Home / Madaniyat / Taroveh namozi

Taroveh namozi

yunusobod_oqtepa4Arab tilidagi “taroveh” suzi lugatda “dam olish; rohatlanish” manolarini bildiradi. Ramazon oyida ado etiladigan yigirma rakatli namozning har turt rakatini uqigach bir oz dam olingani uchun shunday nom berilgan. Uning vaqti ramazon oyida khufton namozidan keyin kirib, to bomdod vaqti kirgunicha davom etadi. Vitrdan oldin ham, keyin ham uqish durust buladi, lekin afzali – tarovehni vitrdan oldin uqish.
Taroveh namozi takidlangan sunnatlardandir. Jamoat bulib uqish esa mahalla kishilari uchun kifoya sunnat hisoblanadi. Yani, ayrimlar jamoat bulib tarovehni uqishsa, qolganlardan jamoat bulib uqish sunnati soqit buladi. Ammo bir mahallada hech kim jamoat bulmasa, shu mahalladagi hamma odam sunnatni tark qilgan hisoblanadi.
Imom Bukhoriy va Muslimlar rivoyat qilgan hadisi sharifda kelishicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam ramazon oyidagi kechalardan birining yarmida masjidga chiqdilar. Shu chiqishlari uch marta buldi. Ramazonning uchinchi, beshinchi va yigirma ettinchi kechalari masjidda namoz uqidilar. Boshqalar ham u erda namoz uqishdi. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam ular bilan sakkiz rakat namoz uqidilar, odamlar esa qolganini uylarida ado qilishdi. Ularning uylaridan khurmo darakhtining shitirlashi kabi ovozlar kelar edi.
Ushbu hadisdan malum buladiki, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam taroveh namozini va uni jamoat bulib uqishni sahobalarga sunnat qilib qoldirdilar. Lekin ular bilan yigirma rakat uqimadilar. Vaholanki, hazrati Umar davrlaridan hozirga qadar taroveh yigirma rakat uqib kelinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har gal masjidga chiqib tarovehni uqiganlarida, odamlar masjidda kupayaverdi. Uchinchi bor chiqqanlarida masjidga odam sigmasdi. Shundan sung ummatga tarovehning farz bulib qolishidan qurqib chiqmadilar. Boshqa bir rivoyatlarda shu khususda hadislar kelgan. Yana hadisi sharifdan shu narsa malum buladiki, taroveh namozi Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam masjidda sahobalarga uqib bergan rakatning uzigina emas ekan, balki hadisi sharif iborasiga kura, «Ular qolganini uylarida ado qilardilar». Hazrati Umar roziyallohu anhu uzlarining khalifalik davrlarida odamlarning ramazon kechalarida masjidga tuplab, tarovehni yigirma rakat jamoat bilan uqishni joriy qildilar. Sahobalardan biror kishi bu ishga qarshi chiqmadi. Hatto hazrati Umardan keyingi hazrati Usmon va hazrati Aliydek khulofoi roshidinlar martabasidagi zotlar ham bu amalni tukhtatishmadi. Vaholanki, bu uluglar dindagi bidat amallarning ruparasida hargiz sabr qilib tamoshabin bulib turishmagan, balki u bidat bulsa, uz urnida tukhtatardilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadisi shariflarida shunday marhamat qilgandilar: «Uzinglarga mening sunnatimni hamda roshid va mahdiy bulgan (yani, hidoyat, tugri yuldan yuruvchi) khalifalarimning sunnatini lozim tutinglar, buni aql tishlaring bilan mahkam tishlab olinglar». (Abu Dovud rivoyati).
Abu Hanifaning shogirdlaridan bulgan Abu Yusuf ustozidan: “Nima uchun Umar roziyallohu anhu bu ishni qilgan?” deb suradi. Abu Hanifa: “Taroveh sunnati muakkadalardandir. Umar roziyallohu anhu bu ishni uzidan uylab chiqib joriy qilgani yuq. U hargiz bidatchilardan bulmagan. U musulmonlarni nimaga buyurgan bulsa, uzi bilgan dindagi asl narsaga, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida bor bulgan amalga buyurgan”, deb javob berdilar.
Taroveh namozi vitrdan tashqari yigirma rakat hisoblanadi. Uning vaqti khufton namozidan keyin kirib, to bomdod vaqti kirguncha davom etadi. Vitrdan oldin ham, keyin ham uqish durust buladi. Lekin afzali tarovehni vitrdan oldin uqishdir. Taroveh ikki rakatdan uqiladi, har turt rakat uqilgach, bir oz istirohat uchun utirish maquldir. Sahobai kiromlar ham khuddi shunday qilishardi. Taroveh (istirohat) namozi, deb nomlanishining ham asl sababi shudir. Chunki taroveh rohatlanish manosidadir. Namozkhon shu utirishda zikru tasbehga mashgul buladi yoki sukut saqlaydi.
(Bizning diyorlarda ushbu urinda quyidagi kabi tasbehlar uqish odat bulgan:

سُبْحانَ ذِي الْمُلْكِ وَالْمَلَكوُتِ سُبْحانَ ذِي الْعْزَّةِ وَالعَظَمَةِ وَالْقُدْرَةِ وَالْكِبْرِياءِ وَالْجَبَرُوتِ سُبْحانَ الْمَلِكِ الْحَيِّ الَّذِي لا يَمُوتُ سُبُّوحٌ قُدُّوسٌ رَّبُّنا وَرَبُّ الْمَلَائِكَةِ وَالرُّوحِ لا إلَهَ إلّا اللهُ نَسْتَغْفِرُ اللهَ نَسْئَلُكَ الْجَنَّةَ وَ نَعُوذُ بِكَ مِنَ النَّارِ

“Subhana zil mulki val malakuti, subhana zil izzati va azomati val qudroti val kibriyai val jabaruti, subhanal malikil hayyil laziy la yamutu, subbuhun quddusur Robbuna va Robbul malaikati var ruhi, la ilaha illalohu nastagfirulloh, va nasalukal jannata va nauzu bika minan nar”).
Taroveh namozlarida Quroni Karimni bir bora khatm qilib chiqish ham ramazon oyining sunnat amallaridandir.
Afzali imom jamoatning holiga rioya qilib qiroatni bir oz tezlatadi, lekin shart shuki, tezlik namozni buzadigan yoki namozkhonlar anglay olmay qoladigan darajada bulmasin. Taroveh namozlarida Quroni Karimni khatm qilishdan qavm malollansa, imom ularning malollanishini etiborga olmaydi, balki sunnatni ado qiladi. Fotihadan keyingi zam surani uzun oyatdan bir oyat, qisqa oyatdan uch oyat miqdoridan kam uqib quyish haromga yaqin makruhlardan hisoblanadi. Chunki bunda vojibni tark qilish bor.
Tarovehning har ikki rakati mustaqil namoz bulib, ularga alohida niyat qilinadi, takbiri tahrimadan sung esa sano va «Auzu…», «Bismillah…»lar uqiladi. Qadada tashahhudga qushimcha salovot va duolarni ham qushadi va hokazo. Taroveh namozlarini qiyomga qodir bulaturib utirib uqish ham durustdir. Ammo qiyomda turib uqisa, utirib uqigandan kura afzalroq buladi. Imomga ergashuvchi utirgan holida ham iqtido qilsa durust, ammo qiyomga qodir bulaturib, to imom rukuga borguncha qiyomni kechiktirish makruh hisoblanadi. Chunki bunda ibodatga dangasalik qilgani zohir buladi. Taroveh namozining masjidda ado qilinishi maquldir. Zero, shariatga kura, jamoat bulib ado qilinadigan ibodatlarning afzalrogi masjidda bulganidir.
Taroveh namozining vaqti chiqib ketsa, qazosi uqilmaydi. Chunki qazo farz va vojib amallargagina khoslangandir. Mabodo, biror kishi tarovehning qazosini uqisa ham, u mutlaq nafl namozlar jumlasiga kirib ketadi, baribir tarovehning urniga utmaydi. Taroveh namozi ruzaning sunnatlaridan emas, balki ramazon oyidagi sunnatlardan hisoblanadi. Shu sababli taroveh namozini uqish musofir uchun, ruza tutmagan uzrli kasal uchun ham sunnat buladi. Malumki, bu kishilarga ruza tutish shart emas edi. Shu bilan birga hayz va nifos kurayotgan ayollar ham agar kunning okhirida pok bulishsa, tarovehni uqishlari sunnat hisoblanadi.

Haqqimizda

Яна маълумот

NEW YORK - JANUARY 19:  Donald Trump and pianist Lola Astanova pose backstage Lola's performance of "A Tribute to Horowitz" presented by the American Cancer Society at Carnegie Hall on January 19, 2012 in New York City.  (Photo by Matthew Peyton/Getty Images)

O’zbekistonda Yulduzdan yakhshiroq sanatkor bormi?

O’zbekistonda Yulduz Usmonovdan yakhshiroq sanatkor, khonanda yoki sozanda bormi? Ha, bir qiz borki, bu yil …

100200300