Home / Jahon / Bachadon kasalliklari – belgilari davolash

Bachadon kasalliklari – belgilari davolash

Bachadon qanday azo?

Bachadon kovak azo bulib, mushaklardan tuzilgan. U kichkina chanoq bushligida, qovuq bilan tugri ichak orasida joylashib, shakli nokka ukhshash, bushligi uchburchaksimon, bir burchagi bachadon buyni kanaliga, ikkinchi burchagi esa bachadon tubiga, pastki burchagi bachadon buyni kanalining ichki teshigiga qaratilgan. Yuqoridagi ikki burchak bachadon naylarining teshigiga tugri keladi. Bachadon devori – ichki shilliq qavat (endometriy), urta – mushak qavat (miometriy) va tashqi seroz qavat (qorin pardasi)dan iborat. Homiladorlikda mushak tolalarining yugonlashishi va yangi tolalarning paydo bulishi hisobiga bachadon kattalashib, shakli uzgaradi.

moi-rodi676454Tugruqdan keyin esa qisqarib, asl holiga qaytadi. Ayol keksaygan sari (ayniqsa, hayz kurish butkul tukhtaganda) bachadon kichraya boshlaydi. Bachadon judayam harakatchan bulib, tugri ichak tulganda yoki peshob yigilib, qovuq kattalashganda osongina uz hajmini uzgartira oladi.

Kup uchraydi

Bachadon buyni eroziyasi ginekologik kasalliklar orasida eng kup uchraydi. Eroziya – lotincha suz bulib, «yuzaning jarohatlanishi» degan manoni anglatadi. Bizga malumki, bachadon buyni uch qavatdan iborat bulib, uning tashqi shilliq qavati kup qavatli yassi epiteliy hujayralardan tashkil topgan. Bachadon buyni ichki kanalining qavati esa bir qavatli silindrsimon epiteliy hujayralardan tarkib topgan. Bu ikkala hujayralarning chegarasi, yani birikish joyi bachadon buynining utish qismida tuqnash keladi. Bachadon buyni shilliq qavatining yuza qismi shikastlanishi oqibatida eroziya vujudga keladi. Bunda asosan bachadon buynining atrofi qizaradi.

Bachadon buyni eroziyasini keltirib chiqaruvchi omillar talaygina. Eng asosiy sababchilardan biri – jinsiy azolardagi yalliglanishlar. Chunki yalliglanishda bachadondan chiqindi kup ajraladi. Bundan tashqari, bachadon buynidagi bezlar ham kup shilliq ajratadi va natijada shilliq qavat yuzasi bichilib, shilinadi.

Usha tashqi kup qavatli yassi epiteliy hujayralarning shikastlanishi natijasida chin eroziya paydo buladi. Keyin uning bitishi jarayonida ichki silindrsimon epiteliy bilan qoplanishi natijasida chin eroziya sokhta eroziyaga aylanadi.

Tugma, chin va sokhta…

Eroziyalar tugma, chin va sokhta bulishi mumkin. Tugma eroziya yangi tugilgan chaqaloqlarda to balogat yoshiga etguncha kuzatiladi. Tugma eroziyaga ona qornida rivojlanayotgan homilaning jinsiy azolari etilayotgan paytida ayoldagi gormonal uzgarishlar sabab buladi. Masalan, 16-17 yoshli qizlarda usha kup qavatli yassi epiteliyning joyini silindrsimon hujayralar egallagan buladi. Lekin bu jarayonda etuklik davrigacha, yani balogatga utish davrida buladigan gormonal uzgarishlar sabab bachadon buyni etilishining tuliq shakllanishi inobatga olinadi. Shuning uchun ham yosh qizlarda tugma eroziya aniqlangan taqdirda ham, darrov davo choralari kurilmaydi. Chunki etilish jarayonida (20-22 yoshgacha davom etadi) tugma eroziya uz-uzidan yuqolib ketishi mumkin.

Chin va sokhta eroziyalar kuproq balogatga etgan qizlardan tortib 18-36-40 yoshgacha bulgan ayollar orasida kup uchraydi. Chunki bu paytga kelib jinsiy hayot boshlanadi, shu bilan birga, homiladorlik, tugruqlar davri ham hisoblanadi. Har bir tugruq, har bir bachadon ichiga qilingan muolajalar, abortlar, tugruqdan keyingi jarohatlar, jinsiy azolardagi turli yalliglanishlar, virus, bakteriya, zamburuglar, jinsiy yul bilan yuquvchi kasalliklar, gormonal muvozanatlarning buzilishi, immunitetning pasayishi va tugruqdan keyingi shikastlarning hammasi chin eroziya paydo bulishiga turtki buladi. Bu sabablar natijasida bachadon buynining yassi qavati shikastlanadi va jarohatlangan joy chin eroziya deyiladi. Lekin chin eroziya yakka uzi kechmaydi, unga, albatta, yalliglanish jarayoni ham qushiladi. Yalliglanish jarayonida shilliq parda qizaradi, shishadi, bel va qovuq sohasida ogriq paydo bulishi mumkin. Jinsiy azoda aloqa vaqtida ogriqlar kuzatiladi. Qindan yiringli va boshqa oqmalar ajraladi. Chin eroziyada bachadon buynining tashqi teshigini qoplagan yassi epiteliy bulmaydi. Epiteliysiz yuzalar va ularning atrofida yalliglanish jarayonlari kuchayadi. Shu soha shishib, sung qattiq bulib qoladi. Leykosit va limfositlardan iborat bulgan mayda hujayrali infiltrasiya yuzaga kelib, jarohatlangan joydagi qon tomirlar kengayadi va qonga tuladi. Endi jarohat joyi tiklanishi kerak-ku, tiklanish judayam sust buladi, chunki yalliglanish surunkali holatda kechadi, shuning uchun bu urinni yassi epiteliy hujayradan oldin bachadon ichki kanalida joylashgan silindrsimon epiteliy tez qoplab oladi. Natijada chin eroziya sokhta eroziyaga aylanadi.

Sokhta eroziya surunkali yalliglanish jarayoni bulgani sabab endi u uz-uzidan tiklanib, sogaymaydi. Shuning uchun bachadon buyni eroziyasi aniqlanganida ayol, albatta, tuliq davo choralarini qullashi kerak. Yuqorida aytilganidek, bachadon buyni eroziyasi ogriqlar, qindagi ajralmalar, jinsiy yaqinlikdagi ogriq va, hattoki, qonli ajralmalar bilan ham kelishi mumkin. Lekin 50 foiz ayollarda kasallik alomatlari namoyon bulmasligi ham mumkin. Shuning uchun har bir ayol yiliga 1-2 marta ginekolog tekshiruvidan utib turishi lozim.

Bachadon buyni eroziyasini hozirgi kunda aniqlash va tashkhislash quyidagi usullar orqali olib boriladi. Birinchi, qin oynasi orqali kurish, keyin bachadon buynining tasvirini kattalashtirib beradigan asbob bor, bu kolposkop, uning yordamida qin buyni tekshiriladi. Bu kolposkopiya usuli deyiladi. Keyin bachadon buynining shikastlangan joyidan surtma olinib, hujayralar qanaqa ahvolda, uzgarish bor-yuqligini bilish uchun sitologik tekshiruvdan utkaziladi. Agar lozim topilsa, shikastlangan joydan, yani hujayradan kesib olinib, gistologik tekshiruv ham amalga oshiriladi.

Asoratlari ogir…

Bachadon buyni eroziyasi aniqlanganidan keyin har bir ayol, albatta, davo choralarini boshlashi shart. Chunki bachadon buyni eroziyasida odam papilloma virusi joylashadi. Papilloma virusi joylashgan hujayralar malum muddat ichida, bachadon buyni kasalliklaridan oddiy kondilomadan tortib bachadon buyni saratonigacha olib kelishi mumkinligi aniqlangan. Dunyo aholisi ayollari orasida bachadon buyni saratoni kukrak bezi saratonidan keyin ikkinchi urinda turadi. Shuning uchun bu kasallik aniqlanganidan keyin, albatta, zudlik bilan davo choralarini boshlash kerak.

Davo usullari

Hozirgi kunda tibbiyotda bu kasallikni davolashda ham bir qancha usullar mavjud bulib, ulardan qaysi birini qullashni shifokor kasallik darajasiga qarab belgilaydi. Birinchi urinda, yalliglanish jarayoniga qarshi, yani infeksiya quzgatuvchisi aniqlanganidan keyin konservativ antibakterial terapiya kursi olib boriladi. Undan keyin operativ usullarga diatermokoagulyasiya (yani yuqori harorat yordamida kuydirish), kriodistruksiya (yani muzlatib quyish) va okhirgisi jarrohlik lazeri yordamida davolash. Hozirgi kunda jarrohlik lazeri ancha keng qullanilayotgan va eng samarali usul hisoblanadi. Unda kuydirilganidan keyingi bitish jarayoni juda tez yakunlanadi. Misol, diatermokoagulyasiya, kriodistruksiya. Tiklanish, yani bitish turt haftadan sakkiz haftagacha davom etsa, lazer yordamidagi usulda 3-4 hafta ichida bachadon buyni butunlay sogayadi.

Bachadon miomasi
Bachadon miomasi deb, mushak tuqimasidan, fibromioma – biriktiruvchi tuqimalardan tashkil topgan, gormonlarga moyil bulgan khavfsiz usmaga aytiladi. Mioma keng tarqalgan kasallik bulib, ginekologik bemorlarning 10-27% da, 30 yoshga etgan bemorlarning 20% ida, 40 yoshdan katta bemorlarning esa 40% ida uchraydi.
Bachadon miomasining kelib chiqish sabablari va rivojlanishi yuzasidan juda kup olimlarning fikr-mulohazalari bulib, ular har khildir, lekin yagona yakuniy khulosaga kelinmagan. Bu masalada butun dunyo olimlari tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Haqqimizda

Яна маълумот

kamchibek

Bishkekda “Kolya-Qirg’iz” – jinoyat boshlig’i Qamchibek Ko’lboev o’ldirildi

4-oktabr kuni Bishkekda “Kolya-Qirg’iz” makhsus operasiyasi chog’ida qirg’izistonlik eng mashhur qonun o’g’rilaridan biri Qamchibek Ko’lboyev …

100200300