Home / Jamiyat / Buyrak-tosh kasalligi, belgilari, davolash

Buyrak-tosh kasalligi, belgilari, davolash

Buyrak-tosh kasalligi organizmning umumiy kasalligi hisoblanadi. Organizmda modda almashinuvi (oqsillar, uglevodlar, yoglar, minerallar) buzilishi natijasida buyrakda bitta yoki bir nechta toshchalar hosil bulishi mumkin. Bular organizmning yashashi uchun juda muhim bulgan buyrak ishini izdan chiqarib, kishi hayotini khavf ostida qoldirishi mumkin. Urta Osiyo mamlakatlarida bu kasallik, ayniqsa, bolalar urtasida juda kup uchraydi.

kamni_prichinyKasallikning kelib chiqishi: Buyrak-tosh kasalligining kelib chiqishi hozirgi tibbiyot fanining eng katta jumboqlaridan biridir. Hozirgacha fanda bu masalaga doir juda kup nazariyalar mavjud, lekin ularning barchasida uziga yarasha yutuq va kamchilik taraflari bor. Buyrak-tosh kasalligining paydo bulishiga tashqi muhitlar: havo, suv, oziq-ovqat mahsulotlarining hissasi katta hisoblanadi. Yana bir sabab – peshobdagi kalsiy moddasining oshib ketishidir. Normal sharoitda magniy ionlari peshobdagi oksalat tuzlarini 30-40%gacha boglashi mumkin, bu bilan u kalsiy moddasiga ragbatdoshdir. Buyrak-tosh kasalligiga chalingan bemorlarda kalsiy-magniy nisbati odatda balandroq buladi.

Kasallik belgilari: Buyrakda qattiq ogriq, yani kolika belgilari ruy beradi. Bu ogriq qanday paydo buladi? Tosh hosil bulishi bilan buyrak kosachalarida yoki uning jomida turib qolib, siydikning normal oqimini buzadi. Yani siydik oqimi sekinlashib, hatto tukhtab ham qoladi. Natijada buyrak ichidagi bosim oshadi, bu esa buyrak kapsulasi khaltachasini kattalashtiradi, taranglashtiradi. Bu holat kuchli ogriq hosil qiladi, bemor sekin-asta bezovta bula boshlaydi. Shu holatda siydikning rangi ham qizarishi mumkin. Kupchilik buni sariq kasalligining alomati deb, infeksion shifokhonaga murojaat qilishadi. Qattiq ogriq vaqtida bemor isitmalashi, qayt qilishi, qorinda kuchli ogriq paydo bulishi va belga berishi kuzatiladi. Bazan bemorlar ikki-uch kun ogriq qoldiradigan dorilar qabul qilishib kasallikni zuraytirib yuborishadi. Bu notugri, belgilar sezilishi bilanoq, shifokor-urologga murojaat qilish lozim. Bolalarda bu dard kupincha ogriqsiz kechadi, siydikning qizarib ketishigina kasallikdan belgi beradi. Davolash va kasallikning oldini olish: Buyrakdagi tosh siljishi kuchli ogriq berishi sababli hamma harakat ogriqni qoldirishga qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Kuchli ogriq davri tamom bulishi bilan bemorga katta miqdorda suyuqlik ichirish tavsiya etiladi. Shu bilan birga, bemor parhezni qattiq rejimda tutishi kerak. Urat toshlariga ega bemorlar ishqor mineral suvlarini – borjom, essentuki suvlarini ichishlari kerak.

Bizda bunday suvlar bor. Toshkent mineral suvi, Zangiota nomli suv. Bularni qullashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishingiz zarur. Shu bilan birga kaliy khloridga boy sut mahsulotlarini (sut, pishloq, qaymoq) istemol qilish tavsiya etilmaydi. Oksalat toshlarga ega bulgan bemorlarga pomidor, dona-dor mahsulotlar (nukhot, mosh), kukatlardan shavel istemol qilish man etiladi. Urat toshlariga ega bulgan bemorlar gusht va baliq mahsulotlaridan uzlarini tiyishlari lozim. Agarda buyrak jomida kichik toshchalar bulsa, ularning tushishi uchun kuproq piyoda yurish kerak. Buyuk alloma Ibn Sino uz davrida bunday bemorlarni otda yurishga davat etgan. Bemorga tepalikdan sakrash buyurilgan. Katta hajmga ega toshlarda faqat jarrohlik usuli qullaniladi. Giyohlarni qullash, har khil buyrak choylarini ichishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing! Salomatlik uz qulin-gizda ekanligini unutmang!

Haqqimizda

Яна маълумот

1-Mustaqilik

Mustaqillik kuni Muborak! – tabriglari, sherlar, rasmlar, ashula

Mustaqillik tabrigi (tabriklari) Aziz hamvatan! Muhtaram do’stlar! Sizni khalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – …

100200300