Home / Jamiyat / Andijonda mahkumni urib o’ldirib qo’ygan 12 nafar IIB khodimiga nisbatan sud hukmi o’qildi

Andijonda mahkumni urib o’ldirib qo’ygan 12 nafar IIB khodimiga nisbatan sud hukmi o’qildi

Ichki ishlar khodimlari tomonidan ayovsiz do’pposlangan mahkumni kamerada kaltaklagan boshqa bir mahbus ham sud tomonidan jazoga tortildi.

Illyustrativ foto

Andijon viloyatining SHahrikhon tumanida yashagan, sud tomonidan unga tayinlangan akhloq tuzatish ishlari jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgani bois 2022 yilning 19 mart kuni IIV Jazoni ijro etish departamenti tergov hibskhonasiga olib kelingan 32 yoshli Sanjarbek Mamajonov 21 mart kuni 12 nafar ichki ishlar organi khodimi tomonidan tergov hibskhonasining kamera o’rnatilmagan joyida ayovsiz kaltaklanib, qiynoqqa solinadi.

Sud hukmida keltirilishicha, do’pposlash natijasida hayot uchun khavfli og’ir jarohatlar olgan mahkumga tibbiy yordam ko’rsatish o’rniga u hibskhonaning 32-kamerasiga joylab qo’yiladi. Og’riqlar tasirida bo’lgan erkak bu erda boshqa bir mahbus Jasurbek Usmonov bilan aytishib qoladi, natijada yana bir marta kaltaklanadi. Mazkur voqeadan takhminan uch yarim soat o’tgach, Mamajonovda biologik o’lim qayd etiladi.

Hujjatlarga ko’ra, tergov hibskhonasi davolash profilaktika yordam ko’rsatish bo’limi boshlig’i bo’lib ishlagan To’khtaqul Allamatov, bo’lim shifokor-psikhiatri SHukurillo Alimov 12 nafar khodim tomonidan kaltaklangan Sanjarbek Mamajonovni 32-kameraga joylashdan oldin tibbiy ko’rikdan o’tkazgan, biroq o’z vazifalarini lozim darajada bajarmay uni obektiv baholashmagan, buning oqibatida uning o’limiga yo’l qo’yib berishgan. Malum bo’lishicha, mahkum bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat eyishi, bosh miya yumshoq va qattiq parda ostiga qon quyilishi, bosh miya shishi aniqlangan. Biroq shifokorlar mahkumning tibbiyot daftarchasiga uning ahvoli yakhshi ekani, tashqi tan jarohatlari mavjud emasligi haqida sokhta qaydlarni yozib qo’yishadi.

Sud majlisida sudlanuvchilarning ayblari rad etib bo’lmas dalillar hamda guvohlarning ko’rsatmalari bilan tasdig’ini topgan. Sud hukmiga ko’ra:

  • IIV JIEDga qarashli 3-son tergov hibskhonasi boshlig’ining yordamchisi – smena boshlig’i Umidjon Abdurasulov 4 yilga;
  • 3-son tergov hibskhonasi tartibot bo’limi katta inspektori Javlon Rejapov 4 yilga;
  • tartibot bo’limi korpus kattasi Elyorbek Rahmonov 4 yilga;
  • tartibot bo’limi katta nazoratchisi Madaminjon Jamolov 4 yilga;
  • tartibot bo’limi katta nazoratchisi Sardorbek Ibragimov 4 yilga;
  • tartibot bo’limi katta nazoratchisi Mansurbek Mamatkarimov 4 yilga qamaldi.

Bundan tashqari, ushbu jinoyatda aybli deb topilgan:

  • tergov hibskhonasi boshlig’i G’ulomjon G’opporov 3 yil;
  • tartibot bo’limi korpus kattasi Zuhriddin SHoburkhonov 3 yil;
  • tezkor qidiruv bo’linmasi katta tezkor vakili Inomjon Imoldinov 3 yil;
  • tartibot bo’limi nazoratchisi Jahongir Madaminov 3 yil;
  • davolash-profilaktika yordam ko’rsatish bo’limi boshlig’i To’khtaqul Allamamatov 3 yil;
  • davolash profilaktika yordam ko’rsatish bo’limi shifokor-psikhiatri SHukurillo Alimov 3 yil muddatga uy qamog’iga hukm qilingan.

Marhumni kamerada kaltaklagan mahbus Jasurbek Usmonov esa 4 yil-u bir oyga qamalgan.

Sud tomonidan Sanjarbek Mamajonovning o’limida aybdor deb topilgan 12 nafar sobiq khodimning 10 nafari bir yarim yil, 2 nafari esa bir yil muddatga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan.

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning Kun.uz’ga malum qilishicha, 9 nafar sudlanuvchilar JIB Angren shahar sudining mazkur hukmi ustidan apellyasiya shikoyati bergan. Ayni vaqtda hukm qonuniy kuchga kirmagan hamda jinoyat ishi apellyasiya tartibida ko’rib chiqilishi kutilmoqda.

Haqqimizda

Яна маълумот

20230829_103903-768x432

Khoja-Ahror Vali ansambli

Khoja Ahror vali ansambli — Samarqand shahridagi tarikhiy-madaniy majmua bo’lib, u Khoja Ahror nomi bilan …

100200300