Home / Jamiyat / Urug (sperma) sifatini oshirish mahsulotlar, dorilar, urugni kupaytirish uchun tavsiyalar.

Urug (sperma) sifatini oshirish mahsulotlar, dorilar, urugni kupaytirish uchun tavsiyalar.

Aksariyat erkaklar uruglantirishni rejalashtirishni kontrasepsiyani tuliq rad etish sifatida tasavvur qilishadi. Biroq, bu unday emas. Agar farzand kurishni rejalashtirayotgan bulsangiz, kontrasepsiyadan bosh tortishdan oldin salomatlikni tartibga keltirish kerak. Bu faqatgina ayol tomonidan amalga oshirilmaydi. Erkak spermasi sifati homiladorlik boshlanishi ehtimoli va bulajak bolaning sogligiga bevosita tasir qiladi. Erkak hatto uzining erlik quvvatiga tuliq ishongan bulsa ham, uruglantirishga tayyorgarlik vaqtida urug foizini (sifatini) tekshirishi va agar kerak bulsa, spermatozoidlarning harakatchanligini kuchaytirishi kerak, chunki potensiya spermatozoidlarning sifati pastligi bilan bogliq emas. Erkak urugini oshirish haqida

urug-foizi

Sperma sifatini yomonlashtiradigan omillar va urug foizini kutarish uchun nima qilish kerak.

  • Moyaklarning harorati. Erkaklarning moyaklari tashqarida, yorgoqda joylashishi bejizga emas. Tulaqonli spermatozoidlarning etilishi uchun moyak harorati normal tana haroratidan bir necha darajaga past bulishi kerak. Moyaklarning har qanday, hatto arzimagan darajada qizib ketishi, spermatozoidlarning harakatchanligini susaytiradi. Spermatozoidlarning harakatchanligi biroz vaqtga emas, balki yangi spermiylar yetilmagunigacha pasayadi. Bola uruglantirishga tayyorgarlik kurayotganda, tabiiy matolardan tikilgan, bush turadigan ichki kiyimlar kiyish, shuningdek moyaklarning qizib ketishiga sabab bulishi mumkin bulgan omillarini kamaytirish tavsiya etiladi.
  • Zararli odatlar: chekish, spirtli ichimliklar, giyohvandlik. Bunday holda urug foizini qanday yakhshilash mumkin? Uruglantirish kutilishidan kamida uch oy oldin chekishdan, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni istemol qilishdan bosh tortish. Bu muddat sperma butunlay yangilanishi uchun etarli buladi.
  • Noqulay ekologik vaziyat nafaqat salomatlik, balki spermaga ham salbiy tasir kursatadi. Kimyoviy moddalar (jumladan, maishiy kimyoviy moddalar) bilan doimiy aloqalar, mobil telefonlardan chiqadigan nurlanish (oz bulsada), ifloslangan havo, chiqindi gazlar bu omillarning barchasi sperma holatiga salbiy tasir kursatadi. Bunday holda, urug foizini kupaytirish va spermatozoidlarning harakatchanligi darajasini kuchaytirishga antioksidantlarni qullash orqali erishiladi. Antioksidantlar nafaqat atrof muhit omillarining salbiy tasirini bartaraf etadi, ushbu moddalar shakllanayotgan spermatozoidlarni himoya ham qiladi, ularning oziqlanishini yakhshilaydi.
  • Stressli holatlar erkaklarning reproduktiv salomatligini yomonlashtiradi. Bu holatda kuproq dam olish, vaziyatni tinchroq holatga uzgartirish tavsiya etiladi.

Jinsiy aloqadan saqlanish muddati

Kupchilik agar bir necha kun «chidab» turilsa, uruglantirish ehtimoli oshadi deb hisoblaydi. Albatta bu fikrda haqiqat mavjud, ammo meyorni unutmaslik kerak.

Jahon Sogliqni Saqlash Tashkiloti (JSST) tavsiyalariga kura, saqlanish muddati 2 kundan 4 kungacha bulishi kerak, agar kunlar kam bulsa, sperma miqdori yetarli bulmasligi mumkin. Ammo buning teskari tarafi ham mavjud: menstrual siklning uruglantirish uchun eng qulay bulgan kunini utkazib yuborish.

Uzoq saqlanishdan keyin spermatozoidlar sifati uzgaradi va u soglom bola uruglantirish uchun yetarli bulmasligi mumkin.

Sperma sifatini parhez orqali yakhshilash

Har bir insonning salomatligi uning ovqatlanish khususiyatlariga bevosita bogliq. Uruglantirishni rejalashtirish davrida kundalik taomnomaga urug foizini yakhshilaydigan mahsulotlarni kiritish lozim. Ammo sperma sifatini yakhshilash uchun faqat oziq-ovqat mahsulotlari yetarli bulmasligi mumkin. Shu sababli, shifokor muvozanatli parhez bilan birgalikda bulajak otalar uchun makhsus preparatlar qabul qilishni buyurishi mumkin. Bunday komplekslar zarur vitaminlar, aminokislotalar va mikroelementlarni uz ichiga oladi.

Spermatogenezni yakhshilaydigan mahsulotlar, qoida tariqasida, konservantlar va buyoq moddalarini uz ichiga olmaydi, tabiiy tarkibga ega va qovurilmagan va kup miqdorda yogda tayyorlanmagan buladi. Bunday mahsulotlarga kam yogli gusht, dengiz baliqlari, mavsumiy sabzavotlar va mevalar kiradi.

Spermani kupaytirish uchun va uning sifatiga ijobiy tasir kursatuvchi mikroelement va vitaminlarga quyidagilar kiradi:

Kalsiy;

 

C, D, E vitaminlari;

Beta-karotin – tuq-sariq va qizil rangli sabzavotlarda kup;

Rukh – dukkaklilarda kup;

Omega 3 tuyinmagan yog kislotalari (bular urug foizi va sifatiga eng kup darajada tasir qiladi) – yogli baliq turlarida kup.

Bulajak ota yogli va ogir ovqatdan butunlay voz kechishi kerak. Bundan tashqari, konservantlar, stabilizatorlar va khushbuylashtiruvchi moddalarni uz ichiga olgan mahsulotlarni taomnomadan butunlay chiqarib qilish kerak. Bu qushimchalar sperma holatiga salbiy tasir kursatadi. Bundan tashqari, tamni yakhshilovchi qushimchalar ishtahani oshiradi, kup yeb yuborish va vazn orttirishga sabab buladi, tana vazni ortiqcha bulgan erkaklarda spermogramma tahlili (analizi) ancha yomonroq buladi, potensiya bilan bogliq muoammolar ham tez-tez uchraydi. Qizigi shundaki, yogli oziq-ovqat mahsulotlar istemolini cheklash natijasida normal yoki ozgin erkaklarda urug sifati sezilarli darajada yomonlashadi.

Sperma sifatini dori preparatlari bilan oshirish

Allergik reaksiyalarni davolash uchun dorilar, analgetiklar, antibiotiklar, steroidlar bularning barchasi erkak urugi holatiga salbiy tasir kursatadi. Hatto Viagra singari preparat ham spermatozoidlarning harakatchanligini kamaytiradi. Spermatozoidalarning harakatchanlik darajasini oshirish uchun shifokor gormonli makhsus dori-darmonlarni tavsiya qilishi mumkin. Biroq, bunday dori-darmonlarni tayinlash uchun spermogramma va boshqa sinovlarni utkazish kerak buladi.

 Spermogrammani qanday yakhshilash mumkin?

Agar juda uzoq muddat ichida (bir yildan ortiq) uruglantirish imkoni bulmasa, har ikkala juft ham mutakhassislar huzurida tuliq tekshiruvdan utishlari, bulajak ota esa spermogramma uchun tahlil topshirishi kerak buladi. Ushbu laboratoriya tahlili davomida muayyan miqdordagi spermada harakatchan spermatozoidlarning miqdori va ularning hayotiyligi hisoblanadi. Spermogramma tahlili bola uruglantirishning haqiqiy imkonini aniqlaydi. Ushbu tahlil nafaqat patologiyalarni aniqlashga yordam beradi. Uruglantira olmaslikning sababi bulgan eng kup uchraydigan patologiya bu sperma miqdorining yetishmasligi yoki spermatozoidlarning kam harakatchanligidir. Ammo bu tashkhis aslida kasallik emas, balki holatdir, kupincha u vaqtincha buladi.

Dori-darmonlarni qabul qilmasdan reproduktiv salomatlikni yakhshilashga qaratilgan bir qator tavsiyalar mavjud:

  • Turmush tarzini uzgartirish. Bu degani, homiladorlikni rejalashtirish paytida spirtli ichimliklar, nikotin, narkotik moddalardan butunlay voz kechish kerak. Bundan tashqari, jismoniy mashqlar qilishni boshlash (bazi hollarda shifokor, aksincha, jismoniy faollikni kamaytirishni tavsiya qiladi) va tana vaznini meyorga keltirish kerak.
  • Muvozanatli ovqatlanish«spermatozoidlar sifatini qanday qilib oshirish mumkin» degan savolga yana bir javob. Bundan tashqari, shifokor erkakka antioksidantlar qabul qilishni tavsiya qilishi mumkin. Antioksidantlar shakllanayotgan spermatozoidlarni va ular olib yuruvchi genetik materialni erkin radikallarning vayronkor tasiridan himoya qiladi.
  • Stressli vaziyatlardan qochish. Reproduktiv salomatlik holati erkakning his-tuygulariga bevosita bogliq. Kuproq dam olish va ijobiy emosiyalar – bu soglom farzand uruglantirishning muvaffaqiyat kalitidir.

Haqqimizda

Яна маълумот

1-Mustaqilik

Mustaqillik kuni Muborak! – tabriglari, sherlar, rasmlar, ashula

Mustaqillik tabrigi (tabriklari) Aziz hamvatan! Muhtaram do’stlar! Sizni khalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – …

100200300