Home / Jamiyat / Namoz suralari – o’k’ish tartibi

Namoz suralari – o’k’ish tartibi

NAMOZ O’K’ISh TARTIBI

Bir kunda besh vak’t (bomdod, peshin, asr, shom va xufton) namoz o’k’ish har bir musulmonga farzdir.

BOMDOD NAMOZI

Bomdod namozi ikki rakat sunnat, ikki rakat farz — jami to’rt rakatdan iborat.
Bomdod namozining ikki rakat sunnati k’uyidagicha o’k’iladi:

namaz

1. Alloh rizoligi uchun k’ibla tomonga yuzlanib, bugungi bom-dod namozining ikki rakat sunnatini o’k’ish-ni niyat k’ildim», deb ko’ngildan o’tkaziladi

2. «Alloohu akbar», deb iftitoh takbiri ay-tiladi. Bu takbirda erkaklar k’o’llar kaftini k’iblaga k’aratib, bosh barmok’larining uchini k’ulok’larining yumshok’ joyiga tekkizishadi (3-rasm). Ayollar k’o’llarini elka barobarida ko’tara-dilar

3. K’o’llar bog’lanadi. Erkaklar o’ng k’o’l kaf-tini chap k’o’l ustiga k’o’yishadi. O’ng k’o’lning bosh va kichik barmok’lari bilan chap k’o’l bilagini ushlashadi
Ayollar o’ng k’o’lni chap k’o’l ustida tugib, k’o’lla-rini ko’krakka ko’yadilar Bu hol «k’iyom» deyiladi. K’iyomda (tik turgan halda) sajda k’i-linadigan joyga k’arab, navbati bilan, k’uyidagilar (sano duosi, fotixa surasi, keyin bironta zam sura) o’k’iladi.

SANO DUOSI

Subhaanakalloouhumma va bihamdika va tabaaro kasmuka va ta’aalaa jadduka va laa ilaaha g’oyruk

Ma’nosi: «Allohim! Sening noming muborakdir. Shon sharafing ulug’dir. Sendan o’zga iloh yo’k’dir».

FOTIHA SURASI

A’uuzu billaahi minash-shaytoonir-rojiiym. Bismillaahir-rohmaanir-rohiiym. Alhamdu lillaahi robbil-’aalamiiyn. Ar-rohmaanir-rohiiym. Maaliki yavmid-diiyn. Iyyaaka na’budu va iyyaaka nasta’iiyn. Ihdinas-siroo-tol-mustak’iiym. Sirootollaziiyna an-’amta ’alayhim g’oyril-mag’dzuubi ’alayhim valadzzoooolliiyn

Mazmuni: Allohning dargohidan k’uvilgan shayton yomonligidan Allohning panohiga k’ochaman. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Hamd olamlar rabbi Allohgakim, (U) mehribon, rahmli va hisob-kitob kuni (K’iyomat)ning egasidir. Sen-gagina ibodat k’ilamiz va Sendangina yordam so’raymiz! Bizni shunday to’g’ri yo’lga boshlaginki, (U) Sen in’om (hidoyat) etganlar-ning (Payg’ambarlar, siddik’ va shahidlarning) yo’lidir, g’azabga uchragan (Muso k’avmidan itoatsizlarining) va adashgan (Iso k’av-mining «Allohning farzandi bor» deydigan)larning emas!
Fotiha surasidan so’ng bir zam (k’o’shimcha) sura o’k’iladi.
YAngi o’rganuvchilar k’uyidagi kichik suralardan birini zam k’ilishsa bo’ladi:

KAVSAR SURASI

Innaaa a’toynaakal-kavsar. Fasolli lirobbika vanhar. Inna shaania’ka huval-abtar.

Mazmuni:«(Ey Muhammad,) darhak’ik’at, Biz Sizga Kavsarni* berdik. Bas, Rabbingiz uchun namoz o’k’ing va (tuya) so’yib k’urbonlik k’iling! Albatta, g’animingizning o’zi (barcha yaxshiliklardan) mahrumdir».
(Kavsar – jannatdagi bir ajib daryo yoki hovuzning nomi. Uning suvi asaldan totli, k’or va suvdan ok’. Undan ichgan kishi abadiy chank’ok’lik ko’rmaydi.)

IXLOS SURASI

K’ul huvalloohu ahad. Alloohus-somad. Lam yalid. Va lam yuulad. Va lam yakullahuu kufuuvan ahad..

Mazmuni: (Ey Muhammad,) ayting: «U — Alloh yagonadir. Alloh behojat, (lekin) hojatbarordir. U tug’magan va tug’ilmagan ham. Shuningdek, Unga teng biror zot yo’k’-dir».

FALAK’ SURASI

K’ul a’uuzu birobbil-falak’. Min shar-ri maa xolak’. Va min sharri g’oosik’in izaa vak’ob. Va min sharrin-naffaasaati fil-’uk’od. Va min sharri haasidin izaa hasad.

Ma’nosi: «(Ey Muhammad,) ayting: “Pa-noh tilab iltijo k’ilurman tong Parvar-digoriga yaratgan narsasi yovuzlgidan, tugunchaga dam uruvchi ayollar yovuzligidan hamda hasadchining hasadi yovuzligidan”».

AN-NOS SURASI

K’ul a’uuzu birrobin-naasi maalikin-naasi ilaahin-naasi min sharril-vasvaasil-xonnaas. Allaziiy yuvasvisu fiiy suduurin-naasi minal-jinnati van-naas.

Ma’nosi: «(Ey Muhammad,) ayting: “Panoh tilab iltijo k’ilurman odamlar Parvardi-goriga, odamlar Podshohiga, odamlar Ilohiga yashirin vasvasachi (shayton) yovuzligidanki, (u) odamlarning dillariga vasvasa solur. (Uzi) jinlar va odamlardandir”».

4. Zam sura tugagach, «Alloohu akbar», deb ruku k’ilinadi. Erkaklar tirsaklari va tizzalarini bukmasdan, barmok’larini ochgan holda, tizzalarini mahkam changallab egiladilar
Ayollar erkaklarga nis-batan ozrok’ egiladilar. Tizzalarini biroz bukadilar. Barmok’larini jam-lab tizzalarini tutadilar.
Rukuda uch marta «Sub-haana robbiyal-’aziiym» (Ey buyuk Robbim, Sen barcha nuk’sonlardan poksan), deyiladi.

5. Rukudan «Sami’al-loohu liman hamidah» (Alloh Uni hamd etgan-larni eshitguvchidir), deb k’ad ko’tariladi, bu holat «k’avma» deyiladi. K’avma holida: «Robbanaa lakal- hamd» (Ey Robbimiz, har turli hamd-sanolar yolg’iz Sengadir), deyiladi

6. «Alloohu akbar» deb avvalo tizzalar, keyin k’o’llar, so’ng peshona va burun erga tekkizilib, sajda k’ilinadi. Sajda k’ilinayotganda oyok’ panjalari k’iblaga k’aratiladi, erkaklarning tirsaklari erga tegmaydi . Ayollar tirsaklarini erga k’o’yadilar . Sajdada uch marta: «Subhaana robbiyal-a’laa» (Ey ulug’ Robbim, Sen butun nuk’son-lardan poksan), deyiladi.
7. «Alloohu akbar» deb sajdadan bosh ko’tariladi va tiz cho’kkan holda biroz o’tiriladi, bu holat «jalsa» deyiladi. Jalsada k’o’llar, barmok’lar o’z holicha tutilib, songa k’o’yiladi. Barmok’ uchlari tizza bilan teng bo’lishi lozim .
Erkaklar chap oyok’lari ustiga o’tiradilar. O’ng oyok’ panjalari k’iblaga k’aratiladi.

Ayollar oyok’larini o’ng tarafdan chik’arib o’tiradilar.
8.«Alloohu akbar», deb ikkinchi marta sajda k’ilinadi. Sajdada uch marta: «Subhaana robbiyal-a’laa», deyiladi

9. «Alloohu akbar» deb k’iyomga (tikka) turiladi.

10. K’iyomda «Bismillaahir-rohmaanir-rohiiym»-dan boshlab, Fotiha surasi, ork’asidan bir zam sura o’k’iladi.

11. «Alloohu akbar», deb ruku k’ilinadi. Rukuda uch marta «Subhaana rob-biyal-’aziiym», deyiladi.

12. «Sami’alloohu li-man hamidah», deb tik turiladi, ketidan «Robbanaa lakal-hamd», deyiladi.

13.«Alloohu akbar», deb sajdaga boriladi. Sajdada uch marta «Subhaana robbiyal-a’laa», deyiladi.

14. «Alloohu akbar», deb sajdadan bosh ko’tariladi va bir oz o’tiriladi.

15. «Alloohu akbar», deb ikkinchi bor sajda k’ilinadi. Sajdada uch marta: «Subhaana robbiyal-a’laa», deyiladi

16. «Alloohu akbar», deb sajdadan bosh ko’tari-lib k’a’-dada o’tiriladi va k’uyidagilar o’k’iladi:

«ATTAHIYYAT» DUOSI

At-tahiyyaatu lillaahi vas-solaavaatu vat-toyyibaat. As-salaamu ’alayka ayyuhan-nabiyyyu va rohmatulloohi va barokaatuh. As-salaamu ’alaynaa va ’alaa ’ibaadil-laahis-soolihiiyn. Ashhadu allaa ilaaha illalloohu va ashhadu anna Muhammadan ’abduhuu va rosuuluh.
Mazmuni: Mol, badan, til bilan ado etila-digan butun ibodatlar Alloh uchundir. Ey Nabiy! Allohning rahmati va barakoti Sizga bo’lsin. Sizga va solih k’ullarga Allohning salomi bo’lsin. Ik’rormanki, Allohdan o’zga iloh yo’k’. Va yana ik’rormanki, Muhammad, alayhissalom, Allohning k’uli va elchisidirlar.

SALOVOT

Alloohumma solli ’alaa Muhammadiv-va ’alaa aali Muhammad. Kamaa sollayta ’alaa Ibroohiima va ’alaa aali Ibrohiim. Innaka hamiidum-majiid.
Alloohumma baarik ’alaa Muhammadiv-va ’alaa aali Muhammad. Kamaa baarokta ’alaa Ibrohiima va ’alaa aali Ibrohiim. Innaka hamiidum-majiid.
Mazmuni: Allohim, Ibrohim va uning oilasiga rahmat etganing kabi, Muhammad va ul zotning oilasiga rahmat ayla, Sen hamdu mak’tovga loyik’ va buyuk Zotsan.
Allohim, Ibrohim va uning oilasiga barakotingni ehson etganing kabi Muhammad va ul zotning oilasi ustiga ham barakotingni ehson ayla. Sen hamdu mak’tovga loyik’ va buyuk Zotsan.

duo

Robbanaa aatinaa fid-dunyaa hasanatav-va fil-aaxiroti hasanatav-va k’inaa ’azaaban-naar.
Mazmuni: «Ey Robbimiz, bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do’zax olovi azobidan sak’lagin».

17. Avval o’ng, keyin chap elkaga k’arab: «Assalaamu alaykum va rohmatul-looh» deb salom berilib namozdan chik’iladi.

Shu bilan bomdod namozining ikki rakat sunnati tugaydi.
Bomdod namozining ikki rakat farzi ham xuddi shu tartibda o’k’iladi. Fark’i — avvalo, erkaklar niyatdan oldin (boshk’a farz namozlari oldidan ham) k’uyidagi ik’omat takbirini aytishadi:

Alloohu akbar, Alloohu akbar,
Alloohu akbar, Alloohu akbar.
Ashhadu allaa ilaaha illallooh,
Ashhadu allaa ilaaha illallooh.
Ashhadu anna Muhammadar-rosuulullooh,
Ashhadu anna Muhammadar-rosuulullooh.
Hayya ’alas-solaah, hayya ’alas-solaahsolah,
Hayya ’alal-falaah, hayya ’alal-falaah.
K’od k’oomatis-solaah, k’od k’oomatis-solaah
Alloohu akbar, Alloohu akbar,
Laa ilaaha illallooh.

Ik’omat takbirining lafzlari azonnikiga o’xshaydi, fark’i — bunisi tez aytiladi.
Bomdod namozining farziga k’uyidagicha niyat k’ilinadi; «Alloh rizoligi uchun bomdod namozining ikki rakat farzini o’z vak’tida o’k’ishni niyat k’ildim».
K’olgan k’ismi sunnat bilan bir xil davom etaveradi.

Haqqimizda uzbekiston

Яна маълумот

1-Mustaqilik

Mustaqillik kuni Muborak! – tabriglari, sherlar, rasmlar, ashula

Mustaqillik tabrigi (tabriklari) Aziz hamvatan! Muhtaram do’stlar! Sizni khalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – …

100200300