Home / Jamiyat / Akfa universitetida janjal: sobiq va amaldagi rahbariyat kelishmovchiligi talabalarga qimmatga tushmoqda

Akfa universitetida janjal: sobiq va amaldagi rahbariyat kelishmovchiligi talabalarga qimmatga tushmoqda

KAU (avvalgi Akfa) universiteti rahbariyati va shu muassasada Part-time dasturi bo’yicha o’qigan talabalarning ota-onalari o’rtasida nizo kelib chiqqan. Amaldagi mamuriyat bunda sobiq rektorni ayblamoqda. Akfa universitetini 2018-2022 yillarda boshqargan Bekzod Jalilov esa bu ishlarning ortida prezidentning sobiq maslahatchisi, Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqkho’jaevning qudasi Abdujabbor Abduvohidov turganini malum qildi.

Toshkentdagi Kentral Asian University (avvalgi Akfa) universiteti talabalarining ota-onalaridan shikoyatlar kelib tushdi.

Tuzilgan shartnomada maktabning bitiruvchi sinfida o’qib turgan o’quvchilar bir vaqtning o’zida Part-time dasturi doirasida Akfa universitetining 1-kursini o’qib tugatishi va maktabni bitirishi bilanoq universitetning 2-kursiga qabul qilinishi belgilangan. Ammo 2022-2023 o’quv yilida mazkur dasturda o’qigan talabalar yangi o’quv yilida universitetning 2-kursiga qabul qilinmasligi va 1-kursni qaytadan o’qishlari lozimligi aytilgan. SHundan so’ng mamuriyat va talabalarning ota-onalari o’rtasida nizo kelib chiqqan.

tuqcqprswgxq2krsewiioycdcucgdqck

Part-time dasturini tamomlab, bu yil 2-kursda o’qishni boshlashi kerak bo’lgan talabalar darslarga qo’yilmagan. Ular bir o’quv yili uchun 40 mln so’m kontrakt to’lagan.

Universitetning yangi rahbariyati bu holatni avvalgi rektor tomonidan qonunbuzarliklar sodir etilgani va 2-kursga qabul qilingan talabalar o’qishni davom ettira olmasligi, chunki bu qonunda ko’zda tutilmagani bilan izohlagan. O’quvchilarning so’zlariga ko’ra, ularni kirishdagi yuzni tanib olish tizimidan uzishgan, talabalik guvohnomalari olib qo’yilgan.

Oliy talim muassasasining Kun.uz’ga taqdim etgan malumotida yuzaga kelgan holatga universitetning avvalgi rahbariyati aybdor ekani ko’rsatiladi.

«Bundan ikki yil avval Akfa universitetining sobiq rektori — 1990 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan Bekzod Djalilov tomonidan Study for the sukkess MChJni Universitet tasischisidan yashirin holda, firibgarlik yo’li bilan o’ziga qo’shimcha mablag’ ishlash maqsadida jalb qilgan, amaldagi qonunlarga khilof yo’l bilan ushbu MChJ nomidan ota-onalar bilan shartnomalar tuzgan. SHartnomaga muvofiq ota-onalarga ularning farzandlari maktabning 10-11 sinflarida o’qish bilan bir vaqtning o’zida Akfa universitetining 1-kursini o’qib tugatishi va maktabni bitirishi bilanoq Universitetning 2-kursiga qabul qilinishi MChJ tomonidan vada qilingan va ota-onalar ushbu khizmat evaziga MChJ hisob raqamiga muayyan to’lovlarni qilishgan.

Malumot uchun Kentral Asian University MChJning bank hisob raqami «O’zmilliybank» AJ Yashnobod filialida ochilgan. Study for the sukkess MChJning bank hisobraqami esa Toshkent shahar Kapitalbank amaliyot boshqarmasida ochilgan.

SHuningdek, MChJ hisob raqamiga tushgan pul mablag’lari B.Jalilovning turmush o’rtog’iga tegishli bo’lgan MChJ tomonidan o’zlashtirib yuborilgan.

— Biroq, ushbu MChJning Akfa universitetiga hech qanday aloqasi yo’q. O’quvchilarni maktabda o’qib turgan vaqtida universitet dasturlariga qabul qilish ham qonunchilikka zid. MChJ tasis hujjatidan ko’rinib turibdiki, u sobiq rektorning yaqin qarindoshi tomonidan tasis etilgan, kontakt malumotlari ham unga tegishli, o’zining banklarning birida alohida hisobraqamlari mavjud.

Ushbu ish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, khususan tuman prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qo’zg’atilgan bo’lib, jabrlanuvchilar tuman prokuraturasiga tegishli shikoyat bilan murojaat qilishlari mumkinligi malum qilindi.

Universitet o’z o’rnida, B. Jalilovning qonunga khilof khatti-harakatlaridan jabrlangan va qo’lida shahodatnomalari (11-sinf) bor bolalarni tez kunlarda, o’rnatilgan tartibda Universitetning 1-kursiga qo’shimcha qabul qilishini ota-onalarga malum qildi», deyiladi Kentral Asian University izohida.

SHuningdek, Kentral Asian University tomoni malum qilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi IJQK departamenti Mirzo Ulug’bek tuman bo’limi tomonidan Au Finankial Investment Team MChJning sobiq mansabdor shakhslari va Kyber Genesis Systems MChJ mansabdor shakhslariga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.

Haqqimizda

Яна маълумот

20230829_103903-768x432

Khoja-Ahror Vali ansambli

Khoja Ahror vali ansambli — Samarqand shahridagi tarikhiy-madaniy majmua bo’lib, u Khoja Ahror nomi bilan …

100200300