Home / Jamiyat / Uzbekiston aholisi soni 33,52 milliondan oshdi

Uzbekiston aholisi soni 33,52 milliondan oshdi

1 iyul holatida Uzbekiston aholisi soni 33,52 million kishini tashkil etdi, deyiladi Davlat statistika qumitasining demografik vaziyat tugrisidagi hisobotida. Shunday qilib, yil boshidan buyon aholi soni 268,1 ming kishiga yoki 0,8 foizga usdi.


Shahar aholisi soni 16,9 million (umumiy aholining 50,5 foizi), qishloq aholisi esa 16,58 million (49,5 foiz) kishini tashkil etdi.

Birinchi yarim yillikda eng kup aholi Samarqand (11,4 foiz), Fargona (11,1 foiz), Qashqadaryo (9,7 foiz) va Andijon (9,2 foiz) viloyatlarida kuzatildi.

Respublika doimiy aholi sonining 30,5 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59,3 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,2 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga tugri kelmoqda.

Birinchi yarim yillikda 347,4 mingta bola tugilgani qayd etilgan bulib, utgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tugilish koeffisienti 21 promilleni tashkil etdi.

Yil davomida 75,8 mingta ulim qayd etilgan. 1000 aholiga nisbatan ulim koeffisienti 4,6 promilleni tashkil etdi (2018 yilning mos davrida ham 4,7 promille bulgan).

Qayd etilgan vafot etganlarning 62,1 foizi — qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,5 foizi — usimtalardan, 5,3 foizi — ovqat hazm qilish azolari kasalliklaridan, 4,5 foizi — nafas olish azolari kasalliklaridan, 5,4 foizi — bakhtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 1,4 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 11,8 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Ruykhatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 3400 nafarni tashkil etib, ularning 55,3 foizi — perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 20,4 foizi — nafas olish azolari kasalliklaridan, 13,3 foizi — tugma anomaliyalardan, 2,4 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan, 2,1 foizi — bakhtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 0,8 foizi — ovqat hazm qilish azolari kasalliklaridan va 5,6 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Aholining tabiiy usishi 271,6 ming kishini tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 22,9 ming kishiga usgan.

Yarim yil davomida FHDYO organlari tomonidan 104,2 ming nikoh qayd etildi, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffisienti 6,3 promilleni tashkil etdi. Tuzilgan nikohlar soni 2018 yilning mos davriga nisbatan yuqori usish suratlari Toshkent shahri (6,5 foiz), Namangan viloyati (5,8 foiz), Bukhoro (5 foiz), Sirdaryo (4 foiz) va Toshkent viloyatiga (3,4 foiz) tugri kelmoqda.

16 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bulib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffisienti 1 promilleni tashkil etdi. Ajrimlar sonida yuqori usish suratlari Toshkent (10 foiz) va Namangan viloyatida (8,3 foiz) kuzatildi.

Uzbekistonga kuchib kelganlar soni 78,9 ming kishini (77,5 ming kishi respublika hududlaridan, 1400 kishi khorijiy mamlakatlardan), kuchib ketganlar soni esa 82,4 ming kishini (77,5 ming kishi respublika hududlariga, 4900 kishi khorijiy mamlakatlarga) tashkil etdi. Migrasiya saldosi minus 3500 kishi bulib, 2018 yilning mos davrida minus 6200 kishi bulgan.

Migrasiya saldosining yuqori darajasi Qashqadaryo viloyatida (minus 3300 kishi), Samarqand viloyatida (minus 2500 kishi) va Qoraqalpogistonda (minus 1700 kishi)da qayd etildi.

Toshkentning doimiy aholisi soni birinchi yarim yillikda 28,5 ming kishi yoki 1,1 foizga oshib, 2,54 mln kishini tashkil etdi. 23,3 mingta yangi tugilgan chaqaloq ruykhatga olindi. Vafot etganlar soni 7700 kishini, ularning 267 nafari 1 yoshgacha bolalar, tashkil etdi.

Haqqimizda

Яна маълумот

1-Mustaqilik

Mustaqillik kuni Muborak! – tabriglari, sherlar, rasmlar, ashula

Mustaqillik tabrigi (tabriklari) Aziz hamvatan! Muhtaram do’stlar! Sizni khalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – …

100200300