Home / Sport / Boks buyicha Uzbekiston chempionati goliblari aniqlandi

Boks buyicha Uzbekiston chempionati goliblari aniqlandi

Kecha poytakht Toshkentda boks buyicha Uzbekiston chempionati uz yakuniga etdi. Bu haqda Milliy olimpiya qumitasi matbuot khizmati khabar berdi.


Bir necha kun davom etgan murosasiz janglar yurtimizning kuchli bokschilarini yana bir bor saralab berdi. Kecha utkazilgan final bellashuvlari ham uzining qizgin va murosasizligi bilan ajralib turdi. Hal qiluvchi bellashuvlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

Etiborlisi, professional bokschi Sanjar Tursunov va terma jamoa azosi Fanat Qahramonov chempionlikka erisha olmadi.

-49 kg: Abrorbek Abdusalomov (Andijon) — Umarqul Ermatov (Jizzakh)

-52 kg: Mironshoh Ibragimov (Bukhoro) — Foziljon Abdumurodov (Jizzakh) -/+

-56 kg: Fazliddin Kattaqulov (Surkhondaryo) — Oybek Juraev (Toshkent viloyati) 2:3

-60 kg: Abdumalik Khalakov (Toshkent viloyati) — Sardor Muzaffarov (Toshkent viloyati) 5:0

-64 kg: Elnur Abduraimov (Toshkent viloyati) — Mujibillo Tursunov (Andijon) +/-

-69 kg: Fazliddin Meliboev (Fargona) — Jahongir Rahmonov («Dinamo») 0:4

-75 kg: Fanat Qahramonov (Samarqand) — Odiljon Aslonov (Bukhoro) 2:3

-81 kg: Shohrukhbek Rustamov (Fargona) — Shuhrat Abdullaev («Dinamo») 1:4

-91 kg: Jamshidjon Abdullaev (Fargona) — Mirzohid Abdullaev («Dinamo») 3:2

+91 kg: Lazizbek Mullajonov (Fargona) — Ulugbek Mubinov (Bukhoro) 1:4.

Tashkilotchilar bu yildan etiboran musobaqaning eng yakhshi bokschisiga Rufat Risqiev sovrinini tasis etishgan edi. Ilk bor bunday sovringa mazkur chempionatda -60 kilogramm vazn toifasida jang olib borgan Abdumalik Khalakov sazovor buldi.

Haqqimizda

Яна маълумот

badu

Verona futbolchisining singlisi otishmada halok buldi

Verona himoyachisi Emmanuel Agemang-Baduning oilasida fojia yuz berdi

100200300