Home / Jahon / Oits kasalligi – belgilari, davolash

Oits kasalligi – belgilari, davolash

OITS – viruslar immun tizimining zararlanishi natijasida yangi kasalliklarning va yomon sifatli yangi hosilalarning paydo bulishi bilan kharakterlanadi.

Malumki, bugungi kunda ushbu kasallik dunyo buyicha “pandemiya” tusini olmoqda. BJTSSTning 2002 yildagi malumotiga kura, er yuzida OIV/OITS bilan kasallanganlar 42 mln. kishini tashkil etadi. Ulardan 38,6 mln. katta yoshdagilar, 19,2 mln. ayollar, 3,4 mln. 15 yoshgacha bolalardir. 2002 yilning uzida OITS khastaligi bilan kasallangan 3,1 mln. bemor vafot etdi. Shu kungacha OITS khastaligidan vafot etganlarning soni 25 mln. kishiga etdi. Bu raqamlar 13 yil oldingi raqamlar edi.

OITS khastaligining asr vabosiga aylanayotganligini etiborga oladigan bulsak, bu kasallik haqida bong urishimiz, ommaviy-akhborot vositalarida doimiy ravishda yoritib borishimiz lozim. Bu holatlar esa odamlarni ogohlikka chorlaydi. Shu yul orqali kasallik tarqalishining va yosh bolalar, ayollar, begunoh jonlarning ulimining oldini olishga yordam beramiz.

OITS qanday boshlangan?

1980 yilning oktyabr oyidan 1981 yilning mart oyigacha Amerikaning Los-Anjeles shahridagi uchta shifokhonada “Pnevmosist zotiljam” tashkhisi bilan beshta bemor davolangan. Bu kasallik juda ogir utishi va bu kasallikni chaqiruvchi viruslar dorilarga chidamliligi bilan boshqa kasalliklardan ajralib turadi. Bu kasallik juda kam uchraydi, asosan chala tugilgan chaqaloqlarda, immun tizimining pasayishga olib keluvchi dori vositalari qabul qilganlarda yoki radionurlar tasiriga uchragan odamlarda va saraton bilan kasallangan shakhslarda aniqlanadi. Yani, pnevmosistli zotiljam kasalligi paydo bulishi immun tizimining jiddiy shikastlanganini kursatadi. Aniqlanishicha, ushbu bemorlarda immun tizimining susayishiga olib keladigan biron sabab bulmagan. Ular yosh besoqolbozlar bulgan. Bemorlarning immun tizimi tekshirilib kurilganda limfositlar sonining keskin kamayib ketganligi aniqlangan. Kasallik belgilari asosida bu khastalik “Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi” OITS deb nomlangan.

BUNI BILASIZMI?

OITS kasalligini yuqtirib olish khavfi buyicha aholining ayrim guruhi “khavfli guruh”ga kiritiladi. Ushbu “khavfli guruh”ga giyohvandlar, notanish shakhslar bilan pala-partish jinsiy aloqa qiluvchilar, jinsiy aloqa yuli bilan yuqadigan kasalliklarga chalingan shakhslar kiradi. Aholining bu guruhi jamiyatda uz khulq-atvorining buzuqligi tufayli OITS kasalligiga kuproq duchor buladilar va kasallikni tarqatish khavfi ham juda yuqori buladi.

KASALLIKNI NIMA QUZGATADI?

OITS kasalligini viruslar quzgatib, murakkab viruslar qattoriga kiradi. OITS kasalligi uta khavfli yuqumli kasalliklar toifasiga kiradi. Kasallikning manbai bemor va odam immunitet tanqisligi virusini tashib yuruvchi shakhslar hisoblanadi.

KASALLIK QANDAY YuQADI?

1.Jinsiy aloqa yuli orqali-ayoldan erkakka, yoki erkakdan ayolga yuqadi.

2.Parenteral yul orqali, yani virus bilan zararlangan qon va qon mahsulotlari quyilganda, nosteril shprislar va tibbiy asbob-uskunalardan foydalanilganda, teri butunligi buzilishi bilan kechadigan barcha muolajalarda yuqishi mumkin.

3.Vertikal yul orqali, yani OITS virusini tashuvchi onadan homilaga yoki chaqaloqqa tugruq jarayonida va tugilgandan sung ona suti orqali yuqishi mumkin.

BUNI BILASIZMI?

Emizikli yoshdagi bolalar OITS khastaligi bilan khastalangan bulsa, onasiga ushbu kasallikni yuqtirgan holatlar amaliyotda aniqlanilgan. Ularning ogiz shilliq qavatida turli yaralar buladi. Natijada sulagi qon bilan aralashadi. Bola ona kukragini emayotgan vaqtida tishlashi mumkin. Tishlagan sohada esa jarohatlar paydo buladi. Shu sohadagi jarohatga sulak bilan aralashgan qondagi virus tushadi. Natijada boladagi kasallik onaga utadi.

KASALLIK BELGILARI NIMADAN IBORAT?

Yashirin davr – bir necha oydan 10 yil va undan kuproq yilgacha davom etishi mumkin. Bu bosqichda tashkhis faqat takhminiy bulishi mumkin. Bu davrda klinik belgilar bulmaydi va OITS virusiga qarshi antitellalar ishlab chiqarilmaydi. Khastalikka chalingan odamlar soppa-sog, ish faoliyati buzilmagan, uzini bemor deb hisoblamaydi. Biroq, bu odamlar kasallikning tarqalishida muhim rol uynaydi.

Belgilarning yuzaga chiqishida bemorlarning 30-50 % kasallik utkir boshlanib, tana harorati kutariladi, angina yoki faringit belgilari kuzatiladi. Bugimlar, mushaklar ogrishi mumkin. Jigar, taloq va limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi. Bu davrda bemor davolanishga muhtoj emas. Asta-sekin bemorlarda tanadagi barcha limfa tugunlarining kattalashuvi, kattalashgan limfa tugunlar orasidagi ogriq kuzatiladi. Bemorlarning jinsiy qobiliyati va ish faoliyati saqlangan buladi. Zarur bulganda bemor ambulator davolanish bilan chegaralanadi. Keyingi davrda bemorning immuniteti keskin pasayib ketganligi bois, turli kasalliklar kelib chiqadi. Bemorning ahvoli ogir buladi. Masalan, surunkali gepatit, pnevmoniya, kamqonlik, sil, turli saraton kasalliklari. Kasallikning sunggi bosqichi, yani terminal davrda oddiy suz bilan aytganda, bemor ulim tushagida yotadi. Ahvoli uta ogir, ozib ketgan, vaqti-vaqti bilan tana harorati kutarilib turadi. Qondagi gemoglobin miqdori juda pasayib ketadi. Bemor ahvoli kun-sayin ogirlashib, ulim bilan tugaydi.

OITS QANDAY TAShKhISLANADI?

Kasallikda qonda viruslar topilishi va umumiy qon tahlilidagi uzgarishlar, immun tizimidagi buzilishlar asosida tashkhis quyiladi.

OITS QANDAY DAVOLANADI?

Hozirgi davrda OITS kasalligi bilan kasallangan bemorlarni butunlay tuzalishi imkoniyati yuqligi sababli daavolashning maqsadi bemorning umrini uzaytirishga va uning hayot kechirishini yakhshilashga qaratilgan bulishi lozim.

Bu dahshatli khastalik kuplab mashhurlarni ham hayotdan olib ketgan.

*Freddi Merkyuri (1946-1991), ingliz musiqachisi va “Queen” guruhining solisti.

*Rok Khadson (1925-1985), amerikalik aktyor, OITS ga chalinganini oshkor etgan ilk mashhur inson.

*Rudolf Nureev (1938-1993), KhKh asrning eng buyuk raqqoslaridan biri, rus baleti artisti.

*Artur Esh (1943-1993), amerikalik tennis ustasi va jamoat arbobi.

*Frenk Mur (1953-2002), amerikalik rassom, OITSga qarshi kurash timsoli – qizil lenta yaratuvchisi.

*Ayzek Azimov (1920-1992), yozuvchi, kuplab bastseller asarlar muallifi, yuragini operasiya qilayotgan vaqtda qon quyishgan, qondan OITS yuqtirib olgan.

FAKTLAR, RAQAMLAR…

*Tibbiyot tarikhida hanuzgacha dunyoning 5 qitasini bir zumda qamrab olib, doimiy ravishda usishga moyil kasallik aniqlanilmagan.

*Hozirgi kundagi malumotlarga kura, dunyo buyicha OITS bilan kasallanganlarning soni 32,6 milionni tashkil etadi.

*OITS virusi qonda, spermada, qindan ajraladigan ajralmalarda, kukrak sutida, kuz yoshlarida mavjud.

*Kukrak suti va kuz yoshlarda virus miqdori kup bulmaydi.

KhULOSA urnida: Azizlar, bunday dahshatli kasallikka chalinmaslik uchun soglom hayot tarziga rioya etaylik, uzimizni va bolalarimizni turli khastaliklardan ehtiyot qilaylik, salomatligimizga beetibor bulmaylik, umringiz uzoq bulsin, qadrli insonlar!

Haqqimizda

Яна маълумот

kamchibek

Bishkekda “Kolya-Qirg’iz” – jinoyat boshlig’i Qamchibek Ko’lboev o’ldirildi

4-oktabr kuni Bishkekda “Kolya-Qirg’iz” makhsus operasiyasi chog’ida qirg’izistonlik eng mashhur qonun o’g’rilaridan biri Qamchibek Ko’lboyev …

100200300