Home / Siyosat / Bahrom Hamroevni 14 yilga Rossiyaga qamaldi

Bahrom Hamroevni 14 yilga Rossiyaga qamaldi

Moskva ikkinchi G’arbiy okrug harbiy sudi asli o’zbekistonlik bo’lgan va muhojirlar huquqlari himoyachisi Bahrom Hamroevni “terrorizmni oqlash” va “terrorchilik faoliyatini tashkil etish”da aybdor deb topib, 14 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda sud matbuot khizmatiga tayanib, “TASS” khabar bermoqda.


Foto: Fakebook

“Sud Hamroevni 14 yilga qattiq rejimdagi koloniyaga hukm qildi, u uch yilni qamoqkhonada o’tkazishi kerak”, — deya sud matbuot kotibi Irina Jirnovadan iqtibos keltirgan agentlik.

Tomonlar bahsida ayblovchi taraf Hamroevni 21 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so’ragan.

Hamroevga nisbatan Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 205.2-moddasi 2-qismi (terrorizmni ommaviy oqlash) va 205.5-moddasining 1-qismi (Rossiya Federasiyasi qonunchiligiga muvofiq terrorchi deb topilgan tashkilot faoliyatini tashkil etish) ayblovlari qo’yilgan.

 Tergov organlari malumotlariga ko’ra, Hamroev “Hizb ut-Tahrir” khalqaro terrorchilik guruhi azosi hisoblanadi.

Rossiya huquq-tartibot idoralari Hamroevga nisbatan 2022 yil fevral oyi okhirida jinoiy ish ochgan edi. Khavfsizlik kuchlari huquq himoyachisining ijtimoiy tarmoqlardagi postlarini “Hizb ut-Tahrir” partiyasini qo’llab-quvvatlash va “terrorizmni oqlash” deb hisoblagan. 25 fevral kuni Hamroev tergov izolyatoriga joylashtirilgan.

Hamroevga ikkinchi modda bo’yicha ish ochilgani oktyabr oyida malum bo’ldi. U “Hizb ut-Tahrir” bilan aloqadorlikda gumon qilinib, taqibga uchragan musulmonlarga yordam bergani uchun “terrorchi tashkilot faoliyatini tashkil etish”da ayblangan.

Hamroev o’z aybini tan olmadi. U hech qachon “Hizb ut-Tahrir”ga azo bo’lmaganini, faqat uning azosi deb gumon qilingan odamlarning huquqlarini himoya qilish bilan shug’ullanganini takidladi.

OAV yozganidek, so’nggi yillarda Hamroev doimiy ravishda Rossiya rasmiylari tomonidan bosimni his qilib kelgan. 2016 va 2017 yillarda FKhKh khodimlari uning kvartirasida tintuv o’tkazgan. Avvalroq 2010 yilda Hamroev FKhKh khodimi tomonidan kaltaklangan, 2011 yilda uyi podezdida nomalum shakhslar pistirma bilan unga hujum qilgan. Ushbu hodisalarning hech biri tekshirilmagan.

2018 yilda huquq himoyachisi o’z kvartirasida ikki khorijlikni sokhta ro’ykhatga olishda aybdor deb topilib, 200 ming rubl miqdorida jarimaga tortilgan. 2019 yilda Hamroev Tojikistondagi siyosiy mahbuslarni ozod etish talabi bilan Qizil maydonda bir kishilik piket o’tkazgani uchun hibsga olingan va keyinchalik jarimaga tortilgan. Oradan bir necha oy o’tib, huquq himoyachisi Moskvada “Adolatli saylovlar uchun” aksiyasini tashkillashtirishda ishtirok etganlikda ayblanib, yana hibsga olindi va jarimaga tortildi.

Malumot uchun Bahrom Hamroev 1963 yil 12-oktyabrda Bukhoro viloyati G’ijduvon tumanida tug’ilgan. 1980 yillarning okhiri — 1990 yillarning boshlarida O’zbekiston “Birlik” khalq harakati faoli bo’lgan. 1992 yilda Hamroev Rossiyaga ko’chib o’tgan va u erda muhojirlar huquqlarini himoya qilishni boshlagan.

Haqqimizda

Яна маълумот

8Q9tFp15517979458920_b

Rustam Juraev Milliy gvardiya qumondoni buldi

Ikki yildan beri ichki ishlar vaziri urinbosari — Toshkent IIBB boshligi lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Juraev Milliy gvardiya qumondoni etib tayinlandi. Ichki ishlar vazirining birinchi urinbosari Aziz Toshpulatov uning urnini egalladi. Shuhratjon Sobirov esa IIV rahbarining birinchi urinbosari buldi.

100200300