Home / Jamiyat / Jigar kasalliklari Gepatit s belgilari davolash

Jigar kasalliklari Gepatit s belgilari davolash

Gepatit S hozirda kup mamlakatlar aholisi orasida keng tarqalish tendensiyasiga ega bulayotgan kasallik. U jigar hujayralari ichiga joylashib ( A va V viruslardan farqli ravishda) ,ularni asta-sekinlik bilan emirib boradi va vaqtida aniqlanilmasa ,khronik tusga uib,ogir asoratlarga olib kelishi mumkin.

organ-pechenYuqish yullari asosan parenteral ( qon orqali ),yana boshqa biologik suyuqliklarda-spermada , sulakda, menstrual qonda ham 96 soatgacha saqlanishi mumkin . Jinsiy yul bn yuqish foizi kam-5% gacha. Sulak orqali yuqishi isbotlanmagan ,chunki sulakda virus juda kam miqdorda buladi ,shuning uchun adabiyotlarda bu yul bn yuqmaydi deyilgan. Agar bolalar bemor odamning tish chyotkasidan , tirnoq olgichidan,britvasidan,manikyur buyumlaridan foydalansa kasallanish khavfi bor . Gepatit S bn kasallangan odamning qulidagi qon yuqi soglom bolaning shikastlangan terisiga tushsa … bu holatda zararlanish bulishi ham mumkin (Allohning izni bilan ) . Ammo usha zahoti terini ishqalamasdan hech narsa surmagan holatda 5 min cha oqar suvga tutib turilsa , teridagi himoya qavatiga shikast etkazilmasa, zararlanish khavfi kamayardi . Bunda bolaning necha yoshda ekanligini ahamiyati yuq.

Bu kasallikning inkubasion davri uzoq bulgani uchun kupincha belgilarsiz utadi. Hatto 10-15 yilgacha zararlangan inson uzini kasallanganidan behabar yurishi mumkin. Chunki boshqa gepatitlarga khos belgilar bu turida bekitiqcha , kam ifodalangan holda utadi.Shuning uchun ehtiyot shart tekshirtirish kerak.Bu kasallikni Zararlangandan keyin agar virus qonga tushgan bsa tahminan 2khaftalar utgach, qonda shu virusga qarshi antitelolar paydo buladi . Shuning uchun har ehtimolga qarshi bolani shu paytlarda qonini IFA deb ataluvchi metod bn tekshirtirish kerak. Tekshirtirganda ham virusnaya nagruzkasini ham aniqlatish zarur ,agar bsa. Shuni ham aytib utish kerakki ,natija sokhta musbat va sokhta manfiy ham chiqishi mumkin ayrim faktorlar tasirida.

Shuning uchun bu usul 100% ishonchli hisoblanmaydi. Agar natija musbat(polojitelniy ) chiqsa ham bu hali inson kasallandi degani emas,bu faqat virus organizmag tushganligi,zararlanish sodir bulganini kursatadi kholos. Virus qonga tushgach,agar immunitet kuchli bulsa bir necha oy ( takhminan 1 oylar ) orasida virus eliminasiya bulib,chiqib ketishi ham mumkin organizmni kasallantirmasdan. Bunday hollar kamroq,ammo uchrab turadi 20% hollarda.
Eng ishonchli metod PSR (PZR uzbekchada) usuli bn qonni tekshirtirish. U aynan qonga tushgan viruslarni aniqlab beradi , unga qarshi immun tanachalari-antitelolarni emas( IFA dan farqi) . IFAda antitelolar topiladi , ammo virus allaqachon chiqib ketgan,yuq bulishi mumkin , PSR esa ayni virus hozirda bormi yo yuqmi kursatadi.

Jigar kasalliklari khaqida malumot
Tanadagi qon barcha hujayralarga kislorod va karbonat angidrid tashib, ularning bir meyorda, mutadil ishlashini taminlaydi, turli khastaliklarning oldini oladi. Jigar esa qonni hamisha tozalab, yana ishga «shay» qilib turadi. Shuning uchun salomat bulishni istagan kishi jigar faoliyatiga hamisha «kuz-quloq» bulib turishi kerak. Inson jigarining kasallanishiga asosan uch narsa: qovurilgan yogli ovqatlar, dukon shirinliklari va pishiriqlari hamda yumshoq issiq non sabab buladi. Bundan tashqari alkogolli ichimliklar, kup ovqatlanish, taomni achchiq eyish, qattiq asabiylashish ham jigar bilan aslo kelisha olmaydi. Inson jigariga turt narsa: khom karam, suzma (tvorog), qattiq non va asal eng foydali nematlardir. Jigar ogrisa, turpni mayda qirib bir hafta mobaynida oyoq tagiga boglab yotish lozim. Bu davrda qovurilgan, yogli ovqatlar, shirinliklar eyilmaydi. Jigardagi kasalliklarni bahorda davolagan maqul, chunki muvozanat markazi bahorda ung tomonga qarab yuradi. Har qanday jigar khastaligini behi suvi yakhshi davolaydi. Buning uchun behi sharbatidan kuniga bir-ikki kosa ichish kerak buladi. Necha kun ichish kasallikning ogir-engilligiga, eski-yangiligiga va dardman mijoziga qarab belgilanadi. Jigari khasta bemorlar har kuni ikkitadan olma (faqat yurtimizda etishtirilganini) eb yurishsa foydasi katta. Ayniqsa uni kechasiga eyilsa, qand moddasini haydaydi, kholesterinni mutadil saqlaydi, jigar holatini yakhshilaydi. Oshqovoq suvi jigarga nihoyatda foydali, u sariq kasalligining oldini ham oladi Quruq urik (turshak) peshob haydovchi bulgani uchun jigar faoliyatini yakhshilashda qul keladi. Bodring, sabzi va lavlagi suvini olib, aralashtirib ichilsa, jigar khastaliklarini davolaydi. Jigari ogriydigan kishi ilojini qila olsa, har kuni bir choy qoshiqda kunjut yogi ichsin. Jigar khastaliklarida tuzsiz qaynatilgan baqlajon va qovoq yakhshi foyda beradi. Zirkning qotirilgan qiyomidan har kuni arpa doni kattaligidagisini suvda eritib ichilsa yoki suv bilan ichga yutilsa, bir hafta-un kun ichida jigar qurtlarini yuqotadi, isitmali jigar dardini bosadi, uzum sirkasi bilan tanovul qilinsa, jigar khastaliklariga davo buladi. Jigar quriganida olmurut eyish, qizil zirkdan sharbat tayyorlab davomli ichish, chakanda (oblepikha) ni qaynatib, zafaron qushib istemol qilish, muntazam tuya suti ichish darkor. Jigar qurishi kasalini bartaraf etishda 60 gr. asalga 3 gr. bogyalpiz suvini qushib uch mahaldan ichiladi. Tut ildizining oq pustidan 20 gr. zanjabildan 15 gr., tarvuz pustidan 50 gr., bodring pustidan ham shuncha, uzun oshqovoq puchogidan ham shuncha olib suvda qaynatib ichilsa, jigar quriganida yordam beradi. Qizil bodrezak mevasining sharbatini asal bilan aralashtirib ichsangiz, jigar khastaligiga davo buladi.

* * *

Issiqlikdan bulgan jigar khastaliklariga qoqigul, bog va chul sachratqisi juda foydalidir.

* * *

Jigar kuchsizligini davolashda zafaron, anor doni va mayizni urugi bilan chaynab eyish qul keladi.

* * *

Gozpanja utini suvda qaynatib, ovqatdan oldin kuniga 3-4 martadan ichsangiz, jigaringizga davo buladi.

* * *

Har kuni 3,5 gr. zira istemol qilib yurilsa, jigarni mustahkamlaydi.

* * *

Jigarni tozalash uchun µar kuni 5 grammdan kungaboqar ildizining suvidan ichib yurish kerak.

* * *

Tol bargi va novdalarini yoyib ustida yotilsa, jigar issigini daf qiladi.

* * *

Shirin anor suvini muntazam istemol qilib yurilsa, jigar tozalanadi va quvvati ortadi.

* * *

Muntazam shakar istemol qilish bilan jigarni kuchlantirish mumkin.

* * *

Baliqni olovda kabob qilib eyilsa, zaiflashgan jigarga juda foydali.

* * *

Kuniga uch donadan achchiq bodomni asalga qushib eb yurilsa, jigar khastaliklariga davodir.

* * *

Har kuni 7 gr. dasht sabzisi giyohini quritib yanchigach choy va asalga aralashtirib ichilsa, sovuq jigarga issiqlik bakhsh etadi.

* * *

Un besh gramm qovun urugini yanchib eyilsa, jigardagi tiqinlarni ochadi.

* * *

Qurutni suvda ezib ichilsa (qurtob) jigar haroratini pasaytiradi.

* * *

Limon suvini shakarli choyga aralashtirib ichilsa, jigarga quvvat baІishlaydi.

* * *

Kuniga 80-100 gramm shavel eb yurilsa, jigarni mustahkamlaydi.

* * *

Yigirma gramm semizґt urugini yanchib elakdan utkazib, shakarli suv bilan ichilsa, jigar haroratini pasaytiradi.

* * *

Shirin olma sharbati va anjir jigarni quvvatli qiladi.

* * *

Khom khondon pista magzi jigar sovuqligiga davo.

* * *

Bodring va olvali jigar tiqinlarini ochadi.

* * *

Oshqovoq suvda qaynatib eyilsa, jigar haroratini pasaytiradi.

* * *

Bir yarim-ikki gramm qalampirmunchoqni yanchib, yangi sogilgan sigir suti bilan nahorga ichilsa, jigarga quvvat beradi.

* * *

Sabzini suvda qaynatib, sung u asalga qushib eyilsa, qonni tozalaydi va jigarga yordam beradi.

* * *

Sirka va asal qushib eb turilsa, jigar khastaliklariga shifo buladi.

* * *

Jigari khastalangan bemorlar tovuq gushti, anor, mayiz, nukhat istemol qilishlari, qatiq ichib turishlari kerak.

* * *

Agar jigaringiz kamquvvat bulsa, ravoch ildizini mayda kesib, quritib, havonchada yanchib shisha idishga solib quying-da, undan ertalab eb turing. Jigar ogrigini qoldirishda namatakdan damlangan choy eng shifobakhsh malhamlardan sanaladi.

Haqqimizda

Яна маълумот

1-Mustaqilik

Mustaqillik kuni Muborak! – tabriglari, sherlar, rasmlar, ashula

Mustaqillik tabrigi (tabriklari) Aziz hamvatan! Muhtaram do’stlar! Sizni khalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – …

100200300