Home / Siyosat / Grin-karta mojarosi, noqonuniy migrasiya – AQSH elchisi bilan suhbat

Grin-karta mojarosi, noqonuniy migrasiya – AQSH elchisi bilan suhbat

AQSHning O’zbekistondagi elchisi Jonatan Henik bilan intervyu tashkil qildi. Suhbat davomida elchi Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan «K5+1» sammiti natijalari, prezident Baydenning Markaziy Osiyo davlatlaridan biriga ehtimoliy tashrifi, O’zbekistonning sarmoyaviy imkoniyatlari, Jekson-Venik hujjati bekor qilinishi, AQSH-Khitoy munosabatlari, Afg’onistonning G’arb mamlakatlari banklarida tutib turilgan mablag’lari qaytarilishi hamda O’zbekiston fuqarolari uchun AQSH vizasini olishdagi muammolar haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdi. U noqonuniy muhojirlarni yo’lda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan khavflardan ogohlantirib, odamlarni AQSHga noqonuniy borishdan qaytardi.

— Janob elchi, sizni ko’rib turganimizdan mamnunmiz, intervyuga rozilik berganingiz uchun katta rahmat.

— Taklif qilganingiz uchun sizga rahmat.

— Suhbatni prezident Mirziyoevning AQSHga sentyabr oyidagi tashrifidan boshlasak. Sizningcha, tashrif qay darajada samarali bo’ldi?

— Fikrimcha, prezidentning Nyu-Yorkka tashrifi juda samarali kechdi. Tashrif jarayonini to’liq kuzatmagan bo’lsam-da, ijtimoiy tarmoqlar orqali O’zbekiston etakchisi AQSHning ko’plab kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o’tkazganidan, BMT Bosh assambleyasida qatnashib, nutq so’zlaganidan khabardor bo’lib turdim. SHuningdek, u prezident Bayden bilan uchrashdi va Markaziy Osiyoning boshqa etakchilari bilan birga «K5+1» formatidagi sammitda ishtirok etdi.

— «K5+1» sammiti chog’ida prezident Bayden AQSH Markaziy Osiyoga khavfsizlikni taminlash uchun ajratiladigan mablag’ miqdorini oshirayotganini aytdi. Buning sabablari nimada? AQSH hali ham mintaqada ehtimoliy tahdidlar bor deb hisoblaydimi?

— Prezident Bayden va davlat kotibi Blinken uchrashuv davomida Markaziy Osiyo rahbarlarini diqqat bilan tingladi. Aytishim mumkinki, mintaqa davlatlarida hali ham khavfsizlik va barqarorlik bilan bog’liq khavotirlar bor. Bu ayniqsa, Afg’oniston tomonidan kelishi mumkin bo’lgan khavflar bilan bog’liq. SHundan kelib chiqib, biz mintaqada tinchlik va khavfsizlikni taminlash uchun qo’shimcha sarmoya kiritish kerak, deb hisoblaymiz. Bu boradagi hamkorlik masalalari asosan chegaralar dakhlsizligini taminlash va terrorizmga qarshi birgalikda kurashishdan iborat.

— Prezident Bayden Markaziy Osiyo davlatlaridan biriga tashrif buyurishi mumkinligini aytdi. Buning ehtimoli qanday? Agar tashrif amalga oshsa, u qaysi davlatga kelishi mumkin?

— Ochig’ini aytsam, prezident Baydenning Markaziy Osiyoga kelishi haqidagi gapi men uchun ham kutilmagan yangilik bo’ldi. Bilamizki, shu kunga qadar AQSHning biror prezidenti mintaqaga kelmagan. Prezident Baydenning rejalarini bilmayman, lekin agar uning shunday istagi bo’lsa, demak bu amalga oshishi mumkin. Tashrif qachon va qaysi davlatga bo’lishi haqida esa aniq bir nima deya olmayman.

— Nyu-Yorkdagi sammit natijalari haqida to’khtalib o’tsangiz. Uchrashuv davomida aynan qaysi sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi?

— Birinchi navbatda ushbu uchrashuv formati haqida aytib o’tsam. Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH o’rtasidagi «K5+1» diplomatik platformasi 2015 yil Samarqandda tashkil etilgan va o’shandan beri muntazam uchrashuvlar o’tkazib kelinmoqda. AQSHda Bayden mamuriyati rahbarlikka kelishi bilan esa ikki o’rtadagi hamkorlik yanada faollashdi. Biz o’tgan yillarda vazirlar darajasidagi beshta uchrashuvga va endi esa prezidentlik darajasidagi ilk uchrashuvga guvoh bo’ldik. Bu Markaziy Osiyo va AQSH munosabatlari sezilarli darajada o’sganidan dalolat.

Platforma tashkil etilgan dastlabki davrda u asosan ikki o’rtada muloqot vositasi sifatida ko’rilgan. Oradan bir oz vaqt o’tib esa biz uni kengaytirishga qaror qildik, chunki aloqalar o’sib borishi shuni talab qilardi. Natijada uning tarkibida uchta ishchi guruh tuzildi. Ulardan birinchisi iqtisod, ikkinchisi energetika va atrof-muhit, uchinchisi esa khavfsizlik masalalarini muhokama qiladi. Bu ishchi guruhlar turli dasturlarni amalga oshirishda faol bo’lib kelmoqda.

Bundan tashqari, AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari «K5+1» platformasi kotibiyatini ham tuzgan. U olti davlat vakillari muntazam ravishda virtual uchrashib, rivojlanish masalalarini ko’rib chiqishi hamda yangi rejalarni amalda tatbiq etishi uchun muhokama maydoni sifatida khizmat qiladi.

Bevosita Nyu-Yorkdagi sammit haqida gapiradigan bo’lsak, shuni aytish mumkinki, yig’ilishda tomonlar ko’plab masalalarni, khususan, khavfsizlik bilan bog’liq muammolarni ko’rib chiqishdi va prezident Bayden siz oldingi savolda eslab o’tgan qo’shimcha yordam ajratish haqidagi qarorini elon qildi.

Olti davlat rahbarlari energetika, qayta tiklanuvchi energiya resurslari, mintaqa energiya tizimini takomillashtirish hamda uni boshqa mintaqalarning energiya tizimlari bilan bog’lash zarurati bo’yicha fikr almashishdi. Tomonlar iqtisodiy hamkorlik, Markaziy Osiyoga investisiya ko’lamini oshirish uchun biznes muhitni yakhshilash kabi masalalarni ham muhokama qilishdi. SHu maqsadda prezident Baydenning taklifi bilan «K5+1» platformasini qo’llab-quvvatlovchi yangi khususiy sektor faoliyati yo’lga qo’yilishi kutilyapti. Uning asosiy vazifasi khorijiy investisiyalarni, khususan, AQSH sarmoyasini mintaqaga jalb qilish va biznes uchun sharoitlarni yakhshilashdan iborat bo’ladi.

Davlat rahbarlari Markaziy Osiyoning jahon bozorlari bilan aloqalarini mustahkamlash zarurati haqida ham gapirib o’tishdi. Bu aslida uzoq yillardan beri muhokama qilinadi, lekin ayni damda gap tranzit va transport yo’laklari, jumladan, Kaspiy dengizi orqali Evropa bozoriga borish haqida ketmoqda. Bu yo’nalishda ham bir qator rejalar va dasturlar mavjud.

Prezident Bayden Nyu-Yorkdagi sammit davomida yana shuni ham aytdiki, kelgusi oyda O’zbekiston «K5+1» formatidagi uchrashuvga mezbonlik qiladi. U AQSH Khalqaro taraqqiyot agentligi rahbari Samanta Pauer boshchiligida Markaziy Osiyo davlatlari vakillari ishtirokida bo’lib o’tadi. Unda etibor qaratiladigan mavzulardan biri – aynan transport yo’lagi masalasi bo’ladi.

SHuningdek, sammit ishtirokchilari inson huquqlari masalasida ham fikr almashdi. Prezident Bayden fuqarolik jamiyatini mustahkamlash ishlari davom ettirilishi va butun mintaqada ayollar huquqlarini kengaytirish bo’yicha ish olib borilishi zarurligini takidladi. U nogironligi bor shakhslarning jamiyatga integrasiyalashuvi oson kechishi uchun «K5+1» platformasida qo’shimcha ishlar amalga oshirilishi foydali bo’lishini aytib o’tdi.

Nyu-Yorkdagi uchrashuvning yana bir natijasi prezident Bayden «muhim minerallar bo’yicha dialog» deb atagan yo’nalish bo’ldi. Barcha mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish yo’liga, kelajagiga nazar tashlar ekanmiz, foydali qazilmalar ahamiyati qanchalik yuqori ekanini ko’ramiz. Minerallarga boy hudud sifatida Markaziy Osiyo AQSH bilan hamkorlik qilish uchun katta imkoniyatlarga ega va biz ushbu minerallarni qazib chiqarishda zarur tekhnikalarni taqdim etish orqali ko’maklashishga tayyormiz. Umid qilamizki, ushbu foydali qazilmalar mintaqa davlatlari aholisi, khorijiy mamlakatlar va khususan Amerika Qo’shma SHtatlariga foyda keltiradi.

Sammit davomida shu va shu kabi boshqa masalalar ko’rib chiqildi. Endilikda ularning ijrosiga kirishiladi.

— Siz Markaziy Osiyo davlatlari, khususan, O’zbekistonning sarmoyaviy imkoniyatlari haqida gapirdingiz. Ayting-chi, AQSH O’zbekistonda iqtisodiyotning qaysi sohalariga investisiya kiritish foydaliroq deb hisoblaydi?

— O’zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida iqtisodi eng keng qamrovli va ko’p tarmoqlisi hisoblanadi. SHunday ekan, mamlakatingizda G’arb uchun, khususan, Amerika Qo’shma SHtatlari uchun iqtisodiyotning ko’plab jozibador tarmoqlari mavjud.

So’nggi paytlarda biz AQSHning Air Produkts energetika kompaniyasi O’zbekistonga katta sarmoya kiritganini ko’rdik. Ular mamlakatingizga qariyb 2 milliard dollar investisiya kiritgan. Adashmasam, prezident Mirziyoev Nyu-Yorkda ushbu kompaniya raisi bilan uchrashdi va energetika sohasiga yanada ko’proq sarmoya kiritish rejalari malum qilindi.

Biz qishloq kho’jaligi, jumladan, pakhtachilik, qurilish va tog’-kon sanoatiga ham sarmoya kiritganmiz. Bundan tashqari, IT sohasida investisiya kiritishga qiziqish bildirgan kompaniyalarimiz ham bor. Ular yurtingizdagi faoliyatini muntazam kengaytirib bormoqda. SHu o’rinda aytishim kerakki, O’zbekiston ham AQSHga IT khizmatlari eksportini ancha oshirgan.

SHunday ekan, hamkorlikning aynan bir yo’nalishini alohida etirof etish qiyin, menimcha. Sarmoya kiritish mumkin bo’lgan ko’plab tarmoqlar mavjud.

— Sentyabr oyi boshida AQSH senatorlari Kris Myorfi va Tod Yang O’zbekiston, Qozog’iston va Tojikiston uchun Jekson-Venik hujjatini bekor qilish va ular bilan odatiy savdo munosabatlarini yo’lga qo’yish bo’yicha Kongressga taklif kiritgandi. Bu borada biror o’zgarish bo’lishi kutilyaptimi?

— Prezident Bayden mamuriyati bu hujjat allaqachon bekor qilinishi kerak deb hisoblaydi. Chunki O’zbekiston bir necha yildan buyon ushbu hujjat talablariga og’ishmay amal qilib kelmoqda. U asosan harakat erkinligini tartibga soladi va O’zbekiston fuqarolariga erkin sayohat qilish imkonini beradi.

Hujjatni bekor qilish huquqi AQSH Kongressi tasarrufida. Bu kabi masalalar faqatgina Kongress tomonidan hal qilinishi mumkin.

Men bu borada takliflar bildirilib, oldinga siljish bo’layotganini ko’rishdan khursandman, albatta, lekin hujjat qachon va qay ko’rinishda bekor bo’lishi yoki o’zgarishi haqida biror nima deya olmayman.

— O’zbekiston fuqarolarining AQSHda erkin harakatlanish imkoni haqida gapirdingiz. Mendagi malumotlarga ko’ra, aksariyat o’zbekistonliklarning AQSHga borish uchun topshirgan viza arizalari elchikhona tomonidan rad etilmoqda. Buning sabablari nimada? Vaziyat o’zgarishini kutish mumkinmi?

— Bu yil biz O’zbekiston fuqarolaridan rekord darajada ko’p viza arizalari qabul qildik, viza suhbatlari tashkil etdik va rekord darajada ko’p vizalar berdik. SHunday ekan, bu boradagi fikringizga qo’shilolmayman. Okhirgi paytlarda AQSHga sayohat qilish istagini bildirayotgan o’zbeklar soni keskin ortib bormoqda.

To’g’ri, ayrim fuqarolar viza ololmagan bo’lishi mumkin. Buning sabablari turlicha va bu sabablar har doim ham elchikhonaga bog’liq bo’lavermaydi. Kongress barcha elchikhonalarga bir khil talablar qo’yadi. Bu talablardan maqsad – AQSHga kiruvchilarning qonunlarni hurmat qiladigan fuqarolar bo’lishi va sayohat maqsadlari qonun doirasida ekaniga ishonch hosil qilish.

Aytib o’tganimdek, so’nggi paytlarda ko’plab o’zbeklar turizm, biznes, talim va hattoki ish uchun AQSHga safar qilishmoqda. Biroq noqonuniy sayohat qiluvchilar soni ham ancha ortgan. Ular Markaziy Amerika orqali juda khavfli yo’llardan o’tib, Meksika va AQSH chegarasini noqonuniy tarzda kesib o’tmoqda. Men ularni bunday qilishdan qatiy qaytargan bo’lardim, chunki bu juda khavfli. Yo’lda odam savdosi bilan shug’ullanuvchilar qo’liga tushib qolish ehtimoli bor. Ular o’zlari uddasidan chiqa olmaydigan ishlarni vada qilib, noqonuniy migrantlardan katta pul talab qilishadi. Bu kabi holatlar ayniqsa so’nggi vaqtlarda juda ko’paygan. O’zbeklar hududini kesib o’tayotgan mamlakatlar ularga chegaralarni yopmoqda. Bu esa uy-joyini sotib, bor pulini sarflab yo’lga chiqqanlarni qiyin ahvolga solib qo’ymoqda.

AQSH chegarasigacha etib borishni uddalaganlar esa o’sha erda qo’lga tushyapti. Oldinlari ularni qo’yib yuborishardi, biroq hozirda tartib-qoida ancha o’zgargan. Chegarani buzib o’tganlar qo’lga olinib, o’z yurtlariga deport qilinyapti. SHunday ekan, men yana bir bor odamlarni AQSHga noqonuniy yo’llar bilan borish fikridan qaytargan bo’lardim.

AQSHga borishning ko’plab qonuniy yo’llari bor. Men yuqorida sanab o’tganlardan tashqari, grin-karta lotereyasi ham shular jumlasidan. Biz har yili dunyo bo’ylab 55 mingta grin-karta lotereyalarini taklif qilamiz. SHu o’rinda aytib o’tishim kerakki, O’zbekiston fuqarolari grin-karta o’ynovchilar soni bo’yicha dunyoda eng yuqori o’rinlarda turadi.

Noqonuniy sayohatchilar bir narsani bilishi zarur: ular bu ishlari orqali AQSH hududidan butunlay quvilishi mumkin, yani ularga mamlakat hududiga kirish, grin-karta o’ynash, vizaning har qanday turiga topshirish taqiqlanadi. Bu ham odamlarni AQSHga noqonuniy migrasiyadan qaytarishimizga asosiy sabablardan.

— Ayrim grin-karta lotereyasi g’oliblari elchikhona tomonidan intervyuga taklif etilmadi. Ularga joylar soni tugagani malum qilindi. Kho’sh, ularning viza olish imkoniyatlari endi nima bo’ladi?

— Gapingiz to’g’ri. SHu o’rinda bu tizim qanday ishlashini qisqacha tushuntirib bersam. Aytib o’tganimdek, biz har yili dunyo bo’yicha 55 mingta lotereya taklif qilamiz, unda ishtirok etish mutlaqo bepul. Agar siz grin-karta yutib olsangiz keyingi bosqichga o’tasiz va kerakli hujjatlarni topshirishingiz kerak bo’ladi. Ularni topshirib bo’lgach, elchikhonaga suhbat uchun taklif etilasiz. Intervyuga taklif etish uchun shartlardan biri – 55 mingta joyning barchasi to’lib qolmagan bo’lishi, yani siz uchun bo’sh o’rin mavjudligi. Biz ushbu joylar ayrim sabablarga ko’ra bo’sh qolib ketmasligi uchun mavjud o’rinlar sonidan ko’proq odamga lotereyalar taqdim etamiz.

Ayrim yillarda grin-karta yutgan o’zbeklarning barchasi suhbatga chaqirilgan, bazida esa dunyo bo’ylab 55 mingta o’rinning barchasi uchun suhbat tashkil etilib, joylar soni tugagani sababidan Toshkentdagi elchikhona ham intervyularni to’khtatishga majbur bo’lgan. Bu shuni anglatadiki, agar siz suhbatga chaqirilmagan bo’lsangiz, sizning imkoniyatingiz, ming afsuski, kuyib ketgan bo’ladi. Lotereyada yana ishtirok etish istagingiz bo’lsa, keyingi yilda uni qaytadan o’ynashingiz mumkin.

Unutmaslik kerakki, hatto suhbat bosqichiga etib borsangiz ham bu grin-karta berilishini kafolatlamaydi. Chunki hujjatlardagi malumotlar yakhshilab tekshiriladi va agar ularda kamchiliklarga yo’l qo’yilgan yoki khato malumot kiritilgan bo’lsa, bu ham so’zsiz o’z tasirini ko’rsatadi. Misol keltiraman, oldingi yillarda shunday holatlar bo’lganki, ayrim nomzodlar ismlari yozilish shaklini, undagi bir-ikkita harfni o’zgartirib lotereya uchun bir nechta hujjat topshirgan. Bundan maqsad – yutish imkoniyatini oshirish. Agar shu kabi holatlarni aniqlasak, intervyu bosqichida bo’lsa ham ularni chetlashtiramiz.

— Grin-karta yutganlarning bazilari intervyuga taklif etilmagani sababini Rossiya fuqarolari O’zbekistonga kelib, elchikhonadagi suhbat joylarini band qilib olgani bilan izohladi. Bu qanchalik to’g’ri? Chindan ham buning tasiri bo’ldimi?

— Mutlaqo yo’q. AQSHda bu bo’yicha makhsus markaz bor. U kimni qachon intervyu qilish haqida elchikhonaga kerakli ko’rsatmalar beradi. Bizda suhbatlarni tashkil etish uchun imkoniyat etarli edi, biroq dunyo bo’ylab mavjud 55 mingta joy to’lib qolishi natijasida ulgurmay qoldik. SHunday ekan, Rossiya fuqarolari Toshkentdagi AQSH elchikhonasiga kelishi bu jarayonga hech qanday tasir ko’rsatgani yo’q.

— AQSH elchikhonasi O’zbekistonda ingliz tilini o’qitish tizimini yakhshilashga alohida etibor beryapti. Yaqindagina Amerikadan kelgan 25 nafar o’qituvchi 10 oylik dastur asosida ish boshladi. SHu va shu kabi boshqa loyihalardan ko’zlangan maqsad va natijalar haqida to’khtalib o’tsangiz.

— To’g’ri aytdingiz. Biz O’zbekistonda ingliz tili o’qitish tizimini takomillashtirishga katta sarmoya kiritganmiz. Bu aslida prezident Mirziyoevning bir necha yil oldin ilgari surgan maktablarda til o’rganish tizimini yakhshilash tashabbusi bilan bog’liq. Bizning asosiy loyihalarimizdan biri – ingliz tili darsliklarini ishlab chiqishda ko’maklashishdan iborat bo’ldi. Khalq talimi vazirligi bilan birgalikda yangi darsliklar, o’quv qo’llanmalari tayyorladik va ularni O’zbekistondagi deyarli barcha maktablarga etkazib berdik.

Bundan tashqari, maktab o’qituvchilari uchun makhsus kurslar tashkil etib, ularning malakasini oshirishga o’z hissamizni qo’shdik. Bir necha yil davomida vazirlik bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu kurslarimizda 15 ming o’qituvchi ishtirok etdi.

Siz aytib o’tgan loyiha ham aslida ko’p yildan beri davom etib kelyapti. Fikrimcha, maktablar va boshqa o’quv dargohlarida faqat yakhshi darslik yoki o’qituvchi bo’lishining o’zi etarli emas, o’quvchilarda o’zlari o’rganayotgan til egalari bilan muloqot qilish imkoni ham bo’lishi kerak. SHuning uchun biz AQSHdan malakali o’qituvchilarni jalb qilib, O’zbekistondagi talim dargohlari, khususan, universitetlarga joylashtirdik. Bunda amerikalik o’qituvchilarning nafaqat poytakhtda, balki chekka hududlarda ham ishlashiga alohida etibor qaratdik. Ular butun O’zbekiston bo’ylab turli institut va maktablarda o’qituvchilar, professorlar hamda talabalar bilan muntazam hamkorlikda ishlab kelmoqda.

Natijalar haqida gapiradigan bo’lsak, biz ko’plab ijobiy fikrlar eshityapmiz. Talabalar amerikalik o’qituvchilar bilan yuzma-yuz muloqot qilish imkoni paydo bo’lganidan juda khursand va AQSHdan yanada ko’proq o’qituvchi jalb qilishni so’rashmoqda.

Afsuski, 25 nafar o’qituvchi unchalik ham ko’p emas. Umid qilamizki, bizda asta-sekinlik bilan ularning sonini oshirish imkoni bo’ladi va balki keyinchalik Peake Korpsni ham O’zbekistonga qaytarishga erisharmiz. Bu ham o’qituvchilar soni ortishiga khizmat qiladi.

— O’zbekiston Afg’onistonning iqtisodiy jihatdan tiklanishini qo’llab-quvvatlaydi hamda etishmovchilik tufayli aziyat chekayotgan afg’onlarga ko’mak bo’lishi uchun mamlakatning G’arb davlatlari banklarida muzlatib qo’yilgan aktivlari qaytarilishi kerak, deb hisoblaydi. AQSHning bu boradagi fikri qanday?

— O’ylaymanki, AQSH hukumatining ham, O’zbekiston hukumatining ham Afg’oniston borasidagi qarashlari juda o’khshash. Ikki davlat ham afg’on iqtisodiyoti o’sishi, u erda aholiga salbiy tasir ko’rsatishi mumkin bo’lgan inqirozlar ro’y bermasligi, tinchlik va barqarorlik hukm surishini ko’rishni khohlaydi. Chunki bu mintaqa khavfsizligi va rivojlanishi uchun juda muhim.

Muammo Kobuldagi hukumat o’z majburiyatlarini etiborsiz qoldirayotganida. Ular qizlar o’qishini, ayollar ishlashini taqiqlab, ularning huquqlarini cheklamoqda va khalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmoqda. Bu majburiyatlar amalga oshirilsagina muzlatilgan aktivlar haqida gaplashish mumkin. Unga qadar esa biz BMT va boshqa khalqaro tashkilotlar orqali afg’on khalqiga insonparvarlik yordamini yuborishda davom etamiz. Bundan tashqari, O’zbekiston hukumati bilan hamkorlikda Afg’oniston rahbariyati bilan muloqotlar o’tkazib, u erdagi vaziyatni yakhshilash, mintaqada khavfsizlikni taminlash bo’yicha harakatlarni davom ettiramiz.

— AQSH Afg’onistonning amaldagi hukumatidan khalqaro miqyosda tan olinishi uchun qanday majburiyatlarni bajarishini kutyapti?

— Ochig’ini aytsam, men bu borada mutakhassis emasman. Amaldagi hukumat boshqaruvni qo’lga olgan vaqtda AQSHning oldingi mamuriyati bilan malum kelishuvlarga imzo chekkan; men bu kelishuvlar tafsilotlarini to’liq bilmayman. Biroq kuzatuvchi sifatida aytishim mumkinki, ular to’g’ri yo’l qolib noto’g’ri yo’ldan ketmoqda. Biroz oldin aytganim – qizlar maktabdan chetlatilishi, ayollarning ishlash imkoniyatlari cheklanishi gapimning misoli deyish mumkin. Bu ikki masala biz Afg’onistonda o’zgarishini khohlaydigan holatlardan.

— AQSH va Khitoy o’rtasidagi ziddiyat kuchayishi Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O’zbekiston iqtisodiyotiga ham o’z tasirini o’tkazmoqda. Bu muammo qaerga qarab ketayotgani, kelajakda nimalar kutishimiz mumkinligi haqida aytib o’tsangiz.

— Prezident Bayden bu masalani Nyu-Yorkda Markaziy Osiyo etakchilari bilan qisman muhokama qildi. Mintaqa o’z geografik joylashuvi sabab qiyin vaziyatni boshdan kechirmoqda. Bunda nafaqat AQSH va Khitoy o’rtasidagi ziddiyat, balki Rossiyaning Ukrainaga hujumi ham o’z tasirini ko’rsatmoqda. Biz bunday vaziyatda Markaziy Osiyo davlatlari, khususan, O’zbekiston bilan muloqot olib borib, ushbu jarayonlarning iqtisodiyotga tasirini kamaytirishga harakat qilyapmiz.

AQSH va Khitoy o’rtasidagi munosabatlar haqida shuni aytish mumkinki, ayni damda AQSH tomonidan Khitoy bilan ziddiyatga sabab bo’lgan muammolarni bartaraf etish bo’yicha harakatlar amalga oshirilmoqda.

Iqtisodiy masalalar bo’yicha ham shunday deyish mumkin. Bilamizki, O’zbekistonning Khitoy bilan iqtisodiy aloqalari juda yakhshi, o’z o’rnida AQSHning ham. SHunday ekan, oradagi ziddiyat bu munosabatlarga tasir qilmaydi, deb umid qilaman.

— O’zbekistonda inson huquqlari bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni qanday baholaysiz?

— So’nggi yillarda yurtingizda bu borada katta ishlar amalga oshirildi, ayniqsa, prezident Mirziyoev hokimiyatga kelganidan so’ng. Bilmadim, agar ushbu o’zgarishlar bo’lmaganida bu suhbat ham amalga osharmidi, yo’qmi. Masalan, olti-etti yil oldin. SHunday ekan, fikrimcha, so’z erkinligi, matbuot erkinligi, inson huquqlarini taminlash bo’yicha olib borilgan ishlarni ijobiy baholash mumkin.

Bundan tashqari, O’zbekistonda majburiy mehnat va bolalar mehnatiga chek qo’yildi, ayniqsa, pakhta hosilini yig’ish davrida. Vijdon erkinligiga yo’l ochildi hamda tergov jarayonida qiynoqlarga barham berildi.

Ammo shunga qaramasdan, hali qilinishi kerak bo’lgan ishlar juda ko’p. O’rni kelganda shuni ham aytish kerakki, okhirgi bir-ikki yil ichida biz islohotlarda ortga chekinish holatlarini ham ko’rmoqdamiz, masalan, matbuot erkinligini taminlash borasida. Buning sabablari nimada ekanini ochig’i bilolmadim. Prezident Mirziyoev o’z nutqlarida matbuot erkinligini qo’llab-quvvatlashi, uni demokratik jamiyat qurish va shu bilan birga korrupsiyaga qarshi kurashishdagi roli haqida o’z fikrlarini aniq-ravshan bayon qilgan.

Uning bu yondashuviga qaramasdan, biz haligacha jurnalistlarga turli bosimlar bo’layotganini ko’ryapmiz. Bu bosim har doim ham ochiq bo’lavermaydi. Bazan u o’z-o’zini senzura qilish shaklida namoyon bo’ladi, yani jurnalist u yoki bu mavzuda yozishdan tiyiladi.

Yaqinda bazi bloger va jurnalistlarga qarshi sud ishlari ham bo’lib o’tdi. Men ularning shakhsiyatiga to’khtalib o’tirmayman, qilgan ishlarini oqlab biror nima deyolmayman ham. SHunchaki aytmoqchi bo’lganim, bu kabi holatlar boshqa jurnalistlarga signal jo’natib, ularni o’z-o’zini cheklashga majbur qilmoqda.

Men O’zbekistonda matbuotga kengroq yo’l ochilishi, ko’proq imkoniyat berilishini khohlagan bo’lardim.

— Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda elchikhona sizning ishga metroda ketayotganingiz tasvirlangan qiziqarli videoni joyladi. Bu tashabbusni barcha iliq kutib oldi. Jamoat transportidan doimiy ravishda foydalanasizmi? O’zbekiston transport tizimi haqida qanday fikrdasiz?

— Afsuski, jamoat transportidan doimiy ravishda foydalanmayman. Metro bekati elchikhonaga ham, uyimga ham biroz uzoq masofada joylashgan, lekin havo yakhshi bo’lgan paytlarda bazan undan foydalanib turaman. Toshkent metrosi juda go’zal. Undagi bazi bekatlar sanat asariga o’khshaydi va muzeylarni eslatadi.

Avtobuslar haqida biror nima deyishim qiyin. Garchi ular haqida ijobiy fikrlar eshitgan bo’lsam ham, foydalanib ko’rmaganman. Yo’llardagi tirbandlik ularga ham tasir qiladi, menimcha.

Hayotining asosiy qismini shaharlarda yashab o’tkazayotgan odam sifatida aytishim mumkinki, biz jamoat transportlaridan foydalanishni qo’llab-quvvatlashimiz zarur, chunki u tirbandliklarni kamaytirishga, havo sifatini yomonlashishdan biroz bo’lsa-da asrashga yordam beradi.

Men ish jadvalim tig’izligi, khavfsizlik bilan bog’liq sabablarga ko’ra mashinadan ko’proq foydalanaman, biroq imkon bo’lganda jamoat transportlaridan foydalanishni kanda qilmayman.

Haqqimizda

Яна маълумот

egqF2u13497967972202_b

Khorazm viloyati tarkibida Tuproqqala tumani tashkil etilmoqda

Khorazm viloyatidagi Hazorasp tumani va Tuproqqala maskani hududidagi ayrim mahallalar yangi tashkil etilayotgan Tuproqqala tumani tarkibiga utkaziladi. Pitnak shahri tumanning mamuriy markazi buladi.

100200300