Home / Jamiyat / Juma namozi-necha rakat,qanday uqiladi?

Juma namozi-necha rakat,qanday uqiladi?

Juma namozi uqish tartibi.

Juma namozi. Har juma kuni peshin namozi urniga uqiladi. Jami 10 rakatdir. Peshin namozining4 rakat farzi urniga 2 rakat farz jamoat bilan uqiladi. Namoz vaqti kirishi bilan 4 rakat sunnat uqiladi, hutbadan keyin esa jamoat bilan 2 rakat farz va 4 rakat sunnat uqiladi. Juma namozidan keyin 2 rakat ikhtiyoriy “vakt sunnati ” namozini uqish mumkin.

77915c62f05e112ed92f651cc616a6f7_720x480

Juma namozi niyati.

Malumki, juma namozi peshin vaqtida uqiladi. Odatga kura, farz va vojib namozlari uchun namozni tayin qilish shart. Yani, “jumaning farzini uqishni niyat qildim”, deyiladi. Farzning adadini niyat qilish shart emas. Sababi uning ikki rakat ekani malum.
Jumaning sunnatini uqish uchun “namoz uqishni niyat qildim”, yoki “jumaning sunnatini uqishni niyat qildim”, yo bulmasa, “jumaning turt rakat sunnatini uqishni niyat qildim”, desa buladi.

Juma namozi kuyidagilar uchun farz:

  1. Erkaklar. Ayollar uchun farz emas.
  2. Ozod bulgan shakhslar.
  3. Mukim.
  4. Soglom.
  5. Kuzi ojiz bulmagan shakhslar.
  6. Juma namozini ado etishi uchun khech bir tusqinlikka
    duch kelmagan shakhslar.

Juma namozi koidalari.

  1. Juma namozini peshin namozi vaqtida ado etish.
  2. Namozdan oldin khutba uqish.
  3. Juma namozi uqiladigan joy barcha khokhlovchilar uchun ochiq bulishi kerak.
  4. Imomdan tashqari eng kamida uch kishining ishtirok etishi. Imom Abu Yusufning fikriga kura ikki kishi ham kifoya qiladi.

Juma namozi odoblari:

  1. Juma namoziga payshanba kuni va juma kechasidan tozalanish, kiyimlarni yuvish va unga kerakli narsalarni tayyorlash bilan hozirlik kurish.
    2. Juma kunida gusl qilish – yuvinish. Imom Bukhoriy va Muslimning «Sakhikh» kitoblarida rivoyat etilgan hadislar va boshqa asarlarda kelgan khabarlarga muvofiq yuvinishning eng afzal vaqti – bu juma namoziga borishdan bir oz oldin gusl etish.
    3. Badanini poklab ziynat berish, tirnoqlarini olish, misvoq ishlatib tishlarni tozalash, oldin zikr etilgan kir-iflosliklarni badandan ketkazish kabi boshqa tozalik amallarini bajarish, khushbuyliklar surtish va eng yakhshi kiyimlarni kiyish.
    4. Juma namoziga takbir aytib piyoda borish (buning iloji bulsa, albatta… – tarj.). Jome masjidiga okhista va vikor bilan yurib borish lozim. Masjiddan tashkariga chikkunga kadar unda etikofda bulishni niyat etish.
    5. Odamlarning elkasini bosib utmaslik, namozkhonlar urtasida bush joy bulsa, shu erdan utish.
    6. Namoz ukiyotganlar oldidan aslo kesib utmaslik.
    7. Birinchi safni talab etish. Agar makul bulmasa va etiroz eshitsa, oldingi katorga utmaydi. Kechiksa, uzrli buladi.
    8. Imom khujrasidan chikib minbarga yullansa, nafl namoz ukishni va turli zikrlarni tukhtatish khamda muazzinga javob etish bilan mashgul bulish, sungra khutbani eshitish.
    9. Juma namozidan keyin ikki yo turt yoki olti rakat sunnat namozi ukish.
    10. Asr namozi ado etilgunga kadar masjidda turish. Agar shom namoziga kadar tursa, afzal.
    11. Juma kunidagi duolar kabul buladigan muborak soatni khuzuri kalb va duoi zikrlar bilan kuzatib borish.
    Ulamoyi kiromlar bu soat tugrisida ikhtilof etishadi. Imom Muslimning Abu Musodan rivoyat etgan yakka khadislarida bunday talkin etiladi: «Bu soat imom minbarga kelib utirishi bilan namoz nikhoyasiga etgunga kadar bulgan vakt urtasida buladi». Boshka bir khadisda kuyidagicha rivoyat etilgan: «Bu soat imom khutba aytishi bilan juma namozi tugagunga kadar bulgan vakt orasida topiladi». Jobir ibn Abdullokh roziyallokhu ankhudan zikr etilgan khadisi sharifda esa: «Duolar ijobat buladigan bu soat asr namozining okhirgi soatigachadir», deyiladi. Anas ibn Molikning khadislarida kuyidagicha nakl etiladi: «Bu muborak soatni asr namozi bilan kuyosh botgunga kadar bulgan vakt orasidan akhtaringlar».
    Abu Bakr Asram esa kuyidagi fikrni aytganlar: «Bu khadislar ikki mazmundan kholi emas: yo bu khadislarning bazisi bazisiga karaganda sakhikhrok, yo ramazon oyining un kunligida kadr kechasi kuchib yurganidek, bu soat kham uzgarib turadi».
    11. Bu kunda Paygambar sollallokhu alaykhi vasallamga salovot aytishni ziyoda etish. Rasulullokh sollallokhu alaykhi vasallam markhamat kildilar: «Kimki juma kunida menga sakson marta salovot aytsa, Allokh taolo uning sakson yillik gunokhlarini (sagiralarini) avf etur». (Bu zaif khadis bulib, uni Daylamiy uz «Musnad»ida keltirgan.) Agar namozkhon khokhlasa, namozda Paygambar alaykhissalom uchun kuyidagi duoni zikr etishi mumkin: «Ey Allokhim! Mukhammadga vasilani, fazilatni, oliy darajani bergin, ul zotni Uzing vada etgan chiroyli makomga yuborgil! Ey Allokhim! Paygambarimizni bizning nomimizdan uziga munosib ajr-azim bilan sarafroz et!»
    Bunga istigfor aytishni kham kushish mumkin, zero bu kunda istigfor aytish mustakhabdir.
    13. Shu kuni Kakhf surasini ukish. Khazrat Oisha roziyallokhu ankhodan rivoyat etilgan khadisi sharifda rivoyat etilishicha, Rasulullokh sollallokhu alaykhi vasallam markhamat kildilar: «Ulugligi osmon va erni tuldirgan va uni yozib turuvchi kotibiga kham shunday ulug ajr beriladigan sura khakida suzlab beraymi? Bu surani kimki juma kunida ukisa, juma bilan boshka ikkinchi juma va ziyoda yana uch kun mobaynida kilgan gunokhi sagiralari kechiriladi. Kaysi bir kishi uykuga yotishdan oldin bu sura okhiridagi besh oyatni tilovat etsa, Allokh taolo kechaning kaysi vaktini khokhlasa, uni usha soatda uygotadi». Askhoblar: «Oriy, ayting», dedilar. Rasulullokh sollallokhu alaykhi vasallam: «U Kakhf surasidir», deb javob berdilar. (Imom Shavkoniy uzlarining «Al-favoid al-Mashmu» kitoblarida bu sokhta khadis, deb zikr etganlar.) Yana boshka bir khadisda bunday deyilgan: «Juma kunida yoki juma kechasida kimda-kim Kakhf surasini tilovat etsa, fitnadan omonda buladi». Bu khadis mukaddam zikr etilgan khadisdan kifoya etadi (yani, bu khadis oldingi khadisning urnini tuldiradi). Juma kunida Kuroni karimni kup ukish mustakhab. Kodir bulsa, Kuroni karimni juma kunida yoki juma kechasida khatm etish kerak.
    14. Imkon boricha juma kuni khayr-ekhson va sadakotlar berish. Sadaka-ekhsonni masjid tashkarisida takdim etish kerak. Juma kunida «Tasbekh» namozini ado etish mustakhab. (Khofiz Abul Khasan al-Makdasiy va boshkalar bu khakdagi khadisni sakhikhga khukm etishgan.)
    15. Juma kunini okhirat amallariga khos etish mustakhab. Uzini dunyoning barcha mashgulotlaridan kaytarib (tukhtatib) chetga olish yakhshi.

Haqqimizda

Яна маълумот

1-Mustaqilik

Mustaqillik kuni Muborak! – tabriglari, sherlar, rasmlar, ashula

Mustaqillik tabrigi (tabriklari) Aziz hamvatan! Muhtaram do’stlar! Sizni khalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – …

100200300