Home / Jamiyat / Nam bug’doy

Nam bug’doy

Bir kuni Rasululloh –sallallohu alayhi va sallam– bozorga chiqib, aylandilar. Savdo qilayotganlarni kuzatib, ularning holatlarini nazorat qila boshladilar. Bir kishi bug’doy sotib o’tirgan ekan. Rasululloh –sallallohu alayhi va sallam- uning oldidan o’tayotib, salom berdilar- da, qopdagi bug’doy ichiga muborak qo’llarini tiqib, ichini tekshirib ko’rdilar. Qopning ustidagi bug’doylar qup-quruq, dona-dona edi-yu, lekin ichidagi bug’doy namiqib qolgan, ho’l ekan.

bugdoiRasululloh –sallallohu alayhi va sallam– savdo qilib turgan kishiga g’azab bilan boqdilar- da: Bu nimasi?! Nega ustiga saralarini qo’yib, ichiga sifatsizlarini yashirib qo’yding, – deb koyidilar.

U kishi uzrini bayon qilib: Yo Rasululloh, bug’doy yomg’irda qolgandi. Oftobda ustki qismi yakhshi qurib, dona-dona bo’ldi-yu, qop ichi hali qurib ulgurgani yo’q. SHuning uchun ichidagi donalar nam
bo’lib turipti, – dedi.

Rasululloh –sallallohu alayhi va sallam– savdo-sotiq qilayotgan odam amonatdor bo’lishi, sotayotgan narsasidagi bor kamchilikni yashirmay aytishi, aybini ko’rsatib keyin sotishi kerakligini o’rgatdilar va kharidorlar bug’doyning namligini ko’rishlari uchun qopning ustki qismiga chiqarib qo’yishini tayinladilar.

So’ng barcha musulmonlarga talim bo’luvchi ulug’ hadisni aytdilar: «Birovlarni aldaydigan kishi mendan emas».

Haqqimizda

Яна маълумот

healwinterskin_2021

Qishda terimizni quritadigan 6 narsa

Qish oylarida deyarli hamma boshdan kechiradigan bu muammo, to’g’ri parvarish qilinmasa, yanada jiddiy teri muammolarini …

100200300