Home / Siyosat / Prezident — uzbek tili nufuzini oshirish tugrisida

Prezident — uzbek tili nufuzini oshirish tugrisida

Uzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev dushanba kuni uzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi nutqida uzbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi tasiri va nufuzini oshirish buyicha vazifalarni sanab utdi. Quyidagi davlat rahbari nutqining uzbek tiliga bagishlangan qismini etiboringizga havola etamiz.


Qadrli vatandoshlar!

Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bulgan uzbek tili khalqimiz uchun milliy uzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho manaviy boylik, buyuk qadriyatdir.

Kimda-kim uzbek tilining bor latofatini, jozibasi va tasir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bulsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, ulmas maqomlarimizni eshitsin, bakhshi va hofizlarimizning sehrli qushiqlariga quloq tutsin.

Turkiy tillarning katta oilasiga mansub bulgan uzbek tilining tarikhi khalqimizning kup asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va galabalari bilan chambarchas bogliqdir.

Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga uz suzini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar.

Utmishda ulkamizni bosib olgan turli yovuz kuchlar bizni avvalo uz tilimizdan, tarikhimiz va madaniyatimizdan, dinu diyonatimizdan judo qilishga qayta-qayta urindilar. Ular el-yurtimiz boshiga qanday azob-uqubatlar, kulfat va musibatlar solgani tarikhdan yakhshi malum.

Ammo jasur va matonatli khalqimiz har qanday ogir sinovlarda ham uz ozodligi va istiqloli uchun mardona kurashdi. Bu yulda behisob qurbonlar berdi. Har qanday zulm va zuravonliklarga qaramasdan, uz ona tilini — milliy gururini saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, balki uni har tomonlama rivojlantirib, bugungi avlodlarga bezavol etkazib berdi.

Bu borada manaviy jasorat va fidoyilik kursatgan buyuk arboblarimiz, adib va olimlarimiz, ulamolarimiz, ulug sanatkorlarimizning khotirasini bugun hurmat va ehtirom bilan yod etamiz.

Ushbu qutlug ayyomni bayram qilar ekanmiz, avvalo, 1989 yil 21 oktyabr sanasini — «Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunni eslashimiz urinlidir.

Yurtimizda mustabid tuzum hali uz hukmini utkazib turgan goyat ogir sharoitda khalqimizning taqdiri va kelajagini hal qiladigan bu qonunni qabul qilish biz uchun oson kechmagan edi.

Qonun loyihasi ikki marta umumkhalq muhokamasiga quyilgan edi. Uning atrofida qanday qizgin bahs va tortishuvlar bulib utganini, uylaymanki, kupchilik yurtdoshlarimiz juda yakhshi eslaydi. Shakhsan men ham ushanda bu tarikhiy jarayonlarning bevosita guvohi va ishtirokchisi bulganman.

Bu muhim hujjatning qabul qilinishida fidoyi va vatanparvar ziyolilarimiz, keng jamoatchilikning qatiy shijoati hamda Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abduganievich Karimovning siyosiy irodasi katta urin tutdi.

Uzbek tili davlat tili sifatida khalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulug maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuch bulib maydonga chiqdi. Ayni vaqtda u Uzbekistonning davlat mustaqilligi sari quyilgan birinchi dadil qadam edi.

Bu qonun khalqimizning uz taqdirini uzi belgilash yulidagi azmu qarorining yorqin namoyoni buldi. Oradan ikki yil utib, Uzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi aynan ona tilimizda jahonga elon qilindi.

Mamlakatimizning Asosiy qonuni — Konstitusiyamizning uzbek tilida yaratilishi uning nufuzini yanada yuksaltirdi.

Yurtimiz buylab va khalqaro maydonlarda ona tilimizda yangrayotgan Davlat madhiyasi ham qalblarimizda Vatan tuygusini jush urdiradi.

Uzbek tili utgan yillar davomida mamlakatimizdagi yuzdan ortiq millat va elat vakillarini uzaro boglaydigan mehr-oqibat tiliga aylandi.

Bundan besh asr muqaddam hazrat Alisher Navoiy:

«Turk nazmida chu men tortib alam,

Ayladim ul mamlakatni yakqalam”, deb yozgan edi. Yani, ul zot ona tili bayrogini baland kutarib, butun el-ulusni, yurtlarni shu bayroq ostida birlashtirdim, deb iftikhor qilgan.

Barchamizga yakhshi ayonki, ona tili — millat manaviyatining mustahkam poydevoridir. Ulug marifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy takidlaganidek, har bir millatning dunyoda borligini kursatadigan oyinai hayoti — bu uning milliy tili va adabiyotidir.

Shu manoda dunyo hamjamiyatidan munosib urin egallashni maqsad qilib quygan har qaysi davlat avvalo uz khalqining milliy tili va madaniyatini asrab-avaylashga, rivojlantirishga intiladi.

Mustaqillik yillarida ona tilimizni tom manoda davlat tiliga aylantirish yulida katta chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shu urinda bir fikrga etiboringizni qaratmoqchiman. Hozirgi kunda Er yuzida 7 mingdan ziyod til mavjud bulsa, ularning faqat 200 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, uzbek tiliga davlat tili maqomini huquqiy jihatdan muhrlab bergan mazkur qonunning khalqimiz hayotidagi urni va ahamiyati beqiyosdir.

Bu tarikhiy voqeadan sung lotin yozuviga asoslangan uzbek alifbosini joriy etish haqida yana bir muhim qonun qabul qilindi.

Hurmatli vatandoshlar!

Bugun jonajon Uzbekistonimiz «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» degan ustuvor goya asosida uz taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam quymoqda. Barcha sohalar bilan birga davlat tilining jamiyatdagi urni va nufuzini oshirish buyicha keng kulamli ishlar qilinmoqda.

Hozirgi kunda uzbek tili davlat tili sifatida siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, manaviy-marifiy hayotimizda faol qullanmoqda, khalqaro minbarlardan baralla yangramoqda.

Davlatimiz tomonidan manaviy hayotimizni yanada rivojlantirish, jumladan, talim-tarbiya ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, madaniyat, sanat va adabiyot sohalarini takomillashtirish, kitobkhonlik madaniyatini oshirish buyicha qabul qilingan unlab farmon va qarorlar uzbek tili ravnaqiga bevosita khizmat qilmoqda.

Bu haqda gapirganda, keyingi yillarda ona tilimizda faoliyat yuritadigan yuzlab bogchalar, maktablar, oliy uquv yurtlari, yangi gazeta va jurnallar, tele-radio kanallar, nashriyotlar, madaniy-marifiy muassasalar, kutubkhonalar tashkil etilayotganini qayd etish lozim.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat uzbek tili va adabiyoti universitetining faoliyati yulga quyildi. Bu erda folklorshunoslik, dialektologiya, turkologiya, matnshunoslik kabi yunalishlar ochildi.

Bu borada yangi uquv dasturlari yaratilayotgani, darslik va qullanmalar, risola va monografiyalar nashr etilayotgani, ilmiy anjumanlar, ommaviy akhborot vositalarida uzbek tilining buguni va istiqboli haqida amaliy taklif va tashabbuslar bildirilayotgani goyat muhim ahamiyatga ega.

Khabaringiz bor, azim poytakhtimiz markazidagi Milliy bog hududida Adiblar khiyoboni bunyod qilinmoqda. Bu guzal maskanda barpo etilayotgan yodgorlik majmualari adabiyotimizning buyuk namoyandalari, uzbek tilining chinakam jonkuyarlari khotirasiga bagishlangani ayniqsa etiborlidir.

Ona tilimiz va milliy adabiyotimizni uluglash, uning boy khazinasi, tarovati va nafosatini yosh avlodimizga etkazish maqsadida, yurtimizda atoqli shoir va adiblarimiz nomlaridagi ijod maktablarini tashkil etdik. Muhammad Rizo Ogahiy, Ishoqkhon Ibrat, Abdulla Qodiriy, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Halima Khudoyberdieva, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablarida eng avvalo uzbek tili va adabiyotini, badiiy ijod sirlarini chuqur urganish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Hozirgi vaqtda uzbek tilida suzlashuvchilar soni jahon miqyosida 50 million kishiga yaqinlashib qoldi. Bu ona tilimizning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi.

Bugungi kunda khalqaro maydonda obru-etibori tobora yuksalib borayotgan Uzbekistonimizni dunyoga tarannum etishda ona tilimiz ham katta hissa qushmoqda.

Uzbek tili Amerika Qushma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Shvesiya, Rossiya, Ukraina, Khitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Afgoniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozogiston, Turkmaniston, Qirgiziston kabi davlatlarning 60 ga yaqin universitetlari va 100 dan ziyod maktablarida urganilmoqda. Uzbek tili va adabiyoti buyicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan chet ellik olim va tadqiqotchilar soni yil sayin kupaymoqda.

Shu borada mamlakatimizning khorijdagi elchikhonalari va diplomatik vakolatkhonalari qoshida «Uzbek tilining dustlari» klublari tashkil etilayotganini biz har tomonlama qullab-quvvatlaymiz.

Fursatdan foydalanib, bugungi quvonchimizga sherik bulayotgan chet davlatlarning muhtaram elchilarga, khalqaro tashkilotlar vakillariga ularning yurtlarida uzbek tiliga kursatilayotgan hurmat va etibor uchun tashakkur izhor etaman. Ayniqsa, Uzbekistondagi khizmat faoliyati davomida uzbek tilini urganib, faol muloqot qilayotgan khorijiy diplomatlarga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Sizlarga yakhshi malum, yaqinda Uzbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga azo buldi. Bu, uz navbatida, nafaqat uzaro iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga, balki turkiy tillar, jumladan, uzbek tilining khalqaro maqomini yuksaltirishga khizmat qiladi.

Kengash sammitida bildirgan tashabbuslarimiz, khususan, qardosh khalqlar adabiyotining eng sara namunalari mujassam bulgan yuz jildlik «Turkiy adabiyot khazinasi» kitoblar turkumini azo davlatlarning ona tillarida nashr etish taklifimiz ijobiy qabul qilindi.

Aziz dustlar!

Davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida bugun mamlakatimizda yana bir muhim qadam quydik. Men bugun «Uzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari tugrisida”gi Farmonga imzo chekdim. Unga binoan «Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunning ulkan tarikhiy urni va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, 21 oktyabr sanasi yurtimizda «Uzbek tili bayrami kuni» deb belgilandi.

Uylaymanki, uzbek tili bayramining mamlakatimiz va khalqaro miqyosda keng nishonlanishi khalqimizning milliy ruhi va gururini yuksaltirish bilan birga, davlat tilini hayotimizda tulaqonli joriy etishga khizmat qiladi.

Ushbu Farmonda ona tilimizning kelgusi taraqqiyotiga oid kuplab masalalar qatorida, Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish buyicha alohida tuzilma tashkil etilganini ham sizlarga malum qilmoqchiman.

Bu tuzilma davlat tili tugrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini, sohaga oid muammolarni tahlil etib, bu borada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taminlaydi.

Ayni paytda dunyoda ilm-fan va tekhnologiyalar shiddat bilan rivojlanib, mamlakatimizning khalqaro hamkorlik aloqalari tobora kengaymoqda. Natijada, hayotimizga chetdan kuplab yangi tushuncha, suz va iboralar kirib kelmoqda.

Globallashuv sharoitida milliy tilimizning sofligini saqlash, uning lugat boyligini oshirish, turli sohalarda zamonaviy atamalarning uzbekcha muqobilini yaratish, ularning bir khil qullanishini taminlash dolzarb vazifa bulib turibdi.

Tugrisini aytish kerak, bu masalada ham oqsoqligimiz bor edi. Shu munosabat bilan Farmonda yangi suz va atamalarni rasmiy istemolga kiritish borasidagi ishlarni tartibga soladigan Atamalar komissiyasini tuzish masalasini ham nazarda tutdik.

Ona tilimiz — milliy manaviyatimizning bitmas-tuganmas bulogidir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom kursatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.

Davlat tiliga bulgan doimiy etibor va gamkhurlik mamlakatimizda bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.

Qadrli yurtdoshlar!

Malumki, Vatanimiz necha yuz yillar mobaynida buyuk sivilizasiya va madaniyat markazlaridan biri bulgan. Qadimdan diyorimizda khalqimiz bilan birga turli millat vakillari elkadosh, ahil va hamjihat bulib, tinch va osoyishta muhitda yashab keladilar.

Uz tilini hurmat qilgan marifatli el boshqalarning ona tiliga ham chuqur hurmat bilan qaraydi. Uzbekistondagi bagrikenglik siyosati tufayli, hozirda yurtimizda yagona oila bulib yashayotgan 130 dan ziyod millat va elat vakillariga uz ona tili, urf-odat va qadriyatlarini rivojlantirishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilmoqda. Toshkent shahri va joylarda faoliyat kursatayotgan 140 ga yaqin milliy madaniy markazlar ayni shu maqsadga khizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda talim-tarbiya muassasalari va ommaviy akhborot vositalari uzbek tili bilan birga qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgiz, tojik, turkman tillarida faoliyat olib borayotgani khalqaro jamoatchilik tomonidan ijobiy hodisa sifatida etirof etilmoqda.

Dono khalqimiz «Til bilgan — el biladi» deydi. Bu borada buyuk bobolarimiz ibrat va namuna kursatganlar. Khususan, Muso Khorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Imom Bukhoriy, Ahmad Fargoniy, Mahmud Zamakhshariy, Alisher Navoiy kabi ulug ajdodlarimiz unlab tillarni pukhta bilganlari uchun ham jahon ilm-fanining yuksak chuqqilarini zabt etganlar.

Bugungi kunda yurtimizdagi talim maskanlarida ingliz, rus, nemis, fransuz, ispan, italyan, arab, fors, turk, khitoy, yapon, koreys, hind va urdu tillari chuqur uqitilayotgani bu ananalar davom etayotganining yorqin ifodasidir.

Biz yoshlarimizning jahon tillarini egallashga bulgan ulkan qiziqish va intilishlarini har doim qullab-quvvatlaymiz.

Men bugun aziz bolalarimizga murojaat qilib, ulug alloma, XX asr boshida olti tilli — uzbek, arab, fors, hind, turk va rus tillarida lugat tuzgan Ishoqkhon Ibratning mana bu hikmatli suzlarini eslatmoqchiman: «Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun say-harakat qilsinlar, lekin avval uz ona tilini kuzlariga tutiyo qilib, ehtirom kursatsinlar. Zero, uz tiliga sadoqat — bu vataniy ishdir».

Uylaymanki, bu suzlarga ortiqcha izohning hojati yuq.

Hurmatli anjuman qatnashchilari!

Ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi tasiri va mavqeini yanada oshirish buyicha oldimizda uta muhim va dolzarb vazifalar turibdi.

Avvalo, bundan uttiz yil muqaddam qabul qilingan «Davlat tili haqida”gi qonunni bugungi kun talablari nuqtai nazaridan har tomonlama chuqur tahlil qilib, takomillashtirish zarurati sezilmoqda.

Yana bir muhim vazifa fundamental tadqiqotlar, zamonaviy akhborot va kommunikasiya tekhnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa tarmoqlarda davlat tilini tulaqonli qullash bilan bogliq.

Uzbek tilining qullanish doirasini kengaytirish, mamlakatimizda yashayotgan turli millatlarga mansub vatandoshlarimizning davlat tilini urganishlari uchun tegishli sharoit yaratib berish, yurtimizda va khorijda uzbek tilini urgatadigan uquv markazlarini kupaytirish zarur.

Shu maqsadda yangi darsliklar, qiyosiy va turli sohalarga oid lugatlar, ish yuritish va suzlashuv qullanmalari nashr etish, lotin yozuviga asoslangan uzbek alifbosini takomillashtirish, bu tizimga tuliq utish buyicha hali kup ish qilishimiz kerak.

Shuningdek, uzbek tilining uziga khos khususiyatlari, shevalari, tarikhiy taraqqiyoti, uning istiqboli bilan bogliq ilmiy tadqiqotlar samarasini oshirish, kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yakhshilashga erishmogimiz zarur. Bu ishlar uchun moliyaviy resurslar va mablaglarni aslo ayamasligimiz kerak.

Uzining bebaho asarlari bilan ona tilimizning qadrini va qaddini tiklagan buyuk mutafakkir ajdodimiz Alisher Navoiy hayoti va ijodining mukammal ensiklopediyasini yaratish ham oldimizda turgan dolzarb vazifalardan biridir.

Ayni paytda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz turli malumotlarni asosan Internet va ijtimoiy tarmoqlardan olmoqda. Binobarin, ona tilimizni jozibali va qiziqarli tarzda taqdim etish, buning uchun uzbek tilining kompyuter dasturlarini, onlayn darsliklar, elektron lugatlarni yaratish kerak. Internet imkoniyatlaridan tuliq foydalanib, uzbek tilini keng targib etish buyicha ishlarimizni kuchaytirishimiz lozim.

Davlat tili masalasi milliy goyamizning asosiy tamoyillaridan biri bulishi zarur. YOsh avlod qalbiga ona tilimizni bolalikdan singdirish maqsadida talimning barcha bosqichlarida uzbek tilini zamonaviy va innovasion tekhnologiyalar asosida mukammal urgatishga alohida etibor qaratishimiz lozim. Toki, bolalarimiz uzbek tilida ravon uqiydigan, ravon yozadigan va teran fikrlaydigan insonlar bulib etishsin.

Jamiyatimizda til bilan bogliq eng kup muhokama qilinayotgan, haqli etirozlarga sabab bulayotgan mavzu — bu joy nomlarini belgilash masalasi, desak, khato bulmaydi.

Afsuski, jamoat joylarida, kuchalarda, binolar peshtoqida toponimik belgilar, turli lavha va reklamalar kupincha khorijiy tillarda, manaviyatimizga yot mazmun va shakllarda aks ettirilmoqda. Bu davlat tili talablariga, milliy madaniyat va qadriyatlarimizga bepisandlikdan, umumiy savodkhonlik darajasi esa tushib ketayotganidan dalolat beradi.

Shu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasi Atamalar komissiyasi bilan birgalikda ushbu masalalarni keng jamoatchilik ishtirokida jiddiy urganib chiqishi va tartibga solishi zarur.

Chunki ijtimoiy obektlarga nom berish — bu shunchaki shakhsiy yoki khususiy ish emas. Bu barchamizning vatanparvarlik va manaviy saviyamizni yaqqol kursatadigan uziga khos mezondir. Buni hech kim hech qachon unutmasligi kerak.

Biz khalqimizning taqdiri, ertangi kuni haqida uylar ekanmiz, eng avvalo, millatimizning asl fazilatlarini, guzal urf-odatlarimiz, betakror sanatimiz va adabiyotimizni, ona tilimizni kuz qorachigiday saqlashimiz zarur.

Mukhtasar aytganda, har birimiz davlat tiliga bulgan etiborni mustaqillikka bulgan etibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim.

Bu olijanob harakatni barchamiz uzimizdan, uz oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak.

Haqqimizda

Яна маълумот

7d199b1f-3655-4ef5-b37c-ccb77853968f

Bahrom Hamroevni 14 yilga Rossiyaga qamaldi

Moskva ikkinchi G’arbiy okrug harbiy sudi asli o’zbekistonlik bo’lgan va muhojirlar huquqlari himoyachisi Bahrom Hamroevni …

100200300