Home / Jamiyat / Prostata bezi – shamollashi, davolash

Prostata bezi – shamollashi, davolash

Surunkali prostatit-erkaklar orasida eng kup uchraydigan kasallik hisoblanadi. Statistik malumotlarga kura kasallik 25 eshdan keyin erkaklarning 25-80% da uchraydi, okhirgi vaqtlarda kasallik usishi kuzatilmokda. Prostatitning asosiy sabablari bulib-palapartish jinsiy haet kechirish, kam harakat turmush tarzi, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlarini istemol qilish, dori vositalarini tekshiruvsiz va tavsiyasiz istemol qilish hisoblanadi. Odatda surunkali prostatit sekinlik bilan klinik belgilarsiz rivojlanadi, prostata bezi sekretining va kichik chanoq doirasida qon aylanishining dimlanishi asosida yalliglanish jareni yuzaga keladi. Avval prostata bezining qon tomirlari kengayadi, keyinchalik chandiqli-sklerotik uzgarishlar yuzaga keladi, buning natijasida peshob ajralishi buziladi, jinsiy qobiliyat pasayadi, charchoqlik, asabiylashish kuzatiladi.

c9371592c5fcd740793b60ab1487acb7

Tasniflanishga kura prostatit infeksion (yuqumli) va noinfeksion (yuqumli bulmagan, prostata bezini oziqlantiruvchi qon tomirlarini dimlanishi natijasida yuzaga keladi) turlariga bulinadi. Infeksion prostatit vaqtida prostata beziga mikroblar, viruslar, bakteriyalar, zamburuglar tushadi. Noinfeksion prostatit infeksiya quzgatuvchilarisiz yuzaga keladi. Bu kasallikni boshlanishiga prostata bezida qon dimlanishi, kam harakat turmush tarzi, sovuq qotish sabab buladi.
Prostatit kasalligi yuzaga kelishiga sabab buluvchi faktorlarga kiradi:

  • Prostata bezining anatomik tuzilishning uziga khosligi
  • Gormonlar almashinuvining buzilishi
  • Esh bilan boglik uzgarishlar
  • Siydik yullari yalliglanish kasalliklari
  • Buyrak va siydik qopining yalliglanish kasalliklari (uretrit va bk)
  • Palapartish jinsiy haet tarzi
  • Butun tananing sovqotishi
  • Ich qotish
  • Siydik yullarida peshobni yigilib turishi
  • Kam harakat turmush tarzi
  • Utirib ishlash haet tarzi (haydovchilarda), quesh nurlari ostida uzoq vaqt qolish, tanani isib ketishi
  • Surunkali bel-dumgaza radikuliti
  • Immun tizimini susayishi
    Yukorida keltirilgan faktorlarning har qanday kombinasiyasi prostata bezining yalliglanishiga olib kelishi mumkin.
    Prostatitni davolash uchun antibakterial terapiya, prostata bezini massaj qilish, fizioterapiya, immun tizimini mustahkamlash va haet tarzini uzgartirish kerak. Faqat bu muolajalarni birgalikda qullanilganidagina kutilgan natijaga erishish mumkin.

Bemorlar uchun kerakli ESLATMA!:

  • Prostatitni keltirib chiqaruvchi sabablar turlicha bulib, yagona sababni qidirish va uni davolash uchun qaratilgan davo muolajalari kutilgan natijaga olib kelmaydi. Prostatitni klinik belgilari sezilarli bulmasligi mumkin, agar sizda chanoq oraligida ogriq kuzatilsa, peshob qilish vaqtida eqimsiz sezgilar bulsa, siydik yulidan ajralishlar kelsa, albatta urolog bilan maslahatlashing.
  • Prostatit tashhisi kompleks tarzda quyiladi, chunki kasallik turini, kechish bosqichini, asoratlarini va davolash usulini belgilovchi boshqa faktorlarni etiborga olish kerak. Prostatit klinikasi turli bemorlarda turlicha bulishi mumkin. Shuning uchun tugri tashhisni faqat spesialist-shifokor kuya oladi.
  • Kasallik kechishi uziga khos bulganligi uchun davolash muolajalari ham uziga khos buladi. Prostatitni klinik kechishi bir khil emas, bazida kasallik quzgaladi, bazida asoratlar yuzaga keladi, bazida yashirin kechishi mumkin. Shu sababdan doimiy shifor kuzatuvi kerak buladi.
  • Prostatitni davolash uchun antibiotikni tugri tanlash kerak, uning dozasi va davolash skhemasini har bir bemor uchun individual holda tanlanadi va bu urogenital mikroflorani aniqlagandan keyin amalga oshiriladi.
  • Infeksiyadan qutilish bilangina prostatitni davolab bulmaydi. Prostata bezida qon dimlanishini ham tugrilash kerak.
  • Prostata bezining patologik uzgarishlari uziga khos va turlicha bulganligi uchun ham uni davolovchi universal dori vositasi yuq. Shifokor sizga turli dori vositalarini va har khil davo muolajalarini tavsiya qilishi mumkin.
  • Davolash natijasida uzoq vaqtli remissiyaga (surunkali kasallikni bosilishi) erishilgan taqdirda ham, profilaktik tarzda shifokor kurigidan utib turing, chunki kasallik quzgaganda buni siz sezmasligingiz mumkin.
  • Bir necha shifokorlar maslahatini bir vaqtda bajarish tugri degan bemorlar yanglishadilar, chunki tugri maslahatlar ham bazida bir-biriga zid bulishi mumkin. Shuning uchun kasallikni bir shifokor maslahati asosida davolang.
  • Jinsiy haet tarzingizni normallashtiring.
  • Davolanish davomida spirtli ichimliklarni istemol qilmang. Spirtli ichimliklar prostatitning provokatori hisoblanadi.
  • Tananing sovqotishi qiska vaqt davomida bulsa ham, kasallikni avjga chiqishiga olib keladi.
  • Jismoniy mehnat va sport (suzish va velosportdan tashqari) prostatitni davolashga ijobiy tasir kursatadi.
  • Achchik oziq-ovqat va taomlar (sarimsoq, piez, murch, garmdori, dudlangan taomlar) prostatitni avjga chiqishiga (quzgalishiga) olib keladi. Uksus, limon, karam, tuzlangan bodring, pomidor bundan istisno.
  • Surunkali ich qotish prosatata bezining qon aylanishini buzadi, prostatit kechishiga va davosiga salbiy tasir kursatadi.
  • Uz vaqtida aniqlangan residiv (kasallik qaytalanishi) engil davolanadi, shifokoringiz tavsiyasiga remissiya vaqtida ham rioya qiling.
  • Prostata bezini massaj qilish prostatitni davolashda uziga khos va kerakli muolaja bulib hisoblanadi.
  • Hammaga malumki davo hamma vaqt ham kasallikdan tuliq qutilishga olib kelmaydi, lekin bemorning umumiy ahvoli yakhshilanadi va asoratlar khavfi kamayadi.
  • Hatto uzoq vaqtgacha tuzalmagan surunkali prostatit normal oilaviy haet kechirishga tusqinlik qila olmaydi. Keng tarqalgan aforizm «prostata-erkaklarning ikkinchi yuragi» obektiv qaralsa notugridir. Erkaklarda aellardagidek yurak faqat bitta buladi.

Qanday kasallik bulishidan qatiy nazar tugri olib borilgan soglom turmush tarzi va odamning uziga bulgan ishonchi va optimizm ruhi kasallikdan tez va samarali qutilish garovidir.
Salomat buling!

Haqqimizda

Яна маълумот

1-Mustaqilik

Mustaqillik kuni Muborak! – tabriglari, sherlar, rasmlar, ashula

Mustaqillik tabrigi (tabriklari) Aziz hamvatan! Muhtaram do’stlar! Sizni khalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – …

100200300