Home / Jamiyat / Upka kasalliklari belgilari davolash

Upka kasalliklari belgilari davolash

Nafas azolarining surunkali nospesifik kasalliklari bulgan bemorlar tuberkulyoz bilan kasallanish khavfi yuqori bulgan shakhslar kontingentini tashkil qiladi. Upkaning surunkali nospesifik kasalliklari kupincha umumiy immun reaksiyalar susayishi fonida kechadi va upkada lokal (mahalliy) immunitetning turli-tuman buzilishlari bilan kuzatiladi. Shunga bogliq holda tuberkulyoz bilan kasallanish khavfi haqiqatdan oshib bormoqda. Upkaning nospesifik yalliglanishli kasalliklari kupincha uzoq muddat kechuvchi tuberkulyoz bilan asoratlanadi, sungra esa uning tuzalishi kupincha upkadagi tuberkulyozdan keyingi qoldiq uzgarishlar bilan birga kuzatiladi. Tuberkulyoz bemorlari upka tuqimasi va bronkhlarida nospesifik yalliglanish jarayonlarining paydo bulishi bronkhlarning fibrozli deformasiyasi va drenaj funksiyasi buzilishi bilan bogliq.

764_big

.Nospesifik yalliglanish tarqoq va ayniqsa fibroz-kavernali hamda sirrotik tuberkulyozning doimiy morfologik va klinik komponenti hisoblanadi. Bunday yalliglanish jarayonining kuchayib borishi kasallikning ulim bilan tugashining sabablaridan biri hisoblanadi. Emirilish yoki kaverna bushligini drenajlovchi bronkhni turli darajadagi shikastlanishi bilan kuzatiladigan bronkhit desiruktiv upka tuberkulyoziga olib keladi. Bronkh yorigi shilliq qavat infiltrasiyasi yoki chandiqli stenoz hisobiga kupincha toraygan buladi. Tuberkulyozda kuzatiladigan odatdagi surunkali bronkh-upka nospesifik yalliglanish kasalliklari bulib surunkali bronkhit, bronkhoektazlar, emfizema, chuzilgan pnevmoniya hisoblanadi. Faol tuberkulyoz bilan khasta bemorlarda nospesifik yalliglanishning qushilishi yo_talning kuchayishi, hansirash, sianoz paydo bulishi bilan namoyon bulishi mumkin. Bunda balgam mifdori kupayadi, unda turlicha patogen mikroflora kuzatiladi. Tana harorati oshadi, umumiy qon tahlilida leykositoz, EChT oshishi kuzatiladi.

Nospesifik yalliglanish bilan asoratlangan faol tuberkulyozli bemorlarda spesifik kimyoterapiya kuchaytirilgan bulishi lozim. Nospesifik yalliglanish jarayonlarini cheklash uchun keng tasir spektrli antibiotiklarni tavsiya etishda ularning tuberkulyozga qarshi preparatlar bilan uzaro tasirini hisobga olishga tugri keladi. Upkasida tuberkulyozdan keyingi qoldiq uzgarishlari mavjud bemorlar surunkali bronkhitda va ayniqsa bronkhoektazlar sohasida yalliglanish mavjud bulganda balgamli yo_tal, qiyin nafas olish yoki nafas chiqarish bilan kechadigan hansirashga shikoyat qilishadi. Odatda bu klinik belgilar ilgari tuberkulyoz utkazmagan bemorlardagiga nisbatan kamroq namoyon buladi. Kurinib turibdiki, bu khususiyat nospesifik yalliglanishning kup hollarda upkaning yuqori bulaklarida joylashishi va balgamning drenajlanishi hamda ajralishi uchun yakhshi sharoit bulishi bilan bogliq. Bazan tuberkulyozdan keyingi uzgarishlar sohasida yuzaga kelgan utkir pnevmoniya yaqqol intoksikasiya simptomlari va abssesslanishning klinik manzarasi bilan kechadi.

Bunday hollarda balgamda MBT ning bir martalik topilishi har doim ham upkada tuberkulyoz jarayonining quzgalganidan dalolat beravermaydi, balki bu nofaol tuberkulyoz uchogidagi upka tuqimasining parchalanishi natijasi bulishi mumkin. Pnevmoniya va tuberkulyoz residivlanishi yoki quzishining qiyosiy tashkhisida shuni hisobga olish kerakki, pnevmoniya nisbatan utkir, hansirash va sezilarli miqdordagi nam khirillashlar bilan kuzatiladi. Bunda ajralayotgan balgam miqdori kupayadi, u yiringli tus oladi va nospesifik patogen mikrofloraga ega buladi, keng tasir spektrli antibiotiklar tezda uz tasirini kursatadi.

Haqqimizda uzbekiston

Яна маълумот

1-Mustaqilik

Mustaqillik kuni Muborak! – tabriglari, sherlar, rasmlar, ashula

Mustaqillik tabrigi (tabriklari) Aziz hamvatan! Muhtaram do’stlar! Sizni khalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – …

100200300