Home / Jahon / Mirziyoev O’zbekiston va Fransiya hamkorligining ustuvor sohalarini sanab o’tdi

Mirziyoev O’zbekiston va Fransiya hamkorligining ustuvor sohalarini sanab o’tdi

O’zbekiston prezidenti SHavkat Mirziyoev va Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegasiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi.

Davlatimiz rahbari uchrashuvni ochar ekan, Fransiya prezidentiga rasmiy shakhslar, etakchi kompaniyalar rahbarlari, taniqli madaniyat va fan arboblaridan iborat nufuzli delegasiya boshchiligida O’zbekistonga kelgani uchun minnatdorlik bildirdi.

 8d1t2nhzrjhudlqcfh-4qmsqdjlik8gh

– Bu sizning O’zbekiston-Fransiya do’stlik va ko’p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga shakhsiy etiboringiz va alohida yondashuvingizning yorqin tasdig’idir, – dedi SHavkat Mirziyoev.

Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi uchrashuvlar tufayli ikki mamlakat munosabatlari keng qamrovli tus olgani takidlandi.

Tomonlar faol siyosiy aloqalarni, parlamentlar, hukumatlar, tashqi siyosiy va iqtisodiy idoralarning muntazam muloqotini davom ettirishga kelishib oldilar.

Hisob-kitoblarga ko’ra, yaqin orada 1 milliard evroga etishi kutilayotgan tovar ayirboshlash jadal o’sayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy va istiqbolli loyihalar portfeli 10 milliard evrodan ziyodni tashkil etmoqda.

Yurtimizda Fransiyaning Orano, EDF, Total, SUEZ, Eiffage, Voltalia, Laktalis, Veolia va ko’plab boshqa etakchi kompaniyalari muvaffaqiyatli ish olib bormoqda.

Davlatimiz rahbari qazib olish tarmog’i, strategik khomashyo resurslarini qayta ishlash, gibrid, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish, suv taminoti tizimlarini modernizasiya qilish, «aqlli» qishloq kho’jaligini joriy etish, shahar va transport infratuzilmasini rivojlantirish, turizmni hamkorlikning ustuvor sohalari sifatida qayd etdi.

Ishbilarmonlar o’rtasidagi sheriklikni ilgari surish uchun O’zbekiston-Fransiya savdo palatasi ishga tushishi hamda Toshkentda Business Franke agentligining ofisini ochish rejalashtirilayotgani elon qilindi.

Gumanitar sohadagi hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida uch yillik dastur qabul qilish va uning doirasida o’zaro Madaniyat kunlarini o’tkazish taklif qilindi.

Tomonlar Samarqand shahrida Fransiya alyansi filiali ochilishini olqishladilar hamda qo’shma oliy talim muassasasini tashkil etishni jadallashtirishga kelishib oldi.

Fransiyaning turli shaharlaridan Samarqand, Bukhoro va Khivaga charter reyslarni tashkil etgan holda sayyohlar almashinuvini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi.

Khalqaro kun tartibidagi masalalar, khavfsizlikka umumiy khatar va tahdidlarga qarshi kurashish bo’yicha hamkorlikni davom ettirish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida O’zbekiston etakchisi Fransiya prezidentiga 2024 yilda Parij shahrida yozgi Olimpiya o’yinlari muvaffaqiyatli o’tishini tiladi.

Davlat rahbarlari erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirish bo’yicha «yo’l kharitasi»ni tayyorlashga topshiriq berdi.

Haqqimizda

Яна маълумот

650a756872b6b

Mirziyoyevning BMT(UN) minbaridan so’zlagan nutqi

O’zbekiston Prezidenti 19 sentabr 2023 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq …

100200300