Home / Sport / Uning uyinidan zavq olmaslik — jinoyat. Dunyo futboli yulduzlari braziliyalik sehrgar Ronaldino haqida

Uning uyinidan zavq olmaslik — jinoyat. Dunyo futboli yulduzlari braziliyalik sehrgar Ronaldino haqida

Dunyo mamlakatlari uchun mart oyi koronavirus pandemiyasi sabab oson utmadi. Shuningdek, futbol klublari, futbolchilar, mukhlislar uchun ham. Futbolchilar uzining sevimli mashgulotlaridan, mukhlislar esa millionlar uyinidan oladigan zavqlaridan bebahra qoldi. Mart oyi 40 yoshni qoralagan braziliyalik Ronaldino uchun ham oson utgani yuq. Boisi «Barselona»ning sobiq yulduzi va uning akasi Roberto de Assis Moreyra sokhta pasport bilan Paragvay hududiga kirgani sabab hibsga olingandi. «Oltin tup» sohibi qariyb bir oyni Paragvay qamoqkhonasida utkazgandan sung garov puli evaziga ozodlikka chiqarildi.


Hozir Ronaldinoning terma jamoa va klublardagi faoliyati hamda maqtanishga arzigulik shakhsiy sovrinlari, yoki qanday qilib qamoqqa tushish darajasiga kelib qolgani haqida uzundan uzun hikoya emas, balki u haqida hamkasblari, taniqli murabbiylar hamda sobiq jamoadoshlari tomonidan bildirilgan fikrlarni etiboringizni havola etiladi.

Zlatan Ibrahimovich

«Barchasi oddiy, Ronaldino – futbol tarikhidagi eng yakhshi uyinchilaridan biri. Uning uyinidan zavqlanmaslik – haqiqiy jinoyat».

Zinedin Zidan

«Ronaldino – buyuk uyinchi. U – tezkor, elastik va favqulodda tekhnika egasi. Kupchilik aynan dribling uning asosiy ustunligi deb uylaydi. Biroq men bunday fikrda emasman. U – ajoyib pleymeyker va jamoa hujumlarini boshlab beruvchi universal futbolchi. Meni uning vaziyatlarni oldindan uqiy olish khislati qoyil qoldirardi».

Lionel Messi

«16-17 yosh paytimda Ronaldino menga juda kup yordam bergan. Qaysidir manoda men uni ustozim deb bilaman. Maydonda har doim uni qidirardim, afsuski, biz u qadar kup vaqt birga uynamadik. Ronaldino bilan uzoqroq uynashni istagan bulardim».

Serkhio Ramos

«Faoliyatining eng yakhshi yillarida Ronaldinoni deyarli tukhtatishning imkoni yuq edi. U nafaqat hujumchi, balki pleymeyker ham edi. U futbol tarikhida abadiy qoladi. Uning ishtirokidagi ‘El-Klassikular uzgacha tus olardi».

Selso Rot (Ronaldinoning ilk jamoasidagi («Gremio») murabbiyi)

«Men murabbiylik faoliyatim davomida ajoyib uyinchilar bilan ishladim, ammo Ronaldino qolganlardan bir bosh ustun edi».

Viktor Valdes

«Ronaldino kelguniga qadar biz kup yillardan beri sovrin qulga kirita olmayotgandik. Ronni kelib, «Barselona»ni butun dunyoga mashhur qildi. Ronaldino men kurgan eng istedodli uyinchi. Unga hatto Messi ham tenglasha olmaydi».

Kilian Mbappe

«Men Ronaldinoning uyinini tomosha qilib ulgayganman. Ronning tup va raqiblar bilan qilgan harakatlariga aql bovar qilmaydi. Hamon uning uyinidan olingan lavhalarni kurib, hayratlanaman».

Deku

«Men uchun Ronaldino dunyoning eng yakhshi futbolchisi. Maydonda nima qilish kerakligini bilmaganimizda, u har doim golli vaziyatlar yarata olardi. Ronni maydonda shunday harakat qilardiki, boshqa hech kim buni takrorlay olmasdi».

Iker Kasilyas

«Ronaldino mening darvozamga juda kup gollar urgan, ammo futbol mukhlisi sifatida men uning uyinidan zavq olaman. U – chinakam «sehrgar»dir. U bilan yana birga uynashni va uning zarbalarini tusishni khohlagan bulardim».

Khosep Gvardiola

«Ronaldino «Barsa»ning uziga bulgan ishonchini qaytarishda eng kup harakat qilgan futbolchilardan biri edi. U bir necha yillar mobaynida yuqori darajada uynadi, chempionat va Chempionlar Ligasida golib chiqdi. Ronaldino – boshqa darajadagi uyinchi. Messigacha Ronaldino kabi futbolchini kurmaganman».

Sadio Mane

«Meni uz qishlogimda yakhshi tanishgan va Ronaldinoga ukhshatishgan. Ular hatto meni Ronaldino deb ham chaqirishardi. Men har doim uning mukhlisi bulganman».

Villian

«Ronaldino – eng zuri bulgan. Albatta, Ronaldu va Messi juda kup gollar urdi. Ammo Ronni maydonda bajargan harakatlarini hech kim takrorlay olmaydi. U karerasini erta yakunlagani achinarli. Ronaldino – mening birinchi raqamli kumirim bulgan».

Klod Makelele

«Chelsi» – «Barselona» uchrashuvi paytida men Ronaldinoning oldiga borib, unga shunday dedim: «Men bilan uyinda odatdagi fintlaringdan foydalan. Agar Play Station’dagi kabi harakatlarni qilsang, seni shifokhonaga junataman». U esa bunga javoban mendan kechirim suragandi. U – ajoyib futbolchi va kamtar inson».

Khavi

«Men uchun eng zuri Ronaldino. Ehtimol, unga barqarorlik etishmagandir. Faqat Messi barqarorligi tufayligina Ronaldinodan ustunroq bulishi mumkin».

Virjil van Deyk

«Ronaldino – mening futboldagi birinchi raqamli kumirim bulgan».

Bernard

«Ronaldino chindan ham dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri. U bilan birga uynaganim uchun undan kup narsani urgandim. U – men uchratgan eng yakhshi inson. Avvalo Ronaldino menga futboldan zavqlanishni urgatdi».

Neymar

«Hech qaysi futbolchini Ronaldino bilan taqqoslab bulmaydi. Uning noodatiy harakatlari, zarbalari, ajoyib tup uzatishlari, gollari. Bularning barchasi uning buyukligidan dalolat beradi. U «Barselona» va Braziliya terma jamoasi tarikhiga kirishga muvaffaq bulgan kam sonli uyinchilardan biri».

Edgar Davids

«Dribling va boshqa tekhnik jihatlardan olib qaraganda, Ronaldino dunyoning eng yakhshi futbolchisidir».

Eden Azar

«Men Ronaldinodan juda kup narsalarni urganganman. Futbol taktik uyin bulib, sizni jiddiy bulishga majbur qiladi, ammo u menga tabassum bilan uynashni va har qanday vaziyatda ham futboldan zavqlanishni urgatdi. Tan olaman, YouTube’da Ronnining uyinidan lavhalarni soatlab tomosha qilardim».

Devid Bekhem

«Ronaldino «Barselona»da uziga khos tarzda uynardi. Engil, khotirjam va doimo yuzida tabassum bilan. Tup bilan u chinakam daho».

Frenk Lempard

«Ronaldino – boshqalarga ukhshamaydi. U – boshqa darajadagi futbolchi».

Nani

«Ronaldino – futbol tarikhidagi eng yakhshi uyinchidir. Hech kim unga teng kela olmaydi. U – haqiqiy «sehrgar». Har doim yuzida tabassum bilan yurardi».

Diego Maradona

«Ronaldino – men kurgan eng buyuk uyinchilardan biri».

Pele

«Ronni – dunyoning eng yakhshi uyinchisi. Uning uyinini tomosha qilish uzgacha zavq bagishlaydi. U har bir braziliyalikka oz bulsada bakht ulasha oldi».

Kaka

«Ronaldino – haqiqiy chempion. U – buyuk va takrorlanmas futbolchi».

Haqqimizda Farrukh

Яна маълумот

badu

Verona futbolchisining singlisi otishmada halok buldi

Verona himoyachisi Emmanuel Agemang-Baduning oilasida fojia yuz berdi

100200300