Home / Siyosat / Shuhrat Ganiev ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlardan khulosa chiqardi — hokimiyat

Shuhrat Ganiev ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlardan khulosa chiqardi — hokimiyat

Fargona viloyati hokimiyati matbuot khizmati dushanba kuni elon qilgan bayonotda viloyat hokimi Shuhrat Ganievning erkaklarning soqol quyishi va ayollarning rumol urashi haqidagi suzlariga qarshi khorijiy OAV va ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan fikr va izohlarni urganib, tegishli khulosalar chiqargani malum qilindi. Avvalroq BBC va «Ozodlik»da hokimning u qatnashgan yigilishlarda rumol urab olgan ayolga kuzi tushsa uning rumolini usha tuman hokimining ogziga tiqib quyish bilan tahdid qilgani aks etgan audioyozuv elon qilindi.


Hokimiyat akhborot khizmati audioning «ishchi yigilish»da yozib olinganini tasdiqlab, notiqning suzlaridan uzgacha mano izlab, buzib talqin qilish hollari ruy berayotganini takidlaydi.

Shuhrat Ganievning suzlari jamoatchilikning qizgin muhokamalariga sabab buldi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari va blogerlar onalari hamda buvilarining rumol urashini takidlab, bu kabi suzlarga toqat qila olmasliklarini bayon etishmoqda. Ular hokimning zudlik bilan istefoga chiqishini ham talab qilishmoqda.

Oliy Majlis Senati rahbari Tanzila Norboeva dushanba kuni Facebook`da Shuhrat Ganievning khatti-harakatlari keng omma orasida salbiy etirozlarga sabab bulayotgani munosabati bilan bugun Oliy Majlis Senatining Reglament va odob komissiyasi yigilishi utkazilishini malum qildi.

Hokim nima degan edi

Utkazilgan sanasi nomalum bulgan yigilishning asosiy mavzusi diniy tashviqot va maktab talimi bulgan. YOzuv erkaklarning soqol quyishi masalasini muhokama qilish bilan boshlanadi. Shuningdek, avvalroq qabul qilingan qaror (nomi aniq emas) ijrosi tugrisida ham gapiriladi.

«Qaror ijrosi yuzasidan utkazilayotgan tadbirlar davomida 1249 nafar fuqarolarning beukhshov soqol quyish holatlari aniqlandi. Qarordan tugri khulosa chiqarildi. Quqon, Fargona, Margilon shaharlarida, Fargona, Buvayda tumanlarida beukhshov soqol quyish holatlari keng avj olgan. Viloyat hokimi khotin-qizlar orasida kiyinish, rumol, hijob madaniyatiga rioya etmayotgan jami 851 nafar khotin qizlar aniqlangan. Ularda tushuntirish ishlari olib borilib, 300 tasining tashqi qiyofasi va kiyinish madaniyatini uzgartirishga erishildi», — deydi hokim.

Sungra Shuhrat Ganiev tuman hokimlariga tahdid qilishga utadi: «Hurmatli hokimlar, eshitib olinglar. Birortang majlis qilsang, man borsam usha kiyimda utirgan ayol kishini kursam. Mahalla raisimi u, uqituvchimi u, jamoatchimi u, deputatmi u usha rumolini olib ogzingga tiqib quyaman!».

Viloyat mamuriyati rahbari ayollar bunday kiyimlarni qaerdan olayotganini suraydi. Javob tariqasida ayol kishining «Bozorlardan», degan javobi eshitiladi.

«Qaerdan olib kelyapti usha kiyimni. Savdoda sotayotgan bulsa, nimaga usha savdoda sotayotganni Uzbekiston Respublikasi konstitusiyasi bilan kiyinish libosiga qonunni buzgan, deb menga ruykhatini olib kelib bering», — deydi u.

Shuhrat Ganiev ijtimoiy tarmoqlarga kiruvchilarning taqdiri qanday bulishi mumkinligidan ogohlantiradi.

«Oldin Feysbukka kiradi, Feysbukdan keyin „Tabligi jamoat“ deganiga utadi. „Tabligi jamoat“ degani, jamoat bulib yashash deydi. Erkak erkak bilan yashaydi. Uning hech qanaqangi Islomga, muqaddas dinimizga aloqasi yuq uning. Ular gazandalar. Undan keyin anunga utadi, „Jabhat an Nusratiya“ degani bor, padaringga lanat», — deydi u.

Shuhrat Ganiev bir necha kun oldin Margilondagi shifokhonalarning birida oq yaktak-ishton va oq duppi kiyib olgan bemorni qanday qilib quvib solganini aytib bergan yigilganlarga.

Viloyat hokimi Quva tumanida qushma korkhona ochgan turkiyalik sarmoyadorga soqolini olish haqida gapirganini ham aytib utgan.

«Men aytdim, yakhshi qushma korkhona ochibsizlar, rahmat. Lekin bunaqa soqolni quyib olmanglar. Chet ellik mehmon, lekin bu shu erda faoliyat yuritib tirikchilik qiladigan bulsa, Uzbekiston qonunlariga buysinishga majbur buladi va soqolini olamiz biz. Turkiya Respublikasi fuqarosini. Shunday dedimmi?» — deydi u Quva tumani hokimiga

Quva tumani hokimi viloyat hokimining gapini tasdiqlab, undan sung uzlari yana gaplashib olganini takidlaydi.

Viloyat hokimi ikki kun oldin Margilon shahrida «Ipakchi» bozorida avtoturorgohni boshqarayotgan tadbirkorning soqolini qanday oldirganini gapirgan.

«Katta avtostoyankani bittasi boshqaryapti. Soqolni quyib olgan. Boshiga shialarning duppisini kiyib olgan. Avtostoyankada turibdi. Shaharni hokimini chaqirdim. Gapir nima bulganini», — deydi Shuhrat Ganiev.

Shunda Margilon shahar hokimi turib soqolli erkakka tushuntirib, soqolini olishgani haqida hisobot beradi.

«Usha „Ipakchi“ bozori rahbarini almashtirishing kerak edi usha kuni. Nimaga olmading. Olib tashlang uni bozordan. Padariga lanatni uzini olib kirib tiqib tashlang», — deydi Shuhrat Ganiev.

Hokim Fargona viloyat hududidagi bozor-savdo komplekslarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning, taksi haydovchilarning tashqi qiyofasi, hududdagi tashqi reklama bannerlariga hudud mutasaddilari, hokimlar etarli darajada etibor qaratmayotganini takidladi.

«Masalan, transport boshqarmasi, yul tashkiloti uyushmalari, Fargonagaztaminot, Madaniyat boshqarmasi, Er-mulk kadastr khizmati, Quqon Pedagogika instituti. Tibbiyot akademiyasi Fargona filiali, Fargona shahar tomonidan ichki tartib qoidalar ishlab chiqilmagan».

Viloyat hokimi kunlik malumotlarga asosan Rishton tumani Buston qishlogining «Baraka» bozorida diniy adabiyotlar bilan shugullanayotgan savdo shohobchalarining mavjudligi aniqlanganini aytgan. Unga kura, tadbir davomida rukhsat etilmagan, makhsus gologrammasiz diniy adabiyotlar savdosi bilan shugullanayotgan 3 nafar shakhslar aniqlanib, ulardan 190 dona davlat tuntarishi qiladigan kitoblar musodara qilindi.

«Rishtondagi nomardlar, shunaqa kitoblar tarqatasan urugingga ut tushib ketsin sen Rishtondagi… Urugingga ut tushib ketadi sen nomardlarni. Qani tur, hov Rishtonning hokimi?», -deya tuman hokimiga dakki bergan Ganiev. U Mahalla raisi hammasini ishdan olib tashlashni va ularni 5 sutkaga qamashni buyurgan.

«Ichki ishlar va sudyalarni ham chaqirib, hurmatli hokim. Mahalla fuqarolar raisini ham besh sutkaga jarima qilib qamaysizlar. Bunaqa mahalla raisi ham kerakmas, posponi ham kerakmas. Rishtonning khotin-qizlar qumitasini ishdan olib tashlanglar». U prokurorga kitob sotishda ayblanayotgan 3 nafar ayolning hammasidan tushuntirish khati olib, jarima solishni aytgan.

Bundan tashqari, hokimga jurnalist ayolning Uzbekistonga tashrif buyurgan BMTning inson huquqlari buyicha eksperti Diego Garsiya-Sayanni kutib olish uchun aeroportga rumol va rangli kuylakda chiqqani yoqmagan.

Viloyat hokimi tashqi reklamalarda unga yoqmagan jihatlarni ham sanab utgan. U nafaqat rumolli, soqolli, balki shimlari yirtilgan reklamalarni ham tanqid qilgan.

«Zamonaviy kiyimlarni reklama qilishga muljallangan reklama bannerlari va plakatlarda milliy qadriyatlarimizga khos bulmagan tashqi kurinishda, soqol bilan, hijobda turli joylari yirtilgan yoki yamoq solingan. YO buyniga allambalo temirlar taqqan shakhslar aks ettirilgan reklamalar ketyapti».

U viloyatdagi tashqi reklama bilan shugullanadigan uch firmagan 300 milliondan sumdan jarima solish topshirigini bergan.

«Hozir uchchovini chaqirasan-da, tushuntirish khati olib, uchchala tashkilot har biri 300 milliondan 900 million sum jarima solasan. Qonuniy jarima solasan», deydi viloyat hokimi. U masul shakhsga bozorlardagi tadbirkor, dukondor — hammadan tilkhat olishni buyurgan.

«Uzbekiston Respublikasi Konstitusiyasida belgilab quyilgan: yurish, turish, kiyinish, ovqatlanish, yashash, oila qurish, farzand kurish, farzand tarbiyalash, hayot kechirish tadbirlar utkizish qonunlar bor. Usha qonunlardan chiqmaslik kerak. Tamom», — deydi hokim.

U bu kabi odamlarni olib kirib qamashni tavsiya qiladi.

«Olib kirib qamash kerak bularni. YO bozorga sartarosh olib borib bittadan yurib sochini olib, soqolini olib boshiga Uzbekiston Respublikasi milliy qadriyatlariga mos bulgan qalampir nuskha duppiini kiygizib quyaylikmi? Nimaga hech kim indamaydi?», deya utirganlarga yuzlanadi u.

Viloyat hokimi chaqaloqqa «tugri» ism quymayotgan ota-onalarni ham tilga olgan. Ularning orasida Messi va Ronaldular ham bor. «Chaqaloqlarga buyuk ajdolarimiz ismlarini quyish urniga, bolalarga, yangi tugilgan gudaklarga boshqa millat vakillarining, terroristik tashkilot rahbarlarining ismini quyish holatlari — bu fakt. Usoma degan ot quygan. Mujohid degan ot quygan. Foruq degan ot quygan. Messi degan ot quygan, Ronaldu degan ot quygan».

Tugilganlik tugrisida guvohnoma beradigan tashkilotlardan bu ismlarni usha vaqti uzgartirish talabini quydi hokim.

Undan keyin viloyat mamuriyati rahbari yoshlarning soch turmaklariga etibor qaratadi: «Sartaroshkhonadan chiqyapti bolalar, Sochi butunlay boshqacha qilingan. Uzbek odamning, mumin-musulmon odamning sochi emas. Boladan surayapmiz mana. Kimning sochi bu? Bu Rossiyada, Sankt Peterburgda shunaqa soch quyishadi, deydi». Hokim uzi kurgan soch turmagining Gollandiyadagi geylarga oid ekanligini tushuntirib bergan.

«Vaholanki, u sochning pricheskasi besoqolbozlar quyadigan Gollandiyadagi pricheska. Agar boshida, urtasida soch qolib ayollarnikiga ukhshab turmaklanmagan bulsa, uralmagan bulsa, u erkagi buladi. Agar erkak kishi bulsa, sochini turmaklab olsa u ayol hisoblanadi. Padaringga lanat.»

Hokim uz urnida sobiq Ittifoqni ham eslab utgan. Takidlashicha, u vaqtda oddiy holatlar uchun ham odamlar tergovga jalb qilingan.

«Davlat idorasida ishlab turib Juma namozi, hayit namoziga borganlar tergovga jalb qilinib, jinoiy javobgarlikka tortilgan. Hozir bizning viloyatimizda 198 ta masjid faoliyat yuritayotgan bulsa, unda Fargona viloyatida bor yugi 6 ta masjid faoliyat yuritgan. Bu nima — tuqlikka shukhlikmi?», deydi u.

Shuhrat Ganiev avval ham nomaqbul suzlari uchun tanqidlarga duch kelgan edi. Utgan yilning boshida Qozogistondagi avtobus yonginida bir necha qurbonlar bergan Toshloq tumani aholisini haqoratlab, Fargona viloyatini sharmanda qilganlikda ayblagan edi.

Utgan hafta Quqon (Fargona viloyati) hokimiyatida esa rumol uraydigan uquvchilar ruykhati tuzilgani tasdiqlangan edi. Bunda shahar mamuriyati bunda hech qanday yomon narsaning yuq ekani, ruykhat taqiqlangan tashkilotlar tashviqotidan uquvchilarni saqlash uchun tuzilganini malum qildi.

Avgust oyi okhirida Toshkentdagi «Malika» savdo majmuasida huquqni muhofaza qilish organlari khodimlari reyd utkazib, unlab erkaklar IIBga olib ketilgan, u erda ularning soqollari majburan qirdirilgan edi. Poytakh IIBB buni ayrim fuqarolarga qiyofasini biometrik pasportdagi fotosuratlarga mos holga keltirish tavsiya etilgani bilan izohladi.

Haqqimizda

Яна маълумот

7d199b1f-3655-4ef5-b37c-ccb77853968f

Bahrom Hamroevni 14 yilga Rossiyaga qamaldi

Moskva ikkinchi G’arbiy okrug harbiy sudi asli o’zbekistonlik bo’lgan va muhojirlar huquqlari himoyachisi Bahrom Hamroevni …

100200300