Home / Siyosat / Ukraina bayrog’i olib tashlandi Toshkentga

Ukraina bayrog’i olib tashlandi Toshkentga

Mirzo Ulug’bek tumanidagi Yangi Moskva turar joy kompleksida, 8-qavatdagi uylardan birining balkonida turgan Ukraina bayrog’i makhsus vositalarni jalb qilgan holda olib tashlandi. Bu paytda uyda bo’lmagan khonadon egasining aytishicha, voqeadan oldin unga IIB khodimi qo’ng’iroq qilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Internetda tarqalgan suratlarda bayroqni olib tashlash uchun o’t o’chirish mashinasining narvonidan foydalanilganini ko’rish mumkin.

Khonadon egasi Rejep Latipovning BBK o’zbek khizmatiga aytishicha, voqea 24 may kuni soat 18:00 atrofida ro’y bergan. U o’sha paytda uyda hech kim bo’lmagani, o’zi turmush o’rtog’i bilan Turkiyada ekanini bildirgan.

Latipovga ko’ra, bayroq olib tashlanishidan 3 soatcha avval o’zini Mirzo Ulug’bek tumani IIB khodimi deb tanishtirgan shakhsdan qo’ng’iroq bo’lgan.

“Adashmasam, o’zini jinoyat-qidiruv bo’limidan Murod deb tanishtirdi. SHu uy menga tegishli ekani haqida so’radi. Yana o’zingiz yo rafiqangiz Ukraina fuqarosi emasmi, degan savol berdi. Men yo’q, dedim. Keyin nega balkonimda Ukraina bayrog’i turgani sababini surishtirdi”, – deydi khonadon egasi.

Uning takidlashicha, ichki ishlar khodimi bilan suhbatda bayroq o’ziga tegishli khonadonning balkoni ichida, yani o’z shakhsiy mulki hududida turganini aytgan.

“U o’zimning, rafiqamning tug’ilgan yiliga oid bir necha shakhsiy savollardan so’ng bayroq olib tashlanishini takidladi. Men hech bo’lmasa, Telegram orqali nega bayroq olib tashlanishi haqida yozma izoh berishlarini so’radim, asossiz olib tashlay olmasliklarini aytdim. Khodim kelsangiz tushuntiramiz, bizda olib tashlashga topshiriq bor, dedi”, – deya o’zaro suhbat tafsilotlarini keltirgan Rejep Latipov.

51 yashar fuqaro bayroq haqida ichki ishlarga kim va nima sababdan khabar bergani o’zi uchun qorong’i ekanini qo’shimcha qiladi.

“Ochig’i, bayroqni aynan kim olib tashlaganini bilmayman. Bilganim – bu qo’shnilar yuborgan khabar, suratlar, videolar. Ular milisiyaga bayroq o’tgan yildan beri o’sha joyda turgani, o’zlari tomonidan biror qarshilik yoki savollar bo’lmaganini aytishibdi”.

Uy egasining aytishicha, u Ukrainaning Chernovsi shahrida tug’ilgan, ammo doimiy O’zbekistonda yashab, ishlab keladi.

“Bayroqni Kievdagi do’stlarim sovg’a qilishgan. Ularga qo’llovimni ko’rsatish uchun ham bayroqni uyimda saqlaganman. Qayta-qayta takrorlashim lozim, bayroq shunchaki balkonda turgan edi, ko’chaga chiqarib ilib qo’yilmagandi.

U o’tgan yilning mart oyidan beri bir joyda turardi. SHu paytgacha TSChJ yoki boshqa joydan biror savol bo’lmagandi.

Pandemiya va urushga qadar Ukrainada ko’p bo’lganman. Ukrain tilini bilmasam-da, odamlar bilan muloqotda biror muammoga uchramaganman. Rossiyada ham do’stlarim ko’p. Menda Rossiya fuqarolariga nisbatan hech qanday adovat, nafrat mavjud emas. Men faqat urush va u keltirayotgan kulfatdan nafratlanaman.

Mening pozisiyam aniq – men urushga qarshiman va bu urushda Ukrainani qo’llayman”, deya Latipovning so’zlarini keltirmoqda BBK.

Holat ijtimoiy tarmoqlarda faollarning keskin tanqidlariga sabab bo’lmoqda. Ichki ishlar vazirligi holatga hozircha munosabat bildirmadi.

Haqqimizda

Яна маълумот

egqF2u13497967972202_b

Khorazm viloyati tarkibida Tuproqqala tumani tashkil etilmoqda

Khorazm viloyatidagi Hazorasp tumani va Tuproqqala maskani hududidagi ayrim mahallalar yangi tashkil etilayotgan Tuproqqala tumani tarkibiga utkaziladi. Pitnak shahri tumanning mamuriy markazi buladi.

100200300