Home / Jahon / Rossiyada safarbarlik-Armiyaga yana 300 ming kishi chaqiriladi.

Rossiyada safarbarlik-Armiyaga yana 300 ming kishi chaqiriladi.

 Zakhiradagilarga Rossiyadan chiqish taqiqlanishi mumkin. Bu vaqtda safarbarlik vaqtidagi jinoyatlar uchun jazoni kuchaytiruvchi qonun maqullandi. Urushga borishdan bosh tortganlar 10 yilgacha qamaladi.

Mikhail Grebenshikov / RBK / TASS

RF prezidenti Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik elon qildi. Rossiyaliklarga murojaatida Putin 21 sentyabrdan boshlab «faqat zakhiradagilar», birinchi navbatda, harbiy khizmat o’tagan, harbiy mutakhassislik va jangovar tajribaga ega bo’lgan fuqarolar safarbar etilishini malum qildi. Uning aytishicha, safarbarlik bo’yicha chaqirilgan rossiyaliklar shartnoma bo’yicha khizmat qilayotgan harbiy khizmatchilarga taalluqli bo’lgan «maqom, to’lovlar va barcha ijtimoiy kafolatlar»ni oladi.

Putin qisman safarbarlik to’g’risidagi farmonini imzolagan. Hujjatda chaqiruv faqat zakhiradagi harbiy khizmatchilarga taalluqli bo’lishi ko’rsatilmagan. Farmonda harbiy khizmatdan bo’shash uchun asoslar sanab o’tilgan: bu malum yoshdan o’tgan bo’lish, sog’liqdagi muammo va sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum bo’lganlik. SHuningdek, hujjatda harbiy sanoat majmuasi khodimlari uchun muddatli harbiy khizmat o’tash kechiktirilishi mumkinligi aytilgan. Farmonda bitta yopiq band bor — № 7. Kreml saytida elon qilingan hujjat matnida bu band oshkor etilmagan, huquqiy malumotlar portalida taqdim etilgan versiyada esa «mamuriy foydalanishi uchun» deb belgilangan. Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov bu band haqida malumot bera olmasligini aytib, bu chaqiriluvchilar soni bo’yicha ekanini qo’shimcha qila olishini takidladi.

«Agora» asoschisi Pavel Chikov farmonni tahlil qilgan holda, dastlab armiyada khizmat qilganlar va zakhirada qolish uchun shartnoma tuzganlar, keyin esa zakhirada bo’lgan barcha erkaklar chaqirilishini malum qildi. Uning so’zlariga ko’ra, RF mudofaa vazirligi Rossiyaning har bir hududi uchun safarbarlik kvotalarini shakllantirishi kerak va gubernatorlar buning ijrosi uchun masul bo’ladi.

RF mudofaa vaziri Sergey SHoygu qisman safarbarlik «zakhiradagi 300 ming kishini qamrab olishi»ni aytdi. «Rossiya-24» telekanaliga bergan intervyusida SHoygu Rossiyaning «ulkan safarbarlik resursi» mavjudligi — bu qariyb 25 million kishini tashkil etishini malum qildi. Uning so’zlariga ko’ra, qisman safarbarlik jami resurslarning  1,1 foiziga taalluqli bo’ladi. Uning qayd etishicha, talabalar va muddatli harbiy khizmatni o’tayotganlar safarbarlikka tortilmaydi. Vazirning so’zlariga ko’ra, qisman safarbarlik birinchi navbatda front chizig’i yaqinidagi hududlarni nazorat qilish uchun tashkillashtirilmoqda.

Davlat dumasining mudofaa masalalari bo’yicha qo’mitasi azosi, general-leytenant Andrey Gurulev «Interfaks»ga aytishicha, qisman safarbarlik 50 yoshgacha bo’lgan zakhiradagilarni qamrab olishi mumkin.

Aleksey Navalniy jamoasining yuridik bo’limi rahbari Vyacheslav Gimadi Vladimir Putinning farmoni bilan qisman emas, to’liq safarbarlik elon qilinganini aytadi. «Ular barchani chaqirish huquqiga ega, faqat sog’ligi va yoshi bo’yicha mutlaqo yaroqsiz bo’lganlar (askarlar uchun yosh chegarasi 50, kichik zobitlar uchun 60) bundan mustasno. Mudofaa vazirligi khohlaganidek», — degan Gimadi.

Davlat dumasining mudofaa masalalari bo’yicha qo’mitasi rahbari Andrey Kartapolovning malum qilishicha, birinchi navbatda quyidagilar safarbar qilinishi mumkin:

  • 35 yoshgacha bo’lgan askarlar, matroslar, serjantlar, starshinalar, praporshchiklar;
  • 50 yoshgacha bo’lgan ofiserlar;
  • 55 yoshgacha bo’lgan mayorlar, podpolkovniklar, 3-darajali kapitanlar va 2-darajali kapitanlar;
  • 60 yoshgacha bo’lgan polkovniklar, 1-darajali kapitanlar;
  • 65 yoshgacha bo’lgan yuqori lavozimli ofiserlar.

«Interfaks»ning yozishicha, Kartapolov RF mudofaa vazirligi birinchi bo’lib uchuvchisiz uchish apparatlari operatorlari, razvedkachilar va aloqachilarni chaqirishini takhmin qilgan. Uning so’zlariga ko’ra, agar mutakhassisligiga zarurat tug’ilsa, harbiy kafedra bitiruvchilari ham chaqirilishi mumkin.

Safarbar qilinganlar, katta ehtimol bilan hozirgi ish joyidan bo’shaydi. Bu mudofaa vazirligining ish beruvchilar armiyaga safarbarlik bo’yicha chaqirilgan khodimlar bilan shartnomani bekor qilishi zarurati haqidagi savolga javobidan kelib chiqadi.

«Ha, barchasi to’g’ri. Voenkomatdan povestka mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos bo’ladi. Prezident farmonining 2-bandiga binoan, fuqarolar harbiy khizmatga chaqirilganidan keyin RF qurolli kuchlarining shartnoma bo’yicha harbiy khizmatchilariga aylanadi», deya vazirlik izohini keltiradi «Ekha Moskva»ning sobiq bosh muharriri Aleksey Venediktov

Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo’yicha kengash masul kotibi Aleksandr Tochenovning aytishicha, qonunga ko’ra, khizmatga yaroqli bo’lmaganlarni chaqirish rejalashtirilmayapti. Kengashning yana bir azosi Kirill Kabanov qisman safarbarlik hisobda turganlik haqidagi guvohnomasi bor fuqarolarni ham qamrab olmaydi — ular faqat to’liq safarbarlik elon qilinganida chaqirilishi mumkin.

Chaqiruv qog’ozi olganidan keyin zakhiradagilarga Rossiyadan chiqish yo’li yopilishi mumkin. Andrey Kartapolov esa Vladimir Putinning farmoni zakhiradagilarning Rossiyadan chiqish huquqini to’g’ridan to’g’ri cheklamasligini aytadi. Kirill Kabanov RIA Novostiga bergan intervyusida aytishicha, bunday cheklov qisman safarbarlik doirasida povestka olganidan boshlab kuchga kirishi mumkin.

Harbiy hisobda turuvchi shakhslar uchun bunday cheklovlar «Rossiya Federasiyasida safarbarlik va safarbarlikka tayyorgarlik to’g’risida»gi federal qonunning 21-moddasida nazarda tutilgan, unga ko’ra, safarbarlik elon qilinganda, harbiy khizmatga chaqirilishi kerak bo’lgan fuqarolar safarbarlik to’g’risidagi khabarnomalarda ko’rsatilgan muddat ichida harbiy yig’ilish punktlariga kelishi va harbiy komissariatlar rukhsatisiz yashash joyini tark etmasligi shart. Lekin moddada qisman safarbarlik eslab o’tilmagan.

Dumaning mudofaa masalalari bo’yicha qo’mitasi raisi Andrey Kartapolov qisman safarbarlik doirasidagi odamlarga «Turkiyadagi kurortlarga yo’l olish»ni maslahat bermasligini aytgan. «Qrim va Krasnodar o’lkalaridagi kurortlarda dam oling», — degan u. Kartapolovning so’zlariga ko’ra, chaqiruv qog’ozi olgunicha odamlar mamlakat hududi bo’ylab harakatlanishi mumkin, «ammo yakhshisi bunday qilmagan maqul».

Qisman safarbarlik elon qilingach, Rossiya aholisi norozilik namoyishlariga chiqa boshladi. «Vesna» harakati «mogilizasiya»ga qarshi butun Rossiya bo’ylab norozilik aksiyasi o’tkazishga chaqirdi. Faollar Rossiya aholisidan 21 sentyabr kuni soat 19 da (Toshkent vaqti bilan 21:00) o’z shaharlari markazlariga yig’ilishni so’radi. Aleksey Navalniyning jamoasi ham rossiyaliklarni namoyish boshlashga chaqirgan va bunda o’z yordamlarini taklif etgan. «Agar siz katta ishlar bilan shug’ullanishga, jumladan voenkomatlarga o’t qo’yishga tayyor bo’lsangiz, biz buni qo’llab-quvvatlaymiz va qandaydir yordam berishga ham tayyormiz», — degan Navalniyning safdoshi Ivan Jdanov.

Rossiya fond bozorida qulash davom etmoqda – bu jarayon bir kun oldin, Rossiya Ukrainadagi bosib olingan hududlarni referendumlar orqali tarkibiga qo’shib olishi hamda Jinoyat kodeksiga harbiy holat davridagi jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi tuzatishlar kiritilishi haqidagi khabarlar ortidan boshlangandi. Savdolar ochilgach Moskva birjasi indeksi 2000 punktga maksimal darajada yaqinlashdi, ammo keyin pasayish sekinlashdi — soat 10:20 holatiga indeks 4,7 foizga, 2111 punktga qadar pasaydi. RTS indeksi 6,25 foizga, 1082 punktga qadar pasaydi. 20 sentyabr kuni Rossiya bozori 8,84 foizga qulagandi, bu bozor 33 foizga qulagan 24 fevral kunidan buyon eng jiddiy pasayish bo’lgandi.

Rossiyadagi safarbarlik masalasi bo’yicha izoh bergan Ukraina rasmiylaridan biri, prezident ofisi rahbari maslahatchisi Mikhail Podolyak «hayotda ajoyib yumor tuyg’usi borligi» haqida aytdi. Uning so’zlariga ko’ra, «uch kunlik urush»ning 210-kunida rossiyaliklar safarbarlik, chegaralar yopilishi, dezertirlik uchun ozodlikdan mahrum bo’lish, shuningdek mahbuslardan iborat makhsus otryadlarga ega bo’lishmoqda. «Barchasi reja bo’yicha ketmoqda, to’g’ri emasmi? Hayotda ajoyib hazil tuyg’usi bor», — degan Podolyak.

Safarbarlik elon qilinishi tufayli Rossiya aholisi boshqa mamlakatlarga ketish uchun chiptalar sotib ola boshlashdi. Khususan, «Verstka»ning etibor qaratishicha, Putinning murojaati arafasida 21 sentyabr kuni Istanbulga uchadigan barcha reyslar uchun barcha chiptalar sotib bo’lingan, Erevan bilan ham shunday holat kuzatilgan. «The Village Belarus»ning yozishicha, Prezidentning murojaatidan keyin rossiyaliklar faollik bilan Moskvadan Minskka chipta sotib olishga kirishdi. Bu vaqtda Latviya TIV rahbari Edgar Rinkevich khavfsizlik nuqtayi nazaridan Latviya RFning safarbarlikdan bo’yin tovlagan fuqarolari uchun gumanitar va boshqa turdagi vizalar bermasligini malum qildi.

Federasiya kengashi safarbarlik vaqtida va urush sharoitida harbiy khizmatga qarshi jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish, shuningdek, ikhtiyoriy taslim bo’lish va talonchilik uchun jinoiy jazo joriy etish to’g’risidagi qonunni maqulladi. 

Bu qonun qabul qilinishiga faqat bir senator, Sankt-Peterburgning sobiq meri Anatoliy Sobchakning bevasi, jurnalist Kseniya Sobchakning onasi hisoblangan Lyudmila Narusova qarshi chiqqan.

Qonun, shu jumladan, o’zi khizmat qilayotgan qismni o’zboshimchalik bilan tashlab ketish, buyruqqa rioya etmaslik va safarbarlik davridagi dezertirlik uchun ham jazoni qatiylashtiradi.

Harbiy harakatlarda ishtirok etishdan bosh tortganlik uchun qonunga ko’ra uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish nazarda tutilgan, agar bunday bosh tortish «og’ir oqibatlar»ga olib keladigan bo’lsa — muddat 10 yilgacha bo’ladi. Buyruqni bajarmaganlik uchun ham shunday muddat nazarda tutiilgan.

Qonun 20 sentyabr kuni, Rossiyada safarbarlik elon qilinishi arafasida shoshilinch tarzda qabul qilindi. Federasiya kengashi maqullagach, u Vladimir Putinga imzolash uchun yuboriladi.

Haqqimizda

Яна маълумот

kamchibek

Bishkekda “Kolya-Qirg’iz” – jinoyat boshlig’i Qamchibek Ko’lboev o’ldirildi

4-oktabr kuni Bishkekda “Kolya-Qirg’iz” makhsus operasiyasi chog’ida qirg’izistonlik eng mashhur qonun o’g’rilaridan biri Qamchibek Ko’lboyev …

100200300