Home / Jamiyat / Afrosiyob

Afrosiyob

Biz «Afrosiyob» poezdlari harreys oldidan majburiy kurikdan utkaziladigan «Toshkent» vokzali angaridamiz. Poezdning tekhnik holati haqida turt ispan qayguradi. Ularga Fransisko Khose Fera Sauz ismli katta usta boshliq. Provodniklar vagon salonlarini yulovchilarni kutib olishga tayyorlamoqda.


Mana, poezd tayyor va tez orada u perronga kirib keladi. Uzbekiston buylab safarlarni yoqimli bir kurinishga keltirgan ajoyib, tezyurar va qulay poezd. Darhaqiqat, fakhr-iftikhor ramzi. Faqat bir achinarli muammo bulmasa. Ushbu poezdga chipta olish juda qiyin, bazida esa umuman imkonsiz.

Uzbekiston aholisi va mehmonlari «Afrosiyob» poezdlari chiptalari taqchilligidan, shuningdek, chipta sotuvining noqulay va shaffof bulmagan tizimidan norozi.

Bloger Malik Karimov tomonidan 2018 yil avgustida «Afrosiyob» chiptalari taqsimoti tanqid qilib yozilgan post Facebook’da 414 marta repost qilindi, unga 320 ta izoh qoldirishgan. Men tomonimdan 2019 yil iyunida «Uzbekiston temir yullari”ni tanqid qilib yozilgan post mushtariylar tomonidan 725 marta «layk» qilingan. «Effekt Makarenko» Telegram-kanalida utkazilgan surovnoma ham mushtariylarning mutlaq kupchiligi (814 ga 29) «UTY» brendiga salbiy munosabatda ekanini kursatdi.

Ushbu maqola ikki oy davomida tayyorlandi. Men «Uzbekiston temir yullari”ning rahbariyati va khodimlari, sayyohlik sohasi vakillari, yulovchilardan kuplab intervyular oldim. Utgan vaqt davomida kup narsa uzgardi. «UTY» Toshkentdagi kassalarda elektron navbatni yulga quydi, yangi sayt ishga tushdi, e-ticket’ni kassada oddiy biletga almashtirish talabi bekor buldi. Biz ushbu yangiliklarni qadrlaymiz, biroq bu etarli emas.

Men sizga hech bir jihati bilan ajralib turmaydigan oddiy bir chiptani sotib olish tarikhini suzlab beraman. Uning yordami bilan biz kuplab muammolarni yuzaga olib chiqamiz. Keling, 28 avgust, chorshanba kuni «Afrosiyob”da Toshkentdan Bukhoroga borishga qaror qilamiz. «Toshkent-Bukhoro» yunalishidagi bizga kerakli «Afrosiyob» poezdning indeksi 762F va u har kuni soat 7:28 da yulga chiqadi.

Bilet sotib olamiz

Dastlab uzi chipta bor-yuqligini «UTY» sayti orqali aniqlashga harakat qilib kuramiz. Hozir elektron biletlar sotish buyicha bir vaqtning uzida ikkita servis ishlab turibdi. Bular — eski, qiyshiq-qingir, aqlbovar qilmas darajada «buzuq» Eticket.uzrailway.uz versiyasi va 2 avgust kuni ishga tushirilgan yangi E-ticket.aitm.uz.

Yangi sayt kup kutilgan ikki funksiyani taqdim etishi kerak: biletlarni onlayn rejimda qaytarish va elektron chiptalarni kassada «almashtirish» zaruratidan qutqarish. Afsuski, ushbu funksiyalarni tekshirish imkoni bulmadi. Saytda ruykhatdan utib bulmayapti: e-mail’ga tasdiqlovchi khat kelmayapti. Avvalroq Spot.uz yangi sayt uzilishlar va khatoliklar bilan ishlayotgani haqida yozgandi. Saytning uzida esa u sinov tartibida ishlayotgani malum qilingan.
Servisning har ikkala versiyasi 28 avgust kuni «Afrosiyob”ga biletlar yuqligini kursatmoqda. Vokzalning malumotkhonasi — 1005 raqamiga qungiroq qilamiz. Ular ham chiptalar «allaqachon tugagani”ni tasdiqlashdi, biroq lekin hali yana sotuvda paydo bulib qolishi mumkinligini aytishdi.

Shahardagi ikki vokzal kassalariga borib kuramiz. Butun boshli megapolis uchun «UTY”da atigi beshta kassa borligi juda ham hayratga soladigan fakt. «Uztemiryulyulovchi”dan malum qilishlaricha, Talabalar shaharchasi, «Bek Baraka» bozori va «Toshkent» vokzali qarshisidagi «Makro» savdo markazida yana uchta kassa bor.

Janubiy vokzal, 19 avgust, soat 16:10. Qulimda F055 raqamli elektron navbat chiptasi. Navbatim kelishini sabr bilan kutyapman. Lekin hech narsa bulmayapti. Kassa oldida tupolon. «Elektron navbat ishlayaptimi?», deb surayman akhborot burchagidan. «Ha, ishlayapti». Shunga qaramay, eshikdan kirib kelgan yangi odamlar hech qanday chiptacha olmay, kassa oldiga turib olyapti.

Bush turgan oynacha yaqinlashaman. «Assalomu alaykum, sizda elektron navbat ishlayaptimi?», deb surayman kassirdan. «Ishlayapti. Lekin umuman olganda farqi yuq. Shunday ham bulaveradi». Yakhshi, unda men ham «shunday». Menga kerakli poezdga biletlar yuq, biroq, kassirning takidlashicha, «uch yo besh kun qolganda bulib qolishi mumkin».

Shimoliy vokzal, 19 avgust, soat 16:39. Bu erda hammasi jiddiy — odamlar chiptachalarni olib, qatiy elektron navbat buyicha turibdi. Bu katta usish, vaholanki iyun oyida ham turtilib yurishga tugri kelayotgandi. Qulimda F708 raqamli kvitansiyacha. Va men navbatda… 46-(qirq oltinchi)man. Buncha uzoq kutib tura olmayman. Akhborot burchagidan uz biletimni surayman. Bush joy yuq.

Umuman olganda, vokzal kassalaridagi vaziyat ancha madaniylashgan. Biroq ular odamlarning katta oqimiga bardosh bera olmayotgani ochiq kurinib turibdi. Yana, hozirgisidan ikki, uch barobar kuproq kassirlar kerak. Muammoni hal qilishi mumkin bulgan khususiy kassalarda tizimga yaqinlashish imkoni yuq. «UTY» ularni yaqinlashtirmoqchi ham emas.
«Ishonch bilan shuni aytish mumkinki, khususiy kassalar — bugungi kunda ortda qolgan bosqich. Rivojlangan mamlakatlarning aksariyat temiryul mamuriyatlari yulovchi biletlarini realizasiya qilishda «inson omili”ning har qanday aralashuvini istisno etuvchi qogozsiz tizimlarga utib bulgan», — dedi «Uztemiryulyulovchi» AJ bosh direktori birinchi urinbosari Dilshod Hojiakbarov «Gazeta.uz”ga bergan intervyusida.

«Uztemiryulyulovchi» rahbariyatining fikricha, biletlar sotishga muljallangan yangi sayt aholi va mehmonlarning khususiy kassalarga bulgan ehtiyojini qondirishi kerak. Shunday bulsa-da, internetdan foydalanishni barcha fuqarolarimiz ham bilmaydi, servislarning uzi ham barqaror ishlayotganicha yuq. Yakunda baribir navbatda turishga tugri kelyapti. Elektron bulsa-da.

Ispaniyalik tekhnik 2 iyuldagi reysga chiqarishdan avval «Afrosiyob» poezdini tekshiryapti. Foto: Relisa Granovskaya.

Yullar va echimlar

Yumronqoziqni kuryapsanmi?

Yuq.

Men ham kurmayapman. Lekin u bor.

(«DMB»)

Bilguvchilarning aytishicha va ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, kassada ham, saytda ham yuq biletni baribir sotib olish mumkin.

«Tunda qaytarilgan biletlar sotuvga chiqariladi. Lekin ertalab «Afrosiyob”da ketaman deb yarim kechasi bilet kutib utirish ham zararli, ham noqulay. Bakhtimga, allaqachon hamma bilan tanishman va bilet muammosini Payme, Telegram orqali hal qilaman. Mana shunaqa, afsuski», — deb yozadi Facebook foydalanuvchisi mening «UTY”ga bagishlangan 15 iyundagi postim ostida.

Maqolani tayyorlash jarayonida tuplangan akhborot asosida men bilet «topish”ga yordam berishi mumkin bulgan ikki usulni aniqladim:

1) Biletni sayyohlik firmasidan sotib olish;

2) «UTY”dan siz uchun «bron”ni echib bera oladigan tanishni topish.

Mushtariylarning yozishicha, yana bir ajabtovur usul bor. Biletni vokzal kassalari oldidagi qandaydir «hojatbarorlar”dan kharid qilish mumkin. «Kassa oldidagi «hojatbaror» orqali ustama haq bilan istalgan vaqt istalgan poezdga bilet olish mumkin», — deb yozgan foydalanuvchilardan biri 15 iyun kuni. «Vokzal oldida past ovozda: «Afrosiyob, biletlar», deb elon qilib yurgan erkaklarni men ham kurganman», — deb qushimcha qilgan boshqasi.

Men 19 avgust kuni soat 16:00 va 17:00 oraligida har ikki vokzalda bu erkaklarni topishga harakat qildim. «Hojatbaror”larni topolmadim. Faqat oldimdan shtativ kutarib, uz ishi bilan yugurib utgan temiryul matbuot khizmati khodimlariga duch keldim. Ehtimol, chayqovchilik frontining mazkur sirli jangchilari kunning boshqa vaqtida ishlar? YOki vokzaloldi hududlaridan ularning dumini butunlay tugishgan.

Turfirmalar

Men bilan suhbatlashgan yulovchilar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi kommentatorlarning takidlashicha, sotuvda «yuq» biletni sayyohlik firmalarining birortasidan topish mumkin. Amalda sayyohlik firmalar hozir khususiy kassalar vazifasini bajaryapti. Men hech qanday farqni kurmayapman. Bu erda temiryul chiptalarini emin-erkin sotishyapti. Shunday ekan, qonuniy khususiy kassalarning bulardan nimasi kam?

Men bir necha turistik firmaga qungiroq qilib chiqdim. AvrudTravel’dagilar bilet sotib olish mumkinligini, lekin aynan hozir kerakli biletlar yuqligini aytishdi. «Sharq taronalari» sabab joy bulish-bulmasligiga umuman kafolat yuq. Faqat besh kun avval kurilsa, joylar «chiqib qolishi» mumkin. Lekin bu ham aniq emas, chunki shu kunlari tadbir rosa avjiga chiqqan vaqt buladi”, — dedi menga operator. U mening telefon raqamimni yozib olib, «ushbu masalani nazoratiga olishga» va 23 avgust kuni qayta qungiroq qilishga vada berdi.

HRG kompaniyasiga qungiroq qilganda «temiryul biletlarini bron qilish bulimi» bilan boglanish uchun tegishli raqamni terishni suraydigan robot ovozini eshitish mumkin. Yani, bu erda bunday khizmatlar tizimli ravishda kursatiladi. Umuman olganda, operator meni khursand qila olgani yuq. Men suragan kunlarga biletlar yuq va ularni olish «imkoni ham yuq».

Advantour kompaniyasida esa biletlarni faqat tur-paket bilan birga sotib olish mumkinligini aytishdi. Kompaniya saytining inglizcha versiyasida «UTY» poezdlariga biletlar sotib olish mumkin. Ayni vaqtda kompaniya insof bilan ogohlantiryapti: chiptalarni «UTY» sayti orqali sotib olish arzonroqqa tushadi.

Khuddi shunday khizmatni chet ellik sayyohlar uchun OrexCA kompaniyasi ham kursatmoqda. Qizigi, saytda shunday yozilgan: «Kompaniya biletlarni alohida sotish huquqiga ega emas, biroq ularni «paket”ning bir qismi sifatida sotib olish mumkin». «Paket”dan chipta, etkazib berish, kharita, yulboshlagich va safar davomida turoperatorning kumagi urin olgan.
Internetda «UTY» chiptalarini chet elliklarga sotishga ikhtisoslashgan boshq saytlarni ham topish mumkin. Masalan, mana bu saytda «Toshkent-Samarqand» yunalishidagi «Afrosiyob» poezdi bileti 33 dollar turibdi.

Turfirmalar nafaqat khususiy kassalar vazifasini bajaryapti, vaqti kelsa sotuvda yuq chiptalarni «topib bera oladi». Ushbu malumotni sohadagi manbalar tasdiqladi.

«Resurs taqchil bulsa-yu, shu resurs taqsimoti ustida odamlar utirgan bulsa, ularda pul ishlab qolishdek katta vasvasa uygonadi. Turfirmada har doim bilet bormi, demak, uning 35 ming sum ustama etkazib beradigan kassiri bor. Bizda bilet sotganlik uchun komissiya miqdori 25 ming sum. Biroq biletni „uzimizning kassir“ orqali sotib olsa, komissiya miqdori 60 ming sumga aylanadi», — dedi Uzbekistondagi eng yirik turistik firmalardan birining khodimi ismini oshkor etmaslik sharti bilan.

Turfirmadagi mening manbam orziqib kutayotganim Bukhoro chiptasini sotib olishda yordam bera olmadi, chunki, uning suzlariga kura, «25 avgustdan 5 sentyabrga qadar „Sharq taronalari“ festivali sabab», «Afrosiyob”ga chipta sotish yopilgan.

Biroq hayotimdan bir marta men shunday mekhanizmdan foydalanganman. 2018 yil fevralida, «Gazeta.uz» Toshkent va Samarqandga taniqli urbanist Arkadiy Gershmanni olib kelganida, 4 fevral kuni men Samarqanddan uyga etib olishim kerak edi. Biletlar na saytda va na kassada bor. Shunga qaramay, Samarqanddagi turfirmalardan biri qushimcha «komissiya» evaziga menga kerakli biletni osongina topib bergandi.

«Uztemiryulyulovchi» vijdonsiz kassirlarga qarshi kurash buyicha olib borilayotgan ishlar haqida malum qildi: «Temiryul kassalarida oldindan talim va tayyorgarlik kurgan kassirlar ishlaydi. Barcha kassirlar tanlov asosida, komissiya khulosasiga asosan kollej va institutlarda tahsil olgan mutakhassislar orasida saralab olinadi. Shuningdek, har bir kassaga videokuzatuv kameralari urnatilgan. Biletlarni sotish jarayonida noqonuniy harakatlarga yul quymaslik uchun muntazam monitoring olib boriladi, kassirlar rotasiyasi amalga oshiriladi, bu esa tekhnologik jarayonni buzib bilet sotish holatlarini cheklaydi».

«Afrosiyob» poezdi provodniklari — 2 iyuldagi reysga junash oldidan. Foto: Relisa Granovskaya.

«UTY”dagi tanishlar

Biletlarni turfirmalardan tashqari, aftidan, «UTY”dagi tanishlar orqali ham olsa buladi. Men «UTY”da ishlaydigan bir necha khodim bilan boglandim. Ular «qungiroq orqali» bilet olish mumkinligini aytishdi. «UTY» khodimlaridan biri, jurnalistlar bilan muloqot qilgani uchun ishdan haydab yuborishlaridan khavotirlanib, ismini oshkor etmaslik sharti bilan ushbu mekhanizm haqida suzlab berdi.

«Har bir poezdda bronning har khil turi bor. Harbiy bron, deputat broni. Undan faqat belgilangan miqdordagi odamlar foydalanishi mumkin. Ushbu bronlarning bari poezd yulga chiqishiga 2 soat qolganida echiladi va erkin sotuvga chiqariladi. Lekin „surab kurilsa“, shu bronni kerakli odamga ham berishadi. Bu odamga makhsus kod aytiladi, u takhminan: „75683“ deganga ukhshash kurinishda buladi. Kassada shu kodni aytsangiz, kerakli biletni sizga sotishadi», — dedi «UTY» khodimi.
«Boshqa varianti ham bor — provodnik bilan tanish bulsangiz, agar bush joy bulsa, sizni poezdga utkazib quyadi. Bu ommalashgan amaliyot. Biz, „UTY“ khodimlari, uzimizga bilet etmasligidan kup aziyat chekamiz. Tizimning shaffof ishlashidan biz ham manfaatdormiz», — deya qayd etdi u.

Menda uz manbamdan 28 avgustdagi «Toshkent-Bukhoro» poezdiga bilet topib berishni surash imkoni bor edi. Ammo bu holda uning shakhsi oshkor bulib qolishi mumkin edi. Shunga qaramay, u menga bilet topib bera olgan bulardi, deb ishonaman.

«Tanishlarga qungiroq qilish» orqali kassadan bilet olish mumkinligini ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan qoldirilgan kuplab kommentlar ham tasdiqlaydi. Iqtibos: «Biletlar sotuvining birinchi kunidayoq bizga biletlar yuq deb aytishdi. Tanishim temiryulda ishlaydi. Telefon qildim. Bilet ham topila qoldi». Boshqa kommentator: «Biz „qungiroq“ buyicha kelganimiz uchungina kassir menga „zurga“ bilet topib berdi».

Muammo shundaki, idora va amaldorlar uchun bronlash tizimi umuman shaffof emas. U aqlga kelishi mumkin bulgan har turli manipulyasiya va «khufyona» mekhanizmlarni amalga oshirishga imkoniyat beradi.
«Idoraviy muassasalar va tashkilotlar uchun poezddan joy ajratish taqdim etilgan yozma arizalar asosida amalga oshiriladi, har bir poezdga har khil, joy normasiga qarab. Shuningdek, har bir tashkilotda uz ishchilari uchun joy ajratish uchun oldindan yozma arizalarni taqdim etish bilan shugullanuvchi masul shakhslar ham mavjud», — deya izohladi «Uztemiryulyulovchi».
Kurinib turibdiki, idoralar va amaldorlar uchun bron qilish tizimi umuman shaffof emas. Kuplab odamlar oddiy yulovchilardan kura ustuvorroq mavqega ega. Bu esa har turli manipulyasilar va «khufyona» mekhanizmlar uchun imkon qoldiradi.

Bush poezdlar

Kuplab yulovchilar chiptalar juda taqchil bulgan bir sharoitda «Afrosiyob» poezdlari kupincha bum-bush yurishidan shikoyat qiladi. Ushbu vaziyat Facebook’dagi mana bu postda batafsil yozilgan. Men bunga biletlarni guruh bulib bronlashni suiistemol qilish sababchi ekani haqidagi takhminni kup eshitganman. Guruhli bronlash huquqi turistik kompaniyalarga berilgan.

«Afrosiyob» poezdlarining bushligini izohlovchi yulovchilar orasida mashhur takhmin quyidagicha: «Sayyohlik kompaniyasi biletlarni bron qilib, okhirigacha uzida saqlab utiradi, agar sotolmasa, poezd yulga chiqishidan ikki soat avval ular erkin savdoga chiqariladi. Odamlar bu biletlarni sotib olishga ulgurmaydi va poezd chala-yarim tulganicha yulga chiqadi».

Biletlarni bron qilish va sotib olish uchun khatlar namunasi. Foto: Nikita Makarenko.

«UTY» kassasi devoriga yopishtirilgan qogozdan kurinib turibdiki, un va undan ortiq kishi uchun guruhli bron qilish mumkin. U oddiy chipta kharididan farq qiladi. «Uztemiryulyulovchi» shunday amaliyot borligini tasdiqladi.

«Sayyohlik kompaniyalari tomonidan joylarning oldindan bron qilib quyilishi mahalliy aholi tomonidan bilet sotib olish imkoniyatining yuqqa chiqarilishiga sabab buladi», — deydi Dilshod Hojiakbarov. «Uztemiryulyulovchi» bosh direktori urinbosarining malum qilishicha, yulovchilarni yul hujjatlarini sotib olish buyicha teng imkoniyatlar bilan taminlash maqsadida har bir «Afrosiyob» poezdida joylarning 1/3 qismi guruhli bron uchun ajratiladi.

Uzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qumitasi ushbu jarayonga hech qanday aloqasi yuqligini «Gazeta.uz”ga malum qildi: „Uzbekiston temir yullari“ sayyohlik firmalariga sotiladigan chiptalar sonini mustaqil ravishda uzi belgilaydi».
Mana endi eng qiziqarli savol. Ushbu biletlar qaytarilganidan sung qancha vaqt utib tizimda paydo buladi? Akhir u, yuqorida bayon qilingan turfirmalar va kassirlar urtasidagi yaqin «hamkorlik» hisobga olinsa, manipulyasiyalar uchun keng maydon qoldiradi. Nazariy jihatdan turfirma sayyoh uchun bron qilingan biletni qaytarib, uni shu zahoti boshqa odam uchun kharid qilishi mumkin.

«Guruhli tashuvchi avvaldan bron qilingan joylardan voz kechganidan sung, ushbu joylar poezd qatnoviga besh sutka qolganida erkin savdoga avtomatik ravishda chiqadi. Agar yulovchi poezd junashidan bir sutka bilet sotib olib, oradan bir necha soat utib safar qilish fikridan qaytsa va biletni qaytarish uchun topshirsa, tasodifiy raqamlar generatori „Random“ algoritmi buyicha tizim qayta ishlagach, ushbu joy poezd junashiga kamida ikki soat qolganida sotuvga chiqariladi», — dedi Dilshodjon Hojiakbarov.

«UTY» Rossiyaning 2005 yilda ishlab chiqilgan «Ekspress-3» avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ABT)dan foydalanadi. «Rossiya temir yullari”ning «VKontakte”dagi rasmiy guruhi administratori Sergey Popovning takidlashicha, qaytarilgan bilet oradan 2−3 soat utib tizimda paydo buladi, «kun davomida paydo bulishi esa aniq». Umuman olganda, u «buni oldindan takhmin qilish qiyin”ligini ham aytdi.

Utgan yili Qozogistonning Nur.kz portali Qozogiston temir yullaridagi biletlar bilan bogliq chayqovchilik skhemasi tizimning mana shunday shaffof bulmagan jarayoni ustiga qurilgani haqida yozib chiqqandi. Qozogistonda ham «Ekspress-3» ABTdan foydalaniladi.

«Ular (olib-sotarlar) oldindan sokhta yulovchilar uchun biletlar sotib oladi yoki hatto guruhli biletlarni kharid qiladi… Sung oldindan sotib olingan biletlarning qaytarilishi amalga oshiriladi va ular haqiqiy yulovchiga rasmiylashtiriladi. Buning uchun ikkita kassaning kelishib ishlashi kifoya: birinchi kassir biletning qaytarilishini amalga oshiradi, ikkinchisi esa bush qolgan joyni «ushlab oladi», — deb yozgandi Nur.kz.

Kurinishidan, Uzbekistondagi tizim Qozogiston yoki Rossiyadagidan biroz farqli ishlaydi. Lekin u nazariy jihatdan sayyohlik firmalari va vijdonsiz kassirlar foydalanishi mumkin bulgan manipulyasiyalardan etarli darajada himoyalanganmi?


Facebook tarmogida 2018 yil 24 avgust kuni elon qilingan surat. Yulovchining takidlashicha, u «eng sunggi biletni sotib olgan».

«Uztemiryulyulovchi”dagilarning fikricha, poezdning ayrim vagonlaridagi bush joylar guruhli bronlarning bekor qilinishi oqibatida emas, balki boshqa sabablarga kura paydo buladi. Bu sabablardan biri — yulovchilarning safarga chiqmasligi. «UTY» malumotlariga kura, har bir reysga takhminan 5−10 nafar shunday odam tugri keladi. Ikkinchi sabab esa baribir «Ekspress-3» ABT faoliyatidagi uziga khoslik bilan bogliq.

«Buni „Toshkent-Bukhoro“ yunalishidagi „Afrosiyob“ poezdi misolida kurib chiqamiz. Bush urinlar bilan bogliq holat kupincha Toshkentdan ketayotganda uchraydi. „Ekspress-3“ tizimida surov dasturi shunday tuzilganki, agar bush joy (masalan, 3-vagondagi 21-joy) Jizzakhdan Navoiygacha bulgan bulak uchun sotilgan bulsa, u holda Toshkentdan Bukhoroga ketishda bush qidirib surov berganingizda, tizim sizga bu joyni kursatmaydi. Biroq surovni „Toshkent-Jizzakh“ yo „Navoiy-Bukhoro“ deb uzgartirsangiz, joy sotuvga chiqib keladi», — dedi «Uztemiryulyulovchi» vakillari.

Murakkabmi? Murakkab. Soddaroq bulishini khohlaymizmi? Khohlaymiz. Toki, «Afrosiyob”ning barcha biletlari saytda yoki kassada shaffof kursatilsin va qaysi bilet kim tomonidan bron qilingan-u, qay biri allaqachon yulovchi tomonidan sotib olingani kurinib tursin.

Sayyohlarni qanchalik yakhshi kurmaylik, ularni uz fuqarolarimizdan ustun quyib bulmaydi. Biletlar barcha uchun teng sharoitlarda, guruhli bronlarsiz sotilishi kerak. Ayniqsa, mamlakatimizga turfirmalar khizmatlaridan foydalanmaydigan sayyohlar borgan sari kuproq kelayotgan bir vaqtda.

Alvido, Bukhoro!

Darvoqe, men Bukhoro biletisiz qoldim. «UTY”dagi tanishlardan foydalanishni istamadim, «hal qiladigan”larni topolmadim, turfirmalar esa yordam berolmadi. Vaholanki men bu ertaknamo shaharni u erdagi hamma narsani tuliq zamonaviylashtirib «rekonstruksiya qilib tashlagunlaricha» borib kurishni juda ham qattiq khohlagandim. Ark qarshisidagi mashhur Bukhoro «tunka-darakhtlari”ni tomosha qilish imkoni yuq endi. Eh!

Ehtimol, boshqa sanaga harakat qilib kurish kerakdir? Hozirdan tekshirish mumkin bulgan eng sunggi muddat — 2 oktyabrga faqat 31 ta joy qolgan (19 avgust kuni tekshirilgan). Deyarli hech vaqo qolmagan. Nima qilish kerak? Balki reyslar sonini oshirish kerakdir?

Hozirda «Afrosiyob» Toshkentdan Samarqandga kuniga turt marta qatnaydi, faqat tongda. «Talgo» poezdlari uz vatani — Ispanida Madrid va Barselona orasida kuniga 18 (un sakkiz) marta qatnaydi. Birinchi reys 5:50 da yulga chiqsa, okhirgisi 21:25 da qatnovni amalga oshiradi. Poezd takhminan uch soatcha yul bosadi. Nega bizda bunday qilib bulmayapti?

«Uztemiryulyulovchi”dan malum qilishlaricha, «Toshkent-Samarqand» uchastkasida harakat jadvali tuliq band. «Hozirgi vaqtda ushbu uchastkada har kuni har ikki yunalish buyicha 18 juft poezd qatnaydi», — dedi mutakhassislar. U erda boshqa hech narsaga, hatto eng abgor elektrichkani tiqishtirishga ham joy yuq.

Vaziyatni faqat yangi, alohida temiryul liniyasi qutqarishi mumkin. Ushbu ulkan loyiha yaqin kelajakda ruyobga chiqarilishini khohlaysan kishi. U turizm rivojiga, khususan, mahalliy turizm taraqqiyotiga kuchli turtki berishi mumkin. Tasavvur qiling, Samarqandga khuddi Madriddan Barselonaga bulgani kabi, kun davomida 18 ta poezdning istalganida etib olish mumkin buladi. Ana guzallik!

Akhir poezdga muqobil vositalar unchalik ham kup emas. Samolyot chiptalari poezdnikidan ham tezroq sotilib ketadi. Avtomobil yuli ideal emas va khavfsiz ham emas. Taksichi bilan ketish tavakkalchilik, avtobus esa sekin yuradi. Poezd raqobatdan kholi.

Yangi yul hali loyihada bulmagan bir vaqtda «UTY» mavjud harakatlanuvchi tarkiblarni yangilash va yangi «Afrosiyob”larni sotib olish bilan band. Hozir Uzbekistonda ikkita sakkiz vagonlik va ikkita 10 vagonlik «ispan» bor. 2020 yilgacha yana ikkita 10 ta vagonli poezd sotib olinadi va sakkiz vagonli poezdlarga ikkitadan vagon qushiladi.

«Toshkent yulovchi vagonlarini qurish va tamirlash zavodi» «stapeli”da turgan yangi mahalliy vagonlar. Foto: Relisa Granovskaya.

Shuningdek, kompaniya harakatlanuvchi tarkiblarni yangilash maqsadida mahalliy yulovchi vagonlar ishlab chiqarish suratini ham yiliga 50 donagacha oshirmoqda. Vagonlarni «Toshkent yulovchi vagonlarini qurish va tamirlash» AJ bazasida ishlab chiqarishmoqda. Hozirda «UTY» ikhtiyorida 700 ta yulovchi vagon bor. Ular reja buyicha tamirlanib, modernizasiya qilinadi, shuningdek, kondisioner tizimi takomillashtiriladi.

Biz «Uzbekiston temir yullari» va hukumatning yuqori tezlikdagi temiryul transportini rivojlantirish yulidagi say-harakatlarini qadrlaymiz. Mana, CNBC’da 7 may kuni «Nima uchun AQShda yuqori tezlikdagi temiryullar yuq?» sarlavhasi bilan chiqarilgan ajoyib syujet (ingliz tilida).

Ehtimol bu siz uchun yangilik bulishi mumkin, biroq Qushma Shtatlarda bittagina, uzunligi 457 kilometr bulgan shartli yuqori tezlikdagi temiryul bulagi bor. Unda sostavlarning urtacha tezligi 104 km/soat va shuning ham faqat 55 kilometrlik kichik bir bulagida tezlikni soatiga 241 km/soatgacha oshirish mumkin.

Bizda esa deyarli barcha yirik turistik markazlarimiz tezkor temiryul orqali bir-biri bilan boglangan. Poezdlar chindan ham alo darajada. Bu poezdlar Uzbekiston buylab sayohatlar uchun avval tasavvurda ham bulmagan qulayliklarni yaratdi. Fakhrlansa arzigulik jihatlar bor.

Lekin bir iltimos. Bizga shu poezdlarga chiqish uchun rukhsat bering. Biletlarni shaffof va adolatli sotadigan tizimni yulga quying. Shunday bulsinki, suniy taqchillik, guruh bulib bron qilishlar, «olifta» bronlar va «shapka”larga urin qolmasin. Khuddi aviasiyadagi kabi navbatlari yuq khususiy kassalari bilan birga bulsin.

Aks holda bu poezdlar khalq uchun chinakam harakat vositasiga aylanmay, sayyohlar va VIP-shakhslarga muljallangan ajib bir attraksionligicha qolaveradi.

Haqqimizda

Яна маълумот

1-Mustaqilik

Mustaqillik kuni Muborak! – tabriglari, sherlar, rasmlar, ashula

Mustaqillik tabrigi (tabriklari) Aziz hamvatan! Muhtaram do’stlar! Sizni khalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – …

100200300