Home / Jamiyat / Pokiza mol

Pokiza mol

Imom Abu Hanifa No’mon ibn Sobit- alayh-ning tijorat ishlarini boshqarib turuvchi sherigi bor edi.

Bir kuni bozorga olib chiqiladigan matolar orasida bir kamchiligi bor kiyimlik ham bor ekan. Abu Hanifa sherigiga kharidorlarga aybini ko’rsatishni, aybi bilan sotib olishga rozi bo’lgan taqdirdagina sotishni tayinladilar. Hech kim olgisi kelmasa, bu aybi bor matoni qaytarib olib kelaver, dedilar.

4796749U kishi bozorga borib matoning hammasini sotipti-yu, kharidorga matoning aybini aytishni unutib qo’yipti. Abu Hanifaning aybini aytmay sotma, deb tayinlagani esiga tushib, matoni sotib

olgan kishini bozordan kup izlab, okhiri topa olmaganidan sung imom Abu Hanifaning huzurlariga qaytib, bulgan voqeani unga aytib beribdi.

SHunda imom Abu Hanifa –rahmatullohi alayh– pullariga shubhali mol aralashmasin, deb shu kungi savdo pullarining barchasini sadaqa qilib yuborgan ekanlar.

Mana shunday buyuk himmat bilan imom Abu Hanifa musulmon odamning tijoratda qanday rostguy, amonatdor, halol-pok bulishiga ibrat bulib, halol foyda topishni kuzlagan amonatdor, ishonchli savdogarga namuna bulib qolganlar.

Payg’ambarimiz -sallallohu alayhi va sallam-ning sirlari.

Anas ibn Molik –roziyallohu anhu– un yoshlar chamasida edi. Bir kuni kuchada Madina bolalari bilan quvlashib, uynab yurishgan edi, oldilaridan Nabiy –sallallohu alayhi va sallam– utib qolib, ularga salom berdilar.

Keyin Anas –roziyallohu anhu-ni yonlariga chaqirib, bir ish bilan qayoqqadir yubordilar.

Bundan avval ham Anas –roziyallohu anhu– Payg’ambarimiz –sallallohu alayhi va sallam– ning khizmatlarini qilib yurar edilar.

Anas –roziyallohu anhu– rasululloh –sallallohu alayhi va sallam-ning yumushlarini bajargach

uylariga kechikib qaytdilar. Onalari nega kechikkani haqida so’radi. Anas -roziyallohu anhu-

Rasululloh –sallallohu alayhi va sallam– birish bilan yuborganlari va shu sababdan kechikkanini aytdi.

Onasi: Rasulullohning nima ishlari bor ekan? – deb so’radi.

Anas -roziyallohu anhu-: Sir ekan, – deb javob berdi.

Onasi o’g’lidan surishtirib, sirning nima ekanini bilishga harakat qilmadi. Aksincha, bolasidan khursand bo’lib, uning aqlli va amonatli bo’lib tarbiya olayotganidan sevindi. Bundan buyon ham Payg’ambarimiz –sallallohu alayhi va sallam-ning sirlarini saqlashga undab: Rasululloh –sallallohu alayhi va sallam– senga ishonib aytgan sirni hech kimga aytib yurmagin, – dedi.

Yoshligidan Rasululloh –sallallohu alayhi va sallam– tarbiyalarini olib, amonatdor bo’lib o’sgan Anas -roziyallohu anhu- hayoti davomida birovga khiyonat qilmay, doimo sir deb aytilgan narsani hech kimga aytmay hayot kechirdi.

Haqqimizda

Яна маълумот

1-Mustaqilik

Mustaqillik kuni Muborak! – tabriglari, sherlar, rasmlar, ashula

Mustaqillik tabrigi (tabriklari) Aziz hamvatan! Muhtaram do’stlar! Sizni khalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – …

100200300