Home / Jamiyat / Oshqozon kasalliklari – pankreatit belgilari davolash

Oshqozon kasalliklari – pankreatit belgilari davolash

Pankreatit – oshqozon osti bezining yalliglanishi oqibatida kelib chiqadigan jiddiy kasallik. Bunda oshqozon osti bezi ishlab chiqarayotgan, ovqat hazmlanishi uchun zarur bulgan fermentlar un ikki barmoqli ichakka tushmay qoladi va uz-uzini emira boshlaydi. Shuningdek, ajralayotgan ferment va zaharli moddalar qonga tushib, boshqa azolarga ham zarar etkazishi mumkin. Shuni ham unutmaslik kerakki, oshqozon osti bezi qondagi qand moddasi miqdori oshib ketmasligi uchun masul bulgan gormon — insulinni ishlab chiqaradi.
imagesPankreatitning kelib chiqish sabablari kup:
Spirtli ichimliklar ichish;
Zaharlanish (aytaylik, dori vositalaridan);
safro haydash tizimi kasalliklari (ut pufagida toshlar bulishi);
yog almashinuvining buzilishi;
oshqozon osti bezining shikastlanishi (qoringa qattiq zarba berilganda);
qon tomirlari kasalliklari yoki yuqumli khastaliklar rivojlanishi
sovuq taomlar istemol qilish.
Kasallik khuruj qilishiga esa yogli, qovurma ovqatlar eyish, tuyib ovqatlanish, gripp, ruhiy siqilish va asabiylashishlar ham sabab bulishi mumkin.
Kuz va qish mavsumlarida inson tanasi harorat kutarilib-tushishi oqibatida zaiflashadi. Shu sababli kupchilik surunkali kasalliklar qatori pankreatit ham qayta khuruj qilishi mumkin.

ALOMATLARI
Pakreatitning utkir va surunkali turi mavjud. Utkir pankreatitda oshqozon osti bezi sohasi va kindik atrofida qattiq, utkir ogriq turadi. Shuningdek, bemor biror narsa tanavvul qilgach, qayt qilishi mumkin. Tana harorati kutariladi, teri oqarib, nafas siqadi, qorin kattalashadi.
Surunkali pankreatitda ogriq vaqti-vaqti bilan, ovqatlanishdan sung 30-40 daqiqa utgach paydo buladi. Ogriq kupincha utkir, achchiq, shur va qovurma ovqatlar istemol qilgandan sung paydo buladi. Bemorning kungli ayniydi, ogzida takhir tam sezadi, quvvati kamayadi, kayfiyati yomonlashib, lanjlik sezadi.
Kasallik quzgalganda ogriq kuchayadi, ayniqsa, kechqurun bir necha soatgacha bezovta qilishi mumkin. Kupincha pankreatitga chalingan bemorlarning ichi yumshaydi, oshqozon, ichakda el yigiladi, ogzi quriydi.

KhAVFLIMI?
Kasallikni uz vaqtida davolamaslik oshqozon osti beziga katta zarar etkazadi. Oshqozon osti bezi yakhshi ishlamasligi natijasida modda almashinuvi ham buziladi. Shu asnoda oshqozon osti bezi inson salomatligida muhim urin tutuvchi insulin gormonini ham ishlab chiqarishini unutmasligimiz zarur. Ushbu bez faoliyati buzilganda esa insulin kam miqdorda ishlab chiqarish funksiyasi buziladi, natijada qondagi qand moddasi miqdori oshadi.
Utkir pankreatit bilan ogrigan bemor zudlik bilan shifokorga murojaat etishi va uning nazorati ostida davolanishi shart. Tugri, ogriq qoldiruvchi dorilar yordamida kuchayib borayotgan ogriqni yuqotishi mumkin, ammo bu vaqtinchalik holat, kholos.

«Qanday davolanay?»
Surunkali pankreatitdan aziyat chekuvchi bemorlar yogli va qovurilgan ovqatlarni, tarkibida kofein bulgan mahsulotlarni istemol qilishlari mumkin emas.
Kasallik quzgalgan vaqtda bemor 2-3 kun mobaynida achchiq choy, kam gazlangan mineral suv (ilitilgan) va namatak damlamasidan boshqa narsa istemol qilmasligi lozim. 4 kundan keyingina kuniga 5-6 marta oz-ozdan ovqatlanish mumkin. Shirinliklar tanavvuli ham cheklanishi kerak. YOgsiz gusht, baliq, qatiq, chuchuk tvorog, tuzsiz pishloq, turli dukkaklilardan pishirilgan butqalar va sabzavotli taomlarni tanavvul qilish kerak.
Mevalardan—pustlogi archilgan olma, banan quruq mevalar, kompot, nordon bulmagan sharbatlar ichish mumkin.
Surunkali pankreatit bilan ogrigan bemor muntazam parhez qilib, dorilarini uz vaqtida ichishi talab etiladi.
Qoqi uti ildizi, moychechak, tillabosh, mavrak, arpabodiyon, buymadaron, kiyik uti, qariqiz, yalpiz, dalachoy, qora zira va makkajukhori popugini damlamasi pankreatitda yakhshi foyda beradi.
Ermon utidan 1 choy qoshigini, bir stakan qaynagan suvda damlang, 2 soat davomida tindirib, kun davomida yarim stakandan iching.
Sulini yormasini (ovsyanka) kechqurun 1 osh qoshigini bir stakan qaynagan suvda ivitib quying va ertalab nonushtadan avval bu suvni iching.

Haqqimizda

Яна маълумот

1-Mustaqilik

Mustaqillik kuni Muborak! – tabriglari, sherlar, rasmlar, ashula

Mustaqillik tabrigi (tabriklari) Aziz hamvatan! Muhtaram do’stlar! Sizni khalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – …

100200300