Home / Jamiyat / Mustaqillik kuni Muborak! – tabriglari, sherlar, rasmlar, ashula

Mustaqillik kuni Muborak! – tabriglari, sherlar, rasmlar, ashula

Mustaqillik tabrigi (tabriklari)

Aziz hamvatan! Muhtaram do’stlar!
Sizni khalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
SHunday qutlug’ damda yurtimizga tinchlik-khotirjamlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolaman.

Mutaklik bayram muborak bulsin Mirziyoev

Siz bilan biz shunday bakhtli odamlarmizki, mana 33 yildan buyon ajdodlarimiz uzoq yillar orziqib kutgan erkin va ozod mamlakatda yashayapmiz. Eng muhimi, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash va uning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo’shilishiga o’z mehnatimiz bilan hissa qo’shmoqdamiz.
Mustaqillik bizga milliy o’ziga khosligimizni, or-nomus va g’ururimizni, milliy qadriyatlar, urf-odat va ananalarimiz bilan fakhrlanish hissini qaytargan bayram sifatida abadiy qoladi va jonajon Vatanimiz yilnomasiga oltin harflar bilan yoziladi.

Yana bir bor mustaqillik bayrami muborak bo’lsin! Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo’lgan jonajon O’zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo’lsin! Bayramingiz qutlug’ kelsin azizlar!

Hurmat bilan,
Mirziyoyev

Aziz vatandoshlar!

Sizlarni va yaqinlaringizni eng buyuk, eng aziz bayramimiz O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi ayyomi bilan samimiy muborokbod etamiz. Barchangizga sihat-salomatlik, khonadonlaringizga fayzu Baraka va farovonlik tilaymiz.
Mustaqil Vatanimizning tinchligi, gullab-yashnashi va ravnaqi yo’lida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar yor bo’lsin!
Mustaqillik qadri boqiy, bayram shukuhi fayzli, istiqlolimiz abadiy bo’lsin!

independence-day-of-uzbekistan

Aziz talaba-yoshlar !

Ushbu shukuhli kunlarda Vatanimiz mustaqilligining shonli 32 yilligi “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori asosida mamlakatimizdagi har bir khonadon, barcha hudud va muassasalarda keng nishonlanmoqda.

Fursatdan foydalanib, Siz, azizlarni ham eng ulug’ va eng aziz bayram — “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni” bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Yosh avlodni barkamol voyaga yetkazish, yetuk mutakhassis-kadrlarni tayyorlash orqali Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning taraqqiyotini kafolatlash va khalqimiz farovonligini taminlash yo’lidagi fidokorona faoliyatingizga muvaffaqiyat tilayman!

[kaption id=”attachment_580722″ align=”alignnone” width=”1425″]Mustaqillik kunida dars bo'lmaydi Mustaqillik kunida dars bo’lmaydi[/kaption]

Muhtaram hamkasblar, aziz talabalar!

Mamlakatimiz Taraqqiyot strategiyasining 5 ta ustuvor yo’nalishida talim sohasini sifat jihatdan rivojlantirish birinchi o’rindagi ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Binobarin, Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoyev takidlaganidek, “Talim sohasida farzandlarimiz zamonaviy bilim va ko’nikmalarni pukhta egallashlari uchun eng qulay sharoitlar yaratish izchil davom etmoqda”.

Bugun khalqimiz ulug’ maqsadlar bilan Uchinchi Renessans davriga qadam qo’ymoqda. Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan bu muhtasham yo’l khalqimizni ulug’ maqsadlar sari ruhlantirayotir. Yurtimiz tinchligi va dakhlsizligi, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik hamda hamjihatlikni mustahkamlash borasidagi demokratik islohotlar dunyo hamjamiyatining ham etirofiga sazovor bo’lmoqda.

mustaqilik-11

Qadrli yoshlar!

Malumki, “Insonga etibor va sifatli talim yili” deb nom berilgan joriy yilda mamlakatimizda navqiron avlodning talim-tarbiyasi, manaviyati va madaniyatiga katta etibor qaratilgani holda ko’plab dasturlar ro’yobga chiqarildi. Khususan, bolaning dunyoga kelgan ilk kunidan uning barkamol voyaga yetishi uchun zarur bo’ladigan barcha vazifalar qamrab olindi. Maktabgacha talim qamrovi so’nggi yillardan qariyb 70 foizdan oshgani holda, maktab talimini khalqaro andozalar asosida tashkil etish, oliy talimni dunyoning rivojlangan davlatlari bilan raqobatlashadigan kadrlar tayyorlovchi muassasalarga aylantirish borasidagi islohotlar yaqin tarikhda bir nuqtada debsinib qolgani achchiq haqiqat edi.

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan etibor, g’amkho’rlik mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning eng ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. Bu borada atoqli marifatparvar Mahmudkho’ja Behbudiy “Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqa millatlarga poymol bo’lur”, deganlari bejiz emas.

Istiqlol ayyomi shodiyonalari barcha talim muassasalarida “Bilimlar kuni” tantanalari bilan davom etadi. SHu o’rinda joriy yilda O’zbekiston khalqaro islom akademiyasi talabalar safidan o’rin egallagan barcha o’g’il-qizlarimizni ham muborakbod etaman!

Yana bir khushkhabar shu kunlarda barcha pedagogik jamoamizni ruhlantirmoqda. Kuni kecha O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining o’ttiz ikki yilligi munosabati bilan Prezident Farmoni asosida Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi ulkan khizmatlari uchun bir guruh vatandoshlarimiz qatorida O’zbekiston khalqaro islom akademiyasi “Islom tarikhi va manbashunosligi IRKIKA” kafedrasi professori, taniqli sharqshunos olim Saidakbar Agzamkho’jayev “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

[kaption id=”attachment_580724″ align=”alignnone” width=”1280″]Mustaqillik kuni Muborak! – tabriglari, sherlar, rasmlar, ashula Mustaqillik kuni Muborak! – tabriglari, sherlar, rasmlar, ashula[/kaption]

O’ylaymanki, davlatimiz va khalqimizning ushbu etirofi O’zbekiston khalqaro islom akademiyasining butun pedagogik jamoasi, ustoz-murabbiylari faoliyatiga bergan bebaho bahosi, mukofotidir!
Bugun O’zbekiston khalqaro islom akademiyasi yangi o’quv mavsumiga shay holatda. O’g’il-qizlarimizning tanlagan ikhtisosliklari bo’yicha khalqaro andozalar asosida ilm-fan sirlarini o’rganishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

“Yoshlikda o’rganilgan ilm toshga o’yilgan naqsh kabidir” hadisiga amal qilgan holda barcha talaba-yoshlarning ilm-fan sirlarini o’rganishda yanada faol bo’lib, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo’shadigan yetuk kadr sifatida kamol topishlariga tilakdoshman!

Yana bir bor barchangizni eng ulug’, eng aziz bayram – Mustaqillik ayyomi bilan tabriklagan holda sihat-salomatlik, oilangizga fayz-u baraka, o’qish va ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman!
Vatanimiz mustaqqilligi, elimiz hur va obodligi abadiy bo’lsin!

2-mustaqilik

Prezident – SHavkat Mirziyoyevning khalqimizga Mustaqillik bayrami tabrigi
Prezident SHavkat Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yillik bayramiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Muhtaram mehmonlar! Khonimlar va janoblar!

Bugun yurtimizda ulug’ bayram, katta tantana. Ko’pmillatli O’zbekiston khalqi jonajon Vatanimiz istiqlolining shonli o’ttiz yillik to’yini zo’r shodu khurramlik bilan nishonlamoqda.

“Yangi O’zbekiston” deb nom olgan mana shu muazzam bog’da biz bugun birinchi marta Mustaqillik bayramini o’tkazmoqdamiz. SHu munosabat bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun khalqimizni chin qalbimdan tabriklab, o’zimning samimiy va eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

6-happy-uzbekistan-independence

Aziz do’stlar!

Barchamizga ayonki, el-yurtimiz asrlar davomida ozod va erkin hayotni, adolatli jamiyatni orzu qilib yashadi. Bu muqaddas maqsad yulida jon olib, jon berib kurashdi, mashaqqatli sinovlarni mardona yengib o’tdi.

Khalqimiz qalbidagi hurriyat sari ezgu intilishni hech qanday bosqin, zulm va zo’ravonliklar yuqota olmadi. Bunga ko’hna tarikhimizning o’zi guvoh.

1991 yil 31 avgust kuni mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan, tom manodagi buyuk tarikhiy voqea yuz berdi. Necha yuz yillar davomida kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan khalqimiz uluo’ orzusiga erishdi – o’zining davlat mustaqilligini qo’lga kiritdi.

Bugungi qutlug’ ayyomda barchamiz, butun khalqimiz O’zbekiston mustaqilligini yulon qilib, tarikhimizning eng murakkab va og’ir davrlarida davlatimizni boshqargan Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug’anievich Karimov nomini, u kishining bevosita rahbarligida, khalqimizning matonati va jasorati bilan amalga oshirilgan ulkan ishlarni esga olishimiz tabiiydir.

3-mustaqilik

Istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yo’lida muhim ishlar bajarildi. Qisqa muddatda mamlakatimiz Konstitusiyasi ishlab chiqildi. Zamonaviy davlatchilik asoslari, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari shakllandi.

Mamlakatimiz mustaqilligi va suverenitetini, sarhadlarimiz dakhlsizligini, khalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo’lgan Qurolli Kuchlar barpo etildi.

Milliy valyutamiz – so’m joriy qilindi, oltin-valyuta zakhiralarimiz shakllantirildi. Qadimiy tarikhimiz, boy madaniy merosimiz, milliy-diniy qadriyatlarimiz, o’zligimiz tiklandi.

Mukhtasar aytganda, ko’pni ko’rgan khalqimiz o’zining mustahkam irodasi va matonati, beqiyos salohiyatini namoyon etib, tarikhan qisqa fursat ichida ulkan taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi.

Vatanimiz jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egalladi.

Mana shunday buyuk tarikhiy jarayonlarda faol ishtirok etish nasib qilganidan ko’pchilik vatandoshlarim qatori men ham bakhtiyorman.

4-mustaqilik-shiori

Mustaqillik nechanchi yil qabul qilingan?

Mustaqillik qachon qabul qilingan? 1991-yil 31-avgust kuni O’zbekiston Respublikasining Mustaqilligi elon qilingan. Inson uchun ozodlikdan qadrli nemat yo’q.1991-yil 1-sentabr khalqimizning manaviy hayotida beqiyos o’rin egallagan har yili eng ulug’, eng aziz bayram sifatida katta shodu khurramlik bilan nishonlanadigan qutlug’ ayyomga aylandi.O’zbekiston mustaqillikka erishish tarikhi.

Khalqi yuz yillar mobaynida ozodlikni orzu qilgan O’zbekiston chinakam mustaqillikni qo’lga kiritib, gullab yashnadi va farovonlikka erishishi taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatori khalqaro hamjamiyatda munosib o’rinni egallash – biz ko’zlayotgan oliy maqsaddir” deydi.

5-mustaqilik

Assalomu alaykum aziz vatandoshlar, qadrli uzbeklar!

Bugun eng aziz va muqaddas bayramimiz – Respublikamiz Mustaqilligining 33 yilligi arafasida Siz azizlarni, Sizlar orqali butun jamoamiz hamda talaba yigit-qizlarimizni, ushbu eng ulug’ va eng aziz ayyom bilan chin qalbimdan samimiy qutlashga ijozat bergaysizlar. Kuni kecha Muhtaram Yurtboshimizning “O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 29 yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi qarori elon qilindi.

Qarordagi “Sen- Qudrat Manbai, Saodat maskani, Jonajon O’zbekistonim!” degan ezgu g’oyani mujassam etgan keng manoli shiorda mazkur qarorning mazmun-mohiyati aks etganligini ko’rish mumkin. Mamlakatimiz mustaqilligining o’tayotgan 29 yili davlatimiz va khalqimiz hayotida keng ko’lamli islohotlar, ulkan yangilanish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan davr sifatida tarikh zarvaraqlaridan joy oldi. SHu o’rinda Oliy talimda ham juda ko’p yangiliklar va islohotlar amalga oshirildi. Keling, yutuqlar haqida so’z ketar ekan faktlarga etibor qarasak.

7-sentyabr-1-mustaqilik2024 yil “Ilm-marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da ushbu yilga hamohang ravishda keng islohotlar davom ettirilmoqda. Jumladan, 2024 yil yanvar oyidaAbdulla Qodiriy nomidagi Jizzakh davlat pedagogika instituti yangitdan qurib foydalanishga topshirildi. Bugun tamomila yangicha ko’rinishga ega zamonaviy o’quv binosida talabalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Talim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar Jizzakh davlat pedagogika institutida ham o’z samarasini ko’rsatdi. SHu kungacha oliy talim muassasasida 10 ta fakultet faoliyat yuritgan bo’lsa, ayni paytda ularning soni 12 taga yetdi va yuqori salohiyatli kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. SHuni alohida takidlash joizki, so’nggi yillarda o’qishga qabul qilish kvotalari o’smoqda.

Hech kimga sir emas bugungi kunda talimda raqobat boshlandi. Raqobatni esa real his etish kerak.Jizzakh viloyati oliy talim muassasalari ichida birinchi bo’lib ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengashning faoliyat yuritishiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi tomonidan rukhsat berilgani quvonarli holdir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi raisining 2020 yil 5 iyundagi 158-sonli qarori bilan Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzakh davlat pedagogika instituti huzurida filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashda O’zbek adabiyoti, Talim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (O’zbek tili va O’zbek adabiyoti) ikhtisosliklari bo’yicha dissertasiya himoyalari o’tkaziladi.

8-mustaqilik

SHuningdek institut bir qancha nufuzli khorijiy oliygohlar bilan turli muzokaralar olib borib shartnomalar imzolashga muvaffaq bo’ldi ayni damda Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Khalqaro talim dasturlari» bo’limiga 2023-2024 o’quv yili uchun hujjatlarni qabul qilmoqda.Takidlash joizki oliygoh kelgusida ham khalqaro hamkorlik aloqalari yanada takomillashtiradi. Buning uchun esa professor-o’qituvchilarimizning bilim va malakalari shunga yarasha bo’lishi shart! Endi shu ulkan ishonchni oqlashimiz ham farz, ham qarzdir.

Aziz hamvatanlar! Yana bir bor sizlarni Vatanimizning Istiqlol bayrami bilan chin qalbimdan tabriklar ekanman, barchangizga sihat-salomatlik, bakhtu-saodat, khonadonlaringizga fayzu-baraka tilayman. Vatanimizni, khalkimizni, barchamizni yaratganning o’zi yomon ko’zlardan, yomon niyatlardan asrasin. Osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin! Etiboringiz uchun rahmat!!!

9-mustaqilik

Mustaqillik bayrami SHiori – “Yangi O’zbekiston el aziz, inson aziz”!

“O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o’ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida” prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko’ra, O’zbekiston mustaqilligining 33 yilligini Yangi O’zbekistonning bugungi taraqqiyot darajasi, shonu shuhratiga mos holda munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash maqsadida “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” degan bosh g’oyani o’zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, manaviy-marifiy tadbirlar hamda targ’ibot-tashviqot ishlari dasturi asosida tashkil etiladi.

Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali bajarilishi hamda O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o’ttiz ikki yillik bayramining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda nishonlanishini taminlanadi.

10-bayram-istiqlol

Barcha hududlarda aholining keng qatlamlari o’rtasida Mustaqillik bayramiga bag’ishlangan manaviy-marifiy anjumanlar, “uch avlod uchrashuvi” tadbirlari, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, milliy kino kunlari, gastronomik festivallar, sayillar, madaniyat va sport tadbirlarini samarali o’tkazish maqsadida atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va sanat arboblari, taniqli sportchilardan iborat targ’ibot guruhlarini tashkil esin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib boriladi.

11-mustaqilik

Mustaqillik kuni mustaqillik haqida sherlar (2024)

Mustaqillik muborak

Do’ppingizni ko’kka oting,
Orzu osmoniga yeting.
Ozod yurtni obod eting,
Bugungi kun bakhtdan darak,

Mustaqillik kun muborak.
Madh etgancha sho’kh ovozing
Qadamlarni dadil bosing,
Parvoz uzra, qanot yozing.

Yoshlardur buyuk kelajak,
Mustaqillik kun muborak.
O’zbek eli o’ziga bek,
Yakhshi yomon kunlar ko’rdik.

Bakht ostonasiga keldik
Bugungi kun eltar ko’prik,
Mustaqillik kun muborak.

Vatan haqida sherlar to’plami

12-mustaqilik

Mustaqillik yog’dusi

O’zbekning or-nomusi,
Azaliy erk-orzusi,
Mustaqillik yog’dusi –
O’zbekiston qomusi.

Ozod Vatan ziynati,
Elparvar yurt niyati,
Bashariy qadriyati –
O’zbekiston qomusi.

Bugun tan oldi jahon,
BMT degan qo’rg’on,
Safarga chiqqan karvon –
O’zbekiston qomusi.

Jannatdir dala-tuzi,
Chempion o’g’il-qizi,
Tarikhda cho’ng ildizi –
O’zbekiston qomusi.

Madhiyasi, bayrog’i,
Humosi ko’z qarog’i,
Har khonadon charog’i –
O’zbekiston qomusi.

Himmati baland o’zing,
Bakhti bahramand o’zing,
Ahli arjumand o’zing –
O’zbekiston qomusi.

Tomirimda rishtamsan,
Vatandek farishtamsan,
Olloh bergan ishqdansan,
O’zbekiston qomusi!

13vector-banner-in-white-and

Sevaman Vatan

Gar sendan nolisam uvoldir umrim,
Sen bilan paydodir qudratim, qurbim,
Har qarich khokingni ko’zimga surdim,
G’ubor-gardlaringni sevaman, Vatan!

Toza tuprog’ingga yo’lamas khatar,
Ozod osmoningda porlagay qamar,
Navoiydan Orif Abdullo qadar
Bayot-baytlaringni sevaman, Vatan!

Bobolardan meros — nomus, or, g’urur,
Bizdan avlodlarga eltasan surur,
Toleingga mudom bakhsh aylagan nur
Yorqin manglayingni sevaman, Vatan!

Chora akhtarmasman o’zimga chetdan,
Istiqloling murod-maqsadga yetgan,
Har bir nafasimga hayot bakhsh etgan
Tirik dardlaringni sevaman, Vatan!

14-istiqlol-muborak

Mustaqil O’zbekiston!

Bakhtiyormiz, quvnoqmiz,
Tabiatga o’rtoqmiz.
O’ynab-kulib, yayraymiz,
Bulbul bo’lib sayraymiz.

Quchog’i bog’u bo’ston,
Betakror, jannatmakon,
Seni tan oldi jahon,
Mustaqil O’zbekiston!

Allomalar beshigi,
Bag’ri dunyo eshigi,
Madhiyasi, qo’shig’i
Mustaqil O’zbekiston!

Sportchimiz, bardammiz,
O’oliblarga hamdammiz.
Sohibqiron avlodi –
Har ishda peshqadammiz.

Musaffo osmonimiz,
Hur Vatan posbonimiz.
Doim gullab-yashnasin
SHu aziz bo’stonimiz.

Ogohlik shiorimiz,
Hushyorlik qarorimiz.
Mangu barhayot bo’lsin
Hur ona-diyorimiz!

Konstitusiya haqida sherlar to’plami

O’zbek elim
O’zbek elim,
Bek elim,
Senga nasib
Erk, elim.
Peshanangga
Nur tegib,
Kamol topgin
Bakht emib.
O’zingning o’z
Tug’ing bor,
Mustaqillik
Cho’g’ing bor.
Bobom Temur
Suygan khalq,
Dunyo uzra
Yayrab balq.

15-mustaqilik

O’zbekistonim, senga

Aylayin qalbimni tortiq nurli bo’stonim, senga,
Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga.

Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni,
Sen qarog’ bo’lsang agarda, sadqa mujgonim senga.

Sendan ayru dam uzundir, lahzalar ham yilga teng,
Bir umrga lek barobardir kerak onim senga.

Har bir ahling bitta yulduz, kavkabistonim o’zing,
To hayotdirman, charog’im, shulayi shonim senga.

Yoru do’stlar jam bo’libdir, to’y qilur o’zbek elim,
Men degayman khush kelibsan, do’stu mehmonim, senga.

Khizmatingga shay erurman, mehnatingda ham o’zim,
Bakhtiyorman, sarf etolsam borki imkonim senga.

Dilda borim sen uchundir, qo’lda torim sen uchun,
Qayda bo’lsam talpinurman, O’zbekistonim, senga.

16mustaqilik

Ummon ortidagi makonim

Keng jahon bir qadam bo’ldi men uchun,
Menga ham ochildi olam darchasi.
Yiroq Amriqoda taft sochar bu kun.
O’zbek quyoshining olov parchasi.

Ochildi men uchun tor osmon bekam,
Kezdim yuksaklikning cho’ng darg’asini.
O’zbekning lochini ozod va ko’rkam,
Qurdi bu yerda ham qo’nalg’asini.

Nechun khushnud bo’lmay, dilimni yormay,
Ummon ortida ham bordir makonim.
Dunyoning qaysi bir burchiga bormay,
O’zing boshpana bo’l, O’zbekistonim!

Mustaqillik haqida chiroyli sherlar to’plami (sara)

17-mustaqilik

O’tgan ming asrdan beradi sado,
Boshqalar bir dunyo o’z bir dunyo,
Tanamda doimo jo’sh urgan qonim,
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim.

Har bir qarich yeri jannatlarga teng,
Bukhoro Samarqand Khivasin ko’ring,
Quyoshi porlaydi tinchdir osmonim,
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim.

Zamonlarga boqing bugun tengdoshim,
Boshqadan kam qilmas bizni yurtboshim,
Yakhshi-yomon kunda Vatandir panoh,
Bu yurtni qo’llaydi yaratgan Alloh.

Birlashib shu elning ertasi uchun,
Yurakda porlasin o’chmas bir uchqun,
Dilda bo’lsin abad yolg’iz so’zimiz,
Akhir biz buyuk yurt farzandlarimiz.

18-mustaqilik-shiori

SHukrona ayt

Sajda ayla! Cho’k muqaddas tuproqqa tiz,
Qoldir ko’ngil ko’chasida nurafshon iz,
O’zligingni qilmoq uchun bir lahza his,
SHoshil, do’stim, shukrona ayt, shukrona ayt!
O’tgan kuning, bugunga boq, ertangga boq,
Yo’llaringda yonsin umid yanglig’ chiroq,
Toki olam ichra bordir vaslu firoq,
SHoshil, do’stim, shukrona ayt, shukrona ayt!
Kin, g’arazlar qalbni aylar nochor, yupun,
Iymoningni iblislardan asra butun,
Muqaddas yurt kelajagin ko’rmoq uchun,
SHoshil, do’stim, shukrona ayt, shukrona ayt!
Bolam deya, yurtim deya kuygan bu el,
Danagidan mag’zin ustun qo’ygan bu el,
Millatini, o’zligini suygan bu el,
SHoshil, do’stim, shukrona ayt, shukrona ayt!
Osmonimiz o’rtanmasin dard alamda,
Ona Yerni suydim, jon bor to tanamda,
Bundan ortiq ne kerakdir? Har qadamda,
SHoshil, do’stim, shukrona ayt, shukrona ayt!

Vatan — bu…

Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
Yurakka Vatanim
Kerak deganim.
Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
Birov-biroviga
Kerak deganim.
Aslida Vatan bu —
Tug’ilgan joyim,
Birinchi qadamim
Yetgan qo’rg’onim.

19mustaqilik

Vatan — Miraziz Azam

Vatan — bizning uyimiz,
Vatan — bizning ko’chamiz,
Soylardagi suvimiz,
Mazza qilib ichamiz.

Vatan — bizning tog’imiz,
Olma-anor bog’imiz,
Bug’doy, arpa dalamiz,
O’ynab mazza qilamiz.

Oltin to’la konimiz,
Tandir to’la nonimiz.
Vatan — maktab onamiz,
O’qishni o’rganamiz.

Tuprog’ing ko’zimga suray

Bir chimdim tuprog’ing ko’zimga suray,
Bag’ringda sher bo’lib yashayman vatan,
Mayli men maysaga aylanib qolay,
Barbir men zo’r bo’lib yashayman vatan.

Bir hovuch tuprog’ing tillolarga teng,
Tog’dagi bir lolang samolarga teng,
Bir qarich yering ham dunyolarga teng,
Quchog’ingda sherdek yashayman vatan.

Yurtim tog’laring ham viqorli seni,
Hatto tikonlaring ham iforli seni,
Doim olg’a boshlar qadaming shakhtam,
Quchog’ingda sherdek yashayman vatan.

Jannatning o’zidir sening makoning,
Sen uchun jonini berar o’g’loning,
Doim musaffodir tinchdir osmoning,
Quchog’ingda sherdek yashayman vatan.

Har bir bosgan izing tarikhda qolar,
Mening bor bisotim faqat o’zingsan,
Butun dunyo bizga lol bo’lib qolar,
Quchog’ingda sherdek yashayman vatan.

Bir qadam bag’ringdan yiroq ketmayman,
Sendan ketgan kunim gado bo’lgayman,
Tuprog’ing ko’zimga surtib yashayman,
Quchog’ingda sherdek yashayman.

20-mustaqilik

Vatan haqida qisqa sherlar

Assalom O’zbekiston, onajon yurtim,
Senla to’kis doim bu yarim bakhtim.
Ey tangrim etma ayro shu chamanimdan,
O’zga yurtda tatimas hatto baland bo’lsada takhtim.
* * *
Vatan deya sher bitdim sig’mading satrlarga,
Barchasin yozmoqqa qodir qalam qoldiku ojiz.
Ona yurtim bu aslo emasdur bejiz,
Hayotim rangsiz-u, o’zim esa g’aribman sensiz.
* * *
Bag’ringdagi buloqdan suv ichdim qonib,
«Vatan» deya kuyladim, yurakdan yonib,
Sotqin farzanding tosh otganda, so’zidan tonib,
Himoya qilgayman, qo’limga qalqonim olib.
* * *
Yugurdim qirlaring, tog’laring uzra,
Tuprog’ing olib, surtdim ko’zimga.
«O’zbekiston» so’zin mukhr qilib ko’ksimga,
SHukrona aytarman, shu yurtda tug’ilganimga.
* * *
Vatan so’zin ulug’lab, g’azal bitdi Alisher,
Bobur Mirzo Andijonsiz qoldiku g’arib,
Sendan olisda g’amlari ketmadi arib,
Fakhrimsan Vatanim, yurgayman kaftimda tutib.
* * *
Vatan so’zin jaranglatib, yozdim qonimga,
Yo’q — yo’q, qonimga emas, jismu jonimga.
SHukrona aytib yasharman, har bir o’tgan onimga,
SHarafshon bo’lsin Vatanim, ISTIQLOLINGGA.

21-mustaqilik

Bayroq haqida sherlar to’plami

Mustaqillik haqida qisqa sherlar
Mustaqillik ne demak,
Ne demakdir istiqlol?
Buni bilmog’ing kerak,
Manosini dilga sol.

O’z yurting – yer, samosi.
SHahri gulshan mavosi.
Tongda esgan sabosi,
Tog’i, bog’i, daryosi
Endi o’z molu mulkining,
O’z qo’lingda o’z erkining.

Yurting nurga belanib,
Ko’rinmaydir ko’zinga,
Barcha oltin-gavkharing,
Buyursin-a o’zinga.

Endi o’zingga bog’liq,
Ne ekib ne o’rmog’ing.
Olqishlar seni borliq,
Zarur erur bilmog’ing.

G’ururing solib dilga,
Tezroq ulg’ay top kamol.
Erka farzandsan elga
Senikidir istiqlol.

Mustaqillik kuni sherlar — Istiqlol muborak

Hur diyor O’zbekiston
Madhing dillarda doston
Tabriklarim armug’on
Istiqloling muborak!
Nurga to’la quchog’ing,
Oltinga kon tuprog’ing.
Oy-yulduzli bayrog’ing
Istiqloling muborak!
Timsolli humo qushing,
Jannatni alo qushing.
Senga qalbim olqishi,
Istiqloling muborak!
O’tgan ming asrdan beradi sado,
Boshqalar bir dunyo o’z bir dunyo,
Tanamda doimo jo’sh urgan qonim,
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim.
Har bir qarich yeri jannatlarga teng,
Bukhoro Samarqand Khivasin ko’ring,
Quyoshi porlaydi tinchdir osmonim,
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim.

JONIM IKHRA JONIMDURSAN!

Bu dunyoda jannatmonand yerlar bisyor,
Bu dunyoda oqu qaro ellar bisyor,
Ammo yo’qdir bu dunyoda sendek diyor,
Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston
Tuprog’ingda ajdodlarim izi qolgan,
Bobolarim terlarining tuzi qolgan,
Har gardida momolarim ko’zi qolgan
Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston.
O’zbek elim, nuri diydam, qarog’imsan,
O’zbek elim, osmonimu tuprog’imsan,
Ham quvonchim, ham bakhtimu firog’imsan,
Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston.
Beshigingda allalading dunyolarni,
Dunyo ochgan necha–necha daholarni,
Bolam deding yuraklari adolarni,
Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston.
Sohibqiron qo’llarida qalqon bo’lding,
Ulug’bekning nigohida osmon bo’lding,
Mirzo Bobur yuragida armon bo’lding,
Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston.
Qo’li qadoq dehqon elim, sulton elim,
Ko’ksi yurtga doim balogardon elim,
O’z yurtiga sohibqiron hoqon elim,
Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston.

Mustaqillik kuni mustaqillik haqida yangi sherlar

O’zbekiston sehrli diyor,
Istiqloling bo’lsin muborak.
Senda yashar khalqlar bakhtiyor,
O’zbek khalqim to’ying muborak!
Khalqim, umring bo’lsin ziyoda,
O’zbeklar ko’p bu oshyonda,
Inoq, bakhtli yashaylik birga,
O’zbek khalqim, to’ying muborak!
Bir daryodan suv ichgan millat,
Besh og’ayni, beshta mamlakat,
SHoir do’stlik bo’lgay ijobat,
O’zbek khalqim, to’ying muborak!
Tashrif aylab, madhingni kuylab,
Yurtim senga ashyor bag’ishlay,
Mangu yasha, porloq yulduzday,
O’zbek khalqim to’ying muborak!

Mustaqillik muborak — mustaqillik kuni sherlar

Khudoyberdi To’ychiyev sheri
Do’ppingizni ko’kka oting,
Orzu osmoniga yeting.
Ozod yurtni obod eting,
Bugungi kun bakhtdan darak,
mustaqillik kun muborak.
Madh etgancha sho’kh ovozing
Qadamlarni dadil bosing,
Parvoz uzra, qanot yozing.
Yoshlardur buyuk kelajak,
mustaqillik kun muborak.
O’zbek eli o’ziga bek,
Yakhshi yomon kunlar ko’rdik.
Bakht ostonasiga keldik
Bugungi kun eltar ko’prik,
Mustaqillik kun muborak.

Mustaqillik bayramiga bag’ishlanadi

SHakhzodakhon G’ulomjonova sheri

Ona yurtni sevmoq iymondan asli,
Zamon osha keldi, yuksalish asri,
Bizlar buyuklarning avlodi, nasli,
Pok niyat o’chog’i, go’zal bo’stonim,
Nomi tilda doston — O’zbekistonim!

Ulg’aytirding bag’ringda qancha dahoni,
Mayli ayting bo’lsa agar davoni,
Jahon berolmaydi senga bahoni,
Tarifi yo’q adog’i go’zal bo’stonim,
Nomi tilda doston — O’zbekistonim!

Issiq quchog’ingda erkalab suyding,
Bolam deb qo’limdan ushlading, tutding,
G’am cheksam mendanda ortiqroq kuyding,
G’amkho’rlik quchog’i go’zal bo’stonim,
Nomi tilda doston — O’zbekistonim!

Tarif topolmadim, senga vatanim,
Bunchalar suyuksan, gulu chamanim,
Ko’zlarim quvonar, yayraydi tanim,
Pok niyat mayog’i go’zal bo’stonim,
Nomi tilda doston — O’zbekistonim!

Haqqimizda

Яна маълумот

c850f70632e2b6ffbd4f03514c490b5d

Erkaklar shahvoniy ayollarni qanday ko’rishadi?

Jinsiy khonimlar haqida gap ketganda, erkaklar eslaydigan birinchi narsa – bu ayollik. SHunga qaramay, tashqi …

100200300