Home / Sport / Ronalduning siz tanimaydigan mashuqalari

Ronalduning siz tanimaydigan mashuqalari

Sport olamidagi eng mashkhur insonlardan biri sanaladigan Krishtiyanu Ronalduning qizlar borasida doimo omadi kelgan desak, adashmagan bulamiz. Bugun futbolchining kupchilik bilmaydigan sobiq mashuqalarini yodga olamiz.


Jordana Jardel

«Sporting» klubining sobiq futbolchisi Mario Jardelning singlisi sanaladigan ushbu qiz Ronalduning birinchi mukhabbatlaridan biri sanaladi. Model sifatida faoliyat olib boruvchi qiz Ronaldu bilan tanishganidayoq ikkinchi Viktoria Bekham bulishni orzu qilgan edi, biroq uning orzulari amalga oshmadi.

Jemma Atkinson

Amerikalik aktrisa va model Jemma Atkinson va Ronaldu urtasidagi aloqalar uzoq davom etmagan bulsada, Jemmani butun dunyoga mashkhur qilib yuborish uchun kifoya qildi.

Krish uz intervyularida Jemma bilan aloqalari dustlik ekanligini malum qilsada, Jemma futbolchi bilan aloqalari jiddiy ekanligini ommaga elon qilishda davom etaverdi. Oqibatda, juftlik kup utmay ajralib ketdi.

Nereyda Galyardo

Eng gozal baykerlardan biri sanalmush Nereyda Galyardo va Ronaldu urtasidagi aloqalar qanday boshlangani kech malum bulgan bulsada, ushbu juftlik uzoq muddat birga bulishga muvaffaq buldi. Ronaldu bilan tanishguniga qadar kichik bir lavozimda ish yuritgan Nereyda hozirda uzining shakhsiy modellar uyiga ega.

Litisa Filippi

Italiyalik model Ronaldudan naqd 7 yoshga katta bulsada, futbolchini uziga rom qilishni uddalagani etiborga molik. Aynan Litisa bilan tanishuvdan sung, futbolchi Nereyda bilan aloqalarni butkul uzib yuborgan edi. Hozirda ushbu meksikalik sportchi bilan turmush qurish arafasida.

Irina Sheyk

Uzoq muddat davomida dunyoning eng chiroyli juftligi sanalgan Irina Sheyk va Krishtiyanu Ronaldu 2010-yilda «Armani» brendining reklama roligida birga suratga tushishadi. Ushbu uchrashuvdan sung, futbolchi va model urtasida sevgi va mukhabbat avj oladi. Naqd 5 yil davom etgan munosbatlarni birinchi bulib Irina tukhtatishga qaror qiladi.

Avvaliga Ronalduni onasining tugulgan kuniga tashrif buyurmagan Irina keyinroq «oltin tup»ni qulga kiritish marasomida ham ishtirok etmaydi. Bu voqeyalardan sung, Sheyk butun internetni Ronaldu haqidagi salbiy fikrlari bilan tuldirib tashlaydi, biroq Krish unga javob qaytarmaydi va vaziyat tinchib ketadi.

Lucia Villalon

Sheyk bilan munosbatlar yakunlanishi bilan ijtmoiy tarmoqlarda Ronaldu va Lusianing suratlari paydo bulishni boshladi. «Real Madrid» klubi jurnalisti sanaladigan Villalon va Krish urtasidagi munosabatlar qanchalar sir saqlanmasin, OAV tomonidan yoritib borildi. Shunday bulsada, munosabatlar uzoqqa bormadi va Ronaldu boshqa qizni sevib qoldi.

Jorjina Rodriges

Ronaldu va Jorjina 2016 yilda «Dolce & Gabbana» koleksiyasining taqdimot marosimida ilk bor uchrashishadi. Ronaldu bu paytda mashkhurlikning eng pik nuqtasiga kutarilgan bulsa, Jorjina juda qiyin ruhiy kholatda edi. Gap shundaki, futbolchi bilan tanishuvidan 6 yil oldin, uning onasi avtohalokatda vafot etgan bulsa, otasi chuqur tushkunlik holatidan chiqa olmagan inson edi. Madrid shakhriga hammasini boshidan boshlash uchun tashrif buyurgan Jorjinaning hayotiga Ronaldu kirib kelgach, barchasi uzgarib ketdi. «Armani» dukonida sotuvchi bulib ishlayotgan Jorjina hozir dunyoning eng kuzga kuringan modellaridan biri sanaladi. Hozirda juftlik bolalar tarbiyasi bilan shugullanmoqda.

Haqqimizda

Яна маълумот

badu

Verona futbolchisining singlisi otishmada halok buldi

Verona himoyachisi Emmanuel Agemang-Baduning oilasida fojia yuz berdi

100200300