Home / Sport / KONMEBOL Messini diskvalifikasiya qilishi mumkin

KONMEBOL Messini diskvalifikasiya qilishi mumkin

Janubiy Amerika futbol konfederasiyasi — KONMEBOL Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messini diskvalifikasiya qilishi mumkin.

Gap shundaki, “Barselona” sardori Amerika kubogi-2019 hakamlari va tashkilotchilarini bir necha marta tanqid ostiga oldi. Jumladan, Messi Braziliyaga qarshi bulib utgan yarim final uyinidagi hakamlikni tanqid qilgan bulsa, Chiliga qarshi bulib utgan 3-urin uchun uyinda Leo maydondan chetlatildi.

KONMEBOL futbolchini 2 yilga futboldan chetlatishi mumkin. Shunday bulsa, Messi Amerika kubogi-2020 va JCh-2022nri utkazib yuborishi mumkin. AS nashri tarqatgan khabarga kura, KONMEBOL reglamentiga muvofiq futbolchi tashkilot va uning vakillarini haqorat qilishi mumkin emas.

KONMEBOL Messining tanqidiga quyidagicha javob qaytardi:

«Mazkur ayblovlar musobaqa, undagi futbolchilar, KONMEBOLning yuzlab khodimlariga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi. Tashkilot esa 2016 yildan beri mintaqada futbolni rivojlantirish ustidan ish olib bormoqda».


Haqqimizda

Яна маълумот

badu

Verona futbolchisining singlisi otishmada halok buldi

Verona himoyachisi Emmanuel Agemang-Baduning oilasida fojia yuz berdi

100200300