Home / Sport / Grand terma jamoalar tarikhidagi eng yakhshi tupurar futbolchilar bilan tanishing

Grand terma jamoalar tarikhidagi eng yakhshi tupurar futbolchilar bilan tanishing

Stadion.uz Jahonning eng kuchli terma jamoalari tarikhidagi eng yakhshi tupurarlar bilan qisqacha tanishtirib utadi.


Bundan avvalroq grand klublar tarikhidagi eng yakhshi tupurarlar bilan tanishtirib utgan edik. Endi navbat terma jamoa tupuarlariga keldi.

Fransiya

Tieri Anri bu borada yaqqol farq bilan etakchilik qilmoqda. “Arsenal” va Fransiya futboli afsonasi hisobida 51 ta gol mavjud. Qahramonimiz 123 ta uyinda maydonga tushgan bulib, jamoa safida katta yutuqlarga erishgan. Unga hali beri etib olishning iloji yuqdek tuyuladi. Sababi, Fransiyaning ikkinchi tupurari Mishel Platinida 41 ta gol mavjud.

Khorvatiya

Sunggi JChda nimalarga qodirligini barchaga kursatib quygan Khorvatiya terma jamoasi afsonasi Davor Shukerning natijasi kishini hayratlantirmay qolmaydi. 69 ta uchrashuv va 45 ta gol. Undan keyingi urinda Manjukich (33 ta gol) va Ivan Perishich (24 ta gol) bormoqda.

Angliya

Ueyn Runi nafaqat “qizil iblislar”, balki Angliya futbol tarikhida ham eng yakhshi hujumchi sifatida qolishi aniq. Ayni damda Runi hisobida 53 ta gol mavjud bulib, futbolchi 120 ta uchrashuvda inglizlar sharafini himoya qilishga ulgurgan.Runi Bobbi Charlton urnatgan rekordni(49 ta gol) yangilagan birinchi futbolchi bulib turibdi. Zamonaviy futbolning yorqin hujumchisi Harri Keyn hisobida 45 ya gol mavjud.

Belgiya

Sunggi yillarda katta futbolga shakhdam qadamlar bilan kirib kelgan Belgiyani eslab utmaslik mumkin emas. Ushbu jamoa tarikhidagi eng yakhshi tupurar maqomi hozircha Lukakuga (45 ta gol) tegishli bulib turibdi. Undan keyingi urinda borayotgan Eden Azar khisobida 30 ta gol mavjud.

Ispaniya

David Villa terma jamoa uchun kerakli paytda paydo bulgan hujumchi sifatida ispaniyalik mukhlisalr yodida qolishi aniq. Bundan tashqari, hujumchi terma jamoa tarikhidagi eng yakhshi tupurar futbolchi sanaladi. U 59 bor Ispaniya uchun gol kiritgan yagona futbolchi bulib turibdi. Undan keyingi urinlarda afsonaviy Raul va Fernando Torreslar borishmoqda.

Germaniya

Asli polyak bulishiga qaramay, nemis futbolida uzidan yorqin iz qoldirgan hujumchi haqida soatlab fikr bildirish mumkin. JCh tarikhlaridagi eng kup gol kiritgan MiroslavKloze “nemis mashinasi” tarikhida ham eng yakhshi bulib turibdi. Uning hisobida 71 ta gol mavjud bulib, undan keyingi urinda Gerd Myuller uzining 68 ta goli bilan bormoqda. Kuchli uchlikni yana bir polyak Podolski (49 ta gol) yakunlab beradi.

Portugaliya

Bu kursatgich borasida Ronaldu istalgancha maqtansa arziydi. Portugaliya libosida 168 bor maydonga tushgan Krish 99 bor raqib darvozasini ishgol qilishni uddalagan. Ronalduni quvib utish yaqin 10 yil ichida hech kimga nasib etmasligi aniq. Sababi, uni taqib qilib kelayotgan Pedro Pauletada atigi 49 ta gol mavjud. Khatto afsonaviy Eisebio ham Portugaliya uchun 41 bor gol kiritgan kholos.

Italia

Luiji Riva nomi yangi avlod mukhlislari uchun notanish ekanligni aniq. Qahramonimiz 69-70-yillar oraligida Italiyaning hujumlarini yakunlovchi futbolchi sifatida nom qozongan. Riva atigi 35 ta golga mualliflik qilgan bulsada, birorta italiyalik hujumchi undan bu rekordni tortib olishni uddalay olgani yuq. Undan keyingi urinda Badjo, Del Piero va Inzagilar borishmoqda.

Gollandiya

Robin van Persi hech qachon gol urishda muammo sezmaydigan hujumchilardan biri edi. Bejizga uni Gollandiyada uz avlodining eng yakhshi futbolchisi deb atashmaydi. “uchar golland” hisobida 50 ta gol mavjud bulib, u bu natijaga erishish uchun 102 ta uyinda maydonga tushgan. Undan keyingi urnlarni Huntelar, Klyuvert va Berkamplarlar egallashgan.

Braziliya

Futbol qiroli Pele “pentakampionlar” tarikhidagi eng yakhshi tupurarlikni Ronaldoga (62 ta gol) ham, Neymarga (60) ham bermay kelmoqda. U JChda golib chiqibgina qolmay, jamoasi uchun 77 ta gol kiritgan yagona futbolchi bulib turibdi.

Argentina

Albatta Messi! Yana kim bulishi mumkin? 138 ta uchrashuv va 70 ta gol. Argentinalik mukhlisalrning tanqidlariga qaramay Messi jamaosi uchun gol kiritishda davom etmoqda.      Undan keyingi urinda Batistuta uzining 54 ta goli bormoqda. Kuchli uchlikni Aguero 42 ta gol bilan yakunlab beradi. Argentina futbolida Messidanda mashkhurroq Maradona hisobida 34 ta aniq zarba bor.

Urugvay

Urugvay sunggi yillarda katta futbolda grandlar qatoridan bejiz joy olmadi. Tarkibida Suares va Kavani singari super hujumchilari bor jamoa bunga loyiq desak, adashmagan bulamiz. Aynan Suares hozircha tupurarlar orasida 59 ta gol bilan etakchilik qilmoqda. Afsuski, mana shu gollardan biri terma jamoamiz darvozasidan joy olgan. Undan keyingi urinlarda Kavani va Forlanlar bormoqda.

Haqqimizda

Яна маълумот

badu

Verona futbolchisining singlisi otishmada halok buldi

Verona himoyachisi Emmanuel Agemang-Baduning oilasida fojia yuz berdi

100200300