Home / Jamiyat / Qimmatbaho kuylak

Qimmatbaho kuylak

Bir ayol Abu Hanifa –rahimahulloh-ning huzurlariga ipak matodan tikilgan ko’ylakni sotgani olib keldi.

Abu Hanifa u ayolga: Ko’ylakning narkhi qancha? – deb so’radilar.

Ayol yuz dirham, yuz kumush tangaga sotmoqchi ekanini aytdi.

  • E, yo’q, bu ko’ylak yuz dirham emas, qimmatroq turadi, – dedi Abu Hanifa.

U ayol sotib oladigan narsasining bahosini tushurish o’rniga ko’tarayotgan bu kharidordan ajablanib, ko’ylakning bahosini ko’tarib:

  • Unday bo’lsa, to’rt yuz dirhamga ola qoling, – dedi.
  • Ko’ylakning bahosi bundan ham ko’p, – dedi Abu Hanifa.
  • Siz mening ustimdan kulyapsizmi?! – deb ayolning achchig’i chiqdi.
  • Mening so’zimga ishonmayotgan ko’rinasiz. O’zingiz ishonadigan biron tajribali kishi olib keling, ko’ylakni qanchaga baho qilar ekan.

Bir ozdan so’ng u ayol bir kishini boshlab keldi.

Ko’ylakni yakhshilab ko’rgach, u kishi: buning bahosi besh yuz dirham, – dedi.

Abu Hanifa uni shu bahoga sotib oldilar. U ayol ham yuz dirham o’rniga besh yuz dirham olganiga khursand bo’lib, Abu Hanifaning amonatdor va rostgo’yligiga rahmat aytib ketdi.

Haqqimizda

Яна маълумот

1-Mustaqilik

Mustaqillik kuni Muborak! – tabriglari, sherlar, rasmlar, ashula

Mustaqillik tabrigi (tabriklari) Aziz hamvatan! Muhtaram do’stlar! Sizni khalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – …

100200300