Home / Madaniyat / Zahiriddin Muhammad Bobur hak’ida g’azallari va ruboyilari

Zahiriddin Muhammad Bobur hak’ida g’azallari va ruboyilari

babur_of_indiaUlug’ o’zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi. Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon shahrida (1483-yil 14-fevral) tug’ildi. Amir Temurning beshinchi avlodi, Farg’ona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chik’di. 1503-1504 yillarda Afg’onistonni egalladi. 1519-1525 yillarda Hindistonga 5 marta yurish k’iladi. Uch asrdan ortik’ davom etgan (1526-1858 yillar). Boburiylar saltanatiga asos soldi 1530-yilning dekabr oyida Agra shahrida vafot etdi. K’abri keyinchalik vasiyatiga ko’ra K’obulga ko’chirilgan. Lirik merosi “K’obul devoni” (1519)ga, 1528-29 yillarda “Hind devoni”ga jamlangan. To’lik’ devon tuzgani hak’ida ma’lumot bor. She’rlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 g’azal, 231 ruboiy va tuyuk’, k’it’a, fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar yaratgan. She’rlarini mavzu jihatidan oshik’ona, ta’limiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur she’riyati intellektual k’alb izhori sifatida ardok’lidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mushakkaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chik’k’an shoirdir. Boburning ulug’ asari “Boburnoma” bo’lib, uni “Vak’oe” deb ham nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 1494-1529 yillar Markaziy va Kichik Osiyoda, YAk’in va O’rta shark’ mamlakatlarida kechgan vok’ealar bayon etilgan. “Boburnoma”ning o’ndan ortik’ k’o’lyozma nusxalari bor. Asarni K’ozonda N.I. Ilminskiy (1857), Londonda Beverij xonim nashr (1905) etgan. O’zbekistonda dastlab professor Fitrat 1928-yilda asardan parchalar e’lon k’ildi. “Boburnoma”ning 1948-1949 yillarda ikki jildli; 1960, 1989 yillarda tuzatilgan, 2002 yilda to’ldirilgan k’ayta nashri amalga oshirildi. “Boburnoma”ni Abdurahim xoni xonon (1586) fors tiliga, Visen (1705) golland tiliga, J.Leyden (1826) va V.Erskin ingliz tiliga, Pavel de Kurteyl (1871) fransuz tiliga, Rashit Rahmati Arat (1940) turkchaga, Mixail Sale (1943) ruschaga tarjima k’ilganlar. 1826-1985 yillar davomida “Boburnoma” 4 marta ingliz (1826,1905,1921,1922), 3 marta fransuz (187, 1980, 1985), 1 marta nemis (1878) tiliga o’girilgan. Bobur yangi alifbo – “Xatti Boburiy”ni (1504) kashf k’ildi. Unda she’rlar yozdi va K’ur’on ko’chirtirdi. Boburning solik’ ishlari hak’ida ma’lumot beruvchi “Mubayyinul-zakot” (1521), aruz vazni hak’idagi “Risolai aruz” (1523-25) kabi asarlari bor. “Aruz risolasi”da turkiy aruzning tabiati, tarak’k’iyoti va she’riy asarlardagi ko’rinishlari; aruzning 272 vazni va 21 bahriga ilmiy sharhlar berilgan. Xoja Ahror Valiyning “Volidiya” asarini o’zbekchaga she’riy tarjima k’ilgan. Boburning “Harb ishi”, “Musik’a ilmi” nomli asarlar yaratgani hak’ida ham ma’lumot bor. Ammo, ular topilgan emas.
 

K’aro zulfing firok’inda

 

K’aro zulfing firok’inda parishon ro’zg’orim bor,

Yuzungni ishtiyok’ida ne sabru ne k’arorim bor.

 

Labing bag’rimni k’on k’ildi, ko’zimdin k’on ravon k’ildi,

Nechun holim yomon k’ildi, men andin bir so’rorim bor.

 

Jahondin menga g’am bo’lsa, ulusdin gar alam bo’lsa,

Ne g’am yuz muncha ham bo’lsa, seningdek g’amg’usorim bor.

 

Agar muslihmen ar musfid, va gar oshik’men ar obid,

Ne ishing bor sening zohid, meningkim ixtiyorim bor.

 

Fig’onim oshdi bulbuldin, g’ami yo’k’ zarra bu k’uldin,

Base Bobur, o’shal guldin ko’ngulda horhorim bor

 

Topmadim Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim,

Ko’nglumdun o’zga maxrami asror topmadim.

 

Jonimdek o’zga jonni dilafgor ko’rmadim,

Ko’nglum kibi ko’ngulni girifdor topmadim.

 

Usruk ko’ziga toki ko’ngul bo’ldi mubtalo,

Hargiz bu telbani yana xushyor topmadim.

 

Nochor furk’ati bilan ho’y etmisham, netay.

Chun vasliga o’zimni sazovor topmadim.

 

Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko’ngul,

Nechaki borib eshigiga, bor topmadim.

 

Bobur, o’zingni o’rgatakor, yorsizki, men

Istab jahonni, muncha k’ilib, yor topmadim

 

Charxning men ko’rmagan

 

Charxning men ko’rmagan jabru jafosi k’oldimu?!

Xasta ko’nglim chekmagan dardu balosi k’oldimu?!

 

Meni xor etti-yu k’ildi muddaini parvarish,

Dahri dunparvarning o’zga muddaosi k’oldimu?!

 

Meni o’lturdu jafoi javr birla ul k’uyosh,

Emdi turguzmak uchun mehru vafosi k’oldimu?!

 

Oshik’ o’lg’och ko’rdim o’limni o’zimga, ey rafik’,

O’zga ko’nglimning bu olamda harosi k’oldimu?!

 

Ey ko’ngul, gar Bobur ul olamni istar, k’ilma ayb,

Tengri uchun de bu olamning safosi k’oldimu?!

 

Ruboiylar

 

Har kimki vafo k’ilsa vafo topgusidur,

Har kimki jafo k’ilsa jafo topgusidur,

YAhshi kishi yomonlig’ ko’rmagay hargiz,

Ha kimki yomon bo’lsa jazo topgusidur!

 

* * * * *

Tak’dir yuki boshimga balolig’ bo’ldi,

Har neniki ayladim hatolig’ bo’ldi,

Oz yurtni k’o’yib Hind sori yuzlandim,

YO Rab netayin, bu ne yuz k’arolig’ bo’ldi.

******

Jondin seni ko’p sevarmen ey umri aziz,

Sondin seni ko’p sevarmen ey umri aziz,

Har neniki sevmak ondin ortik’ o’lmaz,

Ondin seni ko’p sevarmen ey umri aziz.

*******

Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,

Yuzung hur, soching anbar, so’zung mul, menging meynon.

Meynon menging, so’zing mul, anbar soching, yuzung hur,

Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.

Tafohur ko’zum, ko’nglum k’ilurlar magar bordur,

**********

Ko’zunga ko’ngul vola, yuzunga ko’zum hayron.

Hayron ko’zum yuzunga, vola ko’ngul ko’zunga,

Bordur magar, k’ilurlar ko’nglum, ko’zum tafohur.

Tafakkur necha k’ilsam topilmas sening misling,

******

Pariydek seni ko’rdum emassen magar inson.

Inson magar emassen, ko’rdum seni pariydek,

Misling sening topilmas k’ilsam necha tafakkur.

Balodur manga hajring, davodur manga vasling,

*********

Itobing manga ofat, hadising manga darmon.

Darmon manga hadising, ofat manga itobing,

Vasling manda davodur, hajring manga balodur.

Chu Bobur sanga k’uldur, nazar k’il anga zinhor,

********

Topilmas yana bir k’ul aningdek sanga, ey jon.

Ey jon sanga aningdek, bir k’ul yana topilmas,

Zinhor anga nazar k’il, k’uldur sanga chu Bobur.

*********
Ne ko’ray to’boni[1] k’addi[2] xushxiroming borida?!
Ne k’ilay sunbulni[3] xatti[4] mushkfoming[5] borida?!
Kim Xizr suyin og’izlag’ay labingning k’oshida?
Kim Masih alfozidin[6] degay kaloming borida?!
Oshik’ingni davlati vasling bila k’il muhtaram,
Xusn ahli ichra muncha ehtiroming borida.
Bizdin ayru doim el birla icharsen bodani[7],
Bizni ham gohi sog’in shurbi[8] mudoming borida.
Ey ko’ngul, gar g’ayr so’zi zahri k’otildur, ne g’am,
Lablaridin sharbati yuhyil-izoming borida.
Tarki nomus aylabon badnom bo’lg’il ishk’ aro,
Kim seni oshik’ degay nomusu noming borida?![9]
Bobur, ul gul ko’yida bulbul kibi topting mak’om,
Bir navoe rost k’il mundok’ mak’oming borida[10].
* * *
Keltursa yuz baloni o’shal bevafo manga,
Kelsun agar yuzumni evursam[11], balo manga!
Netgaymen ul rafik’[12] bilakim, k’ilur base,
Mehru vafo — rak’ibg’a, javru jafo — manga.
Begona bo’lsa ak’l meni telbadin, ne tong,
Chun bo’ldi ul parisifatim oshno manga.
Ohu yoshimdin ortadurur za’f[13], ey tabib,
Bildim: yarashmas emdi bu obu havo manga.
Dardim ko’rub, muolajada zoe’ etma umr —
Kim, jonda dardi ishk’durur bedavo manga.
To yor kimni ietaru ko’ngliga kim yok’ar,
Tashvish bejihatdurur oxir sango, manga.
Bobur, bo’lubturur ikki ko’zum yo’lida to’rt,
Kelsa ne bo’ldi k’oshima bir-bir mango manga.
* * *
Chun falak k’o’ymas meni bir laxza vasl ayyomida,
Tong yo’k’, ey bemehr, agar o’lsam firok’ing shomida.
Ey ko’ngul, yuzin ko’rub, zulfi parishonin sog’in,
Shomi xijrondin tavahhum[14] ayla vasl ayyomida.
Zulfidakim maskan etting, ko’r zanaxdon[15] choxini,
Vok’if o’lg’ilkim, erursen ajdahrning komida.
G’unchadek og’zing g’ami ko’nglumda gar yo’k’, bas nedur
Chok ko’nglum xay’ati gul g’unchasi andomida?[16]
YOrning payg’omi etkach, topti jon farsuda tan,
Iso e’jozi[17] magar muzmardurur[18] payg’omida?
Bobur, ul gul zulfi ostinda emastur xollar,
Jon k’ushin sayd4 aylar uchun donalardur domida.
* * *
YOg’lig’ingkim[19], jon bila men xastadurmen, zor anga,
Xasta jonlar rishtasidindur magar xar tor anga?
Evrulur boshingg’ayu gox,i yuzunga yuz k’o’yar,
Bu jihattin ot emish «gulpech»u gax, «gulzor» anga.
Bir chamandur saxnikim, bo’lg’ay binafsha sarbasar,
Tegrasi gulzordurkim, bo’lmag’ay bir xor anga.
YOg’lig’ing tokim yuzu ko’zushta tegmish, bordurur
Yuz meningdek zoru yuz ming men kibi bemor anga.
Ey ko’ngul, yuz pora k’ilsa yor tig’i, g’am ema,
Lutf etib, gar bog’lar o’lsa yog’lig’ini yor anga.
Ko’nglum istar yog’lig’ingni, bapki andin bir nasim
Etsa Boburg’a erur jon birla minnatdor anga!
* * *
Ul parining tig’idin k’o’rk’utma meni, ey rak’ib,
Ishk’ida boshimg’a mening har ne kelsa, yo nasib!
Evrulub boshingg’a, ey oy, k’ilmisham tarki vatan,
Rahm k’ilg’il mangakim, sargashtadurmen, ham g’arib.
Telba bo’lmok’lig’din o’zga chorae yo’k’tur manga,
Ul pariro’ nogahon ar[20] chik’sa uydin yosanib.
Jonda berkitgan o’k’in chekmak[21] manga ranjedurur,
K’o’yg’il ul o’k’ni, chekay deb ranj chekma, ey tabib!
Boburo, xargiz k’ulok’ she’ringg’a ul gul solmadi,
Gulga ne parvoe, yuz faryod k’ilsa andalib.
* * *
Eshikingga bosh urarmen telbalar yanglig’ yurub,
Ey pari, yo’l ber visolingg’aki, ketmay bosh urub.
Sarv k’adding borida o’z k’addini chun k’ildi vasf,
O’tk’a yok’ti bog’bon sarvi sixisin sindurub.
O’lturub erdi, k’o’pub ketmakka chun azm ayladi,
YOna tirguzdi meni, alhamdulillah, o’lturub.
Ko’zlari sayd aylar uchun telba ko’nglumni mening
K’oshi yosini k’urub, kirpik o’k’ini to’ldurub.
To sabo zulfini ul gulning parishon ayladi,
Jon bila ak’lu ko’ngulni elga berdim sovurub.
Topshurub erdim ko’ngulni yorg’a, chun bordi yor,
K’amdam ettim xasta ko’nglumni Xudoga topshurub.
Bo’ynuma zanjiri g’am, yo bo’g’zuma tig’i sitam,
Har ne kelsa ishk’ yo’lida turubmen telmurub.
Men bilurmen ko’zi k’otil, la’li1 jonbaxsh erkanin,
Chunki, Bobur, hajrida ko’p yig’ladim og’zim k’urub.
* * *
G’ofil o’lma, ey sok’iy, gul chog’in g’animat tut!
Vak’ti aysh emas bok’iy, ol chog’ir, ketur, bot tut!
Bu nasihatim tingla: ne bo’lur kishi yongla,
Ne bo’lur ekin tongla, sen bu kun g’animat tut!
G’ofil o’lma davlatta, o’zni solma mehnatga,
Tangri berur albatta, davlat ista, himmat tut!
Xushturur visoli yor, anda bo’lmasa dayyor[22],
Bo’lsa vasl beag’yor davlatu saodat tut!
G’am cheriki behaddur, chorasi budur, Bobur:
Bodani ko’mak keltur, jomni himoyat tut!
* * *
Ey yuzi nasrin, k’omati shamshod,
Necha k’ilursen jonima bedod?
Sen kibi purkor[23], shevasi[24] bisyor,
Bilmadi, ey yor, hech kishi yod.
Javrda nodir, zulmda mohir,
Ishvada k’odir, g’amzada ustod.
YOr g’amidin, hajr alamidin,
Sabr kamidin nolayu faryod!
Boburi bedil[25], ey buti k’otil,
Javrunga moyil, zulmunga mu’tod[26].
* * *
Shoh Sulton Uvays binni Mahmud[27],
Moh Sulton Uvays binni Mahmud.
K’addu og’zingdin ayru tortarmen —
Oh, Sulton Uvays binni Mahmud.
Meni yod ayla bazmi ishk’ingda
Goh, Sulton Uvays binni Mahmud.
Xushturur hamrahim agar sensen —
Roh, Sulton Uvays binni Mahmud.
Podshahdur agarchi Bobur lek,
Shoh Sulton Uvays binni Mahmud.
* * *
Baloi ishk’ki, har dam manga jafoedur,
Bu ishk’din kecha olmon[28], ajab baloedur.
Xati labig’a tutosh bo’lsa, ey ko’ngul, ne ajab-
Ki, Xizr chashmai hayvonga[29] rahnamoedur.
YArar bu xasta ko’ngul dardig’a o’k’in yarasi,
Magarki har yarasi yorning davoedur.
Bahor fasliduru may havosi boshimda,
Ayok’[30] tut manga, sok’iyki, xush havoedur.
Ul oy rak’ibg’a bo’ldi rafik’u Boburning
Rafik’u hamdami hajrida ohu voedur.
* * *
YAngi oy yor yuzi birla ko’rub el shodu xurramlar,
Manga yuzu k’oshingdin ayru bayram oyida g’amlar.
Mening bu tori mo’ yanglig’ tanimg’a toblar soldi
Ul oyning yuzida sunbul kibi zulfidag’i xamlar.
Havog’a dudi ohin tutratur ishk’ ahli g’ayratdin,
Sabo tahrikidin[31] har gah parishon bo’lsa parchamlar[32].
Ochildi zulfiyu xaylar[33] namudor[34] o’ldi yuzida,
Gul uzra chun bo’lur paydo kecha ochilsa shabnamlar.
Menu kunji[35] g’amu ohu fig’onu ashki xunolud[36],
Ne xushdur go’shai xoli, mayi sofiyu hamdamlar.
Ko’ngulni ishk’ buzdi, ne asig’[37] pandu nasihatdin,
Mening majrux. ko’nglumga yarashmas ushbu marhamlar.
Yuzi navro’ziyu vasli iydini, Bobur, g’animat tut —
Ki, mundin yaxshi bo’lmas bo’lsa yuz navro’zu bayramlar.
* * *
Ochilib ikki sochi, yuziga yoyilmishlar,
YOruk’ jahonni ko’zumga k’orong’u k’ilmishlar.
Chog’ir bag’ir k’onidur barcha ishk’ ahlig’a,
Zihi alarki, bu maydin dame oyilmishlar.
Ne k’ilsam, aylama, ey yor, aybkim, menda
Jununu ishk’u yigitlik bori k’otilmishlar.
Salohk’a xirad ahli meni yovuk’ derlar,
Ko’rungki, ushbu chechanlar yirok’ yongilmishlar.
Ne sud ishk’ni eldin yoshurmok’, ey Bobur,
Chu holatingni bori olam ahli bilmishlar.
* * *
Xati — binafsha, xadi — lola, zulfi rayhondur,
Bahori husnda yuzi ajab gulistondur.
Iki mengi oyu dog’i yuzu so’zi gulu mul,
K’adi ravonu tani jonu irni marjondur.
K’oshida chinu ko’zida kinu angabin labida,
So’zida zahr va lekin tilida darmondur.
K’oshingg’a ko’p bora olmon, netay, arolik’da,
YOshim tishing duridin ayru bahri Ummondur.
O’tumni tez etasen har tarafg’a sekretib ot,
Samandi noz inonini bir beri yondur.
Ne nav’ vasf k’ilay surating latofatini —
Ki, husnunga sening, ey ruh, ak’l hayrondur.
Jafoyu javr agar k’ilsa, Boburo, netayin,
Ne ixtiyor manga, har ne k’ilsa, sultondur.
* * *
Za’fdin go’yo mening bu zor jismim noldur —
Kim, oning sharhin demakta xoma tili loldur.
Za’flik’ jismim bila bu notavon ko’nglum aro
Dard yor erkanga ushbu egma k’addim doldur.
Men damodam k’on yutarmen hajr ayog’idin, netay,
O’zgalarning jomi vasli garchi molomoldur.
Zulfig’a vobastamen, vaslig’a yo’k’dur dastras,
Ey xush ul ozodakim, bek’aydu forig’boldur.
Ul paridin men nechuk jon eltamenkim, Boburo,
Vasli mushkil, xajri muxlik’ g’amzasi k’attoldur.
* * *
Ko’k vusmada ul oy k’oshi go’yo xayoldur,
YO oy boshida ko’kta ko’rungan hiloldur.
Ne nav’ o’xshasun yuziga oftobkim,
Oning zavoli borduru bu bezavoldur.
Og’ziyu ikki zulfu k’adi bo’lmasa manga,
Rayhonu sarvu g’uncha ko’rardin maloldur.
Ushshok’ oxi elidin osib topmasun
K’addingki, husn bog’ida nozik niholdur.
Ko’nglumga dard kelgali xam bo’ldi k’omatim,
K’addim magarki «dard» yonidag’i «dol»dur.
Garchi vafoyu mehoni bilmas mening oyim,
Lekin jafoyu javrda sohibkamoldur.
Har necha beinoyat esa yor, Boburo,
Sen k’o’yma xidmatingniyu oni uyoldur.
* * *
Ko’nglumni chu ul pari olibtur,
Devona bo’lurg’a ne k’olibtur?!
Bedil ekanimni emdi bilgay,
Chun bir kishi ko’nglini olibtur.
Ko’nglumni olib, tag’ofulin ko’r,
Bilmasga o’zini ne solibtur.
Zulfung cherigini yig’ki, jam’i
Bu fitnadin asru k’o’zg’olibtur.
Bobur, necha kun ko’ngulni xush tut,
Bu olam ishi chun munk’alibtur.
* * *
Vaslin ul oy manga muhol k’ilur,
Hajridin meni xastahol k’ilur.
Bilmayin holatimni ul bemehr,
O’zgalardek meni xayol k’ilur.
Ol yuzi ko’z yoshimni k’on k’ildi,
Ko’rgach-o’k’ deb edimki, ol k’ilur.
Sarfaroz etsa daxr, shod o’lma,
K-oxir ul-amr poymol k’ilur.
Men kimu zuhdu tavbakim, zohid
Necha andishai mahol k’ilur.
Tavba ishin buyurma Boburg’a —
Kim, bu ishni o’shal o’sol k’ilur.
* * *
Mendin o’zga xastalarg’a la’lidin darmon berur,
Men berurmen jonu ul umr o’zgalarga jon berur.
Oshik’i men, ul k’ilur ag’yorg’a maxbubluk’,
Dardmandi men, vale ul o’zgaga darmon berur.
O’k’ida paykon emas, bir k’atra hayvon suyidur,
Etgach-o’k’ jonsiz tanimga jon o’shal paykon berur.
K’osh yoshimni xajrida, she’rimni vasfida ko’rung —
Kim, bu yanglig’ durru gavhar k’aysi bahru kon berur?
Bo’lg’ali k’addig’a moyil vaslidin mahrummen,
Boburo, ul husn naxli bar magar hirmon berur
* * *
K’aro zulfung firok’ida parishon ro’zgorim bor,
Yuzungnung ishtiyok’ida ne sabru ne k’arorim bor.
Labing bag’rimni k’on k’ildi, ko’zumdin k’on ravon k’ildi,
Nega holim yamon k’ildi, men ondin bir so’rorim bor.
Jahondin manga g’am bo’lsa, ulusdin gar alam bo’lsa,
Ne g’am yuz muncha xam bo’lsa, seningdek g’amgusorim bor.
Agar muslixmen, ar mufsid va gar oshik’men, ar obid,
Ne ishing bor sening, zohid, meningki ixtiyorim bor.
Fig’onim oshti bulbuldin, g’ami yo’k’ zarra bu k’uldin,
Base, Bobur, o’shal guldin ko’ngulda xorxorim bor.
* * *
Gul jamolin yopk’on ul gulning iki rayhonidur,
G’uncha sirrin ochk’on ul ikki labi xandonidur.
Ul musalsal ikki zulfi gul yuzining davrida,
Gul uza ag’nar, magar ul ikkining davronidur.
O’k’i zaxmini ko’rub har yon tanimda, el degay —
Kim, bu ko’hi dardning ul lolai nu’monidur.
Sel emasdur er yuzin tutk’on — ko’zumning yoshidur!
Ra’d emasdur ko’kka chirmashk’on — ko’ngul afg’onidur!
Lojaram, bo’lg’ay parishonu xavoyi men kibi
Zarra yanglig’ kimki bir xurshid sargardonidur.
Ul pari ishk’ida, Bobur, k’o’nglum andok’ telbadur—
Kim, sochi zanjiridur, chohi zak’an zindonidur.
* * *
Mening ko’nglumki, gulning g’unchasidek tah-batah k’ondur,
Agar yuz ming bahor o’lsa, ochilmog’i ne imkondur.
Agar ul k’oshi yosiz bog’ gashtin orzu k’ilsam,
Ko’zumga o’k’durur sarvu ko’ngulga g’uncha paykondur.
Bahoru bog’ sayrin ne k’ilaykim, dilsitonimning
Yuzi — gul, zulfi — sunbul, k’omati sarvi xiromondur.
Visoli lazzatidin ruh topmog’lik’ erur dushvor,
Firok’i shiddatida yo’k’sa jon bermaklik osondur.
Boshidin evrulur armoni birla o’ldum, ey Bobur,
Mening na’shimni bori ul pari ko’yidin aylondur.
* * *
Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkildur,
Sening birla chik’ishmog’lik’ dog’i bisyor mushkildur.
Mizojing noziku sen — tundu, men — bir beadab telba,
Sanga xolimni k’ilmok’, ey pari, izhor mushkildur.
Ne osig’ nolayu faryod xobolud baxtimdin,
Bu unlar birla chun k’ilmok’ ani bedor mushkildur.
Manga osondurur bo’lsa agar yuz ming tuman dushman,
Vale bo’lmok’ jahonda, ey k’o’ngul, beyor mushkildur.
Visolinkim tilarsen, nozini xush tortg’il, Bobur —
Ki, olam bog’ida topmok’ guli bexor mushkildur.
* * *
Ichgucha jomi ajal ko’nglumda ul sok’i(y)durur,
To’lg’ucha paymonam ul sok’i(y) bila bok’i(y)durur.
Bosh ko’tarmon bodadin chun bor ayog’i o’rtada,
K’o’ymon ilgimdin’ ayok’ chun jilvagar sok’i(y)durur.
Egma k’addim ayb k’ilma k’oshi yolar ishk’ida,
YAngi oydek xam bo’lur gar xud falak tok’idurur.
Ul hiloling birla xurshiding sifotin yozg’ali
Muxtasardur filmasal gar charx avrok’idurur.
Ishk’ ila maydin ko’ngulni tutmog’ing ne sudkim,
Dard naf’idur nechukkim, zak’r taryok’idurur.
Turklar xatti nasibing bo’lmasa, Bobur, ne tong,
Boburiy xatti emasdur, xatti sigaok’i(y)durur.
* * *
YOrdin ozor ko’nglum ichra behad bordur,
Ey xush ul ko’ngul, anga ne yoru ne ozordur.
Yo’k’turur gar yor — yo’k’tur tok’atu sabru shikeb,
YOr agar bordur, jafoyu javru mehnat yordur.
Necha ko’rsatsam vafoyu mehr, etar javru jafo,
Nechakim men zormen, mendin ul oy bezordur.
Ko’zi hajrida, yuzi yodida, so’zi shavk’ida,
Xotirim afgoru jismim zoru ko’z xunbordur.
Senda, Bobur, yo’k’ gunah, yorning itobi kam emas,
Jurmsiz doim itob aylar — ajab dildordur.
* * *
Yuzida ul labi xandon ko’runur,
Sutga ko’p bok’sa, bale, k’on ko’runur.
Xatti mushkinmudurur gul yuzida,
YO suman ustida rayhon ko’runur?
Ko’rmagay xotirini jam’ o’zga,
Kimga ul zulfi parishon ko’runur.
Ishk’ni el ne xayol aylabdur,
Asru mushkildurur — oson ko’runur.
Sarv bo’yluk’ sanaming, ey Bobur,
Rost aytay, so’zi yolgon ko’runur.
* * *
Bahor ayyomidur, dog’i yigitlikning avonidur,
Ketur, sok’iy, sharobi nobkim, ishrat zamonidur.
Gahi sahro uzori lola shaklidin erur gulgun,
Gahi sahni chaman gul chehrasidin arg’uvonidur.
YAna sahni chaman bo’ldi munak’k’ash ranga gullardin,
Magarkim sun’ning nak’k’oshig’a rang imtihonidur.
Yuzung, ey sarv, jonim gulshanining toza gulzori,
K’ading, ey gul, hayotim bog’ining sarvi ravonidur.
Ne erda bo’lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning,
G’aribingg’a tarahhum aylagilkim, andijonidur.
* * *
To uzuldi ko’nglum ul oy k’addidin afsurdadur —
Kim, uzulgan g’uncha gulning shoxidin pajmurdadur.
Ko’ksum ichra tah-batah k’onni bag’ir k’ilmang xayol —
Kim, aning ishk’in yo’lida bir tah Etgan gurdadur.
Husn ko’rmas ko’zlarim, ko’nglum dog’i ishk’ istamas,
Go’iyokim ko’zlarimdur ko’ru ko’nglum murdadur.
Tan hijobin raf’ k’il, gar yor vaslin istasang,
Ey k’o’ngul, bilkim, aroda hoyil ushbu pardadur.
Bormu erkin ishk’ elinda, balki olam ahlida
Muncha chog’lig’ hasratu anduhkim Boburdadur?!
* * *
Sochiyu k’oshiyu ko’zidin boshta havodur,
Ne boshda havo — har birisi boshk’a balodur.
K’osh yosi bila ul k’ora ko’z g’amza o’k’ini
Ushshok’din o’zga sorig’a otsa xatodur.
Gar chin desangiz, ko’zi oning ohui Chindur,
Xattini, xato k’ilmasangiz, mushki Xitodur.
Evrulsam oning boshig’a, topshursam onga jon,
Jonimda havas ulduru boshda bu havodur.
Ishk’ ichra yoshurg’on yurakim k’onini, vahkim,
Bu seli sirishkim bori olamg’a yoyodur.
Bobur desa oyini, ne tong, javru jafolik’ —
Kim, husn eli oyini, bale, javru jafodur.
* * *
Chu dod berdi manga shoh yuz umidi vafodur,
Ne sud rashki hasudoki, dod dodi Xudodur!
Ne tong, k’otinda agar bo’lsa la’lu dur toshu tufrok’ —
Ki, ma’dani karamu judu bahri lutfu saxodur.
Agarchi dahr alamidin to’kuldi seli sirishkim,
Valek shah karamidin umidim asru to’lodur.
YAzid eliga ne mik’dor g’oziylar k’otidakim,
Ul eldur asru yuraksiz, bu xayl asru bahodur.
Adovat odi, muhabbat nishoni k’olg’ucha, Bobur,
Aduv xayli YAzidu muhibe oli abodur.
* * *
G’urbatta ul oy hajri meni pir k’ilibtur,
Hijron bila g’urbat manga ta’sir k’ilibtur.
Mak’dur borincha k’iluram sa’yi visoling,
To Tengrini, bilmonki, ne tak’dir k’ilibtur.
Tak’dirdur ul yonu bu yon solg’uchi, yo’k’sa,
Kimga k’avasi Sanbalu Tatyir k’ilibtur?
Bu Hind eri xosilidin ko’p ko’ngul oldim,
Ne sudki, bu er meni dilgir k’ilibtur.
Sendin bu k’adar k’oldi yirok’ — o’lmadi Bobur,
Ma’zur tut, ey yorki, tak’sir k’ilibtur.
* * *
Sendek menga bir yori jafokor topilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas.
Bu shaklu shamoyil bila xud x,uru parisen —
Kim, jinsi bashar ichra bu mik’dor topilmas.
Ag’yor ko’z olidayu ul yor ayon yo’k’,
G’am xori ko’ngul ichrayu g’amxor topilmas.
Ey gul, meni zor etmaki, husnung chamanida,
Ko’zni yumub-ochk’uncha bu gulzor topilmas.
Bobur, seni chun yor dedi — yorlig’ etgil,
Olamda kishiga yo’k’ esa yor topilmas.
* * *
K’o’y, ey ok’il, nasihat so’zlarinkim, dilpisand ermas,
Mening devona ko’nglumga nasihat sudmand ermas.
Necha devona ko’nglumni k’ilursen nafy, ey ok’il,
Agarchi telbadur, bori seningdek xudpisand ermas.
K’ilursen talx ayshim komini behuda so’zlardin,
Sarosar so’zlaring zahredur, ey nosihki, pand ermas.
Bo’lubmen bir parining anbarin sochig’a vobasta,
Meni telbaga emdi hojati zanjiru band ermas.
Jahonda ko’p gado garchi lavandatvorlik’ bordur,
Va lekin, Boburo, hargiz seningdek shah lavand ermas.
* * *
Ul oyning ittifok’i nifok’ig’a arzimas,
Ayyomi vasli shomi firok’ig’a arzimas.
Bu dahr ichra bistari rohat tilarni k’o’y,
Ul farsh chun bu ko’hna ravok’ig’a arzimas.
Aysheki o’tti — o’zga ani zikr aylama,
Har nimaiki yitti — so’rok’ig’a arzimas.
K’ilmok’ umidu biym ila xidmat shah olida,
Darbonining so’kunchu tayok’ig’a arzimas.
Bobur, visolni ne tilarsen, chu hajr bor,
Bir lahza ayshi mehnati bok’i(y)g’a arzimas.
* * *
Oldi k’o’nglumni, sog’indimkim, manga dildor emish,
Bilmadim, bu nav’ mendin ul nari bezor emish.
Oshik’ o’lgoch, ko’rdum ul shamshod k’addin yuz balo,
Olloh-Olloh, ishk’ aro mundok’ balolar bor emish!
Iltifot etmasligin boziy xayol aylar edim,
Emdi bildimkim, anga mendin bu yanglig’ or emish.
Ul pari ishk’ida yo’k’ o’lmok’din o’zga chorae,
Chun o’zi — k’otil, so’zi — muhlik, ko’zi — xunxor emish.
Husn ahli, ey ko’ngul, olam aro ishk’ ahlining
Ko’nglini soxlar emish, har kimgakim, dildor emish.
Ul vafosiz yordin chekmak ne, ya’ni muncha g’am,
Husn ahli, chunki, Bobur, dunyoda bisyor emish.
* * *
Necha davron g’ussasi bo’lg’ay mening jonimg’a xos,
Koshki o’lsam, dog’i bu g’ussadin bo’lsam xalos!
Ohu vovaylo — surudum, dardu g’am — hamsuhbatim,
Boda — ashkim k’oni, kim ko’rdi muningdek bazmi xos?
Gar shikastim bo’lsa sust ag’yordin, ta’n etmangiz —
Kim, shikaetig’a sabab olmosning bordur rasos.
Oshik’ o’lg’och, bexudu devona bo’ldum, bilmadim —
Kim, pariruhsoralar ishk’iga bu ermish xavos.
Xublarni ko’z ko’rub, k’on k’ildi Bobur bag’rini,
Emdi ko’zdin k’on to’karmenkim, budur anga k’asos.
* * *
Kim ko’rubdur, ey k’o’ngul, ahli jahondin yaxshilig’?
Kimki, ondin yaxshi yo’k’, ko’z tutma ondin yaxshilig’!
Gar zamonni nafy k’ilsam, ayb k’ilma, ey rafik’,
Ko’rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig’!
Dilrabolardin yomonlik’ keldi mahzun ko’ngluma,
Kelmadi jonimg’a hech oromi jondin yaxshilig’.
Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung yamonlik’ asru ko’p,
Emdi ko’z tutmak’ ne, ya’ni har yamondin yaxshilig’?
Bori elga yaxshilig’ k’ilg’ilki, mundin yaxshi yo’k’ —
Kim, degaylar dahr aro k’oldi falondin yaxshilig’!
YAxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko’rubdur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’?!
* * *
So’rma holimniki, bo’ldum burnog’idin zorrok’,
Jism jondin zoru jonim jismdin afgorrok’.
Banda tak’rir aylay olmon band-bandim dardini,
Yuz temur band o’lsa, ondin bu erur dushvorrok’.
Mastu bexudluk’ bila umrungni o’tkarding, darig’,
Ey ko’ngul, mundin beri bo’l bir nima hushyorrok’.
G’aflat uyk’usidin uygon — gar tilar bo’lsang murod —
Kim, etar mak’sadg’a har kim bo’lsa ul bedorrok’.
O’lgali ettim, mening jonim g’amin e, ey rafik’,
Dahr aro chun yo’k’ kishi sendin manga g’amxorrok’.
Kelmas o’xshar zahmating islohg’a, Bobur, magar,
Har davokim k’ildilar, bo’ldung tak’i bemorrok’.
* * *
YOr yuzumni ko’rub, dardu g’amim bilsa kerak,
Yuz ko’rub, dardu g’amim chorasini k’ilsa kerak.
Ey sabo, jonu ko’ngulni o’zining chun k’ildi,
Ko’ngli birla degasen, joni uchun kelsa kerak.
Vaslini ne k’ilayin — g’ayrdin ayrilmadi hech,
YOr vasli menga, u ag’yordin ayrilsa kerak.
Vaslining k’adrini chun bilmadi bu telba ko’ngul,
Hajrining tig’i oning yuragini tilsa kerak.
Shukr, Boburni bilurmen, degan ermish ul oy,
Lojaram, bandalarin shohlari bilsa kerak.
* * *
Bir pari men telbani husnig’a moyil k’ilg’udek,
Ko’zum ichra er tutub, ko’nglumda manzil k’ilg’udek.
Ko’nglumu ko’zum yuziga volayu hayron bo’lub,
Jonima yuz ming g’amu mehnatni hosil k’ilg’udek.
Notavon ko’nglumg’a ishk’i k’ayg’uni kelturgudek,
Ayshu ishratni ko’nguldin k’ayg’u zoyil k’ilg’udek.
K’ilmadi Farhodu Majnun o’zni rasvo men kibi —
Kim, bu nav’ ish — ish emastur hech ok’il k’ilg’udek.
Ul pari ishk’ida Bobur jon berib, ey ahli ishk’,
Ishk’ atvorini ishk’ ahlig’a mushkil k’ilg’udek.
* * *
Chik’sa k’uyosh falakka, sen otk’a chik’k’aningdek,
Bo’lg’aymu ul seningdek, ul biri tavsaningdek?
Ko’ksumni chunki yording, kirgil ko’ngulgakim, bor —
Ul yora eshigingdek, ko’z anda ravzaningdek.
Gar siym bargi gulni k’ilsa libos o’ziga,
Bo’lg’aymu, ey gulandom, ko’nglak bila taningdek?
Ul yor x.azratinda bisyor yaxshidur g’ayr,
Men xdm yamon emon, lek, yaxshi emon aningdek.
Da’viyi ishk’ etib, g’ayr, Boburni ayb k’ilma —
Kim, men edim seningdek, sen bo’lg’asen meningdek.
* * *
O’zni, ko’ngul, aysh ila tutmok’ kerak,
Bizni unutk’onni unutmok’ kerak.
Ayshu tarab gulbunig’a suv berib,
G’ussa niholini k’urutmok’ kerak.
Tiyradurur zuhd damidin ko’ngul,
Ishk’ o’ti birla yorutmok’ kerak.
Har nimag’a g’am ema — g’am ko’pturur,
Aysh bila o’zni ovutmok’ kerak.
K’o’yma mashak’k’at aro, Bobur, ko’ngul,
O’zni farog’at bila tutmok’ kerak.
* * *
Ko’ngulga bo’ldi ajoyib balo k’aro soching,
Shikasta ko’ngluma ermish k’aro balo soching.
Boshimg’a chik’ti tutun rashkdin k’ora sochdin,
Ayok’k’a tushgali, ey sarvi noz, to soching.
Muyassar o’ldi junun mulki, ey junun axli,
Nisori ashkni emdi bu kun mango soching!
Soching shikastida bordur shikasta ko’ngullar,
Ko’ngullar ochilur, ochilsa ul k’aro soching.
Ochildi ko’ngli, chu ochting sochingni, Boburning,
Ne ayb, agar desa dilbandu dilkusho soching!
* * *
O’lturur garchi meni guftoring,
Tirguzur ul labi shakarboring.
Kuydurur xasratida meni, netay,
Otashin guldek iki ruhsoring.
Ey ko’ngul, yaxshi iki dunyodin
Bir nazar k’ilsa sanga dildoring!
Xor ko’rma g’amin ul oyningkim,
Budurur furk’atida g’amxoring.
K’ildi to gul yuzida zohir xat,
Boburo, bo’ldi xati bezoring.
Xiradu sabr kelib albatta,
Ishk’idin emdi meni k’utk’oring!
* * *
Olida go’yin ko’rung, ilgida chavgonin ko’rung,
Yuzida zulfi bila go’yi zanaxdonin ko’rung!
Sekretib eldurganida tavsanig’a ko’z soling,
YOyk’olib yo’l yurusa, sarvi xiromonin ko’rung!
Ul pari maydon aro javlonda yuz ming noz ila,
Ork’asinda yuz meningdek zoru hayronin ko’rung.
Ishk’ida jonni malomat o’k’ig’a k’ilmang hadaf,
K’oshining yosini ko’zlang, tiyri mujgonin ko’rung!
Derki, Bobur, iltifot aylay sanga etgan zamon,
Menga etgach, k’oshida yuz chinu yolg’onin ko’rung.
* * *
K’aysi bir ozorin aytay jonima ag’yorning?
K’aysi bir og’ritk’onin k’o’nglumni dey dildorning?
K’aysi bir berahlig’ini tolei gumrohning?
K’aysi bir kajravlig’ini charxi kajraftorning?
K’aysi hasrat birla armonin vafosiz vaslning?
K’aysi mehnat birla ranjin furk’ati xunxorning?
G’urbat ichra, ey ko’ngul, eldin vafo istarni k’o’y,
Chun vafosin ko’rmading hargiz diyoru yorning.
Bobur, ul gul javr etar, ag’yordin ne yaxshilig’?
Gulning ozori bu bo’lsa, vah, ne bo’lg’ay xorning?
* * *
Kimki, bo’lg’ay sen kibi olamda dildori aning,
Har k’ayon azm aylasa, bo’lg’ay Xudo yori aning!
Ko’yidin men azm etarmen — k’olg’udektur xotirim,
Xotirimni saxlasa, Tengri nigahdori aning!
Keldim ersa, kelmadi hargiz aning ko’ngliga rahm,
Bordim, ammo bormadi ko’nglumdin ozori aning.
Ul k’uyoshdin ne asig’ chekmak jafoyu javrkim,
Mayli yo’k’tur zarrae mehru vafo sori aning.
Borg’ay erdim bosh ila ko’yiga, naylay, Boburo,
Har k’achon borsam eshigiga, kelur ori aning.
* * *
Telba ko’nglumkim, sening changingdadur, yod aylagil,
Bir navozish birla ko’nglumni mening shod aylagil!
Ishrat ichra har k’achonkim, chang olsang ilginga,
Furk’atingda k’olgon egri k’omatim yod aylagil.
Soz aylab bir nishotangez chang, ey dilrabo,
Benavo ko’nglumni g’am changidin ozod aylagil.
Majlis ichra chang birla tortib ovoz, ey pari,
Sabru hushim juzvu avrok’ini barbod aylagil!
Changda har kun cholur yoring chu yo’k’tur, Boburo,
Erga bosh chalmok’ bila o’zungni mu’tod aylagil
* * *
Ne fikrekim, sening fikring emas — ul fikr erur botil,
Ne umrekim, o’tar sensiz — erur ul umr behosil!
Taolalloh, ne ko’zu k’oshdururkim, har k’achon ko’rsam,
Gahi ko’nglum bo’lur bexud, gahi ak’lim bo’lur zoyil.
Jafoyu javr tavridin erursen asru ko’p vok’if,
Vafoyu mehr rasmidin bo’lursen asru ko’p g’ofil.
K’uyosh yanglig’ yuzungga mendururmen volayu hayron,
YAngi oydek k’oshingg’a mendururmen oshik’u moyil.
Kechurdung oyu yilni mastu bexudluk’ bila, Bobur,
Necha g’aflat bila umr o’tkarursen, necha kun oyil!
* * *
Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim,
Ko’nglumdin o’zga maxramy asror topmadim.
Jonimdek o’zga jonni dilafgor ko’rmadim,
Ko’nglim kibi ko’ngulni giriftor topmadim.
Usruk ko’ziga toki ko’ngul bo’ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.
Nochor furk’ati bila xo’y etmisham, netay,
Chun vaslig’a o’zumni sazovor topmadim.
Bori boray eshigiga bu navbat, ey ko’ngul,
Nechaki borib eshigiga bor topmadim.
Bobur, o’zungni o’rgatako’r yorsizki, men
Istab jahonni, muncha k’ilib, yor topmadim.
* * *
Sening ishk’ingda, ey nomehribon, bexonumon bo’ldum,
Demon bexonumon, ovorai ikki jahon bo’ldum.
Labing gar bermasa bo’sa, nechuk jon elta olg’ayman,
Bu yo’ldakim, adam sahrosig’a emdi ravon bo’ldum.
So’rub ul oy labidin, og’zining ramzini angladim,
Bir og’iz so’z bila, ko’rungki, muncha xurdadon bo’ldum.
Nechakim, k’oshi yolar ishk’ida tuzlukni ko’rsattim,
Vale oxir malomat o’k’larig’a-o’k’ nishon bo’ldum.
Kular erdim burun Farhodi miskin dostonig’a,
Bu Shirindurki, oning birla-o’k’ hamdoston bo’ldum.
Visoling davlatig’a etmasam Bobur kibi, ne tong —
Ki, hajring mehnatida asru zoru notavon bo’ldum.
* * *
Xazon yafrog’i yanglig’ gul yuzung hajrida sarg’ardim,
Ko’rub rahm aylagil, ey lola ruh, bu chehrai zardim.
Sen, ey gul, k’o’ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,
Ayog’ingg’a tushub, bargi xazondek muncha yolbordim.
Latofat gulshanida gul kibi sen sabzu xurram k’ol,
Men archi dahr bog’idin xazon yafrog’idek bordim.
Xazondek k’on yoshim, sorig’ yuzumdin el tanaffurda,
Ba har range, bihamdillah, ulusdin o’zni k’utk’ordim.
Ne tole’dur mangakim, axtari baxtim topilmaydi,
Falak avrok’ini har nechakim daftardek axtardim.
Ulusning ta’nu ta’rifi manga, Bobur, barobardur,
Bu olamda o’zumni chun yamon-yaxshidin o’tkardim.
* * *
G’ayr toshi zaxmidin dardimni izhor etmadim,
Ichtagi pinhon g’amim toshtin namudor etmadim.
K’ondin elga yoydi tifli ashk sirrimni mening,
Chunki men ul yoshni hargiz sohibasror etmadim.
Yuzi xurshidi, tishi durridin ayru jismda
K’olmadi bir zarra erkim, tishdin afgor etmadim.
Kelmadi ko’nglumga ishk’ining sururu davlati,
To o’zumni mehnatu g’amg’a sazovor etmadim.
Toleimdin ne osig’, Bobur, fiyunu nolakim,
Uyk’uluk’ baxtimni bu un birla bedor etmadim.
* * *
Oyog’in o’psam, etishgay arsh tog’ig’a boshim,
Dast bergay davlatim, gar tutsa ilgim mahvashim.
K’o’ymog’umdur etaging ketsam ilikdin har necha,
Bormog’umdur ostoningdin agar borsa boshim.
O’tti el bo’lmok’din ul yosh, men k’arig’um ishk’ida,
O’lganim yaxshi bu nav’ ar o’tsa ellikdin yoshim.
Do’stlar, ko’nglumdagin k’abrim toshig’a yozg’asiz,
Toki birdek bo’lg’ay ul oy ishk’ida ichu toshim.
YOr iti, k’ichk’irma gar Bobur desa holin sanga,
Naylayin, bu g’urbat ichra sendin o’zga yo’k’ kishim.
* * *
Ne xush bo’lg’ayki, bir kun uyk’uluk’ baxtimni uyg’otsam,
Kechalar tori mo’yidek beliga chirmashib yotsam.
Gahi guldek yuzini ul shakar so’zlukning islasam,
Gahi shakkar kibi ul yuzi gulning la’lidin totsam.
K’ani Shirin bila Layliki, sendin noz o’rgansa?
K’ani Farhodu Majnunkim, alarg’a ishk’ o’rgatsam?!
YOruk’ kunduz, k’orong’u kechada anjum kibi bo’lg’ay,
Chekib gar oh dudini, ko’ngul o’tini tutratsam.
Ko’zum ravshanlig’ida bo’lg’ay, ey Bobur, base kamlig’,
Agar k’oshi bila yuzin hilolu kunga o’xshatsam.
* * *
Hajr aro ishrat ayog’in bormu no’sh aylar chog’im,
Sensizni yurub ayok’ ichkuncha sinsun oyog’im!
Ishk’ bemorimenu sen husnunga mag’ruru mast,
Men nechun bormay o’zumdinkim, dame yo’k’tur sog’im.
Dog’lar k’o’ydum diramlar kibi ko’ksumni yorib,
Ne osig’kim, yorg’a tushmas k’abul ul yormog’im.
Dast bermas vaslu kelmas yoru rahm etmas, ne sud?
Bormog’im bo’g’zumg’a eltib, bormog’im yolbormog’im.
Istaram, ey ishk’, mendin k’olmag’ay nomu nishon,
Tufrok’ et jismimni, dog’i elga bergil tufrog’im!
Ko’zlarimdin borg’ali yoshim tanim bo’ldi nizor,
Bilmadim, ul yosh ekandur, Boburo, mening yog’im.
* * *
G’urbatu hijrong’a k’oldim, oh, ul jon ilgidin,
Jong’a ettim emdi g’urbat birla hijron ilgidin.
Ko’rsatur gah tig’u gah o’k’ — holatimni bilmayin,
Ne balolar ko’radurmen yori nodon ilgidin.
El fig’onimdin bajonu men bu jondin, ey ajal,
K’il xalos elniyu meni jonu afg’on ilgidin.
Bobur, ul oy hajrida ishing base dushvor edi,
Shukrkim, k’utk’ardi o’lum seni oson ilgidin.
* * *
YAna ko’z uyida ma’vo k’ilibsen,
Ko’ngul koshonasida jo k’ilibsen.
YAna savdoi zulfungdin, nigoro,
Meni oshuftayu shaydo k’ilibsen.
G’aming yo’k’ jon agar bersam g’amingda,
O’zungni muncha beparvo k’ilibsen?!
K’oshingdin meni o’k’dek tashlar uchun,
YAngi oydek k’oshingni yo k’ilibsen.
Ko’zumdin yoshunub, ey bahri altof,
Ko’zumning yoshini daryo k’ilibsen.
Sog’inmas jannat ul-ma’voni Bobur,
Aning ko’nglida to ma’vo k’ilibsen.
* * *
Ne vafo umrumda ul jonu jahondin ko’rgamen,
Kim vafo jondin ko’rubturkim, men ondin ko’rgamen?!
Ko’z yo’lidin ul pari husnin nazar aylar edim,
K’on yoshim ul yo’lni tutti, emdi k’ondin ko’rgamen?!
YO Rab, ul kun shum tole’din manga bo’lg’aymukim,
Jonima orom ul oromijondin ko’rgamen?
Ko’z ko’rar, lekin solur meni balog’a bu ko’ngul,
Bu baloni necha chashmi xunfishondin ko’rgamen.
Bartaraf k’ilg’il vafo istarni eldin, Boburo,
Ul g’alatdurkim, vafo ahli jaxondin ko’rgamen.
* * *
Takalluf har necha suratda bo’lsa, ondin ortuk’sen!
Seni jon derlar, ammo betakalluf jondin ortuk’sen!
Parining husn ichra garchi oti benihoyatdur,
Meni devona k’oshimda va lekin ondin ortuk’sen!
Pari bu husn birla ko’rsa yuzungni, bo’lur telba,
Seni ta’rif etar, lekin sifat k’ilgondin ortuk’sen!
K’adam ranjida k’il ko’nglum uchun, ey yorning o’k’i,
Mening bu notavon ko’nglumga chun darmondin ortuk’sen!
Ik’omat chunki k’ilding, Boburo, ul hur ko’yida,
Mak’oming ravzadin avlo, o’zung rizvondin ortuk’sen!
* * *
Bu yanglig’ bilsam erdi hajrning muhlik k’aro shomin,
Berurmu erdim o’lguncha ilikdin vasl ayyomin?!
Jahonda ayshu ishratdin ko’ngul orom topk’aymu,
Kishi to ko’rmaguncha yonida mahvash diloromin?
Ko’ngulda hasrati ul oyning og’zining chu behaddur,
Ko’ngul go’yoki mundindur tutubtur g’uncha andomin.
Masih anfosi yanglig’ jon berur farsuda jismimg’a,
Sabo keltursa nogah hajr aro ul yor payg’omin.
Muvofik’ yorlar birla bu damni xush kechur, Bobur,
Na uchunkim, kelur damg’a bo’la olmas kishi zomin.
* * *
So’zlab ul la’li shakarxoni shakarrez etasen,
Ochib ul zulfi sumansoni dilovez etasen.
Gah k’oshing sekretibu goh, ko’zung o’ynatib,
Ne balo fitna mening jonima angez etasen.
Suv kibi tig’ing chekib, tund samandingni minib,
Eldurub har sorig’a, mening o’tum tez etasen.
Ko’zlaring hajrida bemormenu bok’maysen manga,
Meni og’rik’k’a magar yok’k’ali parhez etasen?
Hajr shomi mehnatidin k’utula olmay chu sen,
Boburo, har nechakim o’zni saharxez etasen.
* * *
Xurshid yuzung birla bu kun, ey maxi tobon,
Da’vo gar etar bo’lg’usi kun, so’ngra pushaymon.
Sen gul kibi to g’amzadasen x,usnunga mag’rur,
Bulbul kibi men g’amzadamen husnunga hayron.
Gul yuzung erur lola, vale, lolai xudro’y,
Tor og’zing erur g’uncha, vale, g’unchai xandon.
Gohi k’ulog’ing to’lg’adi, gah yuzunga keldi,
Zulfungni yig’ishturki, base bo’ldi parishon.
Chun bo’ldi sochi torig’a jon rishtasi payvand,
Bobur, ko’ngul uzmak sochidin emdi ne imkon?!
* * *
K’adu xating bila ko’zu yuzung, ey sarvi siymintan,
Biri sarvu biri rayhon, biri nargis, biri gulshan.
Hadisu la’lu raftoru jamolingdin erur har dam
Tilim go’yo, so’zum rangin, ko’shul xurram, ko’zum ravshan.
Meni madhushu miskin, naylay, ul sho’xi balo birla,
Men asru bedilu bexud, ul asru purdilu purfan.
Falak javru jafosidin, ul oy dardu balosidin
Chekarmen nolayu afg’on, k’ilurmen giryayu shevan.
Baloi ishk’u yolg’uzluk’, dag’i hijronu g’urbatda
Otim — Majnun, kishim — mehnat, ishim — zori, erim — gulxan.
O’k’ung birla xayoling, dardingu mehringga Boburdek,
Tanim — manzil, ko’zum — maskan, ko’kus — ma’vo, ko’ngul — maxzan.
* * *
Ishk’ elining ohidin ul sarv k’ad xam bo’lmasun,
G’am elidin ul muanbar zulf darham bo’lmasun.
Ko’p jafoyu javr ko’rduk, ey k’uyosh, hajring kuni,
Boshimizdin soyai sarvi k’ading kam bo’lmasun!
Dahri dundin tegmasun ozor nozik jismingga,
Dahr ahlidin muborak ko’nglungga g’am bo’lmasun.
Olam ahli birla olamdin manga sensen g’araz,
Zoti poking bo’lmasa, olamda odam bo’lmasun!
Gar havodorim erursan, ey sabo, arz aylakim,
Ul yuzi gul sarv har xas birla hamdam bo’lmasun.
Garchi oshik’ lozimi olamda rasvolik’turur,
Ishk’ aro Bobur kibi rasvoi olam bo’lmasun!
* * *
Tushumda chun k’uyoshdek orazingni ko’rdum o’trudin,
Tilarmen to k’iyomat ochmag’aymen ko’zni uyk’udin.
Sening vaslingdin ayru tushgali borg’on sori ortar
Tahassur — ork’adin, mehnat — yonimdin, hajr — o’trudin.
Ko’nguldin k’ati ummid ayladim ul vak’tkim, bildim,
Kesildi rishtai jondin, osildi tori gisudin.
Tiya olmon yig’ini ko’rgach ul yoshni, vale, ul ham
Ko’zum yoshini ko’rgach, asray olmas o’zni kulgudin.
Ko’zum yoshiki, emruldi shikebu sabr uyi ondin,
Ziyonlar sanga, ey Bobur, bu yanglig’ bilmadim sudin.
* * *
K’uyoshim har sorig’a azm kilsa, zarrae k’olmon,
Ne uchunkim, agar ayrilsam ondin, kun ko’ra olmon.
Oningdek bo’lmisham hayron k’uyosh yanglig’ yuzungakim,
K’uyoshdek nayzalar tegsa ko’zumga, ko’z ola olmon.
Agarchi yor ishki notavon ko’nglumga o’t soldi,
Vale, men notavon ul yor ishk’ida ko’ngul solmon.
Ibodat vak’ti bo’lsa, har necha mehrob o’trumda,
K’oshin nak’shin tasavvur k’ilmag’uncha erga bosh cholmon.
Irok’u Fors gar etsa, sening bu she’ring, ey Bobur,
Ani hifz etgusi Hofiz, musallam tutk’usi Salmon.
* * *
Mening k’o’nglumni har dam og’ritib, parvoe k’ilmaysen,
Sen, ey bedard, naylaykim, ko’ngul dardini bilmaysen.
Ne bilgaysen mening dardu g’amim har soatu har dam —
Ki, husn usruklugidin oyu yil, ey oy, oyilmaysen.
Vafo maktubi birla g’amza o’k’in hech yozmaysen,
Jafo rasmiyu javr oyinini hargiz yongilmaysen.
K’otilma, ishk’ eli holin chu bilmassen, manga, ey shayx,
Ne bilgaysenki, hargiz bu jamoatk’a k’otilmaysen.
Bo’lubtur ishk’ing ichra garchi xasdek jismi Boburning,
Vale, ne foydakim, xascha chog’lik’ ko’zga ilmaysen.
* * *
Jamoling vasfini, ey oy, necha eldin eshitgaymen,
Ne kun bo’lg’ay, visolingg’a meni dilxasta etgaymen!
Tarahhum yuzidin yuzungni ko’rmakka buyurg’aysen,
Xush ulkim, orazingni ko’rgamen, so’zung eshitgaymen!
Itingdurmen, soching zanjirini bo’ynumg’a mahkam k’il —
Ki, vodiyi firok’ing ichra k’o’rk’armenki, yitgaymen.
Tarahhum k’ilmasang yo bok’may, istig’no bila o’tsang,
Tazarru’ k’ilg’amen yo yig’lag’aymen — o’zga netgaymen?!
Muyassar bo’lmasa boshimni k’o’ymog’lig’ ayog’ig’a,
Boshimni olib, ey Bobur, ayok’ etgancha ketgaymen!
* * *
Bu kecha kulbamg’a keldi ul k’uyoshim yoshurun,
K’arnlarda kelmadi hargiz muningdek kechk’urun.
Og’zidek tor fursati vasli, vale, hajri tuni
Ul muanbar sochi yanglig’ ham k’orong’u, ham uzun.
To xayoli orazing tushti ko’ngulga, ey k’uyosh,
Bo’ldi ko’nglum bir yonar o’tu so’ngaklarim — o’tun.
Bo’ldi ko’nglumda girih hasrat o’ti tor og’zidin,
Bor magar jismim mening toru ko’ngul anda tugun.
Olg’ali jonimni hijrong’a havola k’ildi yor,
K’o’yma hijrong’a, ajal, jonimni ol, Tengri uchun!
Sarvdek k’addi firok’ida fig’onimdur baland,
Gul kibi ruhsori hajrida yoshimdur lolagun.
Ishk’ ila devonalig’da bo’lmisham sohibkamol,
Ishk’ ahli, emdi Boburni degaysiz zufunun.
* * *
Shoxi gulu nastaran yod berur bo’yidin,
Atrni mushki Xo’tan kasb k’ilur mo’yidin.
Gul — yuzidin munfail, sarv — k’addidin xijil,
Rang olur muttasil lolayu gul ro’yidin.
Jong’a k’ilur yuz sitam, ko’ngluma yuz oncha ham,
Ko’z ok’izur jo’yi g’am sho’xi balojo’yidin.
Ravzag’a gar etgamen, onsiz ani netgamen?
Mumkin emas ketgamen ul k’aro ko’z ko’yidin.
Garchi k’ilur yuz karam, vasli etar muhtaram,
Lek, base, k’o’rk’aram, Bobur, oning xo’yidin.
* * *
K’ayong’a borsang, itingmen, o’zumni etkuroyin,
Etishmasam sanga, bok’ib duo k’ilib huroyin.
Yuzum bo’sag’ashta sursam — ne yaxshi ayshdurur,
Inoyat et, eshigingda bu ayshni suroyin.
Firok’ing ichra yig’idin nechuk yig’ay o’zni,
YOshim bosh urdi jahong’a, ne nav’ yoshuroyin.
Necha tag’oful etib, menga bok’may yurar ul,
Necha tazarru’ etib, men anga bok’ib turoyin.
K’uyoshg’a zarra nazar solmag’ay sevunmakdin,
K’utulsa g’am tunidin, ko’rsa yona Bobur oyin.
* * *
Necha husn ahlidin, mahzun ko’ngul, ozor topk’aysen?
Necha gulchehralardin bag’ring ichra xor topk’aysen?
Necha ishk’u firok’u rahmsiz ag’yor ilgidin
O’zungni xoru jonni zoru ko’z xunbor topk’aysen?
Necha mak’dur borincha aning royicha borg’aysen?
Necha borg’on soyi o’zungni bemik’dor topk’aysen?
Tanimg’a nechakim nazzora k’ilsang, dog’ ko’rgaysen,
Ko’ngulda har nechakim istasang, ozor topk’aysen.
Bu mahvashlarg’a ko’nglung bermag’ilkim, asray olmaslar,
Ko’ngulni asrag’il, bo’lg’ayki, bir dildor topk’aysen.
* * *
Xating bila yuzungu kokulung sening, ey jon,
Biri — binafsha, biri — yosuman, biri — rayhon.
Takallum aylarida tiliyu tishiyu labi,
Biri — ak’ik’u biri — injuyu biri — marjon.
Ko’ngulni zoru meni xoru tanni tor etgan
Biri — jafoyu biri — g’urbatu biri — hijron.
Tanu ko’ngul bila ko’z vaslu nozu husni uchun
Biri — harobu biri — volayu biri — hayron.
Tamomi umrida Boburg’a uch so’z aytibtur:
Biri — so’kunchu biri — k’attik’u biri — yolg’on.
* * *
Necha la’lingdin mening bag’rim to’la k’on k’ilg’asen?
Xotirimni necha zulfungdek parishon k’ilg’asen?
Necha etkurgaysen el boshini ko’kka mehr ila,
Necha meni javrdin er birla yakson k’ilg’asen?
Ko’ngluma dashnomu ta’ning ulcha mak’dur etgasen,
Jonima bedodu zulmung ulcha imkon k’ilg’asen.
Manga bormok’ mushkilu kelmak sanga osondurur,
Ushbu mushkilni manga, yo Rab, sen oson k’ilg’asen.
Demagay axsant lafzin, Bobur, ul yoring sening,
Nechakim Hasson kibi o’zni suxandon k’ilg’asen.
* * *
Keldi ul vak’tki, boshimni olib ketgaymen,
Olam ichra ayog’im etganicha etgaymen.
Istaram o’zni aziz elga ko’runmasliktin,
Necha o’zumni ulus ko’zida xor etgaymen?
Xalk’ yuz javr ila ishlar buyurur, kosh elning
Ne yuzin ko’rgamenu ne so’zin eshitgaymen!
Har sori borsa bu devona ko’ngul, ayb etma,
O’yla devona emaskim, ani berkitgaymen.
Dema Boburga netarsen, bosh olib ketmak ne?
Tengrining xosti mundok’ esa, men netgaymen?
* * *
Bu g’amdamenki, ishim fikrini ne nav’ etayin?
Ne erda sokin o’lay, ne k’ilay, k’ayon ketayin?
Ne dayrdin eshigim ochilur, ne masjidtin,
Necha eshikdin eshikka gado kibi etayin?
Jahon eli bila guftu shunud k’ilmasmen,
Necha so’zumni deyin, necha k’attik’ eshitayin?
Dema ne bo’ldi ishing, fikr k’ilg’il, ey Bobur,
Ne bo’lsa, ul bo’lur erkin ishim, ne fikr etayin?
* * *
G’ayrg’a necha vafo k’ilg’aysen?
Jonima necha jafo k’ilg’aysen?
Bexato elga otib g’amza o’k’in,
Bizga etganda xato k’ilg’aysen.
Ko’rmagaysen alamu dard yuzin,
Dardima, eyki, davo k’ilg’aysen!
Tilaram sarvi ravoning ravishin,
Tilagim, kosh, ravo k’ilg’aysen.
Bobur, ul umr seni so’kkan uchun,
Umr borincha duo k’ilg’aysen.
* * *
Sendin nafase murod topmon,
Ishk’ingda ko’ngulni shod topmon.
Ishk’ ahlig’a iltifot ko’rmon,
Husn ahlida e’tik’od topmon.
K’ilsam sanga har necha tazallum,
Faryodu fig’onki, dod topmon!
Faryodki, derga ishk’ rozin,
Bir kishini e’timod topmon.
K’oshing g’ami sharhini yozarg’a
Ko’z k’orasidek midod topmon.
Men banda juz ink’iyod bilmon,
Sen shohda juz inod topmon.
* * *
Xush ulki, yona muborak yuzungni ko’rgaymen,
Yuzum bila k’adaming gardini supurgaymen.
Demaki, javr kelur sanga yor ko’rmaktin,
Meni ne k’o’rk’utasen, har ne kelsa ko’rgaymen.
Gahi jafoyu gahi javr etib yuz evrulasen,
Men ul emonki, bular birla yuz evurgaymen.
Necha firok’ xumori aro azob chekay,
K’achon visol mayidin dame usurgaymen?
Firok’ o’tida ovunsam chog’ir bila, ne ajab,
Magar bu suv bila ul shulani o’churgaymen.
Demish meniki itim, Xayrkulpanda ko’rgumdur,
Necha bu va’da bila, Boburo, yugurgaymen.
* * *
Kelki, sensiz tobakay mak’tuli hijron bo’lg’amen?
Chorae k’ilkim, sening ollingda k’urbon bo’lg’amen!
Ey xush ulkim, turg’asen kelib ko’zum o’trusida,
Men tikib ikki ko’zum yuzungga, hayron bo’lg’amen.
Necha sensiz dardu g’am bo’lg’ay mening ko’nglumda jam’,
Necha zulfung ishtiyok’idin parishon bo’lg’amen?
Ko’yung ichra gar sak’ar bo’lsa, mak’ar jannatcha bor,
Jannat o’lsa gar makon, sensiz ne imkon bo’lg’amen?!
* * *
Bayaknogax. ko’zumga uchrab o’tru,
Meni devona k’ilding, ey pariro’.
Jahonda har kishiga bor murode,
Mening yo’k’tur murodim sendin ayru.
Magar uyk’uda yuzush ko’rgay erdim,
Vale, xajringda ko’zdin uchti uyk’u.
Iki soching bila yuzung k’uyoshin
Kechalar yod etarmen tongga tegru.
Tarahhum aylakim, bechora Bobur
Sening ishk’ingda bo’ldi zor asru.
* * *
Charxning men ko’rmagan javru jafosi k’oldimu?!
Xasta ko’nglum chekmagan dardu balosi k’oldimu?!
Meni xor ettiyu k’ildi muddaiyni parvarish,
Daxri dunparvarning o’zga muddaosi k’oldimu?
Meni o’lturdi jafoyu javr birla ul k’uyosh,
Emdi tirguzmak uchun mehru vafosi k’oldimu?
Oshik’ o’lg’ach, ko’rdum o’lumni o’zumg’a, ey rafik’,
O’zga ko’nglumning bu olamda harosi k’oldimu?!
Ey ko’ngul, gar Bobur ul olamni istar, k’ilma ayb,
Tengri uchun de, bu olamshshg safosi k’oldimu?
* * *
To olg’ali ko’shlumni ul yuz bila ul gisu,
Kunduz manga ne orom, kecha menga ne uyk’u!
Har yong’aki azm etsam, yonimda borur mehnat,
Har soriki yuzlansam, o’trumg’a kelur k’ayg’u.
Yuz javru sitam ko’rgan, ming mehnatu g’am ko’rgan,
Osoyishi kam ko’rgan mendek yana bir bormu?!
Ul yuzi k’uyosh k’ajri, bu sa’b balo dardi,
Ko’nglumga urubdur o’t, holimni k’ilibdur su(v).
Har nechaki muhlikdur, dardingni dema elga —
Kim, yig’lamog’ing, Bobur, bu elgadurur kulgu.
* * *
Sochining savdosi tushti boshima boshtin yana,
Tiyra bo’ldi ro’zgorim ul k’aro k’oshtin yana.
Men xud ul tifli parivashg’a ko’ngul berdim vale,
Xonumonim nogahon buzulmag’ay boshtin yana.
Yuz yamonlig’ ko’rub ondin, telba bo’ldung, ey ko’ngul,
YAxshilig’ni ko’z tutareen ul parivashtin yana.
Tosh urar atfol meni, uyida forig’ ul pari,
Telbalardek k’ichk’irurmen har zamon toshtin yana.
Oyog’im etgancha Boburdek ketar erdim, netay,
Sochining savdosi tushti boshima boshtin yana.
* * *
Ko’zumda muttasil ul egma k’osh kerak bo’lsa,
K’oshimda ko’z yorug’i ul k’uyosh kerak bo’lsa.
Sujud vak’tida mehrob bo’lmasun hargiz —
Ki, bosh k’o’yarda o’shal egma k’osh kerak bo’lsa.
Habib ishk’ida boshdin kech, ey ko’ngul, yo’k’ esa
Bu yo’lg’a k’o’yma oyok’ sanga bosh kerak bo’lsa.
K’o’yub oyog’iga bosh, so’rsa la’lidin har kim,
Boshig’a tufrok’u og’zig’a tosh, kerak bo’lsa!
Sening bila bori el noxush o’lsa, ey Bobur,
Ne bo’lg’usi sanga ul yori xush kerak bo’lsa?
* * *
Kim ko’rar xurshidni ul mohsiymo bo’lmasa?!
Kim so’rar shakkarni ul la’li shakarxo bo’lmasa?!
Gul tikandur ko’zlarimga ul yuzi guldin yirok’,
Sarv o’k’tur bag’rima ul sarvi bolo bo’lmasa.
Jannat ul-ma’voni, ey zohid, netay men zorkim,
Istaram ko’yidin o’zga manga ma’vo bo’lmasa.
Tiymag’il devona ko’nglumniki, rasvo bo’lma deb,
Oshik’ o’lg’aymu edi ul telba, rasvo bo’lmasa?!
Gar boshingni kessalar ishk’ida, ey Bobur, sening,
YOrdin ko’nglung, kerakkim, o’zga kato bo’lmasa.
* * *
Jonima o’t soldi ul ruhsorai zebo yana,
Ko’ngluma ul zulf bo’ldi moyai savdo yana.
Ko’rsatib ruhsoru zulfin ul paripaykar manga,
Jonu ko’nglumni k’ilibtur volayu shaydo yana.
YOr ko’yindagi tom sensen menga pushtu panoh,
Soyai lutfungni sol, chun sanga keldim to yana.
Shodlig’niyu farog’atni k’o’yub, oshik’ bo’lub,
Mehnatu g’amni k’ilib men o’zuma paydo yana.
YOrg’a k’ulmen degach, Boburni rasvo ayladi,
Tengri mendek bandasini k’ilmasun rasvo yana.
* * *
O’lum uyk’usig’a borib, jahondin bo’ldum osuda,
Meni istasangiz, ey do’stlar, ko’rgaysiz uyk’uda.
Nekim tak’dir bo’lsa, ul bo’lur tahk’ik’, bilgaysiz,
Erur jangu jadal, ranju riyozat barcha behuda.
O’zungni shod tutk’il, g’am ema dunyo uchun zinhor —
Ki, bir dam g’am emakka arzimas dunyoi farsuda.
Zamona ahli ichra, ey ko’ngul, oyo tonilg’aymu
Seningdek dardpaymoyu meningdek dardpaymuda?
Ulusdin tinmadim umrumda hargiz lahzae, Bobur,
Magar o’lsam bu olam ahlidin bo’lg’aymen osuda.
* * *
Xating aro uzoring sabza ichinda lola,
Ul chashmi purxumoring loladag’i g’azola.
Barcha parilar, ey jon, girdingda zoru hayron,
Go’yo erur namoyon oy tegrasida hola.
Mehru vafoni, ey yor, ko’p ko’rdi sendin ag’yor,
Javru jafoni bisyor k’ilding manga havola.
Hajringda, ey pariro’, ko’zumdin uchti uyk’u,
H.ar kecha tongg’a tegru ishimdur ohu nola.
Yuz safhasinda xatlar yoshdinki, har taraf bor
Ishk’ingda Bobur aylar bu nav’ yuz risola.
* * *
Hajr o’lturdi meni, anglasam erdi muncha,
Do’stlar, yordin ayrilmas edim o’lguncha.
Zohido, do’zax o’tidin meni ne k’o’rk’utasen,
Hajr o’ti k’oshida ko’rmasmen ani uchk’uncha.
Ul k’uyosh mehrini bir zarra manga ko’rguzmas,
Kavkabi ashk to’kub, bo’lsam agar garduncha.
Husnda ortuk’ agar bo’lsa yuzi Laylidin,
Men tak’i bormen aning ishk’ida yuz Majnuncha!
Rindlar ollida hayvon suyini ko’p o’kasen,
Ey Xizr, bormu ekin ul suv mayi gulguncha?
Boburo, she’ringga gar solsa k’ulok’ ul shohing,
Bo’lg’usidur so’zunga k’adr duri maknuncha.
* * *
K’oshiyu k’addiyu og’zin ul moh
Ko’rsatmasa manga, naylayin, oh!
Tutgum sochini yuzun ko’ray deb,
Tun uzunu men g’arib gumroh.
K’addi bila ikki zulfu og’zi
Jonimg’a balo bo’lubtur, Olloh!
Xoh ista ko’ngulni, xoh k’ovla,
Chun sensen bu ko’ngulga dilxoh.
El bilmasa holatim, bilur yor,
Holimdin erur Xudoy ogoh.
Kobul sori gar azimat etsang,
K’urbon k’ilay o’zni sanga, ey shoh!
Bobur, yana o’tluk’ oh chekting,
Kuydurmasun elni oh nogoh!
* * *
Xating parvona kelturgach, tirildi ushbu devona,
Ani tirguzmak uchun go’iyo kelturdi parvona.
K’uyoshtek yuzungu durdek tishingning hajrida, ey jon,
Ko’zumning yoshidur yuz k’atrayu har k’atra — durdona.
K’ading ko’rsatmading, bir tori sochingdin yubor pinhon,
Inoyat to’g’ri gar yo’k’tur, ne bo’ldi bo’lsa to’lg’ona?
Aning usruk ko’zidin bordi chun dinim uyi barbod,
Menu, ey do’stlar, mundin nari may birla mayxona.
Jamoling sham’i hijronida Bobur o’rtanib bordi,
K’achon boshingdin evrulgay kelib parvonadek yona?
* * *
Bo’lmadim umrumda bir dam xotiri xurram bila,
Gar iliktin kelsa, bir damni kechurmang g’am bila.
Necha bo’lg’ay yor hijroniyu davron mehnati,
Nak’di umrum, ohkim, o’tti g’amu motam bila.
Zohir o’lg’ay har nafas bir tun sochingning hajrida
O’tluk’ ohim dud yanglig’ chik’sa pechu xam bila.
Ey ko’ngul, tokim ko’rubmen ul paridin iltifot,
Ixtilot etmak manga yok’mas bani odam bila.
K’at’ etib Bobur boridin chun sanga kelturdi yuz,
Bok emas yakro’y bo’lsa jumlai olam bila.
* * *
Necha rasvo bo’lg’amen ishk’ ichra shaydolig’ bila?
Hech kishi ko’rmaydurur oshik’ bu rasvolig’ bila.
Har nechakim tuttum o’zni porsolig’ tavrida,
Bo’ldum oxir shuhrai ofok’ shaydolig’ bila.
Menki hijroningda k’on yutmok’ bila mu’todmen,
Manga yo’k’tur hech nisbat ayshu sahbolig’ bila.
Shayx she’rim man’ etar etmay balog’at lutfig’a,
Naylagay, yo Rab, kishi bu piri nobolig’ bila?!
Boburi bedilni ishk’i telbaratsa, ne ajab,
Chunki hargiz rost kelmas ishk’ donolig’ bila.
* * *
K’achon bo’lg’ay musharraf bo’lg’amen, jono, jamolingg’a?
K’utulg’aymen firok’ingdin, etishgaymen visolingg’a!
Ko’z ochk’il bok’k’alikim, bo’lmisham bemor ul ko’zdin,
Lab ochk’il so’rg’alikim, tashna bo’lmishmen zulolingg’a.
Ul oyning yuzi birla to’sh bo’lub, da’voyi husn etting,
YAk’in bo’ldi bu kunkim, ey k’uyosh, etting zavolingg’a.
Kabutar, eltasen xatgam, ne bo’lg’ay gar k’abul etsang,
Ko’ngulni bog’lasam ul noma yanglig’ parru bolingg’a.
Belingdinkim, xayoledur, yirok’durmen, meni yod et,
Umidim borki Boburdin etishgaymen xayolingg’a.
* * *
Sok’iy, erur ishrat chog’i, afsurda bo’lma day bila,
Uttek chog’ir keltur, dag’i suhbat tutoshur may bila.
Keltur sharobi nobni, omoda k’il asbobni,
Xush tut shabi mahtobni, chun bordur ul oy bila.
Davron g’amin barbod k’il, ishrat uyin obod k’il,
Jonu ko’ngulni shod k’il ovozi changu nay bila.
Majlisda bordur sarbasar may nash’asidin sho’ru shar,
Borini mastu bexabar k’il jomi paydarpay bila.
Hamdard yore k’onikim, bir g’amgusore k’onikim,
Abri bak’ori k’onikim, Bobur kibi yig’lay bila.
* * *
Ulki yillar-oylar o’tkargay g’amu motam bila,
Shodu xurram bo’lmag’ay Navro’z tega, bayram bila.
Ulki davronning ayog’idin damodam k’on yutar,
Nash’a topmas, gar ichar har davr jomi Jam bila.
Dema, ey hamdam, diyoru yor so’zinkim, mening
Ulfatim yo’k’ olam ahli birla, bal olam bila.
Sendin ayru naylagaymen iyd ila Navro’zni,
Oyu yil xushtur sening birla agar bo’lsam bila.
Tortib afg’on, oh urub hijronda, Bobur, yig’lasang,
Navha tuzgay bazmi g’am ahli bu zeru bam bila.
* * *
G’urbatk’a soldi charx meni yuz jafo bila,
YOd ayla men g’aribni gohi duo bila.
Behad vafoyu mehr sanga ko’rsatib edim,
Sen ham sog’ing’asen meni mehru vafo bila.
Chun k’ildi meni ul buti Chin zoru mubtalo,
Inshm mening k’olibturur emdi Xudo bila.
Ko’rmon faraxni bir dam agar andin ayrumen,
Bilmon alamni, bormen aning birla to bila.
Ul sarvg’a karam k’ilibon etkur, ey sabo,
Bobur niyozini er o’pub xo’b ado bila.
* * *
Xush ulkim, yordin k’at’ aylabon tarki diyor etsa,
Jahon kezmak ila bek’aydlig’ni ixtiyor etsa.
Aningdek bo’lsakim, aslo tafovut bo’lmasa paydo:
Agar bu dahri dun xor aylasa, gar e’tibor etsa!
Jafodur jong’a bo’lmog’lig’ muk’ayyad olam ahlig’a,
Xush ul ozodakim, elning arosidin kanor etsa!
Kishining jonig’a dushman, balodur boshig’a bu el,
Agar boshin tufayl aylab va gar jonin nisor etsa!
Diyoru yordin Bobur jafoyu javr ko’p ko’rdi,
Xush ulkim, yordin k’at’ aylabon tarki diyor etsa.
* * *
Ulki, manga yori dilnavoz ko’rundi,
Javrni ko’rsatti ko’pu oz ko’rundi.
Bo’ldi boshim past poybo’sida oxir,
Garchi burun asru sarafroz ko’rundi.
Sening uchun ulki, bosh o’ynamadi xech,
Sanga ajoyibki, ishk’boz ko’rundi.
Ishk’ borida salohu tavbayu tak’vo —
Borchasi, tahk’ik’ bil, majoz ko’rundi.
Dushmani jon o’ldi, ne k’ilay, sanga, Bobur,
Ulki, manga yori dilnavoz ko’rundi.
* * *
Ne chamanda sarv bor ul k’omati ra’no kibi,
Ne guliston ichra gul bor ul ruhi zebo kibi.
Ne jafo tavrida bor dunyoda ul bemehrdek,
Ne vafo bobida bor olamda men shaydo kibi.
Donai xoli Masihoso labining ustida,
Notavon jonimg’a bo’ldi moyai savdo kibi.
Aylasam ko’yida ma’vo, naylayin jannatnikim,
Bor manga ul xur ko’yi jannat ul-ma’vo kibi.
Bazm aro, ey do’stlar, ne mayki, k’on ichmakdurur,
Sok’ie gar bo’lmasa ul sho’xi bazmoro kibi.
Minsa abrash ul k’uyosh kuymay netaykim, Boburo,
Meni kuydurmakka eldur markab, o’tdur rokibi.
* * *
K’adi shoxi guldek nigorim k’ani?
Labi g’unchadek gul’uzorim k’ani?
Ne tong, yuz nigor o’lsa k’on yosh bila —
Ki, ul yuzi gul yosh nigorim k’ani?
K’aro kechalarda ko’zum yorutur,
Ushal sham’i shabhoi torim k’ani?
YArim kechalar kelur erdi burun,
Bu tun kelmadi, oh, yorim k’ani?
Demang, tarki ishk’ini k’il ixtiyor,
Bu ishda mening ixtiyorim k’ani?
Firok’ingda ko’nglumni k’on aylasang,
Sanga bo’lg’ay ul bek’arorim k’ani?
* * *
Shomi hijronin manga ul bevafo ko’rsatmagay,
Hajr shomi asru muhliktur, Xudo ko’rsatmagay!
Va’da aylab vasl, ko’rsatgay necha jonimg’a hajr,
Necha ko’nglumg’a jafo k’ilg’ay, vafo ko’rsatmagay.
Ul k’aro ko’z hajrida tundek k’arordi kunduzum,
YO Rab, andok’ kunni ul ko’zi k’aro ko’rsatmagay!
Ochmag’ay ko’zini to so’kmakka og’zin ochmag’ay,
Yuzini ko’rsatmagay to yuz jafo ko’rsatmagay.
Ishk’ istar bo’lsa, Majnun aylagay payravlig’im,
Yo’lni ne bilgay kishi to rahnamo ko’rsatmagay.
Uchk’udekdur jon k’ushi hijronda Bobur ohidin,
Kel pari ta’jil ila jonim havo ko’rsatmagay.
* * *
Yuz k’o’rsatib, o’lturursen, ey oy,
Yo’k’ sen kibi xudnamoyu xudroy.
K’adding «alif»u k’oshing erur yo»,
Desam ne ajab agar seni oy?
Ham lola yuzung k’oshida berang,
Ham sarv k’ading borida bepoy.
O’k’ung yuragimda jo k’ilibtur,
Tortib yana, o’k’ni k’ilma bejoy.
Sendin manga yuz xazor xasrat,
Sendin manga bormu hech parvoy?
Ul yor agar yoshursa yuz, ox,,
Ag’yorg’a gar ko’runsa — yuz voy!
Kulmas manga subhi vasl, Bobur,
Har nechaki shomi hajr yig’loy.
* * *
G’unchadek ko’nglum mening gulzor mayli k’ilmag’ay,
G’am bila butgan ko’ngul gulgasht ila ochilmag’ay.
Ranga-ranga gullaringni, bog’bon, arz etmakim,
Tah-batak’ k’onlig’ ko’ngul gul orzusin k’ilmag’ay.
Yo’k’tur ulkim, gul yuzungdin ayru bok’sam gul sari,
G’uncha yanglig’ ko’ngluma yuz xori g’am sanchilmag’ay.
Orazu k’addingni ta’rif etsalar yuz yil, hanuz,
Ey yuzi gul, sarvk’ad, yuzdin biri aytilmag’ay.
Sendin ayrildim esa bo’ldi nasibim xori g’am,
Sendin, ey gul, emdi Bobur bir zamon ayrilmag’ay.
* * *
Gahi sog’in, ne bo’ldi, zorlarni,
Unugmag’il burung’i yorlarni.
Seni ko’rmay, yirokdin zor bo’ldim,
Biror yod et yirok’din zorlarni.
Yuzungdin ayru men xor, ey azizim,
Kishi guldin ayirmas xorlarni.
Ko’zung bemorimen, mendin yumub ko’z,
YAna og’ritmag’il bemorlarni.
Sanga bir yo’l etar fikridadurmen,
Unutma bir yo’li afgorlarni.
Sanga ko’nglumni oldurdum, jahonda
Ko’rubmen garchi ko’p dildorlarni.
Sihi k’adlarg’a, Bobur, oshik’ o’lsang,
Burunrok’ ko’zlagaysen dorlarni.
* * *
YO k’oshing yanglig’ egilgan jismi zorimnimu dey?
YO sochingdek tiyra bo’lgon ro’zgorimnimu dey?
Kunduz o’lsa, tungacha aytaymu bepoyon g’amim,
Kecha bo’lsa, tongg’a tegru holi zorimnimu dey?
Hajri k’otil birla ko’nglum holatinmu sharh etay,
Dardi muhlik ichra joni bek’arorimnimu dey?
Telbayu madhushu bexud dema kim k’ildi seni,
La’li maygun, so’zi mulk, o’zi xumorimnimu dey?
Bobur, ul oyning k’uyoshdek orazi hijronida
Tongg’a tegru har kecha yulduz sanorimnimu dey?
* * *
Ul ahd ila paymon k’ani, ey yor, ne bo’ldi?
Ul lutf ila ehson k’ani, ey yor, ne bo’ldi?
Kettim meni hayron eshigingdin, demading hech:
Ul telbai hayron k’ani, ey yor, ne bo’ldi?
Yuz ko’rsatibon el ichida lutf etar erding,
Ul lutfi namoyon k’ani, ey yor, ne bo’ldi?
Sening sari bordi ko’ngul istab topa olmon,
Sening sari borgon k’ani, ey yor, ne bo’ldi?
Jonimg’a davo so’zung edi, so’zlamading, oh,
Jon dardig’a darmon k’ani, ey yor, ne bo’ldi?
Mundok’mu edi ahdki, Boburni unuttung,
Ul ahd ila paymon k’ani, ey yor, ne bo’ldi?
* * *
Zuhd ketti esa, karam k’ildi,
Ishk’ keldi-yu, muhtaram k’ildi.
Ul alif bo’yluk’ oyning ishk’i
Meni olam aro alam k’ildi.
Ko’ziyu zulfu og’zi furk’atida
Falak oxir meni adam k’ildi.
Ko’nglum o’rtandi har dam ohimdin,
Magar ul el bu o’tni dam k’ildi?
K’oshi yolar jafosidin bu charx
Mening otimg’a-o’k’ rak’am k’ildi.
Changi g’amdin k’utulmadi Bobur,
Nechakim, nola zeru bam k’ildi.
* * *
Ko’rmagay erdim jamoli olamoro koshki,
Bo’lmag’ay erdim bori olamg’a rasvo koshki.
Ishk’ bog’ining niholi — g’am, bari — hirmon emish,
K’ilmag’ay erdim bu gulshanni tamosho koshki.
K’ilmag’ay erdi ko’ngul ishk’in havas, bal, tilga ham
Kechmagay erdi aningdek lafz aslo koshki.
K’oshi yolar ko’yida umri sharif etguncha sarf,
K’ilg’ay erdim masjidu mehrob aro jo koshki.
Ixtiyor et o’zga ish, Boburki, hosil bo’lmag’ay
Ishk’u vaslu aysh ila ishratgin illo koshki.
* * *
YOz bo’ldi-yu, bo’ldi yana jannat kibi yozi,
Xush ul kishikim, aysh ila o’gtay k’ishu yozi.
Dutora uni ayshu farog’atni berur yod,
Mutribk’a k’ulok’ tutki, ne der nag’mada sozi.
Chun k’iblam erur yor — k’ilay k’oshida sajda,
Nosih so’zini naylay, emas so’zi namozi.
Bu telbayu madhush dilu jong’a ne xushtur,
Gah k’ahru itobi bila, gah ishvayu nozi.
Tut mug’tanam ul yorni, Boburki, jahonda
Mahmud kim erdi, ne kishi erdi Ayozi?
* * *
Demang o’k’ini tanimg’a baloi jon keldi,
Hayotsiz badanimg’a o’k’i ravon keldi.
Hayot suyini k’o’ykim, labidin oldim kom,
Bor, ey Xizrki, manga umri jovidon keldi.
Sipexri ko’yini ko’k evrulur kelib har kun,
Ne erdurur buki, rafattin osmon keldi.
Xush ulki, bir kishi ko’zum yo’lida erkanda,
«Sevinchi!» — deb yugurub etsakim: «Falon keldi!»
Firok’ aro o’larimda etishti ul jonon,
Xudog’a shukr k’ilaykim, o’lar zamon keldi.
Adam yo’lig’a ko’ngul kirdi ishk’ dog’i bila,
Bu yo’ldin o’tmadi har kimki, benishon keldi.
Farog’at istar esang, bo’l jarida, ey Bobur —
Ki, jonu tang’a g’amu g’ussa xonumon keldi.
* * *
Boshda gar yo’k’tur jalolat gavharidin afsare,
YOnima basdur mazallat tufrog’idin bistare.
Kirgali ko’ksum aro ko’nglum ishi kuymakdurur,
Men nechuk kuymayki, ko’ksum ichra bordur axgare.
Sabru x,ushu aklu dinimni olibtur, naylayin,
Sarvk’adde, gulruhe, rayhonxate, nasrinbare.
Kirpidek xanjarin el ko’ksiga ko’rgan zamon,
Ko’zuma har kiprikin, yo Rabki, k’ilg’il xanjare!
Abrashini eldurub etgach yik’ildim, do’stlar,
Oxkim, umrum daraxtini yik’itti sarsare.
Ganji husnida ko’rung zulfi bila gulgunasin,
Go’iyo o’t soldi har yon ganj uzra ajdare.
Hajr shomidin mening k’on yutmog’imni yod eting,
Cheksangiz ul nozanin birla sabuxiy sog’are.
Har nechuktur umrni, Bobur, xush o’tkarmak kerak —
Kim, bu besh kun umr g’amgin bo’lg’ali k’ilmas gari.
* * *
Bihamdullahki, ul gulda vafodin bor emish bo’e,
Jafo tarkin k’ilur ermish yana turki jafojo’e.
K’adam ranja k’ilib, boshimg’a kelgaymu debon ul oy,
Tutubmen poyi devori, k’ilib maskan sari ko’yi.
Soching belingcha-yu, beling dog’i soching kibi borik,
Latofat ichra yo’k’ fark’i bu ikkining sari mo’yi.
Muyassar bo’lsa, bilgilkim, bori olamdin ortuk’dur
Kabobiyu mayi nobiyu mahtobiyu mahro’yi.
Eshittim, iltifot aylab demishsen: «Kimdurur Bobur?»
Fak’ire, nomurode, besarupoe, duogo’e.
* * *
Tuno kun birla bu tun majlisi asru xush edi,
Majlis ahli bori dilxohu bori dilkash edi.
Borining so’zi edi xo’bu latifu rangin,
Ne parishonu ne bema’niyu ne chirmash edi.
YAxshi may yo’k’ edi-yu, nash’ai may yaxshi edi,
Noxush el yo’k’ edi-yu, asru xavoi xush edi.
Bori ahbob edi xozir, bori asbob edi jam’,
Sozu xonanda bila nuk’lu mayi beg’ash edi.
Gok’ purxanda edi el, base, sarxushluk’tin,
Mastlig’din yana gox, el ko’zi to’la yosh edi.
Barcha ta’zim k’ilib bir-birini mastona,
Goh boshta oyok’ erdi, gox. oyok’ta bosh edi.
Tun yarimig’acha bu nav’ edi-yu, ondin so’ng
Majlis ahlining ishi har sorig’a tark’ash edi.
Men ilikdin borib erdim, tutub ilgimni birov —
Meni uyg’otdi, ko’z ochtim esa, ul maxvash edi.
Tortib ilgini, k’uchub bo’ynini, og’zini o’pub,
Tongg’acha o’ynamok’ ish erdi, ne xush o’ynash edi.
Bobur ar harza dedi, majlis eli, ayb etmang,
Karam aylang, ani ma’zur tutung, sarxush edi.
* * *
YOz fasli, yor vasli, do’stlarning suxbati,
She’r baxsi, ishk’ dardi, bodaning kayfiyati.
YOz faslida chog’ir ichmakning o’zga holi bor,
Kimga bu nash’a muyassar bo’lsa, bordur davlati.
Ishk’ dardini chekib, har kimki topsa vasli yor,
Ul zamon bo’lg’ay unut yuz yilg’i hijron shiddati.
Do’stlarning suxbatida ne xush o’lg’ay baxsi she’r,
To bilingay har kishining tab’i birla holati.
Gar bu uch ishni muvofik’ topsang ul uch vak’t ila,
Mundin ortuk’ bo’lmag’ay, Bobur, jahonning ishrati.
* * *
Shukrilillah, aysh yuzlandi-yu, mehnat k’olmadi,
Etti ayyomi visolu shomi furk’at k’olmadi.
Yuzlanib amnu farog’at, g’ussayu g’am bo’ldi daf’,
Ayshu ishrat keldi-yu, ranju mashak’k’at k’olmadi.
Mehnati hijronki, ondin chok-chok erdi ko’ngul,
Bo’ldi rohatk’a mubaddal, ul jarohat k’olmadi.
Murtafe’ bo’lgonda hijron, kel, tavak’k’uf k’ilmakim,
Intizoringni chekarga o’zga tok’at k’olmadi.
Vaslinga etkurdi davron ok’ibat Boburni, shukr,
Emdi davrondin manga aslo shikoyat k’olmadi.
* * *
YAna bir ko’z g’amidin xaeta ko’rarmen o’zni,
YAna bir zulfg’a vobasta ko’rarmen o’zni.
Labining xasratida zor toparmen jonni,
Ko’zining furk’atida xasta ko’rarmen o’zni.
Ko’zidin ul krshi yo garchi meni soldi yirok’,
Lek, ul oy k’oshida payvasta ko’rarmen o’zni.
Zulfi zanjirig’a to bo’ldi ko’ngul vobasta,
Shukr, Bobur kibi vorasta ko’rarmen o’zni.
* * *
Chamanda sarvni o’lturg’uzubturur yurushi,
K’iyomate k’o’poribtur ot uzra o’lturushi.
Meni shikastani k’istab, k’o’ngulni g’uncha k’ilur,
K’oshini chetmog’i birla tor og’zini burushi.
So’rub g’amimni, taajjub k’ilib, labin tishlar,
Ne xushturur menga irnini tishlabon so’rushi.
Turar rak’ib chiroyin tursh k’ilib doim,
Tili chuchuk sanamim, yaxshidurmu bu turushi?
Ko’rar rak’ibni doim, xayol etar meni g’ayr,
Ne aylagay anga Boburki, g’ayrdur ko’rushi.
* * *
Habib bo’lsa edi, yo rak’ib o’lsa edi,
Rak’ib o’lsa edi, yo habib bo’lsa edi.
Ko’ngulga mehnatu g’am har ne bo’lsa, bo’lsa edi
Ki, yorga k’otilib, g’ayrdin k’utulsa edi.
Firok’ shaxrida bo’lg’uncha, kosh ko’yingda
Tanim so’ngak bo’lubon, so’ngakim o’kulsa edi.
* * *
Ulki, yuz Laylivash oning ishk’idin Majnundurur,
Xo’blar sultoni Mirzo K’osimi Arg’undurur.
Tiyrboronidin ul chobukning, ey ko’ngul, ne bok?
Garchi behad tezdur, yuz shukrkim, o’tkundurur.
Zuhd sahrosig’a tushtum ishk’ yo’lidin ozib,
Boburi gumraxni emdi kim bu yo’lg’a ko’ndurur?

Ruboiylar

Jono, bitigingki, bo’ldi mark’um manga,
Mehnat bila g’amni k’ildi ma’dum manga.
Ko’rgach ani garchi shod behad bo’ldum,
Mazmuni, vale, bo’lmadi ma’lum manga.
* * *
Ne ishratu aysh uchun mayi nob manga,
Ne toat uchun go’shai mehrob manga,
Ne fisk’ k’ilurg’a bordur asbob manga,
Ne zohid o’lurg’a tok’atu tob manga.
* * *
To bo’lg’ali dildor o’shal oy manga,
Holimni bilib, k’ilmadi parvoy manga.
Men asru harobu yor ko’p mustag’niy,
Ey voy manga, voy manga, voy manga!
* * *
Xush ulki, ko’zum tushti sening ko’zushta,
Bevosita holimni desam o’zungga,
Bermay so’zuma javob achig’lanasen,
K’ilding meni muhtoj chuchuk so’zungga.
* * *
Asru ko’p emish jur’atu ximmat sizga,
Ro’ziy k’ilg’ay Xudoy nusrat sizga.
Mardonalig’ingizni bori el bildi,
Rahmat sizga, hazor rahmat sizga!
* * *
To k’ildi meni firok’ aro yod habib,
Mahjur ko’ngulni ayladi shod habib.
Gar vasl muyassar o’lmasa, netay, ey Bobur,
Faryod habibu ohu faryod habib!
* * *
Ey k’omati sarvu lablari obi hayot,
Budur tilagimki, — etkamen vaslingga bot!
Hajringda manga ne sabr k’oldi, ne sabot,
YO kel bu sorig’a yo meni o’zungga k’ot!
* * *
Bu k’oziyi fosik’ki, yibordim sanga bot,
Sen dog’i uzatk’il botu ham badrak’a k’ot!
Gar xotiring istasa yiborgil savg’ot:
Ma’junu sharobu obi noranju nabot.
* * *
Keldi ramazonu men tak’i bodaparast,
Iyd o’ldi-yu, zikri, may k’ilurmen payvast.
Ne ro’zayu ne namoz yillar, oylar;
Tun-kun mayu ma’jun bila devonayu mast.
* * *
Bo’ldum meni oshuftai hayron mardud,
K’ilg’il madadeki, bo’ldi imkon nobud.
Dunyo bila uk’boda ruju’um sangadur,
Ey ikki jahonni shahi Sulton Mahmud!
* * *
Mutribki, unini har kishi go’sh k’ilur,
Jon birla ko’ngulni zoru madhush k’ilur.
Mak’sud nedurki, elni yod etganda,
Ul doirada bizni faromush k’ilur?
* * *
Dushmanniki, bu dahr zabardast k’ilur,
Naxvat mayidin bir necha kun mast k’ilur.
G’am emaki, etkursa boshini ko’kka,
Oxir yana er kibi oni past k’ilur.
* * *
Ko’zung bori sog’larni mast etgusidur,
G’amzang bori mastlarni past etgusidur.
Ko’p zohidu porsoni Bobur yanglig’
La’ling xavasi bodaparast etgusidur.
* * *
Ishlar bori ko’nguldagidek bo’lg’usidur!
In’omu vazifa — bori buyrulg’usidur!
Ul g’allayu muxmalki, deb erding, berdim,
Muhmalg’a bo’yu g’alladin uy to’lg’usidur!
* * *
Har kimki vafo k’ilsa, vafo topk’usidur!
Har kimki jafo k’ilsa, jafo topk’usidur!
YAxshi kishi ko’rmagay yomonlik’ hargiz,
Har kimki yomon bo’lsa, jazo topk’usidur!
* * *
Bu telba ko’ngulki, ishk’ aning sudidur,
Ahbobning ixtiloti mak’sudidur.
Hijron chekib, ahbobni har kimki ko’rar,
Xush davlatiyu tolei mas’udidur.
* * *
Hijron k’afasida jon k’ushi ram k’iladur,
G’urbat bu aziz umrni kam k’iladur.
Ne nav’ bitay firok’u g’urbat sharhin —
Kim, ko’z yoshi nomaning yuzin nam k’iladur.
* * *
Jismimda isitma kunda mak’kam bo’ladur,
Ko’zdin uchadur uyk’u chu axsham bo’ladur.
Har ikkalasi g’amim bila sabrimdek,
Borgon sori bu ortadur, ul kam bo’ladur.
* * *
YO Rab, menda ne yaxshi tole’ bordur —
Kim, baxti muti’yu yori tobe’ bordur.
Ma’zur tut ar vaslingga kechrok’ etsam,
Ne chora k’ilay, ozg’ina mone’ bordur.
* * *
Xotirni bahor faslida gasht oladur,
Ko’z nurini rangi lolayu dasht oladur.
Xush ulki, tolalarda yurub sayr etsa,
Bu fasldakim, latifu dilkash toladur!
* * *
Eykim, k’uyosh ul yuzung, hilol ul k’oshtur!
Po’loddurur ko’nglushtu bag’ring toshtur!
Nomamg’a agar yaxshi javobing yo’k’tur,
So’kmak bila yod aylasang xam xushtur!
* * *
Hajri aro oromu k’arorim yo’k’tur,
Vaslig’a etarga ixtiyorim yo’k’tur.
Kimga ochayin rozki, yo’k’ maxrami roz,
G’am kimga deyinki, g’amgusorim yo’k’tur.
* * *
Ulkim, anga ilm ichra g’olib yo’k’tur,
Derlarki, beri kelurg’a rog’ib yo’k’tur.
Dedimki, bu so’z rost emastur, negakim,
Tolibni tilar andaki, tolib yo’k’tur.
* * *
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!
Sarrishtai ayshdin ko’ngulni zinhor
Uz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!
* * *
K’ayg’ungni cheka-cheka k’oribtur Bobur,
Rahm aylaki, o’zidin boribtur Bobur.
Noranj yibordi eengaki, bilgaysen,
YA’niki, bu nav’ sargoribtur Bobur.
* * *
Bobur, necha bu dahr meni zor aylar,
Sabrimni kamu g’amimni bisyor aylar.
To dahrdurur, budur aning rasmikim,
Oyrib kishini azizidin xor aylar.
* * *
K’ish bo’ldi-yu, bo’ldi borcha tomu tosh k’or,
Jam’iyati bor kishiga bordur xush k’or.
Bu k’ishda yomon yo’lu parishon holim,
YO Rab, meni yaxshilig’ sori boshk’or!
* * *
Arbobi hasad so’ziga buttung o’xshar,
Begonalig’ atvorini tuttung o’xshar.
Bir dog’i sog’inmading bu fursatta meni,
Men xastani, ey yor, unuttung o’xshar.
* * *
Vaslingga ko’ngul k’iyossiz tolibtur,
Hajring aro ixtiyorsiz k’olibtur.
Mushtok’lig’im sharhini dey olmasmen,
Diydoringa ishtiyok’ ko’p golibtur.
* * *
Ey bodi sabo, ayla Xurosong’a guzar,
Mendin degil ul yori parishong’a xabar.
Necha safar o’z ko’nglung uchun k’ilg’aysen,
Emdi bizing uchun ayla bu yong’a safar.
* * *
Ko’pdin berikim, yoru diyorim yo’k’tur,
Bir lahzayu bir nafas k’arorim yo’k’tur.
Keldim bu sori o’z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo’k’tur.
* * *
K’ish garchi zamoni mank’alu otashtur,
Lekin bu shito Hindta ko’p dilkashtur.
Hangomi nishotu bodai beg’ashtur,
May bo’lmasa, ma’jun dog’i bo’lsa xushtur.
* * *
Ahbobki, bazmida guliston xastur,
Yo’k’ lek alar bazmida bizga dastur.
Gar sizda hzur birla jam’iyat bor,
Yuz shukr, bu jam’ behuzur ermastur.
* * *
Yuz shukr de, Boburki, karimi G’affor,
Berdi sanga Sindu Hindu mulki bisyor.
Issiklig’ig’a gar senga yo’k’tur tok’at,
Sovuk’ yuzini ko’ray desang, G’azni bor.
* * *
Ko’nglumda o’tu ikki ko’zumda sudur,
Men xastag’a rahm k’ilki, holim budur.
G’am kunduziyu firok’ shomi yanglig’,
Tun-kun menga ne k’aroru ne uyk’udur.
* * *
Bu yog’lig’kim, «Bog’i jahon» chog’lik’dur,
Jon rishtasi har rishtasig’a bog’lik’dur.
Tan tori yuzum oltunidektur sensiz,
Ko’r ul ikkidin namuna bu yog’lik’dur.
* * *
Jismimda isitma tobidin otashdur,
Jonimg’a baloyu g’ussa bebarkashdur.
Ko’p dard ila g’amdin manga noxushluk’ edi,
Sen so’rg’ali, ey habib, ko’nglum xushdur.
* * *
Devonima ne rabtu ne tartibdurur,
Ne jadvalu ne lavhu ne tazhibdurur.
Gar sanga yibordim ani, ayb aylamakim,
Devoningni tilarga tak’ribdurur.
* * *
Ey k’o’rg’on eli, k’oldimu darmonlaringiz?
Chik’may, nedurur bu jaxl k’ilgonlaringiz?
Jondek kishilar ochlig’idin chun chik’adur,
Siz chik’masangiz — chik’sa kerak jonlaringiz!
* * *
Ahbob, yig’ilmok’ni farog’at tutungiz!
Jam’iyatingiz borini davlat tutungiz!
Chun gardishi charx budurur, Tengri uchun,
Bir-birni necha kuni g’animat tutungiz!
* * *
Hajring g’amidin ok’ibat o’lgum, k’aro ko’z,
Yuz g’ussayu andux. ila borgum, k’aro ko’z.
Vasling bila k’ilmading ilojin, Bobur,
Mushkilki, firok’ingda tirilgum, k’aro ko’z.
* * *
Ozor ila necha guftugo’ k’ilg’aysiz?
Ozurda bo’lurni justujo’ k’ilg’aysiz.
Munchaki, ko’ngullarga etishti ozor,
May birla magarki shustusho’ k’ilg’aysiz?
* * *
Hammomki, to maskani jonona emish,
Anda parilar husnig’a devona emish.
Ul xud paridur, borcha mulozimlari ham,
Alk’issaki, hammom parixona emish!
* * *
Husn axlig’a zoru mubtalo ko’z ermish,
Jonim bila ko’nglumga balo ko’z ermish.
Faxm ayladim emdi, Boburo, ishk’ ichra
Ko’zumni k’orortk’on k’aro ko’z ermish.
* * *
K’ar hazki, xaloyik’ andin ayrilmas emish,
Ul haz mazasiyu k’adrini bilmas emish.
Ma’junu basitu bo’zayu luteki,
Bir jur’a chogar durdi ishin k’ilmas emish.
* * *
Bu xasta ko’ngul erdi visoling bila xush,
Jonim ham erur sening jamoling bila xush.
Hijron g’ami garchi asru noxushtur, lek,
Fikring bila shodmen, xayoling bila — xush.
* * *
Chun bordi Xudoy rahmatig’a ul yosh,
Ne foyda to’kmak g’ami hijronida yosh.
Ul yosh g’ami hijronida ko’p yosh to’ktung,
Bir yoshing uchun Xudoy bersun yuz yosh!
* * *
Gar vodiyi xajring aro bo’ldum nok’is,
Ayb aylamakim, xrdisaedur xodis.
K’avmi ajabe chog’irg’a k’ildi targ’ib,
Amri ajabe xajrg’a bo’ldi bois.
* * *
Eykim, bori she’r ahlig’a sen xon yanglig’!
She’ring bori she’rlarga sulton yanglig’!
Mazmuni aning xatti savodiy ichra,
Zulmat arosida obi k’ayvon yanglig’!
* * *
Ne yor vafo k’ilg’usi oxir, ne harif,
Ne sayfu shito k’olg’usi bok’iy, ne harif,
Yuz xayfki, zoe’ o’tadur umri aziz,
Afsuski, botil boradur umri sharif.
* * *
Andin berikim, k’asdim uchun turdi firok’,
Yuz dardu alamni manga etkurdi firok’,
Meni eshikingdin, netayin, surdi firok’,
K’il chora, yo’k’ ersa meni o’lturdi firok’.
* * *
May tarkini k’ilg’ali erurmen g’amlik’,
Bor tiyra ko’ngulga har zamon darhamlik’.
G’am birla fasurdalik’ xalok etti meni,
May birla emish shodlig’u xurramlik’.
* * *
Oludai yuz tuman maosiy bo’lmok’,
Yuz ranju tuman azob xosi bo’lmok’.
Ko’p yaxshi ekin ax,li xiradning k’oshida —
Kim, og’ritibon atoni osiy bo’lmok’.
* * *
Kim yor anga ilm, tolibi ilm kerak,
O’rgangali ilm tolibi ilm kerak!
Men tolibi ilmu tolibi ilme yo’k’,
Men bormen ilm tolibi — ilm kerak.
* * *
Yuzung bila lablaring erur gul, muldek,
Balkim, yuzung olida erur gul k’uldek.
Bobur kibi ishk’din dam urmaydur edim,
Ey gul, meni ishk’ing ayladi bulbuldek.
* * *
Boburni burun mahrami asror etting,
Vaslingg’a berib yo’l, o’zunga yor etting,
Oxir bording, dog’i oni zor etting,
Hijron alami birla giriftor etting.
* * *
Lutf ettingu ko’ngul bila jon o’rgatting,
Vasling bila, ey jonu jahon, o’rgatting.
Bu k’otla yomonrok’ o’lsa holim sensiz,
Ayb aylamagaysenki, yomon o’rgatting.
* * *
Xatting bila ko’nglakingki, irsol etting,
K’ayg’u bila mehnatimni pomol etting.
Ul xat bila xotirimni xursand aylab,
Bu ko’nglak ila ko’ngulni xushhol etting.
* * *
Ko’z sham’ini yorutk’ali maxvash kelding,
Sabr uyini kuydurg’ali otash kelding,
K’ilding meni kelganing bila minnatdor,
Rahmat senga, yaxshi keldingu xush kelding!
* * *
Sensiz necha g’am birla malole ko’raling,
Hajring necha bo’lg’usi, visole ko’raling.
Hajringda necha xayol ila o’tkaraling,
Lutf ayla-yu kelgilki, jamole ko’raling!
* * *
Eykim, yasabon yuzungni xurshid etting,
Furk’at alamini jonga jovid etting.
Men seni dedim, sen o’zgani k’ilding yod,
Navmid o’lg’il, chun meni navmid etting.
* * *
YOtlarni, kerakki, oshno kam k’ilsang,
Har kimki vafo k’ilsa, jafo kam k’ilsang.
Navmid bo’lur borcha vafodorlaring
Gar shoh nazaring birla vafo kam k’ilsang.
* * *
Hijron aro yod etib, meni shod etting,
Mahjur ko’ngulni g’amdin ozod etting.
Ne lutf edi, dey, huri parizod etting,
Go’yoki buzuk’ Ka’bani obod etting!
* * *
Har erdaki gul bo’lsa, tikon bo’lsa, ne tong?!
Har k’andaki may durdidan bo’lsa, ne tong?!
She’rimda agar xazl, agar jid, kechurung,
YAxshi borida agar yomon bo’lsa, ne tong?!
* * *
Hijron g’amidin necha shikoyat k’iloling,
Kelgilki, visoldin hikoyat k’iloling.
Tengri hak’i, bizni deb agar sen kelsang,
Ko’nglungdagidek lutfu inoyat k’iloling.
* * *
Kelgilki, dame o’lturubon may icholing,
Dunyo g’amu ranjidin zamone kecholing.
Chun ayshu nishot lashkari saf tuzdi,
Ey mehnatu g’ussa xayli, sizlar sijoling!
* * *
Ko’rdung, dog’i ko’zushta giriftor etting,
So’rdung, dog’i so’zushta giriftor etting.
Bu tab’u kamoling bila o’z boshing uchun,
Boshdin meni o’zungga giriftor etting.
* * *
Ey yor, hazin ko’nglumni yod aylamading,
Mehringni kam aylading — ziyod aylamading.
YO menda gunah bordur, unuttung yo sen,
Oyo, ne jihatdururki, yod aylamading?
* * *
YO k’ahru g’azab birla meni tufrok’ k’il!
YO bahri inoyatingda mustag’rak’ k’il!
YO Rab, sengadur yuzum — k’aro, gar ok’ k’il,
Har nav’ sening rizong erur, andok’ k’il!
* * *
Noz uyk’usidin biror zamon oyilg’il!
Guldek kulub, ey g’unchadaxan, ochilg’il!
Ko’nglumni iliklading cholib chang, ey yor,
Changingdadurur ko’ngul — navozish k’ilg’il!
* * *
Doim sog’inib, ko’ngulni ol, xush k’olg’il!
Rahmat nazarini menga sol, xush k’olg’il!
Noxush edi buki, men yomon bordim, lek,
Sen lolauzor, yaxshi k’ol, xush k’olg’il!
* * *
Ey el, borib ahbobk’a nomimni degil!
Har kim meni bilsa, bu payomimni degil!
Mendin demagil gar unutulton bo’lsam,
Har kimki meni so’rsa, salomimni degil!
* * *
Nak’k’osh, mening holima tadbir etgil,
Bir yog’lig’ aro kashida taxrir etgil.
Ul safxada men xayol k’ilgon yanglig’,
Ul yorg’a mushkilimni tak’rir k’ilg’il.
* * *
To k’ilg’ali zikr tab’ nomini ko’ngul,
Vird ayladi tab’ ahli kalomini ko’ngul.
To hajr g’amu mehnati taskin topk’ay,
Istaydurur ahbob payomini ko’ngul.
* * *
G’avtoda may irtikob k’ilmok’ mushkil,
Jong’a kuch ila azob k’ilmok’ mushkil,
Bo’lmay dog’i mast xob k’ilmok’ mushkil,
Ahbobdin ijtinob k’ilmok’ mushkil.
* * *
Ey yor, sening vaslinga etmak mushkil,
Farxunda hadisingni epshtmak mushkil,
Ishk’ingni dog’i bartaraf etmak mushkil,
Boshni olibon bir sari ketmak mushkil.
* * *
To vodiy hajringda k’ilibmen manzil,
Suvrat bila garchi ayrumen men bedil.
Vallahki, ey yor, sening yodingdin
Bir lahzayu bir zamon emasmen g’ofil.
* * *
Jonig’a etishti tuzu tog’ birla ko’ngul,
Dardini tugatmas isitmog’ birla ko’ngul.
G’urbatda oyok’ birla badan etmasdek,
Yuz shukrki, tinchdur k’ulog’ birla ko’ngul.
* * *
YAkson karaming k’oshida mudbiru muk’bil,
Oson sening ollingda jami’i mushkil.
YO lutfu inoyat oncha k’ilkim, ko’taray,
YO k’ahru g’azabni tok’atim boricha k’il.
* * *
Yuz hamd angakim, hamdin aning ahli mak’ol,
Yuz yil desalar tugatmagi amri mahol.
Vasfida xirad ojiz erur, notik’a — lol,
Ne nav’ sifat k’ilay oni jalla Jalol.
* * *
A’zoyu javorihingni hozir k’ilg’il,
Jon birla ko’ngul hoziru nozir k’ilg’il.
Har lahza bir andishayu bir fikrni k’o’y,
Andishayu fikringni borin bir k’ilg’il.
* * *
Ko’zungdin erur, nazora k’il, xastalig’im,
K’oshingdin erur g’am bila payvastalig’im.
Boshimni olib ketgay edim yuz k’otla,
Bo’lmasa edi sochingg’a dilbastalig’im.
* * *
Sening bila menki, oshnolig’ k’ildim,
Ishk’ingni hazin jong’a balolig’ k’ildim.
Ko’rmay-bilmay meni vafosiz debsen,
Men senga ne nav’ bevafolig’ k’ildim?
* * *
Ko’nglum tilagi visol emishtuk, bildim,
Ul vasl dog’i mahol emishtuk, bildim.
Har k’andaki bo’lsa mehribondur, der edim,
Ul dog’i g’alat xayol emishtuk, bildim.
* * *
Zulfig’a ko’ngul k’o’yub, parishon bo’ldum,
Ko’z oldurubon yuziga, hayron bo’ldum.
Chin dey senga, Boburoki, oshik’lig’da,
Har neki k’ilib edim, pushaymon bo’ldum.
* * *
Husnung sifatini eshitib zor o’ldum,
Ko’rmay seni ishk’ingg’a giriftor o’ldum.
So’rg’ilki, g’aming firok’i behol etti,
Ko’rgilki, ko’zung hajrida bemor o’ldum.
* * *
Hijronda, sabo, etgi falakka ohim,
Gar ul sori borsang, budurur dilxohim-
Kim, arzi duo niyoz ila k’ilg’aysen,
Gar so’rsa men xastani gulruh mohim.
* * *
Yillar tilab, ishni k’obu saxlab turdum,
Yuz jahd bila ishni munga etkurdum.
Mardona bo’l, emdi yaxshidur ish kelishi,
Tengriga seni, elni senga topshurdum.
* * *
Gar Ruhdam etsa erdi ohangi nag’am,
Majlisda ne huzn k’olur erdi, ne g’am.
To borg’ali Ruhdam bizing majlisdin,
Majlis eliga ne ruh k’oldi-yu ne dam.
* * *
O’t soldi ko’ngulga ranju betoblig’im,
Suv k’ildi bu xasta jonni beoblig’im.
Bu ikkalasi agarchi bor muhliku sa’b,
Lek o’lturadur tongg’acha bexoblig’im.
* * *
Ey gul, ne uchun k’oshingda men xor o’ldum?
Yuz mehnatu anduh bila yor o’ldum!
Vasling bila bisyor sevindum avval,
K’ajring bila ok’ibat giriftor o’ldum.
* * *
Yuz nomai ishtiyok’ tahrir ettim,
Yuz nav’ bila vaslinga tadbir ettim.
Ma’zur tut, ey k’uyoshki, tole’ yo’k’idin
Vaslinga etar mahalda tak’sir ettim.
* * *
YOr yog’lig’idin ko’ngulni xursand ettim,
Ruhum k’ushini tori bila band ettim,
Ko’nglumni ne nav’ uzay o’shal yog’lig’din,
Jon rishtasini torig’a payvand ettim.
* * *
Bemehr desa el seni, men butmas edim’,
Hargiz bu sifatni senga yovutmas edim.
Nohak’ og’rib, meni unuttung oxir,
Vallohki, sendin bu tama’ tutmas edim.
* * *
Islom uchun ovorai yoziy bo’ldum,
Kufforu hunud harbsoziy bo’ldum.
Jazm aylab edim o’zni shahid bo’lmok’k’a,
Alminnatulillohki, g’oziy bo’ldum.
* * *
Har kunda yuzungni ko’rmak erur xavasim,
Har kecha soching xayolidur hamnafasim.
Iso damidin ruh berur jismimg’a,
Sening soridin payom keltursa nasim.
* * *
K’otingda agar gunox. gohe k’ildim,
Yuz k’otla nadomat bila ohe k’ildim,
K’ildim yomonu asru tabohe k’ildim,
Lutfung bila sen kechur — gunohe k’ildim.
* * *
Ahbob unutmasa kerak ahdi k’adim,
Etkursa kerak xabar gahi payki nasim.
Bobur, chu umid ila k’ilur arzi niyoz,
Shoyadki, k’abul aylagay tab’i salim.
* * *
Bu olam aro ajab alamlar ko’rdum,
Olam elidin turfa sitamlar ko’rdum,
Har kim bu «Vak’oe’shi o’k’ur, bilgaykim,
Ne ranju ne mehnatu ne g’amlar ko’rdum.
* * *
Hammomki, ark ichinda paydo k’ildim,
Sog’inmaki, sudin tabarro k’ildim.
Sud ushbu emasmukim, tadbir bila
Pokiza badanlarni tamosho kildim.
* * *
Yuz shukr k’ilayki, yona oshik’ bo’ldum,
Olamg’a bo’lub fasona, oshik’ bo’ldum.
YAxshi so’zunggu vasfi jamoling eshitib,
Ko’rmay seni goyibona oshik’ bo’ldum.
* * *
Hammomki, k’ildim ko’rungizkim, ayyom,
O’xshatti aning bori ishi manga tamom.
Ko’z yoshiyu ko’ngul o’ti birla mendin
Gulchehralar istabon yuruydur hammom.
* * *
Ul yuzi k’uyoshki, bordur oydin afzun,
Husn ichra ul oy ollida xurshid zabun.
To bir kun ul oydin navozish topk’ay,
Ko’k doira bo’ldi-yu, jalojil oyu kun.
* * *
Ishk’ing yo’lida firok’ ila netgaymen?
Bir yo’l ko’rsatki, vaslinga etgaymen!
Vasling manga gar muyassar o’lmas bo’lsa,
Boshimni olib bir sorig’a ketgaymen!
* * *
Vasfingni necha ulusdin eshitgaymen,
Ne nav’ k’ilib visolinga etgaymen?
Gar vasl muyassar o’lmasa netgaymen?
Boshimni olib k’ay sorig’a ketgaymen?
* * *
Ul xatki, men anda seni yod etgaymen,
Ko’z ok’ida, koshki, savod etgaymen.
Kirpiklardin anga k’alam rost k’ilib,
Ko’z k’orasidin anga midod etgaymen.
* * *
Bir go’shai bog’ o’lsayu sen bo’lsangu men,
May k’uysok’ ikimiz k’adah ichra bir hin.
Ondin so’ngra ayok’ ilikka olibon,
Sen tutsangu men ichsam, men tutsamu sen.
* * *
Bek’aydmenu harobi siym ermasmen,
Ham mol yig’ishtirur laim ermasmen.
Kobulda ik’omat etti Bobur dersiz,
Andok’ demangizlarki, muk’im ermasmen.
* * *
Mehring nedurur — burun chu bor, javr — keyin,
Befoida ishk’ing g’amini necha eyin.
Holimni necha desam, demassen meni yor,
Sen demasang «Ey yor!» meni, men ne deyin?!
* * *
Hajringda ne k’on k’oldiki, yutmaydurmen?!
Ko’z yoshini bir lahza k’urutmaydurmen.
Diydoringning hak’k’ini, ey yuzi k’uyosh,
Tengri hak’i, bir zarra unutmaydurmen.
* * *
Sen gulsenu men hak’ir bulbuldurmen,
Sen shu’lasen, ul shu’lag’a men kuldurmen.
Nisbat yo’k’tur, deb ijtinob aylamakim,
Shahmen zlga, vale senga k’uldurmen!
* * *
Xattimni ko’rub, so’zumni chun bilgaysen,
Kelmakta bizga el kibi elgaysen.
Ixlosingni bilib yibordim k’osid,
Rahmat senga, zinhorki, bot kelgaysen!
* * *
Ul bordiki, ishrat orzu k’ilg’aysen,
Ishrat tilamaklikta g’ulu k’ilg’aysen.
Chun ayshu farog’ mumkin ermas zinhor,
Bobur, g’amu mehnat bila xo’ k’ilg’aysen.
* * *
Ahbobg’a har xatki, savod etgaysen,
Bizni dog’i ul bitikda yod etgaysen.
Mak’sudki, k’osidi agar kelsa bu yon
Bir noma bila ko’ngulni shod etgaysen.
* * *
Hijronda sog’inib, meni shod etgaysen,
Men xastani muxlis e’tik’od etgaysen.
Bu xatni aning uchun bitidim munda,
Ko’rgach bu xatimni meni yod etgaysen.
* * *
Necha menga javr muttasil k’ilg’aysen?
Mehring yo’k’u necha munfail k’ilg’aysen?
Javringni ko’rub, mehoni ko’rmay kettim,
Gar ko’rsamu ko’rmasam bihil k’ilg’aysen.
* * *
Zaxmingni ko’ngul tilar — ango k’ilg’aysen,
Zaxmingni ko’ngulga bexato k’ilg’aysen.
Til iki alif ko’ksuma, na’l o’rtadakim,
Ko’nglum tilarin hak’k’in ado k’ilg’aysen.
* * *
Xush ulki, kelib yonimda o’lturg’aysen,
YO bir nafas ollimda kelib turg’aysen.
Og’zingg’a o’par so’zin bitiy olmasmen,
Borgon kishidin og’iz so’zin so’rg’oysen.
* * *
Davlat bila shodu shodmon bo’lg’oysen,
Shavkat bila maighuri jahon bo’lg’oysen.
Ko’nglungdagidek dahr aro kom surub,
Bu dahr borincha Komron bo’lgoysen.
* * *
Eyki, yorolig’ jismima marham sensen,
Majruh ko’ngulg’a nishtar xam sensen.
Gah shodu gahi g’amgin esam, ayb etma-
Kim, boisi shodmonlig’u g’am sensen.
* * *
Jonimda mening hayoti jonim sensen,
Jismimda mening ruhu ravonim sensen.
Boburni seningdek o’zga yo’k’ yori azizi,
Alk’issaki, umri jovidonim sensen.
* * *
Eykim, manga mujda berding ul jonondin,
K’ilding meni ozod g’ami hijrondin.
Bu mujdani ne nav’ sifat k’ilg’aymen,
Go’yoki, xabar berding o’lukka jondin.
* * *
Davron meni o’tkardi saru somondin,
Oyirdi meni bir yo’li xonumondin.
Gah boshima toj, gah. baloyi ta’na,
Nelarki, boshimg’a kelmadi davrondin.
* * *
So’z so’rg’ali la’li nuktadoning topmon,
Yuz surtgali ul ostoning topmon.
Benomu nishonlig’ istasam, ne tongkim,
Nomingni eshitdimu nishoning topmon.
* * *
Ahbob yig’inidin necha k’olg’oymen,
O’zumni netib ul arog’a solgoymen?!
Borsam dag’i anda mehmon kasratidin,
Ma’lum emaski, er topa olg’oymen.
* * *
El suhbatiniki, orzu k’ilmishmen,
Ne xushlug’ ila bu guftugo’ k’ilmishmen.
Ishrat bila ayshni ne ish k’ilg’oymen,
Menkim, g’amu mehnat bila xo’ k’ilmishmen.
* * *
To tarki manohiyu sharob etmishmen,
Nafsimg’a Xudoy uchun azob etmishmen.
Tavba eshigi hanuz ochuk’ erdi,
Bu tavbada bir nima shitob etmishmen.
* * *
May tarkini k’ilg’ali parishondurmen,
Bilmon k’ilur ishimniyu hayrondurmen.
El barcha pushaymon bo’luru tavba k’ilur,
Men tavba k’ilibmenu pushaymondurmen.
* * *
Ishk’ing meni k’ildi asru shaydo, netayin?
Olam eliga ayladi rasvo, netayin?
Jonimni fido k’ilib sanga, andin so’ng
Dermenki, seni jon etay, ammo netayin?
* * *
Vaslingni tilab necha, sabodin bilayin,
Kelgilki, k’uyundek boshingga evrulayin.
Gar kelmasang, istasang meni xidmatingga,
Boshimni k’adam k’ilib, k’adamg’a kelayin.
* * *
Ishk’ ishini boshtin yana bunyod etayin,
Ishk’ing g’ami birla xotirim shod etayin.
Debsenki, unutma meni hijron aro, voy,
Seni unutub, ne kishini yod etayin?!
* * *
YOring sening ilohiy «Taborak» bo’lsun!
Dushmanlaringga to’’ma palorak bo’lsun!
Mulkungda farog’at bila xonliklar k’il,
Mulkung bila xonlig’ing muborak bo’lsun!
* * *
Besabrmenu besaru somondurmen,
Bir g’amzadadurmenu parishondurmen.
Ne dinning ishin k’ildimu ne dunyoning,
YO Rab, netay, o’z ishimga hayrondurmen.
* * *
Ul sho’xki, bildurdi vafodorlig’in,
Tark ayladi go’yoki sitamkorlig’in.
Lutf ayladi — yorlik’k’a farmon berdi,
A’do bila yordur, netay yorlig’in?!
* * *
Sening bila so’z muk’arrar andok’ k’ilayin,
Olamda seni mo’’tabar andok’ k’ilayin.
Tengri xak’i, bu xidmat agar sen k’ilsang,
Har nav’ki, ko’nglung tilar — andok’ k’ilayin.
* * *
Nisyon k’alamin necha menga surgaysan,
Vak’t o’ldiki, xajr nomasin burgaysen.
Budur tilagim — xatimni chun ko’rgaysen,
Albatta, o’zungni manga etkurgaysen!
* * *
Kechrak kelasen, bu xastadin to’ydungmu?
Dil safhasidin harfi vafo yo’ydungmu?
Nomusu uyot kerak, uy, ot sahldurur,
Yuz k’o’y uchun ul eshikka yuz k’o’ydungmu?
* * *
G’am xonasi sori guzar, ey jon, k’ilma!
Ishrat uyini kulbai ahzon k’ilma!
Zulfung kibi ko’nglumni parishon aylab,
La’ling kibi bag’rimni to’la k’on k’ilma!
* * *
Har zulftin, ey ko’ngul, parishon bo’lma,
Har yuzga ham asru zoru hayron bo’lma.
Men senga demonki, tarki ishk’ et, lekin,
Andok’ k’ilkim, so’ngra pushaymon bo’lma!
* * *
Muncha meni zor, ey yuzi xurshid, etma,
Furk’at alamini menga jovid etma.
Tengridin agar sening umiding bordur,
Tengri uchun, ey oy, meni navmid etma.
* * *
Davlatk’a etib, mehnat elin unutma!
Bu besh kun uchun o’zungni asru tutma!
Borg’onni, kel emdi, yod k’ilmay, ey do’st,
Borish-kelishingni lutf etib, o’ksutma!
* * *
Hijron aro yod etib, meni shod ayla,
Mahjur ko’ngulni g’amdii ozod ayla.
Bu xatni aning uchun bitidim munda,
Ko’rgan soyi xattimni meni yod ayla!
* * *
Ko’z ravshan edi sening jamoling birla,
Ko’ngul xush edi sening visoling birla.
Bas tiyrayu noxush etti hajring bizni,
Emdi k’ilaling xo’y xayoling birla.
* * *
Sen anda farog’u ayshu ishrat birla,
Men munda harob ranju mehnat birla.
Asrarmen o’zum birla seni nak’sh k’ilib,
Xursand bo’lurmen ushbu suvrat birla.
* * *
Netgay kishi bu falak nifok’i birla,
Etgay bu falak otu so’rok’i birla.
Gah tirguzadur visol ayyomidin,
Gah o’lturadur shomi firok’i birla.
* * *
Rafgoriyu k’addig’a ravonim sadk’a,
Bir bok’ishig’a ikki jahonim sadk’a.
Og’ziyu beliga budu nobudum sarf,
Ko’ziyu labig’a jismu jonim sadk’a.
* * *
Bobur mutavajjih o’lsa Langar sorig’a,
K’ilmas nazari bixishtu kavsar sorig’a.
Sendin tilagumdur madad, ey shoh G’iyos,
Har vak’tki, azm aylasam har sorig’a.
* * *
Azm ayla, sabo, et guli xandonimg’a,
Ne gulki, k’uyoshdek mahi tobonimg’a.
Etgil dog’i ishtiyok’ ila Boburdin,
Zinhor degil salom tuk’k’onimg’a!
* * *
Keldim sanga yuz umid birla, ey moh,
Lekin, bordim yuzungni ko’rmay, yuz oh,
Hamsuhbatu hamrahni netay bu yo’lda?
Darding menga hamsuhbatu ishk’ing hamroh.
* * *
Ne xesh meni xushlaru ne begona,
Ne g’ayr rizo mendinu ne jonona.
Har nechaki yaxshilik’ta k’ilsam afsun,
Xalk’ ichra yomonlig’ bila men afsona.
* * *
Bu dahr aro gar ehtimoli bo’lsa,
Mendek senga yori louboli bo’lsa.
Ul yor base noziku yo’k’ menda adab,
Mendin, ne ajab, agar maloli bo’lsa.
* * *
YOr uldurkim, she’rg’a mayli bo’lsa,
Netgay kishi she’r g’ayr xayli bo’lsa?!
Ag’yorning ozorini har hol bila
Chekkaymen agar yor tufayli bo’lsa.
* * *
Dunyo borisi manga musaxhar bo’lsa,
Uk’boda dog’i Xudoy yovar bo’lsa.
Budur tilagim ikki jahonda Hak’din,
Har ne tilasam, bori muyassar bo’lsa!
* * *
Bobur bila Mir ittifok’i bo’lsa,
Yo’k’tur g’am agar jahon nifok’i bo’lsa.
Budur tilagimki, shoh dargohida
Men banda uchun hamisha bok’iy bo’lsa!
* * *
Ko’nglushta nechaki, sayr matlub o’lsa,
Ahbobni so’rmok’ dog’i marg’ub o’lsa.
Gar hajring imtidodi mundin ortar,
K’olmas manga sabr — sabri Ayyub o’lsa.
* * *
Xush ulki, bahor fasli bu dunyoda,
Bo’lg’ay tarab asbobi bori omoda.
Gar bo’lmasa asbob, etoling dangona,
Mendin gazaku taom, sendin — boda.
* * *
Ahbobk’a k’ilsang guzar, ey el, nogoh,
Ul jam’ni bu so’zumdin etgil ogoh.
Siz ko’rgandek eson-salomatturmiz,
Siz dog’i eson bo’lg’osiz, inshoolloh!
* * *
Jon vola erur la’li shakarboringg’a,
Ko’nglum ham erur harob ruhsoringg’a.
Guftoring erur boshdin-ayok’ borchasi xo’b,
Men banda bo’lay boshtin-ayok’ boringg’a.
* * *
Ey, oy yuzung ollida k’uyosh sharmanda,
Shirin so’zu yaxshi xulk’ungga men banda,
Hijronda necha noma bila so’zlashaling,
YO sen beri kel, yo borayin men anda.
* * *
Necha bu falak solg’usi g’urbatk’a meni,
Har lahza tugongusiz mashak’k’atk’a meni.
Ne chora k’ilay, netayki, Tengri go’yo,
Mehnatni menga yaratti, mehnatk’a — meni.
* * *
Bedard habib bilmadi dardimni,
Tufrok’cha ko’rmadi ruhi zardimni.
Mendin necha ko’nglida g’ubori bo’lg’ay,
Kettim muna, emdi topmag’ay gardimni
* * *
Ko’ngli tilagan murodig’a etsa kishi,
YO borcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikki muyassar o’lmasa olamda,
Boshini olib bir sorig’a ketsa kishi.
* * *
YOd etmas emish kishini g’urbatta kishi,
Shod etmas emish ko’ngulni mehnatta kishi.
Ko’nglum bu g’ariblik’da shod o’lmadi, oh,
G’urbatta sevunmas emish, albatta, kishi.
* * *
Ovoralig’ asru xonumondin yaxshi,
Bir go’sha manga ikki jahondin yaxshi.
Ovora bo’lurni yaxshi ermas demagil,
Bo’lsam agar ovora, ne ondin yaxshi?!
* * *
Har so’zniki dermen sanga, lof o’lmag’usi,
Bema’niyu harzayu gazof o’lmag’usi.
Ul ishta agar muxolafat aylarsen,
Tengri hak’i, bu so’zda xilof o’lmag’usi.
* * *
Ey yor, jafo rasmi chik’ormok’ ne edi?!
YO mehr giyohini k’o’pormok’ ne edi?
Bir mehr, yana lutf, yana javr nedur?
Bir bordingu kelding, yana bormok’ ne edi?
* * *
Gar mehr bila bu charx evrulsa edi,
Jonlardin aning javfi kerak to’lsa edi.
Bobur kibi jong’a mehr bog’lar erdim,
Gar ushbu jahonda mehr, jon bo’lsa edi.
* * *
Holimg’a, kerak, habib evrulsa edi,
Ishrat k’adahi habibdin to’lsa edi.
Xush vak’tturur yoz, vale noxushmen,
Xushvak’t bo’lur edim, chog’ir bo’lsa edi.
* * *
Jon ahdi bor, ey nigor, etmasmu edi?
Ul ahd bila k’aror etmasmu edi?
Emdi dog’i vasl intizorin berasan,
Muncha mahal intizor etmasmu edi?
* * *
G’urbat tug’i yopk’on ruhi zardimnimu dey?
YO hajr chik’argon ohi sardimnimu dey?
Holing nedurur? Bilurmusen dardimni?
Holingai so’raymu, yo’k’sa dardimnimu dey?!
* * *
Ishvang bila g’amzangaiyu nozingnimu dey?
Javrung bila so’zunggu gudozingnimu dey?
So’zung, k’ilig’ing, navozishingmu aytay?
Ovozu usulingniyu sozingaimu dey?
* * *
Ko’zum uyi yuzidin musavvar bo’ldi,
Bu vajh bila ko’ngul munavvar bo’ldi.
Yuz shukrki, Bobur kibi oshik’likda,
Har neki tilab edim — muyassar bo’ldi.
* * *
Xattingni ko’rub, ko’ngulga hayrat bo’ldi,
She’ring eshitib, jong’a musarrat bo’ldi.
Bu necha mahal tag’oful etting, demagil,
Tole’ yo’k’ ediki, muncha g’aflat bo’ldi.
* * *
Ey payk, borib sano bila k’ulluk’, de!
Er o’p, dog’i k’o’p, ado bila k’ulluk’, de!
Gar yor meni xastani so’rsa zinhor,
Mendin yuk’unub, duo bila k’ulluk’, de!
* * *
Nomangki, tirikligim nishoni erdi,
Har satri hayoti jovidoni erdi.
Har lafzida oshkor yuz harfi vafo,
Har harfda yuz mehr nihoni erdi.
* * *
Hajringda bu tun ko’ngulda k’ayg’u erdi,
Vaslingg’a etishmadim — jihat bu erdi:
Ohim tutuni birla ko’zumning yoshidin
Yo’l balchik’ edi, kecha k’arong’u erdi!
* * *
Hajringda, agarchi jong’a bedod erdi,
Sensiz manga yuz fig’onu faryod erdi.
Fikringdin erdi, valek, xursandlig’im,
Zikring bila bu xasta ko’ngul shod erdi.
* * *
Xotirg’a xutur etti bu so’z yongla, axiy,
Aytay senga, sen k’ulok’ solib ongla, axiy.
Umrungni bu kun xush kechir ahbob ilakim,
Topilmagusidur ushbu kun tongla, axiy.
* * *
Eshitsa kishi bu sho’ru shevan, ne degay?
Doim bu tariyk’ ichkuni ko’rgan ne degay?
Dushman so’ziga kirma, eshit do’st so’zin,
Eshitmasa so’zni do’st, dushman ne degay?
* * *
Ishk’ingda ko’ngul harobdur, men ne k’ilay?
Hajringda ko’zum purobdur, men ne k’ilay?
Jismim aro pechutobdur, men ne k’ilay?
Jonimda ko’p iztirobdur, men ne k’ilay?
* * *
Shoxim, sanga ma’lum emastur, ne k’ilay?
Ohim sanga ma’lum emastur, ne k’ilay?
Men yuzu k’oshing dermenu sen — badru hilol,
Mohim, sanga ma’lum emastur, ne k’ilay?
* * *
Boshimni tufayl ul saromadk’a k’ilay,
Jonimni fido o’shal sihi k’adk’a k’ilay.
Bu xasta ko’ngul bila xamida k’adni
Ko’zi bila zulfig’a aning sadk’a k’ilay.
* * *
Etsam sanga, k’ullug’umni cho’k’ arz k’ilay,
Sen etsangu men desamki, yo’k’ arz k’ilay.
Ko’ptur so’zumu mahram emas hech kishi,
Ruhsat etsa, tobug’ungda-o’k’ arz k’ilay.
* * *
Hijron aro necha noma tahrir k’ilay,
Xoma tili birla hol tak’rir k’ilay.
Xush ulkim, so’zum sanga desam vositasiz,
Sen andayu men munda — ne tadbir k’ilay?
* * *
Mening tilagim budurki, to zinda bo’lay,
K’ar k’anda esang, banda dog’i anda bo’lay.
Ne xulk’ edi, yona ko’nglum olding so’z ila,
Shirin so’zu yaxshi xulk’ungga banda bo’lay!
* * *
Husnungai sening kimki taak’k’ul k’ilg’ay,
Sendin boshk’a nechuk tahammul k’ilg’ay?
Bu tab’u bu ixtilotkim, sendadurur,
Ne menki, bori olam elin k’ul k’ilg’ay.
* * *
Ash’oringkim, she’r oti to bo’lg’ay,
Tab’ ahli anga volayu shaydo bo’lg’ay.
Har lafzi duru bahri maoniy anda,
Kim ko’rdi dureki, anda daryo bo’lg’ay.
* * *
Arbobi hasadki, dunyodin dur o’lg’ay,
Istar sevaridin kishi mahjur o’lg’ay.
Doim ko’rayin yuzung alo rag’mi hasud,
Har kim ko’ra olmasa, ko’zi ko’r o’lg’ay.
* * *
Nosih so’zi sanga necha mardud o’lg’ay,
YAxshiyu yamon k’oshingda nobud o’lg’ay.
Bori emdi maosh, bir nav’ etkim,
Hak’ roziyu olam eli xushnud o’lg’ay.
* * *
Yuz jahd ila etmay sanga, ey oy, netay?
Hajring alamida necha yig’loy, netay?
Yo’k’ sanga vafoyu rahmu parvoy, netay?
Ey voy, netay? Voy, netay? Voy, netay?
* * *
Men necha jafoyu javrunga sabr etay?
Bir zarra vafoyu mehr yo’k’ senda, netay?
Chun boshim ayog’ingg’a k’o’yarg’a yaramas,
Boshimni olib ayok’ etgancha ketay!
* * *
Ahbob, firok’ingiz bila el netgay?
Sizlarga kishi ne chora aylab etgay?
Jam’iyatingizni jam’ tutk’ay Tengri,
Boburni dog’i bu jam’da jam’ etgay.
* * *
K’osidki yibording, ayladi shod meni,
Doim bu yo’sunluk’ aylagil yod meni.
Ozodingga k’ul bo’layki, xatting keturub,
Hajring g’amidin ayladi ozod meni.
* * *
Har kim desa burno yo agar yongla meni,
O’zungga musohibu muxib angla meni.
Bu kun meni yod etib, unutma tongla,
Zinhorki, ko’z tut ushbu kun tongla meni.
* * *
She’ring eshitur fikrini Bobur k’ildi,
Ne fikri xushu yaxshi tasavvur k’ildi.
Ko’zni yoruk’ ayladi savodi birla,
Mazmuni bila k’ulok’ni purdur k’ildi.
* * *
Hijron g’amidin zaif jonim so’ldi,
G’urbat alami birla ichim k’on bo’ldi.
Yuz shukrki, muncha yilg’i g’am birla alam
Rohat bila ishratk’a mubaddal o’ldi.
* * *
Tole’ yo’k’i jonimg’a balolig’ bo’ldi,
Har ishniki, ayladim — xatolig’ bo’ldi.
O’z erni k’o’yib, K’ind sori yuzlandim,
YO Rab, netayin, ne yuz k’arolig’ bo’ldi?!
* * *
Husnungki sening shuhrai skrok’ o’ldi,
Jon birla ko’ngul vaslingga mushtok’ o’ldi.
Hajring aro intizor haddin oshti,
Kel yo meni ista — tok’atim tok’ o’ldi.
* * *
Idrokinggu tab’u hushungga banda bo’lay,
Ovozu usulu jo’shungga banda bo’lay.
Tak’sim k’ilurda nak’shlarg’a abyot,
Ta’rib bila o’k’ushugata banda bo’lay.
* * *
Bu chehrai zardimdin uyolsang, netgay?
Rahmat nazarini manga solsang, netgay?
Bir ishva bila ko’ngul berib Boburg’a,
Bir bo’sa bila ko’ngulni olsang, netgay?
* * *
Gar sidk’ bila birovki, oshik’ bo’lg’ay,
Ma’shuk’ visoli anga loyik’ bo’lg’ay.
Pir ollida topk’usi murodin beshak,
Har kimki, agar muridi sodik’ bo’lg’ay.
* * *
Ishk’ing, netay, ixtiyorsiz k’ildi meni,
Sabrimni olib, k’arorsiz k’ildi meni.
Olam zli ichra orsiz k’ildi meni,
Zuhd ahlig’a z’tiborsiz k’ildi meni.
* * *
Boburki, demas har kishiga har so’zini,
Elchingga dedi vale sarosar so’zini.
Sultonali ar so’zum senga desa, ne tong,
Ore, lak’u dak’ degay k’alandar so’zini.
* * *
Kelmas ko’zuma k’uyosh kibi gar mingdur,
YOk’mas menga gar oy mingi yanglig’ mingdur.
Gil birla gul ichra fark’ eta olmasmen,
Gulxan bila gulshan menga emdi tengdur.
* * *
Ko’nglumki, erur k’uyosh kibi yuzungo,
Yl o’tdi-yu, kelmadi bu sori ul moh
Til birla ko’ngul ishk’ aro bir k’ildimu bas,
YOr og’ritti g’amin ko’ngulni ammo.

Tuyuk’lar

Vasldin so’z derga yo’k’ yoro manga,
Hajr aro rahm aylagil, yoro, manga.
O’k’ung etti ko’p yomon yoro manga,
Marxami lutfung bila yoro manga.
* * *
Ulki, har ko’zi g’azoli Chindurur,
K’oshida payvaeta oning chindurur.
Chunki ko’p yolgon aytti ul manga,
Gar desam yolg’onchi oni chindurur.
* * *
Meni behol aylagan yor oydurur —
Kim, oning vasli menga yoroydurur.
Gar visoli bo’lmasa, ketar erim
YO Xuroson, yo Xitoy, yo Roydurur.
* * *
Ishk’ ahli ishk’ dardini taning,
Ko’p yomondur, dardi ishk’idin taning.
Har necha ko’zum och ersa, ko’z to’yor
Gar ochilsa siymdek nozik taning.
* * *
Mehrkim, ko’kka k’ilur ohang tong,
Ollida bo’lsa, emas berang tong.
Xoliyu ikki labidek bo’lmag’ay,
Hindu ar keltursa shakkar tang-tang.
* * *
Kel, k’ilay jonni nisoring, o yorim,
Nak’di jonni bormu sendin oyorim?!
Bo’sa bersang gar tamom og’zing bila,
Kunji og’zingdin oloyin oyorim.
* * *
Sen kibi bir dilraboni bilmanam,
Oshiki sodikki derlar, bil, manam,
K’il tasavvur ko’z yoshimni bir tengiz,
O’zga oshik’ ashki yanglig’ bilmanam.
* * *
To chik’ardi xat uzori pokidin,
Gul yuzi ozurda bo’ldi pokidin.
Istar erdi el burun yuz mehr ila,
Emdi ul yuz mehri ketti pokidin.
* * *
To ko’ngul berdim o’shal k’oysorig’a,
Borgonini bilmadim k’oy sorig’a.
Do’stlar, yorg’a meni sog’indurung,
Solsangiz nogah k’ulok’ k’oysorig’a.
* * *
Shah, supuray ostoning yuz ila,
Tiymanakdin necha uray yuz ila,
Ikki yuzluk muddaiydin ne g’amim,
Gar ishim tushsa alardin yuzila?!
* * *
Ne balo biyikturur davlat tog’i,
Ko’yi g’amni ne bilur davlat tog’i.
Himmate tut, dog’i davlat istagil,
Ximmating bo’lsa, bo’lur davlat tog’i.
* * *
Jong’a soldi daf g’urbat norini,
Ko’z yoshim bo’ldi mo’g’ulning norini.
Bu aroda men degandek bo’lmasa,
Ko’zlay Issig’ko’lu andin norini
* * *
K’addimni firok’ mehnati yo k’ildi,
Ko’nglum g’amu anduh o’tig’a yok’ildi.
Holimni sabog’a aytib erdim, ey gul,
Bilmon, sanga sharh k’ilmadi yo k’ildi?!

K’it’alar

Ey alarkim, bu Hind kishvaridin
Bordingiz anglab o’zga ranju alam.
Kobulu xush havosini sog’inib,
Hinddin garm bordingiz ul dam.
Ko’rdingiz — toptingiz ekin anda
Ishratu aysh birla nozu niam?
Biz dog’i o’lmaduk’, bihamdilloh,
Garchi ko’p ranj edi-yu, behad g’am.
Hazzi nafsiy, mashak’k’ati badaniy,
Sizdin o’tti-yu, o’tti bizdin ham.
* * *
Davron g’ami bila sitamini unutgurur
Ul sabzchehra yor xayoli aladdavom.
Hijronida xayol eta olmon, bu turfakim,
Vaslida ham xayol agar bo’lsa, borcha xom.
Vasfida xomlik agar o’lsa, ne g’amdurur,
Chun daf’ etar xayoli g’amu g’ussani tamom.
Chun yori rozdor k’ilurman seni xayol,
Asror fosh aylama zinhor, vassalom!
* * *
Bobur niyozu madhini etkurgil, ey sabo,
Ul shahzoda Nosir olijanobk’a.
Bo’l oyu yil farog’atu xushboshlig’ bila
Bo’lguncha mohu sol oyu oftobk’a.
Hijron cho’lida jahd bila po’yalar urub,
Istab ziloli vasl, etishtim sarobk’a.
Chun xost mundok’ erdiki, hajringni chekkamen,
Bexost raj’at aylamisham Andarobk’a.
* * *
Eyki, targ’ib k’ilursen chog’ir ichmakka meni,
Sozu xonanda bila sok’iyu saxbo bormu?
Bovujudiki, o’tubtur chog’ir ichmak vak’ti,
Majlis asbobini, bilmonki, muhayyo bormu?
* * *
Noumid bo’ldum, ey Mo’g’ul, sendin,
To eshitgimki, Andijon bording.
Aytg’on so’zga keldim, ammo, sen
YAxshi kelding demay, yamon bording.
* * *
K’olmadi hurmat ahli olamda,
Olamu olam ahdidin yuv ilik!
Boburo, ikki podsholig’din
YAxshirok’ bu zamonda bir beklik.
* * *
Muyassar o’lsa agar yor vasli g’urbatta,
Vatanni ne k’ilayu o’z diyor nega kerak?
Yibordi yor manga yodgor deb xatini,
Manga habib kerak, yodgor nega kerak?!
* * *
Ne sud andin poy dar gillig’im,
Chu al do’stlardin ul oy yub emish.
O’zin forig’u bizni k’ilgon asir-
Kim, ermish bu yanglig’ ul Ayyub emish.
* * *
Tamomi husn eli sog’u hushyor ekanda,
Durushtu tund agar bo’lsalar, bilingki, eridur.
Chog’ir kerakki, ichib, bazm bo’lsa, barcha yigitlar,
Chog’ir ketur, bori xublar chog’irga tushkularidur.
* * *
Ne k’ilayin sening bila, ey til,
Jihatingdin mening ichim k’ondur!
Necha yaxshi desang bu hazl ila she’r,
Birisi fahshu biri yolg’ondur.
Gar desang kuymayin bu jurm bila,
Jilavingni bu arsadin yondur!
* * *
Ul sarvning harimig’a gar etsang, ey sabo,
Bergil bu hajr xastasidin yod ko’ngliga.
Rahm aylabon sog’inmadi Boburni, bor umid,
Solgoy Xudoy rahmni Fo’lod ko’ngliga.
* * *
Bu viloyatka muk’ayyad bo’lmag’il,
Kel, Xuroson jonibig’a azm k’il!
Gar borur bo’lsang, erurmen hamrahing,
V-ar turarsen, men borurmen jazm k’il!
* * *
Yo’k’turur nozingdin ozore manga,
Noz agar k’ilsang manga matlubdur.
Xoh ko’rsat lutfu xohi javr k’il,
Har ne vok’e’ bo’lsa sendin xubdur.
* * *
K’ilmasa ul oy nazar manga, ne tong?
Tengri tole’ chun manga yorotmadi.
O’k’i yorar erdi ko’nglum dardini,
Netayin, ko’nglum uchun yor otmadi.
* * *
Kobulu G’azni eliga aytingiz:
Bizga er emdi Xushobu Beradur.
K’ay sorig’a borg’asizkim, mulku mol
Bizga munda Hak’ taolo beradur.
* * *
Kimki, mubtal etar ul yotishini,
Sindururlar boshini yo tishini.
Negakim, o’z ishini tark etibon,
Harzagard o’lub, etar yot ishini.
* * *
Xurosong’a o’n oy tortib cherik, Kobul sori yonduk,
K’ish ichra Chixchiron birlakim, ul yo’l vahmi jon oldi.
Bu fursatta kishi o’tmoydurur hargiz bu dobondin,
Biz o’ttuk, lek elning ilik-oyog’in sovuk’ choldi.
Necha kun k’or tepib, muz yostonib, tashvish ila k’o’nduk,
Sovuk’u k’or asru behd uchun el ko’ngul soldi.
Jebayu otlari elning k’oldi aksar yo’l yomon uchun
Bu yurushta ziyon ko’b bo’ldi, bore yaxshi ot k’oldi.
* * *
Eyki, debsen lutf etib, lutfi itobomez ila:
«Ko’nglung istar yorlar birla xamisha shod bo’l!»
Mendinu kimdin yana bordur nik’ori xotiring?
«Mendinu kimdinki ko’nglung istamas, ozod bo’l!»
* * *
Firok’ing o’lturur oxir meni dilxastani beshak,
Meni o’ltur visolingda, ne ya’ni andok’ o’lturmok.
Necha nosih. nasihat degayu, men ham ne k’ilg’aymen?
Azalda chunki bordur bu ko’ngulga ko’rguluk emgok.
* * *
Tarik’i fak’r suluk axlig’a ne xush yo’ldur,
Vale bu yo’lda keraklikturur rafik’i shafik’.
Tarik’i fak’r agar istasang, beri kelkim,
Suluk ahli demish: «alrafik’u summa tarik’».
* * *
Otani chunki k’ibla debturlar,
K’ibla yanglig’ anga nazar k’ilg’il.
Ota og’ritma, ey otam, zinhor,
Ota ozoridin xazar k’ilg’il.
* * *
Bilur jahon elikim mehmon ziyofatidin,
Mening tarik’im emas ijtinob k’ilmog’lik’.
K’avo xush erdi-yu, ahbob dog’i k’o’ymadilar:
Zarurat o’ldi chog’ir irtikob k’ilmog’lik’.

To’rtliklar

Tutmag’il, ey gul, ravokim, ishk’ing ichra har g’arib,
Erga bosh k’o’yg’ay xazon yafrog’i yanglig’ sarg’arib.
Shaxrdin bezor bo’lsa, ne ajab, bezar kishi,
Ishk’ aro bemor bo’lsa, tong emas, bemar g’arib.
* * *
YOr ko’b bemehrdur, tole’ base noi’tamid,
Vahki, kun-kundin bo’lurmen o’z-o’zimdin noumid.
Vasl borgondek ko’nguldin, bordi ilgimdin ko’ngul,
Ne menga andin xabardur, ne anga mundin navid.
* * *
Kelki, bormay, seni ko’rmay yuz tuman armon bila,
Mak’damingda nak’di umrum sarf aylay jon bila.
Necha istarsen mening dardimg’a darmon, ey tabib,
Ishk’ dardi yaxshi bo’lg’aymu ekin darmon bila?
* * *
Necha mehrsizliktin hijron yo’lig’a borg’ay?
Kim bu yo’ldin, ey ko’ngul, ul k’uyoshni k’aytarg’ay?
Hech eshitmayin so’zni, g’amga soldilar o’zni,
YO ko’ngulni, yo k’o’zni, — k’aysi birisin k’arg’ay?
* * *
Abdussamadi Tarxon, ishrat bila bo’l beg’am,
Abdussamadi Tarxon, ishrat bila bo’l xurram.
El xamdami bo’lg’anda, ishk’ingda g’amu mehnat,
Abdussamadi Tarxon, ishrat bila bo’l hamdam.
* * *
Xayol etsam ul belni, hol eltadur,
Meni beli sori xayol eltadur.
K’adining xayolin ko’z asrab magar,
Ko’ngul ravzasig’a nix,ol eltadur?
* * *
Ey xush ulkim, k’ilsa g’amdin ko’nglini ogoh, ishk’,
Aylasa beg’amlig’ining k’issasin ko’tox, ishk’.
Vah, ne kun bo’lg’ayki, k’ovlab ak’lu donish xaylini,
Bo’lsa jon birla ko’ngulning kishvarida shoh ishk’.
* * *
Safar azmini k’ilding, men boraolmay turub k’oldim,
Nazar lutfini k’ilding mendinu men telmurub k’oldim.
Aningdek tund surdi xajr raxshin ul k’aroko’zluk,
Yirok’tin yuz alam birla k’arosini ko’rub k’oldim.
* * *
Seni ko’rmaslik ko’ngulga g’am edi, jonimg’a xam,
G’ayrning ko’rmakligi bo’ldi alam uzra alam.
YO sening ko’rmakligingdin g’ayr bo’lsa erdi daf’,
YO seni ko’rmaydururmen, g’ayrni xam ko’rmasam.
* * *
K’adi furk’ati meni duto k’ilur,
K’oshi xajri k’omatimni yo k’ilur,
Necha g’ayrg’a ul oy vafo k’ilur?
Necha jonima mening jafo k’ilur?

Masnaviylar

Sabo, ul gul harimig’a guzar k’il,
Mening holimdin ul gulga xabar k’il.
Salomim etkur ul oromi jong’a,
YAna mundok’ degil ul dilsitong’a:
«Yuzungni ko’rsatib, ko’nglumni olding,
Olib ko’nglumni, ko’zdin meni solding.
Degil dildorlig’ mundok’ bo’lurmu?
Tarik’i yorlig’ mundok’ bo’lurmu?
Seni mundok’ tasavvur k’ilmas erdim,
Bu yanglig’ rah,msiz ham bilmas erdim.
Seni deb barcha olamdin kechibmen,
Rafik’u yoru hamdamdin kechibmen.
Zamone k’ilmadim sendin farog’at,
Vale, bordur senga mendin farog’at.
Meni avval o’zungga h.amdam etting,
YOna bilmon nega nomahram etting.
So’zungkim, Xizr suyidin nishondur,
Vale, ul suv kibi mendin nihondur.
Ne, ya’ni muncha bizdin so’z yoshurmok’,
Jafo oyinini haddin oshurmok’?
Birovningkim, birovdin ko’ngli k’olur,
Kishi yuz so’z bila ko’ngulni olur.
Ajabkim, mendin, ey dildor, to’ydung,
Mening ko’nglumni bir so’z birla k’o’ydung.
Uzatma muncha ham, Bobur, so’zungni,
Bu so’zlar birla xor etma o’zungni.
Agarchi ko’p so’zung bor, muxtasar k’il,
Ul oyg’a so’zning aslidin xabar k’il.
Gar ul so’zkim, yoshurdung, aytmassen,
Bu yanglig’ odatingdin k’aytmassen.
Sening sevmasligingni jazm etarmen,
Bosh olib o’zga bir sori ketarmen.
Agar botrok’ yibormassen javobim,
Bu xatdin ortuk’ o’lur pechu tobim».
* * *
Ey payki sabo, k’otimg’a kelgil!
Eshit bu so’zumni, dog’i bilgil!
Eldek etib ul k’uyosh k’oshig’a,
K’uyun kibi evrulub boshig’a.
Yuz hasratu ishtiyok’ birla,
Yuz ming alamu firok’ birla.
Mendin tobug’ida bo’yla arz et,
Bu xidmatni o’zungga farz et:
«K-ey podshahi viloyati husn!
Sha’ningda kelibtur oyati husn!
Sen husn sariri podshohi!
Men ishk’ fak’iri dodxohi!
Hajru g’aming etti zulmu bedod,
Ey jonu jahon, fitonu faryod!
Oyrilg’ali, ey nigor, sendin,
Oyrildi hushu k’aror mendin.
Ko’zumda, agarchi, yo’k’ jamoling,
Ko’nglumdadurur, vale, xayoling.
Fikrim budururki, senga etsam!
Zikrim budurur — so’zung eshitsam!
Bormadi ko’nguldin ul sochu yuz,
YOd ettim alarni kecha-kunduz.
Chun yo’k’ k’oshinga etarga haddim,
K’oshing g’amidan egildi k’addim.
Zulfung girihig’a bastadurmen,
Ko’zung havasida xastadurmen.
To ok’ yuzung yirok’ tushti,
Ikki ko’zum ichra ok’ tushti.
Og’zing g’amidinki, tangdilmen,
O’lmay yururam, ne sangdilmen!
Lutf etki, harob bo’ldi holim,
Rahm aylaki, k’olmadi majolim.
Xush ulki, yuzungni yona ko’rsam,
Hayron bok’ibon yuzungga tursam.
O’psam ayog’ing k’o’yub yuzumni,
Surtub anga har zamon ko’zumni.
Bo’ynungg’a k’o’lum hamoyil etsam,
Sarvingni o’zumga moyil etsam.
Gah ilkima g’abg’abingni olsam,
Gah og’zima ul labingni olsam.
Ko’zumni ko’tarmasam ko’zungdin,
Yuzumni ko’tarmasam yuzungdin.
Gah og’zimg’a tilingni olsam,
Gah og’zingg’a tilimni solsam.
Hosilki, agar k’oshingg’a etsam,
Ko’nglum tilagancha ishrat etsam.
Yuzung yana ko’rsam erdi, ey jon,
O’lsam dog’i k’olmas erdi armon.
Yuz muncha xayollar k’ilurmen,
YOding bila hollar k’ilurmen.
Men ushbu xayollar bila shod,
Sen meni k’ilursen o’zgacha yod.
Mahjur ko’ngulni shod k’ilmay,
YAxshi so’z birla yod k’ilmay.
YOlg’on so’z ila itob etarsen,
Yuz k’ahr bila xitob etarsen.
Gar yolyuni bo’lsa zohir, ey do’st!
Sharmanda bo’larsen oxir, ey do’st!
Ey yor, sen aylama tasavvur-
Kim, ko’nglini o’zga k’ildi Bobur.
Yuz hursifat k’oshimg’a kelsa,
Yuz tig’i jafo boshimg’a kelsa.
Ko’nglumda hanuz o’shal vafodur!
Boshimda dag’i o’shal havodur!
Fikrim o’shalu xayol o’shaldur!
Dardim ulu zor hol o’shaldur!
Gar munda taraddud etsa oyim,
Bu so’zda guvoh erur Xudoyim.
Hol ul edikim, hikoyat ettim,
Gah shukru gahi shikoyat ettim.
Har neki ko’ngulda erdi — dedim,
Emdi sendin budur umidim:
Har ishta shitob k’ilmag’aysen!
Bu tavr itob k’ilmag’aysen!
K’olgon ko’nglumni olg’asen bot,
Olg’on nazaringni solg’asen bot.
Gar yaxshiyu gar yamon k’ilursen,
Dedim sanga, emdi sen bilursen.
To daxrdurur, salomat o’lg’il!
Xushluk’ bila to k’iyomat o’lg’il!
Xushvak’tlig’ing mudom bo’lsun!
Davlat sanga muetadom bo’lsun!
* * *
Xotirimni tilar esang, kel, k’o’p!
Bu so’zumni eshitgil, ey el, k’o’p!
Ul parining harimig’a guzar et!
Meni devona holidin xabar et!
Degil avval anga salomimni,
YAna arz ayla bu payomimni-
Kim: «Sanga nomalar ravon k’ildim,
K’olatimni borin bayon k’ildim.
Seni dedim umid ila, ey yor-
Kim, olib ko’nglum o’lg’asen dildor.
Yo’k’kim, ko’shlumga javr k’ilg’aysen,
YOrlig’ni bu tavr k’ilg’aysen!
Kam emas erdi yor olamda,
Har taraf yor bor olamda.
Boridin seni ixtiyor ettim,
Jonni ishk’ingda bek’aror ettim.
Garchi, ko’p furk’atingda k’on yuttum,
Lek, doim visola ko’z tuttum.
Bilmadimkim, firok’ ko’rgaymen,
Mehnati ishtiyok’ ko’rgaymen.
Nomalar yozdim iztirob bila,
Sarfaroz etmading javob bila.
Muncha chog’lik’ niyoz zohir etib,
Muncha so’zu gudoz zohir etib.
Bo’lmadi, ey nigor, nozing kam,
Ne k’ilay, eldin ehtirozing kam.
G’amu dardu alam bila to’ldum,
Oxir ul-amr noumid o’ldum.
Noumid o’lub, o’lturub erdim,
Mutaxayyir bo’lub, turub erdim-
Kim, yana noma birla yod etting,
K’ayg’uluk’ xotirimni shod etting!
K’o’yubon boshk’a bek’aror o’ldum,
YAna boshtin umidvor o’ldum.
Lutflar aylading, vale, ne sud?!
Emdikim, vasl ishidurur nobud.
Ey jafojo’y, mundog’ing bor emish,
Ko’nglung, ey yor, muncha yumshor emish.
Ne balo, berding intizor manga,
Ko’p jafo k’ilding, ey nigor, manga.
Bu k’ulung sanga chun kerak erdi,
Bu inoyat burun kerak erdi.
Emdikim, va’daga vafo k’ilding,
Meni o’zungga oshno k’ilding.
Hech bilmonki, chinmudur bu so’zung,
YAxshilik’k’a yak’inmudur bu so’zung?
YO bu ham ishvayu firibmudur?
Do’stluk’ta bular hasibmudur?
YOrlig’ni, agar, k’ilur bo’lsang,
YOrlig’ tavrini bilur bo’lsang.
Ahdu k’avlung durustu mahkam k’il!
Va’da chun aylading, vafo ham k’il!
Chun bu dam vasl ishi yirok’durur,
Ko’nglumiz xastai firok’durur.
Har k’achon vasl ishi yovuk’lashsa,
G’amu hijron cheriki tark’ashsa.
YOnmog’il aytk’on hadisingdin!
Tonmag’il aytk’on hadisingdin!
Shodmon k’il meni visol bila,
Ixtilot et bu xastahol bila.
Banda Boburni muhtaram k’ilg’il,
Mahram et vaslinga, karam k’ilg’il!
Sanga ko’nglumdagin dedim, ey yor,
Emdi sendin javob umidim bor.
Xat javobig’a yo’lda bo’ldi ko’zum,
Vassalom, emdi xatm bo’ldi so’zum».
* * *
Ey sabo, elmakni k’o’ygil, hazm k’il!
Sarvinozim ko’yi sori azm k’il!
El kibi et sarvinozim k’oshig’a!
Ham k’uyundek evrul oning boshig’a!
Bosh k’o’yub erga, niyozim arz k’il!
So’rsa holim sarvinozim, arz k’il!
Oytgil ul husn mulki xonig’a,
Demayin xon, balki jonlar jonig’a:
«Ko’rmayin yuzungai bemor o’lmisham,
G’oyibona oshik’i zor o’lmisham.
Hech bilmonkim, bilursen, ey nigor-
Kim, necha yildur chekarmen intizor.
Bir dog’i yod etmading bu necha yil,
Xotirim shod etmading bu necha yil.
Bahrae ko’rmay visolingdin dame,
Xoli yo’k’ erdim xayolyutgdin dame.
Fikring erdi do’stdoru hamdamim,
YOding erdi g’amgusoru mahramim.
Zarra, ey oy, k’ilmading parvo manga,
Ne balo ko’rsatting istig’no manga!
K’ilmading bir zarra istig’noni kam,
Bu na istig’nodurur, ey jonakam?
Sen bu yanglig’ mast husnung jomidin,
Men muningdek ayru vasling komidin.
Nechakim, k’ildim vafo, ko’rdum jafo,
Nechakim, ko’rdum jafo, k’ildum vafo.
YOvushub erdimki, navmid o’lg’amen,
Ishk’din begona jovid o’lg’amen.
Ishk’ rohu rasmini unutk’amen.
Zuhd tavru shevasini tutk’amen-
Kim, bayaknogoh keldi k’oside,
YOrdin ogoh keldi k’oside.
Vaslidin bir mujda berdi ul manga.
Jondin ortuk’ mujda erdi ul manga.
Vasfini nechuk k’ilay bu mujdaning,
Chinini k’andin bilay bu mujdaning.
Bo’lsa chin bir noma kelmasmu edi,
Bir nasimi lutf elmasmu edi?
K’o’ygil, ey k’osid, bular yolgondurur,
Mehru husn ahli bu ne imkondurur?!
Men ko’rubmen xo’blar javrini ko’p,
Men bilurmen xo’blar tavrini xo’b.
Gar so’zung chindur, yana bilmak kerak,
YOrdin bir xat olib kelmak kerak.
Ettil avval xidmatig’a yorning,
Bo’yla arz et hazratig’a yorning:
«YAxshi paygomingni etkurdi rasul,
Lutfu ikromingni etkurdi rasul.
Garchi k’ilding lutf, ey dilbar, manga,
Kelmadi lekin bular bovar manga.
Hajr o’tig’a necha yonsun bu ko’ngul,
Andok’ aytgilkim, inonsun bu ko’ngul.
Gar vafo k’ilmok’ xayoling bordurur,
K’o’y jafonikim, ko’ngul muztardurur.
Bir inoyatnoma birla yod k’il!
K’il inoyat, xotirimni shod k’il!
YO meni k’oshingg’a etkur, k’il karam,
YO k’oshimg’a kel, ko’zumga bos k’adam.
Har nekim ko’nglushta kelsa, ey pari,
Ul inoyatnomada yozg’il bari.
Gar sening vasling umidi bo’lmasa,
Vaslinga etmak navidi bo’lmasa.
O’zga bo’lmas o’zni bilmaklik manga!
Balki mushkildur tirilmaklik manga!
Vasl ila farsuda jismim zinda k’il!
Lutf ila Boburni boshtin banda k’il!
Xat javobig’a chekarmen intizor,
Bot javobini yiborgil, ey nigor!
Har ne ko’nglumda edi — dedim tamom,
Xatm bo’ldi so’zum, emdi vassalom!»
* * *
Bir kecha xotirim mushavvash edi,
Ko’zda suv, ko’nglum ichra otash edi.
Dahr ishidin fig’on k’ilur erdim,
Xotirimni yamon k’ilur erdim.
Har zamon daxgji xitob k’ilib,
O’lturub, gax, k’o’pub, shitob k’ilib.
Der edim: «Ey vafosi yo’k’ zolim,
Zulmdin etti o’lgali holim!
Zulmdin o’zga ishni bilmaysen,
Meni miskinga rahm k’ilmaysen.
Gar men o’lturgulukmen — o’lturgil!
Yo’k’ esa, so’rguluk esam — so’rgil!
Har nechuk tavr k’il, bu javr etma!
Har nechuk javr k’il, bu tavr etma!
Yo’k’ edi hech ishim sening birla,
Neng bor, ey daxri dun, mening birla?
Kunji uzlatga ro’ k’ilib erdim,
G’amu mehnatta xo’ k’ilib erdim.
Ey xush ulkim, jamii hamdamdin,
Dema hamdamki, jumla olamdin,
Forig’ erdim, k’anoatim bor edi,
K’one’ erdim, farog’atim bor edi.
Go’shae ixtiyor k’ilgon edim,
G’aflat uyk’usidin oyilgon edim.
YAna yuz ishvayu firib bila,
Hech bilmonki, ne hasib bila.
Davlat o’trusig’a meni solding,
G’aflat uyk’usig’a meni solding.
Bori ahbobni k’ilib masrur,
Bori a’doni aylading mak’hur.
Ota taxtida forig’ o’lturdum,
Bal, otam ko’rmaganni men ko’rdum.
Olti oy ichra olti taxt oldim,
Etni ik’lima, balki, ko’z soldim.
Dedim, emdi murodima ettim,
Bilmadimki, g’alat xayol ettim.
Ishratu aysh vak’ti etgan chog’,
Mehnatu g’ussa oti yitgan chog’,
YAna maxrumi xonumon k’ilding,
YAna ovvorai jahon k’ilding.
Dardu g’amni manga anis etting,
Mehnatu ranjni jalis etting.
Aysh ila ishratimdin ayrildim,
Davlatu izzatimdin ayrildim.
Davlatu taxtu izzu joh k’ani?
Hamdamu hamnishinlar, oh, k’ani?
Bordi ul ayshu komronlig’lar,
Emdi kim ko’rsa holatim — yig’lar.
Ko’rsatib davlat, emgaking na edi?
Erga urdung, ko’tarmaging na edi?
Bu nyochuk zulmdur — nihoyati yo’k’?
Bu na yanglig’ sitamki — goyati yo’k’?
Dahrg’a ne vafoduru ne rahm,
Dahr ko’p bevafoduru berahm.
Yo’k’turur mehri hech kishiga aning,
E’timod etma hech ishiga aning.
Goh kufr ahlini musallat etar,
Ahli dinning ishini munhat etar.
Goh bir k’ulni podshoh k’ilur,
Shohni banda goh-goh k’ilur.
Goh johilni sarbaland aylar,
Goh ok’ilni poyband aylar.
Jonu ko’nglida juz jaholat yo’k’,
Hech ishida aning adolat yo’k’.
Ne vafo k’ilganini bilsa bo’lur,
Ne jafosig’a sabr k’ilsa bo’lur.
Ne k’ilay, ne kishidin istay dod?
Kimga dahr ilgidin k’ilay faryod?
Dahri dundin shikoyatim ko’ptur,
Dahr elidin hikoyatim ko’ptur!»
Ushbu holatta notavon ko’nglum,
G’ussadin topmogon omon ko’nglum.
Uz k’atik’ holatig’a yig’lar edi,
Ko’z k’atik’ holatig’a yig’lar edi.
Keldi boshimg’a subhidam oxir,
Mehrdin urdi subh dam oxir.
Meni o’z dedi mehribonlig’din,
Necha so’z dedi mehribonlig’din.
Manga so’zlarki, tong bu tun k’otti,
Jonima o’k’lar erdi, tong otdi.
Subhi sodik’lig’i chu zohir edi,
Nafasi subhning muassir edi:
«K-ey faloni, bu ne razolattur?
Ne jaholatturu ne holattur?
Necha dunyo g’amidin etmaklik,
Ko’p so’z oning uchun engatmaklik.
Arzimas g’am emakka bu dunyo,
Bal, otin ham demakka bu dunyo.
Tama’ uzgil bu zski dunyodin,
Xotiringdin chik’ar bu dun yodin.
Davlat uchun ko’ngulni zor etma!
Izzat uchun o’zungni xor etma!
Ko’z ochib-bok’k’ucha safo yo’k’ anga,
Ko’z yumub-ochk’ucha bak’o yo’k’ anga.
Dahrdin kimga bo’lma multamasi,
Besh emas orzu bila havasi.
Nafsning kasbidur havoyu havas,
Ruh olidadur bular yaramas.
Nafs dushmandurur yak’in bilgil,
Do’stum, bu so’zumni chin bilgil.
Dushmanedur, agarchi, o’tru emas,
Lek, bir lahza sendin ayru emas.
Garchi zohirda to’g’ridektur nafs,
Jisming uyida o’g’ridektur nafs.
Burnog’ilar so’zin nazar k’ilg’il,
Uyning o’g’risidin hazar k’ilg’il.
Nafs tavsanini rom k’il o’zungga,
K’odir o’l harna so’z desang so’zungga.
Necha nafs ilkida zabun bo’lmok’,
Suxrai zumrai junun bo’lmok’.
Ne desang nafsning rizosi bila,
Neki k’ilsang aning havosi bila,
Fisk’ k’ilmok’din o’zga fikring yo’k’,
Fahsh demak’din o’zga zikring yo’k’.
Uyla razlu lavand o’lubsenkim,
Xalk’ aro rishxand o’lubsenkim.
Har zamon bir lavandi masharae,
Ma’siyat dudidin yuzi k’arae.
Uzni yondoshturub o’zung birla,
So’zni chirmashturub so’zung birla.
Oni o’zungga sen bilib hamdam,
Oni so’zushta sen k’ilib maxram.
K’ilg’asiz xalk’ni tuman g’iybat,
Degasiz otingizni xushsuhbat.
Har yamon bor — yor k’ilg’aysiz,
Har yamonlig’ki bor — k’ilg’aysiz.
Nogahon bir javon guzor aylab,
Ollida o’zni bek’aror aylab.
Har yigitkim, ko’runsa xol k’ilib,
Keynida yuz tuman xayol k’ilib.
Bu ne umru bu ne balolig’dur?
Bu ne tavru ne yuz k’arolig’dur?
Yo’k’turur hech e’timid sanga,
Tengridin yo’k’mudur umid sanga?
Lodalig’ birla umrum o’tti, netay?
K’ay sorig’a bu umr birla ketay?
Umr g’aflatta o’gkarib borasen,
Ey yigit, vok’if o’l, k’arib borasen.
Hak’ taolo nega yaratti seni?
Odamiylar sonig’a k’otti seni.
Kim, o’zung birla fikr k’ilg’aysen,
G’aflat uyk’usidin oyilg’aysen.
Bilgasen jahd ila bori sifatin,
K’ilg’asen dark Tengri ma’rifatin.
Rost k’ilg’aysen e’tik’odingni,
Bilgasen mabda’yu maodingni.
* * *
Jismingga za’f esa, jonim sadk’a!
Jonishta ikki jahonim sadk’a!
Ko’zungga bu tani bemor fido,
Beligacha bu badani zor fido!
Sensizin jism bila jonni netay?
Dard sendin esa darmonni netay?
Manga sensen bu jahondin mak’sud,
Ne jahon, jism ila jondin mak’sud.
K’omating yanglig’ uzun yosh topk’il!
Umr husnung kibi dilkash topk’il!
K’osiding keldi — safo kelturdi,
Xabari mehru vafo kelturdi.
Nomani manga ravon aylabsen,
Joni yo’k’ jismima jon aylabsen.
Ko’rubon nomani o’zdin bordim,
O’k’ubon so’zini so’zdin bordim.
Ko’rgach-o’k’ ko’zuma surtub o’ptum,
O’pgach-o’k’ boshima k’o’yub k’o’ptum.
Borcha mazmuni aning xub erdi,
Bori lafzi dag’i marg’ub erdi.
YOrda mehru vafo bor ermish,
Lillahil-xamd, vafodor ermish.
Tunu kun fikru xayolim budurur,
Oyu yil tavrumu holim budurur.
Hajrning kulbasidin ketgaymen,
Vasl koshonasig’a etgaymen.
Vaslingga Tengri meni etkursa,
Lutf etib, manga seni etkursa.
Etgach-o’k’ evrulayin boshingdin!
G’oyib o’lmay nafase k’oshingdin!
Men demasmenki, dudog’ini o’pay,
Gar ilik bersa, ayog’ini o’pay.
Bir zamon xoli emon fikringdin,
Bir nafas g’ofil emon zikringdin.
Gar desam jism ila jondin sen-sen,
G’arazim ikki jahondin sen-sen.
Oy yuzung yo’k’da k’aro kun bo’lsun!
Eru ko’k ostinu ustun bo’lsun!
Har ne ko’nglumda edi men dedim,
Emdi sendin budurur ummidim:
Mehoning rasmini unutmag’osen,
Bevafolik’ yo’lini tutmag’osen.
Burnog’idek meni yod etgaysen,
Xotiri xastani shod etgaysen!
G’ayri ixlosu duo birla salom,
Ne deyin o’zga, so’zum bo’ldi tamom!
* * *
Xotirim saklar esang, kel, k’o’pg’il!
Bu so’zumni eshit, ey el, k’o’pg’il!
Ahli dil ollida sur’at bila et!
Sanga har neki desam, sen arz et!
Mushkilim ollida tak’rir etgil,
Holatim sharhini bir-bir etgil.
Degasen mutak’idu ma’mulum,
Ravishu tavru suluku yo’lum.
Bordur andok’ki, ayon aylabmen,
Men «Mubayyin»da bayon aylabmen.
Bir aning birla ish ochilmas emish,
Dardi dil chorasini k’ilmas emish.
Netayin, ne k’ilayin dardim uchun?
Chora kimdin tilayin dardim uchun?
Chora dardimg’a magar pir etgay,
Chorasiz ishima tadbir etgay.
Naylayin murshidu netay irshod?
K’obiliyat k’aniyu iste’dod?
Musta’id bo’lu k’il o’zni k’obil,
Fayzlar to sanga bo’lg’ay vosil.
Senda ne sa’yu o’zingda ne k’abul,
Ne ishing yaxshi, ne so’zung mak’bul.
Ne oyok’kim, talabida yurugay,
Ne ko’ngulkim, havasida churugay.
Ne aning ishini k’ilmok’k’a ilik,
Ne aning kunhini bilmakka bilik.
Shahvatu nafs giriftorisen,
Dad bila dev namudorisen.
Shahvatu nafs k’aviy dushmandur,
Ming seningdekni zabun k’ilgondur.
Lazzati eguluku ichkulugung,
Xushiyi kayfiyatu ichkulugung.
Mazai ashribayu hazzi yaxob,
Holatu nash’ai ma’junu sharob.
Hurvashlar bila hamdast o’lmok’,
Maykash el birla ichib mast o’lmok’.
Nash’ai subhu sabuhiy naiga,
Maykash el k’uvvati ruhi nash’a.
Tund raxshingai minib eldurubon,
Elga o’zni tanitib — bildurubon.
Hukmung o’lmok’ bori elga joriy,
So’zung o’lmok’ bori erda kori.
Tobe’ing mulki Xuroson bo’lmok’,
Hindu Chin olmog’ing oson bo’lmok’.
K’ulluk’u xidmating etmak yilu oy,
Nasli Jo’jiyu urug’i Chig’atoy.
Borcha ishga bo’lubon dastrasing,
Kelib ilkingga, nekim, bor havasing.
Bori foniyu bori xechturur,
Seni dunyo boridin kechturur.
Bilmisham har neki, k’ilding taxrir,
Fahm k’ildim g’arazingni bir-bir.
Bu demaktin, bu bitiktin ne sud,
Talabekim, kerak uldur nobud.
Tengri k’ilgaymu ekin turfa sabab,
Hosil o’lg’aymu ekin ushbu talab?
Tengri tavfik’i magar yor o’lg’ay,
To kishi Hak’ni talabgor o’lg’ay.
Tengri tavfik’i deyu tek turayin,
Ne k’ilay, chorani kimdin so’rayin?
Tut k’ulok’kim, budurur tahk’ik’i,
Tengrining bo’lmag’ucha tavfik’i,
Mumkin ermas bo’la olmok’ hech ish,
Nega kerak sanga muncha pechish!
Kirdigor, manga tavfik’e ber!
Yurumakka rahi tahk’ik’e ber!
Umr g’aflat bila o’tkormishmen,
Nafs buyrug’i bila bormishmen.
Nafs yog’isini mag’lub etgil!
Ishlarimni borini xub etgil!
Bori hazdin meni oson o’tkar!
Ishlarimni mening oson butkar!
Go’shu hushumni so’zung sori k’il,
Jonu ko’nglumni o’zung sori k’il!
G’amlaring birla ovut ko’nglumni!
Ma’rifat birla yorut ko’nglumni!
K’o’yma Boburni bu holat birla!
Oni o’lturma batolat birla!
Bir kishini anga g’amxor etgil!
Himmatin badrak’ayu yor etgil!
Toki dardig’a davo etkurgay,
Tortibon oni sengo etkurgay.
* * *
Necha isyon bila oludalig’ing,
Necha hirmon aro osudalig’ing?
Necha nafsingg’a bo’lursan tobe’,
Necha umrungni k’ilursen zoe’?
Niyati g’azv ilakim yurubsen,
O’lmakingni o’zungga ko’rubsen.
Kimki o’lmak o’ziga jazm etar,
Ushbu holatta bilursenki netar.
Dur etar barcha manoh.idin o’zin,
Aritur jumla gunohidin o’zin.
Xush k’ilib o’zni bu kechmaklikdin,
Tavba k’ildim chog’ir ichmaklikdin.
Oltunu nuk’ra surox,iyu ayog’,
Majlis oloti tamomin ul chog’
Hrzir aylab, borini sindurdum,
Tark etib mayni, ko’ngul tindurdum.
* * *
Ko’ngulga dardu g’amni ne yovutay?
O’zumni ovu k’ush birla ovutay.
Jahonning ahlidin uzgil tama’ni,
Bu olam ichra bo’l ozoda, ya’ni.
* * *
Ulki, tak’dir xatin etti savod,
Ayladi ok’u k’aroni irshod.
Payvasta k’oshini menga chitib,
Kirpik o’k’ini menga otib.
* * *
Ey k’odiri barkamol, Tangrim,
V-ey k’ohiri zuljalol, Tangrim.
Ey berguchi Biru bor, Tangrim,
V-ey olg’uchi girudor, Tangrim.
Bo’lmas sifatingni desa, nechun-
Kim, borsen, ey Xudoy, bechun.
Ar tufrok’ erur kamoling andin,
Afzunrok’ erur jaloling andin.
Ko’b so’z eshitildi mag’firattin,
Ko’b nukta deyildi marhamatgin.
Har so’zki eshitsa, desa bo’lmas,
So’z borki, aytsa — desa bo’lmas.
Some’g’a agarchi ko’b havaetur,
So’z munda etishti, emdi bastur.
* * *
Xush ul kunlarki, oshik’ erdim,
Ishk’ ahli bila muvofik’ erdim.
Har ne desa ishk’din, der erdim,
Har g’am esa ishk’din, er erdim.
Ko’nglumda, ko’zumda ishk’ edi, ishk’,
She’rimda, so’zumda ishk’ edi, ishk’.
Ne yozda tinorimu ne kuzda,
Ne tog’da k’arorimu ne tuzda.
Ko’r surati ishk’kim, bor uch harf,
Uch harfdurur vale har uch harf.
Majmui huruf to’k’k’uz o’lg’ay,
Har harfda bir ajab so’z o’lg’ay.
Borini bayon k’ilay, eshitgil,
Ko’ngluyuta ayon k’ilay, eshitgil:
«Ayn»i, ya’niki: ayb k’ilma,
Bal, ayb k’ilurni ko’zga ilma.
«YO»si, ya’ni: yig’idurur tavr,
Gar yor tarahhum etsa yo javr.
«Nun»i buki: nang bo’lmag’ay hech,
Har nechaki rang bo’lmag’ay xech.
«Shin»: shavk’durur shiori oshik’,
Onsiz kishi ishi ori oshik’.
«YO»: yod berur yagona bo’lmok’,
Olam aro benishona bo’lmok’.
«Nun»i buki: bu ishing nihon tut,
Dam urmayu ishk’ ishida k’on yut.
«K’of»i buki: k’avlungga durust o’l,
Ishk’ ishida sust bo’lma, rust o’l.
Aytay «alif»ini, senga, ey.yor:
Ozor bu ishda chekkil, ozor.
Bil oxiri jumla harfi «fo»ni:
Bo’l oxiri kori ishk’, foniy—
Kim bo’lsa bu vasflarg’a mavsuf,
Ul oshik’i komil, o’zgalar yuf.
Lekin bu demonki, ishk’ birdur,
Bu vasflar ichra munhasirdur.
Sen demaki, ishk’ ushbu-o’k’dur,
Ishk’ anvo’i, bil, asru cho’k’dur.
* * *
Ey xush ulkim, bori eldin yoshurun,
Biz ikov bo’lsaku bir go’shayu tun.
Dafu changeyu rubobe bo’lsa,
Mayu nuk’leyu kabobe bo’lsa.
«Darrai nur» mayin no’sh etsak,
G’ami hijronni faromush etsak.
Men o’zum ichsamu tutsam senga ham,
Sen dag’i ichsangu tutsang menga ham.
Dam-badam bodai gulrang ichsak,
Tun yarimig’acha ul rang ichsak.
Mast o’lub yotsak ikov, andin so’ng,
Ne huzur o’lg’usi yotk’ondin so’ng.
Umr aksar bu tarik’ o’tkarsak,
Xushturur gar bu tarik’ o’tkarsak.
* * *
Siposu sitoyish Xudovandg’a-
Ki, andin kushod o’ldi har bandg’a.
Anga ne misolu ne monanddur,
Xudovandlarg’a Xudovanddur.
Anga ne amiru anga ne vazir,
Anga ne shabihu anga ne nazir.
Ne yoroyu ne haddurur kishiga-
Ki, daxl aylagay Tangrining ishiga.
YOmonlig’ bila yaxshilig’ ul k’ilur,
Burung’i bila so’ngg’ini ul bilur.
Aziz ul k’ilur, xor ham ul k’ilur,
Shifo ul berur, zor ham ul k’ilur.
Base podshoni gado k’ilg’ay ul,
Gadolarni ham podsho k’ilg’ay ul.
Gadoyig’a bor shohlik’din nufur,
Ne shahlik’ki, dorayndin yuz futur.
Tilarmen gadoyig’a bo’lsam gadoy,
Bu davlatni k’ilg’ay muyassar Xudoy.
Deyin hamdidin so’ng rasulig’a na’t,
Ilohiki, tushgay k’abulig’a na’t.
Rasuli jahonu habibi Xudoy-
Ki, andin kelur elga tiybi Xudoy.
Senga o’zni bu kun mute’ istaram,
Seni tonglalik’ kun shafe’ istaram.
Nabig’a durud aytayin bardavom,
Ham avlodu ashobig’a, vassalom.
Chu hamdu sanodin ko’ngul topti kom,
K’ilay emdi mak’sud sori xirom:
Mening so’zlarim budur ahbobk’a,
Bori xeshu atbo’u ashobk’a-
Ki, k’ilg’aymen albatta darveshlik,
Tarik’at yo’lida vafokeshlik.
Jahon ishlarin jumla tark etgamen,
Ketar vak’tta beasar ketgamen.
Xiraddin bu ish garchi ko’bdurur,
Valekin bu devona ma’zurdur.
Menga ko’b jihattin bu ish bo’ldi farz,
Jihatlarni aylay borin sizga arz:
Biri buki, tole’ menga yor emas,
Sipehru kavokib madadkor emas.
Falakdin etishti jafolar menga,
Balo uzra bo’ldi balolar menga.
Gahe k’ildi davlat bila hamnishast,
Gahe k’ildi mehnat bila erga past.
Gahe to’ldurur jomi ishrat menga,
Gahe kelturur dardu mehnat menga.
Base k’al’a berdi k’abalmok’ uchun,
Ko’tardi vale erga cholmok’ uchun.
Agar no’shi bir bo’lsa, yuz neshi bor,
Agar marhami bir, tuman reshi bor.
Birovni desam jon, k’ilur jong’a k’asd,
Ebon tuzni, aylar namakdong’a k’asd.
Bor ermish ajab shum tole’ menga,
Esiz umrkim, bo’ldi zoe’ menga.
YAna bir bukim ushbu fitrat chog’i-
Ki, bu jam’i badbaxt bo’ldi yog’iy.
Dedim, bu yig’ilg’ong’a topsam zafar,
Bu jam’i parishong’a topsam zafar.
K’ilay bartaraf saltanatning ingan,
O’zumdin kam aylay ulus k’arg’ishin.
YAna saltanat zikrini k’ilmayin,
Bu behuda ish fikrini k’ilmayin.
Xudo yo’li sori xirom aylayin,
Bu yo’l k’at’ida ehtimom aylayin.
Uchunchi jihat budurur, do’stlar,
So’zum mag’zidin ayrayin po’stlar.
Ne bog’u ne gulning havosi menga,
Ne gulro’ylar muddaosi menga.
Ne yozu ne kuzdin ko’ngul ochilur,
Ne yoziyu tuzdin ko’ngul ochilur.
Ne tiru ne daydin menga nash’adur,
Ne nuk’lu ne maydin menga nash’adur.
Ne davlat k’olibturki, men ko’rmadim,
Ne ishrat k’olibturki, men surmadim.
Base ayngu ko’b shurbi may k’ilmisham,
Bori orzularni tay k’ilmisham.
Alarni borin ko’rmisham, bilmisham,
Bularni borin topmisham, k’ilmisham.
Menga emdi ko’b orzu yo’k’turur,
Emon nafsima ko’b g’ulu yo’k’turur.
Taalluk’ aloyik’ bila k’olmadi,
Ishim bu xaloyik’ bila k’olmadi.
Shariat ishida meni k’odir et,
Tarik’at yo’lida meni sobir et.
Ayirg’il meni jumla hamrohdin,
Yuzumni evurma so’yi Ollohdin.
* * *
Ne xabar erdi, sabo, etkurdung,
Ne xabar, jong’a balo etkurdung.
Ne kelib tundu ne noxush ketasen,
Ne dimog’imni mening xushk etasen.
Borurungda ne so’zumga kirasen,
Kelasen tundu ko’zumga kirasen.
Yo’k’ emish sabru saboting, ey el,
Xunuk ermish harakoting, ani bil.

Fardlar

Holimni sanga aytib, xajr o’tig’a o’rtondim,
Ey yor, yamon k’ildim, har neki dedim — yondim.
* * *
Sanbo’sa sening ko’nglung gar istasa, andok’ k’il,
Sanbo’sa kerak bo’lsa, san bo’sa inoyat k’il.
* * *
K’utulmok’ firok’ingdin oson emas,
Etishmak visolingg’a imkon emas.
* * *
Darding o’lsa, ilojni netayin?
Sensizin taxtu tojni netayin?
* * *
Mehrubon istab, baloi bevafog’a uchradim,
Bevafo ermish, Xudoyim, ne balog’a uchradim?
* * *
Bo’ldum yana oshufta, devona dag’i bormen,
Go’yoki bu fursatta oshik’ bo’lub o’xshormen.
* * *
Koshki el birla ul mahvash hikoyat k’ilmasa,
YO hikoyat k’ilg’anini el rivoyat k’ilmasa.
* * *
Ko’nglum visolidin xushu ko’zumda nurdur,
Ko’z ravshani, ko’ngul xushi Abdushukurdur.
* * *
Bo’lmadi hargiz, netay, ul bevafo yorim mening,
Gar menga yor o’lsa ul, bo’lg’ay Xudo yorim mening.
* * *
YOrning ag’yorg’a meh_ru vafosin angladim,
Notavon ko’nglumga ham javru jafosin angladim.
* * *
K’adin ko’z jo’yborig’a ul oy bexost keltursa,
Oyog’idin ko’tarmay boshni, Tangri rost keltursa.
* * *
Ne osig’ ishk’ aro man’ aylamak oxu fig’onimni
Ki, men barbod bermishmen bu yo’lda xonumonimni.
* * *
Sengakim, arzi holimni ado men notavon k’ildim,
Muborak xotiringg’a noxush-ar kelsa, yomon k’ildim.
* * *
Mushtok’durur xasta ko’ngul vaslinga bisyor,
YOrim kecha kelgilki, xabar topmasun ag’yor.
* * *
Eyki, la’li jonfizoing nuk’lu maydin yaxshidur,
Kelgil ushbu kecha, yuz ko’rsatki, oydin yaxshidur.
* * *
Kelki, onda furk’atingdin dog’i hirmon k’olmasun,
K’olmasun g’amda ko’ngul, ko’nglumda armon k’olmasun.
* * *
Ishk’ing mayidin, ey jonkim, mastu bexabarmen,
Gohi o’zumda yo’k’men, gohi o’zumda bormen.
* * *
Ko’zum yorug’lug’iyu xasta ko’nglum xushlig’i sensen,
Badanda jonsenu jonning dag’i dilkashlig’i sensen.
* * *
Senga holimni yozdim, sajda k’ildim,
Aytk’ilkim, ne yozdim, ne yongildim?
Otin og’zimg’a oldim ersa, tortar tig’i kin ul mah,
Meni agar o’lturur bo’lsa bu yozuk’ birla, bismillah.
* * *
Meni yo’k’ e’tik’odi deb, bori el ichra yod etma,
Xudoy uchun bori elni o’zungdek e’tik’rd etma.
* * *
Jahon chun bevafodur, nechakim andisha Bobur k’il,
O’zungni podshoxi jumlai olam tasavvur k’il.
* * *
Mehr ila xursand etarsen, javr ila pomol ham,
Bir zamon g’amgin k’ilursen, bir zamon xushhol xam.
* * *
Ko’rmas jahonda hargiz ko’nglini shod Bobur,
Topmas murodi dilni, ey nomurod Bobur.
* * *
Bu ko’zaki, bo’ynumg’a k’o’yub kelmisham oni,
Har kim bu chog’ir ichmasa, o’z bo’ynig’a k’oni.
* * *
YOd aylamading hargiz, munchaki yolinibmen,
Sen meni sog’inmaysen, men seni sog’inibmen.
* * *
Xati birla ul oy xaddi: biri — mohu biri — hola,
Yuzi birla aning k’addi: biri — sarvu biri — lola.
* * *
Ulfatim el birla ozdur, ko’bdur el javri menga,
Ne mening tavrim yok’ar elga, ne el tavri menga.
* * *
Bahor mavsumi ettiyu xush xavo o’tti,
Tag’oful aylama sok’iyki, o’tti, hr, o’tti.
* * *
Bodadin ishrat uyini doim obod etgasen,
Har k’achonkim, boda no’sh etsang, meni yod etgasen.
* * *
YO Rab, xavos jam’ida Boburni xos k’il,
YOxud avom tafrik’asidin xalos k’il.
* * *
O’zga hamdam istabon, jonimg’a mahram naylayin?
Menmenu ul oy xayoli, o’zga hamdam naylayin?
* * *
Ochildi ko’nglum o’shal gul’uzor kelganidin,
Nechukki, g’uncha ochilg’ay bahor kelganidin.
* * *
Bir fikru bir havodadurur har nafas ko’ngul,
Har lahza bir havas k’iladur bulhavas ko’ngul.
* * *
Visol shavk’idamen, ishtiyok’ ko’rsatma,
Xudoy uchun menga asru firok’ ko’rsatma.
* * *
Necha boshimg’a yog’durg’ay jafo toshini ul mahvash?
Necha sabr aylay oning javrig’akim, o’tdi haddin tosh?
* * *
May xumoridin o’lur har nafas afzun dardim
Sok’iyo, kel, bir ayok’ berki, ilikdin bordim.
* * *
Jafoni k’o’y, vafo tarkini tutma,
Unutmasmen seni, sen ham unutma.
* * *
Senga oshik’ emasmenkim, menga javr etgasen doim,
Sening nozingni kim tortar, mening sendin ne parvoim?
* * *
Gar ko’zungdin tushtum ersa, ko’rdum oni bodadin,
Bo’ldi tak’sir emdi sen o’tkor meni uftodadin.
* * *
Chun zarurat bo’ldi, k’ildim sendin ayru mayli jom,
Har chog’irkim, ichmasam yoding bila, bo’lsun harom.
* * *
Tasavvur k’ilmag’ilkim, sendin, ey jon, o’zga k’ilg’aymen,
Ko’ngul ul, fikr xam uldur, ne imkon o’zga k’ilg’aymen?
* * *
Bormakim, ko’nglumda vasling ishtiyok’idur hanuz,
Kelki, vasling ishtiyok’i menda bok’idur hanuz.
* * *
Eshikishta boshim k’o’ymok’ uchun har dam itob etma,
Bosh olib ketgum oxir eshikingdin, iztirob etma.
* * *
YAna oshuftarok’ ko’rdum o’shal nomehrubonimni,
Ne ish k’ildim? Ne tak’sir o’ldi? Bilmasmen gunohimni.
* * *
Hajr ila k’o’nglumni buzding, vasl birla tuz meni,
Bordingu o’lturdung oxir, kel, dag’i tirguz meni.
* * *
O’tgan ok’shom va’da aylab, ul pariro’ kelmadi,
«Ko’zlarimga kecha tong otk’uncha uyk’u kelmadi».
* * *
Ichib chog’irni, ishim telbalikka yovushti,
Nechuk tahammul etay, ichimga o’t tushti.
* * *
Go’shae tutsam, jahonning elidin g’am ko’rmasam,
Istaram el ko’rmasa meniyu men ham ko’rmasam.
* * *
Bizga chun mehring yo’k’, elga mehrubonlig’ k’ilmag’il,
YAxshilig’ chun k’ilmading, bore yomonlig’ k’ilmag’il.
* * *
Jahon birla jahonning ahlidin behad malolim bor,
Biridin k’at’ etib, ul birga k’otilmas xayolim bor.
* * *
Jonni fido k’ilib senga, bormen dag’i yomon,
K’ilg’an hamondurur dog’iyu k’ilmag’an hamon.
* * *
Ey sabo, sharh aylagil hijronda avk’otim mening,
O’tsa ul shahning tobug’ida agar otim mening.
* * *
Bo’ldi hajring do’zaxining bartaraf bo’lmok’ chog’i
Kim, visolingning dalilidur ko’zumning uchmog’i.
* * *
Ham husnining binafshayu gul banda-bardasi,
Ham sarv erur chamanda bir ozodkardasi.
* * *
Tani zorimni de, gulshanda shoxi notavon ko’rsang,
Sarig’ yuzumni sog’in, bog’ aro bargi xazon ko’rsang.
* * *
Boburdurur bu ikki varak’ning muharriri,
Biri butun varak’turu payvandlar biri.
* * *
Bormu erkin hech nima olamda hijrondin yomon,
Har nekim ondin yomonrok’ yo’k’, budur ondin yomon.
* * *
Base, firok’ida ichsam chog’ir, yig’im keladur,
Manga chog’irni keturmangki, achchig’im keladur.
* * *
Tutmagil, ey gul, ravokim, ishk’ing ichra bir g’arib,
Erga bosh k’o’yg’ay xazon yafrog’i yanglig’ sarg’arib.
* * *
Zuhd sahrosig’a tushtum ishk’ yo’lidin ozib,
Boburi gumrahni emdi kim bu yo’lg’a ko’ndurur?
* * *
Ul ikki labi ramzi dard ahlig’a k’ilmaydur,
Gul g’unchasidur go’yo, bizlarga ochilmaydur.
* * *
Bor archi boisi yuz sho’ru yuz gunoh chog’ir,
Chog’ir firok’i k’ildi halok meni, oh chog’ir!
* * *
Firok’ingdin yovushtum o’lgali, ey yor, kelgaysen!
Visolinga base mushtok’men, zinhor kelgaysen!
* * *
Ul pariruhsora hargiz notavonlik’ ko’rmasun!
YAxshidur yaxshi kishi, hargiz yomonlik’ ko’rmasun!
* * *
Sendin ayru naylagaymen ayshu sahbo xushlug’in,
Ki, sening uchun tilarmen barcha dunyo xushlug’in.
* * *
Sening uchun vatanim ko’hu dasht bo’lg’usidur,
Aning uchunki, vafosiz g’azol ko’runasen.
* * *
YOr k’adrin bilmadim to yordin ayrilmadim,
YOr k’adri muncha ham dushvor ekandur bilmadim.
* * *
Ko’rub hijron g’amin, jonong’a ettim,
Agarchi ranj chektim, jong’a ettim.
* * *
Meni hijronda kuydursang, ko’ngul sendin sovutmasmen,
Agarchi sen unutgung meni, seni men unutmasmen!
* * *
K’ovun birla uzumning hajrida ko’nglumda g’am har so’,
Ok’ar suvning firok’idin ko’zumdin har dam ok’ar su(v).
* * *
Jahon eliyu jahon borcha gar adam bo’lsa,
Adam yo’lini tutay zarra menda g’am bo’lsa.
* * *
Istaram etsam k’uyundek gul’uzorim k’oshig’a,
Ollida tufrog’ bo’lub, evrulsam oning boshig’a!
* * *
Garchi olamda visol ayyomi dilkashdur, axiy,
To bilingay vasl k’adri, hajr ham xushdur, axiy.
* * *
Mehribon sog’ing’onim nomehribon ermish, netay?
YAxshilig’ ko’z tutgonim asru yomon ermish, netay?
* * *
Necha ul yor yod etmay, meni ag’yor sog’ing’ay,
Ne kun bo’lg’ay meni dilxastani ul yor sog’ing’ay.
* * *
Bu dunyodin farah yo’k’tur meni mahzung’a jononsiz,
Jahondinkim, desun, billoh, kerakmas manga jon onsiz!
* * *
Do’stluk’ni gar tilarsen aylasang isbot kel,
Suhbatingg’a asru ko’p mushtok’durmen bot kel.
* * *
Xush ul burunk’i zamonlarki, o’tgiyu bordi,
Xush ul kishiki, zamonlarni yaxshi o’tkordi.
* * *
Murod vasling erur — ayla yod Boburni,
Unutmog’il yana bu nomurod Boburni.
* * *
Ko’zumning nurisen, ko’nglum huzuri,
Tanim xurramlig’i, jonim sururi.
* * *
Sabzayu gullar bila jannat bo’lur Kobul bahor,
Xosa bu mavsumda Boron yozisiyu Gulbahor.
* * *
G’ayrg’a necha ul oy vafo k’ilur,
Necha jonima mening jafo k’ilur?
* * *
K’adi firok’i meni duto k’ilur,
K’oshi hajri k’omatimni yo k’ilur.
* * *
Zahri hijron ichmisham, ber boda taryoki manga,
May xumori boshta cho’xtur, tut chog’ir sok’i(y) manga
* * *
Bog’ necha xo’b esa, ko’yicha yo’k’tur,
Sarvni mavzun desa, bo’yicha yo’k’tur.
* * *
Ag’yorg’a o’k’ urubon, dardig’a davo k’iladur,
Bisyor yomon boradur, ul yor xato k’iladur.
* * *
Bormok’k’a ne maskan muyassar,
Turmok’k’a ne davlat muyassar.
* * *
Biling muni davlat, gar o’lsa muyassar
Rahik’i muravvak’, rafik’i suxanvar.
* * *
Ishk’ni har kimki k’ilur ixtiyor,
Men kibi olamda bo’lur xoru zor.
* * *
Shayxu mullo Shihobu Xondamir,
Keling uch-uch, iki-iki, bir-bir.
* * *
Jamolingdin k’uyosh asru bot o’totlig’,
Sochingga banda bog’ ichra sunbul otlig’.
* * *
Vahmu usrattin amone toptuk’,
YAngi jon, toza jahone toptuk’.
* * *
Kel, ey rafik’i gulro’y, ketur rak’ik’i gulrang,
O’zung ichib, manta k’uy, ko’tar navo tuzub chang.
* * *
YAshurdi otini g’ayr ittifok’i birla ul k’amdam,
Dedim otini elga, fosh k’ildim ittifok’in ham.
* * *
Ishk’ yuki ayladi sipehri a’loni ham,
Ne ajab, ar aylasa meningcha shaydoni ham.
* * *
Rak’ib yo’ldoshu men hajrdin duto o’ldum,
G’arib turki sitamgarg’a mubtalo o’ldum.
* * *
Boshim k’adam k’ilibon visolinga etayin,
Muyassar bo’lmasa vasl, bosh olibon ketayin.
* * *
Haj yo’lig’a kir, ko’ngul, himmat bila,
Ber k’az, ok’ ar o’lsa yuz ming k’ofila.
* * *
G’am yuzini ko’rma, bo’lsang jur’ayu jome bila,
Shukr k’il, may no’sh k’ilsang gar gulandome bila.
* * *
Ne malak andok’ erur, ne erur oncha kishi,
K’amar aning muk’irri, k’uyosh aning k’ayoshi.
* * *
Har kimki, bo’yunni k’o’ymas, oni tiygay,
Chopk’ay, talog’ay, mute’yu munk’od etgay.
* * *
K’ading jannat riyozining niholi,
Eram gulzori xadingning misoli.
* * *
Hajr shomi sochi savdosi chekar har yon meni,
Vahki, bu poyoni yo’k’ tun k’ildi sargardon meni.
* * *
Ko’pu ozg’a Tengridur berguchi,
Bu dargohda yo’k’tur kishining kuchi.

  1. To’bo (To’biy) — jannatdagi rang-barang mevali va xushbo’y cersoya daraxt.
  2. K’ad (K’omat) — ko’ngilning vahdat olamiga yuzlanishi, ilohiy mahbubaning o’ziga jalb k’ilishi.
  3. Sunbul — ingichka bargli, gullari halk’a-halk’a, k’o’ng’irok’cimon va xushbo’y o’simlik. Ma’shuk’aning cochi halk’a-halk’a va muattar hid taratishi jihatidan unga o’xshatiladi.
  4. Xat — k’izlarning labi ustidagi mayin tuklar. Tacavvuf istilohida g’ayb olami.
  5. Mushkfom — mushk rangli, ya’ni k’ora.
  6. Alfoz — so’zlar.
  7. Boda — mayning nomlaridan biri bo’lib, tasavvuf adabiyotida ishk’ va irfon (ma’rifat) ramzi bo’lib keladi.
  8. Shurb — 1) ichish; 2) ulush, nasiba.
  9. Ilohiy mahbubani ak’l emas, ko’ngil bilan dark etish mumkin. Shuning uchun so’fiyona adabiyotda akl-hushni yo’k’otish ulug’lanadi.
  10. Bu erda rost so’zi ikki ma’noda kelayapti: birinchisi — bir hak’ik’iy navo k’il, ikkinchisi — shashmak’omning sho’balaridan biri.
  11. Evurish — o’girish, burish; aylantirish.
  12. Rafik’ — do’st, sirdosh, hamroh.
  13. Za’f — xastalik, holsialik, k’uvvatsizlik.
  14. Tavahhum — vahimaga tushish, k’o’rk’uv.
  15. Zanaxdon — iyak. Zanaxdon chohi — iyak chuk’urchasi, kulgich. Tasavvufda solikni abadiy chohdan zulmat chohiga soladigan mahbubaning k’ahromez itobi.
  16. Andom — bu erda: ko’rinish.
  17. E’joz — mo’’jiza. Ieo mo’’jizasi — o’likka jon ato etish.
  18. Muzmar — pinhon, maxfiy.
  19. YOg’lig’ – ro’mol.
  20. Ar — agar bog’lovchisining k’isk’artirilgan shakli.
  21. Chekmak — bu erda: tortmok’, sug’urmok’, chik’armok’.
  22. Dayyor — sohib, uy egasi.
  23. Purkor — ishchan, faol.
  24. Sheva — 1) odat; 2) hunar; 3) noz-ishva.
  25. Bedil — oshik’, giriftor, mubtalo.
  26. Mu’tod — o’rgangan, odatlangan.
  27. Sulton Uvays — Samark’and hokimi Sulton Mahmudning o’g’li, Boburning xolavachchasi (Sulton Nigorxonimning o’g’li).
  28. Olmon — olmayman.
  29. Chashmai hayvon — obi hayot chashmasi.
  30. Ayok’ — may idishi, kadah, jom, kosa.
  31. Tahrik — harakat.
  32. Parcham — bu erda: soch, kokil.
  33. Xay — ter tomchisi.
  34. Namudor — namoyon, zohir.
  35. Kunj — chet, burchak.
  36. Xunolud — k’onga bulangan.

Haqqimizda Farrukh

Яна маълумот

NEW YORK - JANUARY 19:  Donald Trump and pianist Lola Astanova pose backstage Lola's performance of "A Tribute to Horowitz" presented by the American Cancer Society at Carnegie Hall on January 19, 2012 in New York City.  (Photo by Matthew Peyton/Getty Images)

O’zbekistonda Yulduzdan yakhshiroq sanatkor bormi?

O’zbekistonda Yulduz Usmonovdan yakhshiroq sanatkor, khonanda yoki sozanda bormi? Ha, bir qiz borki, bu yil …

100200300