
20 avgust kuniUzbekiston Markaziy banki Moliya vazirligi bilan birgalikda ommaviy akhborot vositalari uchun ichki valyuta bozoridagi joriy holat va almashuv kursi dinamikasiga bogliq masalalarni tushuntirish maqsadida matbuot anjumanini tashkil etdi. Markaziy bank matbuot khizmati MB raisi Mamarizo Nurmuratovning maruzasini elon qildi. Quyida ushbu maruzani tuliq holda etiboringizga havola etamiz.
Bugun valyuta birjasidagi savdolarda sum almashuv kursining 2,76%ga pasayishi kuzatildi. Bu holat Markaziy bank tomonidan birja savdolaridagi valyuta kursini 0,5%lik tebranish chegaralarini bekor qilish borasidagi qaroridan sung vujudga keldi.
Markaziy bankning bu qarori, eng avvalo, birja savdolarida valyuta kursini erkin, talab va taklifdan kelib chiqqan holda shakllanishiga qaratilgan. Boshqacha qilib aytganda, amaldagi almashuv kursining shakllanish mekhanizmi, yani tebranish chegaralaridagi kunlik 0,5%lik cheklovlar, valyuta mablaglarini birjada sotuvchilarning iqtisodiy manfaatlariga mos kelmayotganligini kursatdi.
Albatta milliy valyuta — sumning qadrsizlanishi kupchilikni qaysidir manoda tashvishga solishi mumkin. Biroq, Markaziy bankning valyuta bozoridagi ushbu qadami obektiv iqtisodiy zaruriyat bulib hisoblanadi.
Oddiy qilib aytganda, AQSh dollari narkhi ham boshqa tovarlar narkhi singari bozorda shakllanadi, uning narkhini sotuvchi bilan oluvchi belgilaydi. Utgan oydagi, utgan haftadagi yoki kechagi dollar narkhi ham bozorda sotuvchilarni qoniqtirmadi, bunga ikkinchi tomon — dollar oluvchilar rozi bulishdi va natijada bugungi kurs shakllandi.
Nazariy jihatdan Markaziy bank almashuv kursini malum darajada barqaror ushlab turishi ham mumkin. Biroq, bunday yondashuv bozor tamoyillariga moslashayotgan mamlakatning iqtisodiy munosabatlariga salbiy tasir kursatishi va okhir oqibatda, ushbu holatdan kuproq yuqotishlar yoki almashuv kursining yanada keskin darajada qadrsizlanishi hisobiga chiqishga tugri keladi.
Sunggi davrlarda ruy berayotgan global iqtisodiy uzgarishlar, savdo munosabatlaridagi tanglikning yoki «mojaro”larning kuchayib borishi, yirik iqtisodiyotga ega bulgan davlatlar iqtisodiy usishidagi sekinlashishlar khalqaro moliya bozorlarida milliy valyutalar qadrsizlanishi tendensiyasining kuchayishiga olib kelmoqda.
Milliy valyutani qadrsizlanishi holati tashqi savdo sohasida Uzbekistonning asosiy hamkorlari hisoblangan davlatlarda ham kuzatilmoqda.
Bunday holat, uz navbatida, Uzbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarning tashqi va ichki bozorlarda «qimmatlashuvi”ga yoki raqobatbardoshligining pasayishiga tasir kursatmoqda.
Shu urinda, almashuv kursiga tasir qiluvchi omillar tahliliga utishdan oldin quyidagilarni alohida takidlash zarur.
Markaziy bank ichki valyuta bozorida almashuv kursining bozor tamoyillari asosida shakllanishiga tasir kursatmasdan ishtirok etishga harakat qilmoqda. Kursni har doim bozor belgilaydi. Markaziy bank faol aralashadigan bulsa, bozor muvozanatini buzib quyadi va bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Markaziy bank valyuta kursini bozorda yani, bozorda sotuvchining ham sotib oluvchining ham manfaatlariga mos keladigan tarzda shakllanishi tarafdori. Shunda, bozor iqtisodiyoti qonunlari ishlaydi.
Markaziy bank, albatta, ichki valyuta bozorida doim qatnashib keladi va ishlab chiqaruvchilardan sotib olgan oltin qiymatiga teng miqdorda valyutani sotadi.
Boshqacha aytganda, iqtisodiyotdan olingan valyutani uziga qaytarib beradi. Agar savdo okhirida kimningdir bozorga olib chiqqan valyutasiga kharidor chiqmasa, kun davomida shakllangan urtacha kursda Markaziy bank sotib oladi.
Khususan, 2018 yilda 3,6 mlrd. doll. miqdorida oltin ishlab chiqarilgan sharoitda Markaziy bankning ichki valyuta bozoriga intervensiyalari hajmi 3,2 mlrd. doll.ni tashkil qildi.
Bu amaliyot almashuv kursining bozor shartlari asosida shakllanishiga tasir kursatmaydi. Buni mamlakatning oltin-valyuta zakhiralari uzgarishida ham kurish mumkin.
Almashuv kursining okhirgi ikki yil davomida shakllanishi quyidagi tashqi va ichki omillar tasirida vujudga keldi:
Birinchidan, global iqtisodiyotda kuzatilayotgan khalqaro savdo aloqalaridagi qarama-qarshiliklar, kelishmovchiliklar (konfliktlar);yirik davlatlarda proteksionizm (ichki bozorni himoyalash) kayfiyatining kuchayishi;AQSh tomonidan ayrim yirik davlatlarga nisbatan khalqaro savdo aloqalarida cheklovlar (sanksiyalar) kiritilishi;khalqaro iqtisodiyotni usish suratlarini sekinlashtirish bilan birga, kupchilik davlatlarning moliya bozorlariga va ularning milliy valyutalarining almashuv kurslarini shakllanishiga salbiy tasir kursatmoqda.
Khususan, sunggi ikki yilda AQSh dollariga nisbatan evro 6,9 foizga, funt sterling 7,1 foizga va yuan 7,6 foizga qadrsizlandi. Mazkur davrda dollar indeksi (dollarning dunyoning yirik 6 ta valyutasiga nisbatan uzgarishi) 6,6 foizga usdi.
KhVF ning sunggi elon qilgan malumotlariga kura, 2019 yil yakuniga Khitoy iqtisodiyoti usishi 6,2 foizgacha (2018 yil 6,6%), Evropa davlatlari iqtisodiyoti 1,3 foizgacha (2018 yil 1,9%), bunda, Germaniya iqtisodiyoti 0,7 foizgacha (2018 yil 1,4%) Rossiya iqtisodiyoti 1,2 foizgacha (2018 yil 2,3%) sekinlashishi kutilmoqda.
Bugungi globallashuv davrida dunyo mamlakatlari iqtisodiyoti bir biri bilan chambarchas bogliq. Tashqi dunyo iqtisodiyotida bulayotgan uzgarishlar Uzbekistonga tasir qilmaydi deyish nourin. Uzbekiston dunyo iqtisodiyotining kichik bir bulagi, boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalar orqali uzviy bogliq. Faqat jahon iqtisodiyotidagi uzgarishlar Uzbekiston iqtisodiyotiga darhol yoki malum bir vaqtdan (davrdan) sung tasir qilishi mumkin.
Jahon iqtisodiyotidagi uzgarishlar Uzbekistonning asosiy savdo hamkorlari bulgan davlatlarda ham kuzatilmoqda.
2017 yil 1 sentyabrdan 2019 yil 19 avgustgacha bulgan davrda rublning almashuv kursi 15,1 foizga, Qozoq tengesi 14,5 foizga qadrsizlangan bulsa, sum almashuv kursining devalvasiyasi 11,9 foizni tashkil qildi.
Sum devalvasiya suratining ortda qolishi milliy ishlab chiqaruvchilarning ham ichki bozorda, ham tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini pasayishiga olib kelmoqda.
Odatda, milliy valyuta devalvasiyasiga nisbatan past darajadagi inflyasiyaga ega bulgan davlatlar iqtisodiy raqobatbardoshlikni saqlab qoladilar.
Biroq, solishtirma tahlillar shuni kursatadiki, sunggi ikki yil ichida asosiy savdo sheriklari iqtisodiyotiga nisbatan, Uzbekistondagi past darajadagi devalvasiya va yuqori darajadagi inflyasiya kuzatilishi, uzbek mahsulotlarining Rossiya bozorlarida urtacha 25 foizga, Qozogistonda 20 foizga, Khitoyda 21 foizga, Turkiyada 42 foizga va Koreyada 24 foizga raqobatbardoshligining pasayishiga sabab buldi.
YOki aksincha, ushbu mamlakatlar mahsulotlari bizning bozorda shunchaga arzonlashdi va tabiiyki ularga bulgan talab ortdi.
Okhirgi ikki yilda sumning almashuv kursi nisbatan barqaror bulishining asosiy sabablaridan biri — aholi tomonidan valyuta siyosatining erkinlashtiruvidan sung katta miqdorda valyuta mablaglarining banklarga sotilishi bilan izohlanadi. Khususan, 2017−2018 yillarda banklarga 3,5 mlrd. dollar sotildi (sof sotib olingan qismi 2,5 mlrd. dollar).
Ushbu omil Uzbekistonda inflyasiya darajasi nisbatan yuqori bulishiga qaramasdan, milliy valyuta kursining deyarli barqaror turishiga khizmat qildi.
Ikkinchidan, sum almashuv kursi qadrsizlanishiga ichki omillar tasirini ham inkor etib bulmaydi.
Okhirgi ikki oyda (kurs oshishi tezlasha boshlagandan sung) internetda, ijtimoiy tarmoqlarda kuplab blogerlar, iqtisodiy tahlilchilar uz fikrlarini bildirishdi. Iqtisodiyotga ajratilayotgan kreditlar miqdori kupligi, byudjet kharajatlari oshib ketayotganligini etirof etishdi.
Albatta, bu fikrlarda ham jon bor, lekin boshqa tomondan Uzbekistonda utgan yillarda hammaga malum bulgan «yopiq eshiklar» siyosati va bozor iqtisodiyotiga utishdagi cheklovlar natijasida iqtisodiyotda khususiy biznes va tadbirkorlikni rivojlanishi uchun moliyaviy resurslardan foydalanishga etarli sharoit yaratib berilmagan edi.
Natijada, iqtisodiyotda investision chanqoqlik yigilib qolgan edi. Bugun mamlakatda tadbirkorlik kayfiyati va investision faollik yuqori. Prezidentimiz tabirlari bilan aytganda khalqimiz bugun yakhshi yashashni khohlaydi. Uzbekistonda khalq uchun zarur bulgan bolalar bogchasi, maktab, kasalkhonani bugun qurish kerak, bugun yullarni tamirlashimiz, kupriklar qurishimiz, uy-joy fondini kengaytirishimiz kerak.
Bularning barchasi uchun mablag kerak va barchasi ijtimoiy jihatdan uta muhim va khalq uchun asosiy (elementar) sharoitlarni yaratish, kichik biznes va khususiy tadbirkorlikni qullab-quvvatlash demakdir.
Davlat resurslari hisobidan ajratilgan kreditlar joylarda tadbirkorlikni rivojlantirishga yunaltirilayotgan bulsa, byudjet kharajatlari qushimcha soliq tushumlari hisobidan amalga oshirib kelinmoqda.
Albatta, bu urinda ajratilgan kreditlarning samarali va maqsadli ishlatilishi juda muhim. Kreditlar maqsadli ishlatilgan sharoitda kelajakda (urta muddatli istiqbolda) ichki ishlab chiqarishni kupaytirish hisobiga bozorlardagi narkh-navoga va milliy valyuta qadriga ham ijobiy tasiri salmoqli buladi.
Internet tarmoqlarida ayrim iqtisodiy tahlilchilarning Uzbekistonda pul massasi oshib ketyapti, Markaziy bank pulni emissiya qilib kredit beryapti, degan fikrlari uchrab turibdi. Shuni alohida takidlash zarurki, bu fikrlarda mutlaqo asos yuq. Markaziy bank biror bir bankka yoki Hukumatga kredit ajratmagan. Buni Markaziy bank saytida har oy chop qilinadigan pul-kredit kursatkichlari tarkibidan ham bilib olish mumkin.
Ichki valyuta bozoridagi holat
Umuman olganda, import usishini qullab-quvvatlovchi ichki va tashqi omillarning birgalikdagi tasiri ichki valyuta bozoridagi holat va almashuv kursi dinamikasiga sezilarli tasir kursatdi.
Khususan, joriy yilning iyul oyida valyutaga bulgan talab yilning birinchi yarim yilligidagi urtacha oylik hajmi bilan taqqoslaganda 34 foizga oshib, 1,36 mlrd. doll.ni tashkil etdi.
Talabning ortishiga tasir etuvchi omillardan yana biri sifatida, 2019 yil 1 oktyabrdan bojkhona tulovlari buyicha imtiyozlarning bekor qilinishini keltirish mumkin. Bojkhona imtiyozlariga ega bulgan subektlarning import qilinadigan khom-ashyo va mahsulotlarni imtiyozlardan foydalangan holda zakhiralab quyish istagining kuchayishi kuzatilmoqda.
Natijada, joriy yil iyul oyining ikkinchi yarmidan boshlab, ayniqsa avgust oyida sum kursi tez suratlarda qadrsizlana boshladi. Khususan, joriy yil avgust oyining dastlabki 19 kunida AQSh dollarining birja kursi sumga nisbatan 4,8 foizga (1 AQSh dollari 8 714 sumdan 9 129 sumga) oshdi.
Import tugrisida
Yuqorida sanab utilgan sabab va omillar tasirida iqtisodiyotda importga va provardida valyutaga talab oshmoqda. Shu urinda importning oshishini ham tabiiy jarayon deb baholash mumkin. Iqtisodiyotimizda tekhnik va tekhnologik yangilanish jarayoni kuzatilmoqda.
Bugungi ochiq bozor sharoitida albatta importga qiziqish oshadi. Chunki, iqtisodiyot hajmi kengaymoqda, investision faollik yuqori va iqtisodiyotda daromadlar oshishi kuzatilmoqda.
Import tarkibini tahlil qilinsa, 53−56 foizdan ortigi ishlab chiqarish uchun zarur bulgan asosiy vositalar va khom-ashyo tashkil etadi. Importning bunday tarkibi kelajakda ishlab chiqarishni kengaytirishga zamin yaratadi.
Inflyasiya haqida
Almashuv kursi uzgarishining eng ogriqli jihati bu uning ichki narkhlarga tasiri. Kurs uzgarishining albatta narkhlarga tasiri bor. U nafaqat istemol savatidagi import tovarlari orqali, balki inflyasion kutilmalarni uzgarishi orqali ham inflyasiyaga tasir kursatadi.
Iqtisodiyotning ayrim sohalarida import khom-ashyo va asbob-uskunalarga qilingan kharajatlar ulushining yuqoriligi inflyasiyani malum darajada kutarilishiga sabab bulishi mumkin.
Ichki narkhlar barqarorligini taminlash Markaziy bankning asosiy vazifasi buni yakhshi anglab turibmiz.
Bu borada Markaziy bankda kup munozaralar buldi, chet el tajribalari urganib chiqildi. Inflyasiyani pasaytirish uchun kursni uzgartirmasdan ushlab turish kelajakda bugungidanda ogirroq oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Haqli savol tugiladi, kurs oshayotgan bulsa, malum bir istemol tovarlari import qilinsa, qanday qilib inflyasiyani pasaytirish yoki oshishdan tukhtatish imkoni mavjud?
Buning eng tugri yuli iqtisodiyotda raqobat va investision erkinlikni oshirish. Boshqacha qilib aytganda, bosqichma-bosqich ham tashqi savdoda, ham ichki bozorda monopoliyadan, korrupsiyadan qutilsak, investision jozibadorlikni oshirsak, tadbirkorlik subektlari faoliyatiga tusqinlik qilmasdan qullab-quvvatlasak, ichki bozordagi vujudga keladigan soglom raqobat iqtisodiyotning inflyasiya khurujidan chiqib ketishiga zamin buladi.
Markaziy bank Hukumat bilan birgalikda inflyasiyani jilovlashning barcha choralarini kurmoqda.
Khususan:
kreditlarning usish suratlarini iqtisodiyot usish suratiga mos ravishda bulishini;davlat byudjetini muvozanatliligini taminlash;foiz stavkalarining bozor tamoyillariga mos bulishini taminlash orqali iqtisodiyotda jamgarish kayfiyati va jamgarmalar qadrini saqlab qolish;iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasini pasaytirishga alohida akhamiyat berilmoqda.