Home / Siyosat / Neft narkhi keskin pasaydi, rubl arzonlashdi — jahon birjalaridagi qulashlar

Neft narkhi keskin pasaydi, rubl arzonlashdi — jahon birjalaridagi qulashlar

9 mart kuni dunyo buylab neft narkhi keskin pasayib, hozirda 35 AQSh dollari atrofida bulib turibdi. Buning oqibatida Rossiya rubli jahon bozorlarida arzonlashdi va sunggi turt yil ichidagi eng past kursatkichlarni qayd etdi: 1 AQSh dollari 75 rubl, 1 evro esa 85 rubldan kuproqni tashkil etmoqda.


Nimadan boshlandi?

Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti OPEKning Venadagi yigilishida neft qazib chiqarish hajmini qisqartirish buyicha kelishish rejalashtirilgan edi. Biroq Rossiya ushbu qarorga rozi bulmadi. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni neft narkhlari buyicha chegirmalar joriy qilinishi va qazib chiqarish hajmini oshirishini malum qildi: apreldan boshlab kuniga 10 mln barrel neft qazib olish rejalashtirilmoqda. Dunyoning eng katta neft istemolchisi hisoblangan Khitoyda koronavirus tufayli kuplab ishlab chiqarish zavodlari faoliyati tukhtab turganligi uchun, neftga bulgan ehtiyoj 20 foizga pasaydi. Oqibatda jahon bozorlarida neft narkhlari 30 foizgacha tushib ketdi.

window.Ya.adfoxCode.create({
ownerId: 324267,
containerId: ‘adfox_157805472798843542’,
params: {
p1: ‘cimkr’,
p2: ‘gpbz’,
slide: true,
visibleAfterInit: false,
insertAfter: ‘undefined’,
insertPosition: ‘0’,
stick: false,
stickTo: ‘auto’,
stickyColorScheme: ‘light’
}
});

var inpageAdTime = 0;
var inpageAdPeriod = 250;
function toggleInpageAd() {
if (inpageAdTime >= 120000) {
return;
}

setTimeout(function() {
var inpageAd = document.getElementById(‘adfox_157805472798843542’);
var inpageAdContainer = document.getElementById(‘adfox_157805472798843542_container’);

if (!inpageAd || !inpageAd.innerHTML) {
if (inpageAdContainer.classList.contains(‘active’)) {
inpageAdContainer.classList.remove(‘active’);
} else {
toggleInpageAd();
}
} else {
if (!inpageAdContainer.classList.contains(‘active’)) {
inpageAdContainer.classList.add(‘active’);
}
toggleInpageAd();
}
}, inpageAdPeriod);

inpageAdTime += inpageAdPeriod;
}
toggleInpageAd();

“Gazeta.uz”da reklama

Birjalardagi «qulash»

Bu uzgarishlar natijasida dunyoning barcha fond birjalari dushanba kunini qulash bilan boshladi. Jumladan, Osiyo bozorlarida Saudiya Arabistonining neft qazib chiqaruvchi kompaniyasi Aramco savdo qiladigan Tadawul birjasi 9 foizdan kuproqqa quladi. Evropada esa Germaniya va Britaniya birjalari 8 va 9,5 foizga quladi. Amerika birjalari Dow Jones va S&P 500 idnekslarining 7 foiz qulashi bilan ochildi, birja 15 daqiqaga faoliyatini tukhtatdi. Agarda kun davomida qulash 20 foizga etsa, birja bir kunga yopiladi.

Neft ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning aksiyalari narkhi ham keskin pasayib bormoqda. London fond birjalarida «Rosneft» aksiyalari 22,45 foizga, «Lukoyl» aksiyalari 24,38 foizga, «Novateka» aksiyalari 25,41 foizga, «Gazprom» aksiyalari 18,07 foizga, «Gazprom neft» aksiyalari esa 20,53 foizga arzonlashdi.

Oqibatda…

Iqtisodiyoti neftga bogliq bulgan qator davlatlar ushbu vaziyatda aziyat chekishlari mumkin. Agar Saudiya Arabistoni va Rossiya Federasiyasi kelishuvga erishmasa, barcha neft ishlab chiqaruvchi davlatlar iqtisodi zarar kuradi, ular qatorida AQSh sanksiyalariga uchragan Venesuela va Eron davlatlari ham buladi.

Fitch reyting agentligi tadqiqotchilari fikriga kura, neft narkhining 30 AQSh dollariga tushib ketishi Rossiyada byudjet defisiti va devalvasiyani keltirib chiqarishi mumkin. Rossiya byudjeti Urals neftining narkhi bir barrel uchun 42,2 AQSh dollarga teng bulgan vaziyatga muvofiqlashtirilgan, u hozir 29 AQSh dollari atrofida baholanmoqda.

Rossiya markaziy bankining ssenariylariga kura, 2020−2022 yillarda neftning bir barreli 25−35 AQSh dollariga teng bulsa, Rossiya iqtisodiyotida resessiya yuzaga keladi, YaIM 1,5−2 foizga kamayadi, inflyasiya esa rubl qadrsizlanganligi bois 6,5−8 foizga oshadi.

«Rivojlanayotgan bozorlarning markaziy banklari katta dilemma oldida qolishmoqda: iqtisodiy usishni qullab-quvvatlash uchun qayta moliyalash stavkasini pasaytirish kerakmi? YOki uz valyutalarini qullab-quvvatlash uchun qayta moliyalash stavkasini oshiradilarmi?» — deya fikr bildirgan Fitch Solutions vakili Sedrik Chekhab CNBC «Street Signs Asia» loyihasiga bergan intervyusida.

Qanday harakatlar kutilmoqda?

Rossiya moliya vazirligi bayonotiga kura mamlakat Milliy farovonlik fondi (MFF) 6 yildan 10 yilgacha neft narkhining 25−30 AQSh dollari atrofida bulishi vaziyatidagi byudjet yuqotishlarini qoplay oladi. Moliyaviy barqarorlikni saqlash maqsadida, moliya vazirligi MFFdan khorijiy valyutani bozorga chiqarishga qaror qilgan, bu uz navbatida, rublning barqarorlashishiga olib kelishi kutilmoqda. Shu bilan bir qatorda, Rossiya Banki 30 kun davomida ichki bozorda khorijiy valyutalarni sotib olishni tukhtatadi.

Strategic Energy & Economic Research prezidenti Maykl Linchning RIA Novostiga malum qilishicha, OPEK+ davlatlari tez orada kelishuvga erishishadi va Brent neftining narkhi yaqin kelajakda 50 AQSh dollariga yaqinlashadi.

Fransiya moliya vaziri Le Mer Saudiya Arabistoni uz harakatlarini boshqa neft ishlab chiqaruvchi davlatlar bilan muvofiqlashtirishi kerakligini aytib utgan.

Qozogiston hukumati esa neft bozorining qulashi yuzasidan bayonot bilan chiqib, mamlakat Milliy banki va hukumati ushbu vaziyatning zararli oqibatlarini pasaytirish uchun barcha resurslarga ega ekanligini bildirgan.

Haqqimizda

Яна маълумот

7d199b1f-3655-4ef5-b37c-ccb77853968f

Bahrom Hamroevni 14 yilga Rossiyaga qamaldi

Moskva ikkinchi G’arbiy okrug harbiy sudi asli o’zbekistonlik bo’lgan va muhojirlar huquqlari himoyachisi Bahrom Hamroevni …

100200300