Home / Sport / Pakhtakor – Sugdiyona. Prevyu

Pakhtakor – Sugdiyona. Prevyu

Superliga 21-turida jamoamiz Toshkentda “Sugdiyona”ni qabul qiladi.

Allaqachon chempionlikka erishib bulgan “Sherlar” mukhlislarni chiroyli futbol bilan khursand etishga urinishadi. Jizzakhliklarda esa Chempionlar Ligasiga chiqish imkoniyati mavjud. Shu sababli bahsning qiziqarli va keskin kechishiga shubha yuq. Jamoalar safida diskvalifikasiya bilan bogliq yuqotishlar mavjud emas.

Milliy chempionatlar doirasida uzaro 47 uchrashuv bulib utgan. 39 bellashuvda jamoamiz galabaga erishgan bulsa, 4tadan uyinda durang va raqibning galabasi qayd etilgan. 120 gol urgan “Sherlar” uz darvozasidan 38 tup utkazib yuborishgan. “Pakhtakor”ning eng yirik galabalari 6:1 va 5:0 hisoblarida kuzatilgan. Toshkentdagi 23 bahsning 21tasida jamoamiz muvaffaqiyatini nishonlagan. Faqat bir martadan jizzakhliklar yutugi va durang qayd etilgan. 1995 yildan beri “Sugdiyona” safar uyinlarida ochko olmagan.

Uyinga tashrif buyuradigan mukhlislar chempionlik nishonlanishiga atalgan ajoyib kechaga guvoh bulishlari mumkin. Ishqibozlarning nafaqat qiziqarli futbol, balki chempionlikning chiroyli bayram qilinishidan bahramand bulishlarini istaymiz.

Bellashuv yakuniga etgach, stadionda lazer shou tashkil etiladi. Bundan tashqari, milliy estrada yulduzlari ishtirokida konsert dasturi, qimmatbaho sovgalar quyilgan ijtimoiy aksiya va eng muhim tadbir – chempionlik kubogini topshirish marosimi bulib utadi.

Biz futbol bayramida barcha mukhlislarni kutib qolamiz. “Pakhtakor” – “Sugdiyona” bellashuvi 1 oktyabr, seshanba kuni “Pakhtakor” stadionida soat 17:00da boshlanadi.


Haqqimizda

Яна маълумот

badu

Verona futbolchisining singlisi otishmada halok buldi

Verona himoyachisi Emmanuel Agemang-Baduning oilasida fojia yuz berdi

100200300