvast.

Dedi: bu ishqdin inkor qilgil!

Dedi: bu suzdin istigfor qilgil!

Dedi: oshiqqa ne ish kup qilar zur?

Dedi: furqat tuni ishqi baloshur.

Dedi: ishq ahlining nedur hayoti?

Dedi: vasl ichra jonon iltifoti.

Dedikim: dilbaringning de sifotin!

Dedi: til gayratidin tutmon otin!

Dedikim: ishqiga kunglung urundur?

Dedi: kunglumda jondek yoshirundur.

Dedi: vasliga borsen orzumand?

Dedi: bormen khayoli birla khursand.

Dedi: nushi labidin topqay el bahr?

Dedi: ul nushdin el qismidur zahr.

Dedi: joningni olsa lali yodi?

Dedikim: ushbudur jonim murodi.

Dedi: kuksungni gar chok etsa bebok?!

Dedi: kunglum tutay ham ayla deb chok.

Dedi: kunglung fido qilsa jafosi?

Dedi: jonimni ham aylay fidosi.

Dedikim: ishqdin yuq juz ziyon bud.

Dedi: bu kelsa savdo ahliga sud.

Dedi: bu ishq tarki yakhshiroqdur!

Dedi: bu sheva oshiqdin yiroqdur!

Dedi: ol ganju quy mehrin nihoniy,

Dedi: tufroqqa bermon kimyoni!

Dedi: joningga hijron kinakashdur,

Dedi: chun bor vasl ummidi khushdur.

Dedikim: shahga bulsa shirkat andesh!

Dedi: ishq ichra tengdur shohu darvesh!

Dedi: joningga bu ishdin alam bor,

Dedi: ishq ichra jondin kimga gam bor?!

Dedi: kishvar beray, kech bu havasdin!

Dedi: bechora, kech bu multamasdin!

Dedi: ishq ichra qatling hukmi etkkum!

Dedi: ishqida maqsudimga etkum.

Dedi: bu ishda yuq sendin yiroq qatl,

Dedi: bu suzlaringdin yakhshiroq qatl.

Haqqimizda Farrukh

Яна маълумот

NEW YORK - JANUARY 19:  Donald Trump and pianist Lola Astanova pose backstage Lola's performance of "A Tribute to Horowitz" presented by the American Cancer Society at Carnegie Hall on January 19, 2012 in New York City.  (Photo by Matthew Peyton/Getty Images)

O’zbekistonda Yulduzdan yakhshiroq sanatkor bormi?

O’zbekistonda Yulduz Usmonovdan yakhshiroq sanatkor, khonanda yoki sozanda bormi? Ha, bir qiz borki, bu yil …

100200300