Home / Iqtisodiyot / Davlat banklarini khususiylashtirish jarayoni O’zbekistonda !

Davlat banklarini khususiylashtirish jarayoni O’zbekistonda !

Iqtisodiy islohotlar boshlanganiga 5 yildan oshgan bo’lsa ham davlat banklarining bozordagi ulushi kattaligicha qolayotganini inobatga olib, davlat banklarini khususiylashtirish jarayoni sekin kechmayaptimi degan savolga Abdulla Abduqodirov quyidagicha javob berdi:

“Bu masalaga men sal chuqurroq qaragan bo’lar edim. Birinchidan, birgina Milliybankni misol qilib oladigan bo’lsak, 6 yil avval unga bank sektoridagi 50 foiz kapital va 75 foiz aktivlar to’g’ri kelar edi. Hozirgi kunda Milliybankning ulushi aktivlar bo’yicha 21 foiz, kapital bo’yicha 21 foizdan sal yuqoriroq. Demak, boshqa banklar raqobatga kiryapti.

(Banklarning) davlatga yoki khususiy sektorga tegishli ekani ikkinchi darajali masala. Eng muhimi banklar o’rtasida raqobat bormi, bank sohasida bizga kerakli bo’lgan bank moliyalashtirish instrumentlari to’laqonli mavjudmi, keyin raqamli banklashtirish bormi, mana shu savollarga javob berish kerak. Kimning qo’liga tegishli ekanligi ikkinchi darajali masala.

Eng muhimi, moliyaviy sektorda turli bank mahsulotlariga bo’lgan talab etarli darajada qondirilyaptimi, yo’qmi, mana shu”, — dedi Abdulla Abduqodirov.

Biroq, iqtisodchining qayd etishicha, yuqoridagi fikrlar davlat bu muammoni ko’rmayotganini anglatmaydi.

“Lekin bu deganim, davlat bugungi kunda bu muammoni ko’rmayapti, buni inkor qilayapti degani emas. Davlat aynan shuning uchun ham eng birinchi navbatda banklarda korporativ boshqaruv usullarini o’zgartirishga kirishdi va ularni khususiylashtirishga keng yo’l yaratib beryapti. Mana bugun ham o’zingiz ko’rdingiz, eshitdingiz, chet eldan kelgan nufuzli mutakhassislar banklarning kuzatuv kengashlarida azo bo’lib, o’z fikrlarini etkazib beryapti va bizning boshqaruv usullarini butunlay o’zgartiryapti.

Demak, bankda siyosiy iroda bor, tekhnik jihatdan biz o’zimizga nima qilishimiz kerakligini belgilab olganmiz va bularni to’laqonli amalga oshiramiz”, — dedi iqtisodchi.

Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G’arbiy Osiyodagi departamenti O’zbekistondagi doimiy missiyasining asosiy operasiyalar bo’yicha mutakhassisi Enriko Pinali esa banklarning khususiylashtirish jarayoni sekin kechmayaptimi degan savolga quyidagicha javob berdi:

“Etibor bering, bu notinch davrlar bo’ldi. Bizda avval kovid bor edi, endi esa khalqaro maydonda keskinliklar kuzatilyapti. Bu jarayon bir oz vaqt oladi. Chunki bu jarayon bankni transformasiya qilishni ham o’z ichiga oladi, transformasiya esa muhim narsa va vaqt talab etadi. Bankni khususiylashtirishga tayyorlash yo’lida to’g’ri qadamlar qo’yish uchun barchamiz birgalikda harakat qilyapmiz.

SHuni ham tushunishingiz kerakki, khalqaro keskinlik tufayli hozir kelib sarmoya kiritishga tayyor investorlar ko’lami unchalik katta emas. Biz bank investorlar uchun tayyor bo’lishiga, khalqaro vaziyat yakhshilanishiga va odamlar kelib, bankka sarmoya kiritish qiymatini aniqlashiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Hozir sizda OTP bank bor, bu birinchisi. O’ylaymanki, bu bitimni yakunlash orqali O’zbekiston ochiq, O’zbekiston tayyor va banklar investorlarni kutyapti degan signal beriladi. Bu sekin jarayon, lekin u to’g’ri yo’nalishda siljiyapti”, — dedi Enriko Pinali.

Haqqimizda

Яна маълумот

Miks Info (MikhINFO) – Toshkentdagi O’zbekiston mebel fabrikasi

“MiksInfo” mebel kompaniyasi Toshkent shahrida, Beruniy shoh ko’chasi, 98-uyda joylashgan bo’lib, yumshoq mebellar, jumladan, uy …

100200300