Home / Madaniyat / Suvchechak – kasalligi va uni davolash

Suvchechak – kasalligi va uni davolash

vetryanka-fotoSuvchechak bir qator virusli infektsiyalarning umumiy nomi. Butun tana buylab qizil toshmalar va donachalar paydo bulishi bilan namoyon buladi.

Juda kamdan-kam hollarda suvchechak takroran kuzatilishi mumkin, odatda insonlar hayoti davomida bu kasallik bilan bir marta kasallanishadi. 1990-yillarning urtalariga borib kasallikka qarshi vaksina kashf etilganligi sababli kasallanish soni keskin kamaydi.

Suvchechak – 3-tur gerpes virusi keltirib chiqaradigan kasallik hisoblanadi.

Suvchechak — 3-tur gerpes virusi keltirib chiqaradigan kasallik hisoblanadi.

Chinchechak (tabiiy chechak) ulimga sabab buluvchi havfli kasallik hisoblanib, karantin talab qiluvchi infektsiyalar qatoriga kiradi. Belgilari: umumiy intoksikatsiya, yuqori tana harorati, teri va shilliq qavatlardagi suvli toshmalar, toshmalar uzidan keyin chuqur chandiq qoldiradi.

Suvchechak belgilari va simptomlari qanday?

Toshma kattaligi 2-4 mm bolgan qizil donachalardan iborat, donachalar bir necha soatdan keyin papulaga aylanadi, keyin esa vezikulaga. 1-3 kun utgach, vezikulalar yuzaki qobiq (yara, chaqa) qoldirib quriydi. Shu bilan birga, shilliq qavatda asta-sekin enantema — sargish-kulrang yuzaki qobiq hosil buladi.

Infeksiya toshma va boshqa alomatlar boshlanishidan takhminan 7-21 kun oldin tanaga tushgan buladi. Odam teriga toshma toshishi boshlanguniga qadar 48 soatgacha boshqalarga kasallik yuqtiruvchi bulib qoladi.

Toshma toshishidan boshqa simptomlar bir necha kun davom etib, quyidagilarni uz ichiga oladi:

-Isitma;
-Bosh ogrigi;
-Ishtaha yuqolishi.
Bemorda bu alomatlar kuzatilganidan bir yoki ikki kun utgach, klassik toshma rivojlanishi boshlanadi. Odam sogayishdan oldin kasallikning uch bosqichdan utadi. Bularga quyidagilar kiradi:

Qizil va pushti donachalar butun tanada rivojlanadi;
Donachalar suyuqlik bilan tulgan pufakchalarga aylanadi;
Pufakchalar qattiqlashib, yuzaki qobiq paydo buladi.
Tanadagi toshmalar bir vaqtning uzida yuqolmaydi. Yangi vazikulalar doimo virus faoliyati davomida paydo bulaveradi. Pufakchalar juda qichiyishi mumkin, ayniqsa, chaqa(yara) hosil bulishidan oldin. Donachalar butunlay yuqlishi uchun 7-14 kun vaqt ketadi.

Suvchechakka nima sabab buladi?

Varikella-zoster virusi (VZV) yoki suvchechak virusi suvchechakni hosil qiladi. Aksariyat hollarda virus bilan zararlanish kasallangan kishi bilan aloqa qilish davomida yuzaga keladi. VZV barcha donachalar yuqolgunigacha yuqumli bulib qoladi. Virus quyidagi yullar bilan tarqalishi mumkin:

-Sulak;
-Yutal;
-Aksa urish;
Pufakchalardagi suyuqlik bilan aloq qilish.
Suvchechak havo-tomchil yuli bilan tarqaladi. Kasallik asosan 6 oylikdan 7 yoshgacha bulgan bolalarga tasir kursatadi. Bundan tashqari, homilador ayollar kasal bulsa, homila ham suvchechak bilan kasallanishi mumkin, bu tugma nuqsonlarga olib kelishi mumkin, masalan badbasharalik. Kasallik shifo topgandan sung organizmda barqaror immunitet hosil buladi. Suvchechakning inkubatsion davri 11-21 kun davom etadi.

Suvchechak bilan kim kasallanishi mumkin?

Infektsiyaga qarshi immumitet yoki emlash suvchechakning tasir qilish khavfini kamaytiradi. Virusga qarshi immunitet onadan chaqaloqqa utishi mumkin. Immunitet tugilishdan boshlab uch oy davom etadi.

Avvalo virusga avval duchor bulmagan har bir kishi suvchechak bilan kasallanishi mumkin. Quyidagi sharoitlarda kasallanish khavfi ortadi:

Kasal odam bilan aloqa qilish;

12 yoshgacha bulgan bolalar;
Bolalar bilan yashaydigan, suvchechak bilan kasallanmagan kattalar;
Maktabda yoki bolalar muassasasida vaqt utkazgan shakhs;
Agar immunitet tizimi kasallik yoki dorilar tufayli buzilgan bulsa.
Suchechakga qanday tashkhis quyiladi?
Agar teri ustida notanish donachalar rivojlansa va ayniqsa, toshmalar shamollash (URVI) yoki gripp belgilari bilan birga bulsa, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish kerak. Agar siz homilador bulsangiz va suvchechak bilan kasallangan bulsangiz darhol shifokoringizga khabar bering.

Shifokor teridagi donachalar va jismoniy tekshiruv asosida suvchechakni tashkhislashi mumkin. Laboratoriya tekshiruvlari donachalarning aniq sababini tasdiqlaydi.

Suvchechak asoratlari qanday bulishi mumkin?

Quyidagi hollarda shifokoringizga qungiroq qiling:

Donachalar kuzlar atrofida tarqalsa;
Donachalar qizargan bulsa va yiring mavjud bulsa (ikkilamchi bakterial infektsiyaning belgilari);
Suvchechak bilan birga bosh aylanishi yoki nafas qisilishi kuzatilsa.
Asoratlar odatda quyidagi toifa kishilarga tasir qiladi:

-Bolalar;
-Keksa odamlar;
-Immun tizimi zaif bulgan odamlar;
-Homilador ayollar.
Bu toifadagi insonlarda pnevmoniya, shuningdek terining, bugimlarning yoki suyaklarning bakterial infektsiyalari ham rivojlanishi mumkin. Homiladorlik davrida suvchechak bilan kasallangan ayollarda tugma nuqsonli bolalar tugilishi mumkin, jumladan:

-Buyning past bulishi;
-Kichkina bosh ulchami;
-Kuz bilan muammolar;
-Cheklangan intellektual salohiyat.

Suvchechak qanday davolanadi?

Bugungi kunda suvchechakga qarshi emlash bor. Suvchechakni davolash uyda amalga oshiriladi, asosan kuproq dam olish kerak. Shifokorning resepti buyicha asoratlarni kamaytirish va kasallikning oldini olish uchun interferon yordam beradi. Dorivor usimliklardan preparatlar ham ishlatiladi. Himoyalash uchun va ikkilamchi yiringli infektsiyani davolash uchun antibiotiklar belgilanadi.

Suvchechak tashkhisi quyilgan odamlarning kupchiligi virusning faolligida simptomlarni nazorat qilishlari kerak. Ota-onalarga bolalarini maktabga yubormasligi tavsiya etiladi. Shuningdek virus tarqalishini oldini olish uchun bolani tugri parvarish qilish kerak. Infektsiyalangan kattalar ham uyda qolishlari kerak.

Shifokor qichishishni bartaraf etish uchun antigistaminlar yoki malhamlarni buyurishi mumkin. Bundan tashqari, terining qichimasini yumshatish uchun:

Issiq vannalar qabul qilish;
Engil va yumshoq kiyimlarni kiyib olish kerak.
Virusdan asoratlar yoki ikkilamchi kasalliklar rivojlanish khavfi mavjud bulsa, shifokor antivirus preparatlarni buyurishi mumkin. Ushbu antivirus preparatlar suvchechakni davolamaydi, ular virus faoliyatini sekinlashtiradi. Bu inson immunitet tizimini tezroq qayta tiklanishiga imkon beradi.

Oqibatlar

Organizm kupincha suvchechakni uzi davolashi mumkin. Odamlar odatda diagnostikadan bir-ikki hafta utgach, odatdagi faoliyatga qaytishadi. Suvchechak shifo topganidan sung, kupchilik odamlar virusga qarshi immunitetga ega buladilar. Bu virus qayta rivojlanmaydi, chunki virus odatda soglom odam tanasida faol emas. Kamdan kam hollarda kasallik qaytalanishi mumkin.

Suvchechakni qanday qilib oldini olishi mumkin?

Suvchechakka qarshi vaksinaning ikki tavsiya etilgan dozani olgan odamlarning 98 foizida kasallikning oldi olinadi. 12-15 oyligida bolani emlash kerak. Bolalarni 4 yoshdan 6 yoshgacha bulgan davrida yana bir bor emlashadi.

Haqqimizda

Яна маълумот

NEW YORK - JANUARY 19:  Donald Trump and pianist Lola Astanova pose backstage Lola's performance of "A Tribute to Horowitz" presented by the American Cancer Society at Carnegie Hall on January 19, 2012 in New York City.  (Photo by Matthew Peyton/Getty Images)

O’zbekistonda Yulduzdan yakhshiroq sanatkor bormi?

O’zbekistonda Yulduz Usmonovdan yakhshiroq sanatkor, khonanda yoki sozanda bormi? Ha, bir qiz borki, bu yil …

100200300